Moliyaviy tahlil” fani mavzu: Korxonalar iqtisodiy nochorligining tahlili. Kurs ishi bajardi: sst-52 guruh talabasi Zokirova Zulfiya Absamatovna Ilmiy rahbar: Toshkent-2022 Mavzu: Korxonalar iqtisodiy nochorligining tahlili. Reja. Kirish


Download 31.67 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1584132
  1   2
Bog'liq
Moliyaviy tahlil” fani mavzu Korxonalar iqtisodiy nochorliginin


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI


MOLIYAVIY TAHLIL” FANI

MAVZU: Korxonalar iqtisodiy nochorligining tahlili.

KURS ISHI

Bajardi: SST-52 guruh talabasi
Zokirova Zulfiya Absamatovna
Ilmiy rahbar:
Toshkent-2022
Mavzu: Korxonalar iqtisodiy nochorligining tahlili.
Reja.
Kirish.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: «Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka oʼrgatish orqali ularni kambagʼallikdan chiqarishi lozim» deb ta’kidlagan.1 Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trln soʼm imtiyozli kredit va 2,5 trln soʼm subsidiya ajratiladi, har bir mahallaga oʼrtacha — 1,3 mlrd soʼm. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon imzolandi.2
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%gacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi 15%gacha tushiriladi;

  • “Yashil iqtisodiyot” teхnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026 yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20%ga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20%ga qisqartirish choralari koʻriladi;

  • 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etiladi hamda takrorlanuvchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan majburiy talablar qayta koʻrib chiqilib, yagona reyestr 2025 yil 1 iyuldan boshlab toʻliq ishga tushiriladi.

Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo‘jalik subyektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.
Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat budjeti oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati hisobkitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarining oqilona boshqarilishiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilinishiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, bozorni to‘g‘ri o‘rganishda, hamkorlarning moliyaviy ishonchliligini bilishda, o‘zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo‘ymaslik va boyliklardan o‘rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.
Iqtisodiy tahlil boshqaruvning bir funksiyasi sifatida mavjud axborotlarga tayanadi, ammo axborotlar hali hech narsani hal qilmaydi. Ularni menejerning maqsadidan kelib chiqqan holda qayta ishlashni, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirishni, moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy jihatdan o‘qishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli zamonaviy mutaxassislar shu fanni mukammal o‘rganishi lozimligini obyektiv zaruratga aylantirdi. Bunday zaruriyat tufayli barcha iqtisodiyotga oid mutaxassisliklar iqtisodiy tahlil fanini, uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy va boshqaruv tahlilni o‘rganishi majburiy qilib belgilangan va mutaxassislarni shakllantiruvchi fan sifatida ularning o‘quv rejasiga kiritilgan.


1


2


3
Xulosa.
Ishlab chiqarishni moddiy resurslarini tashkil etish uning faoliyati uchun zarurdir. Moddiy resurslarni iste`mol qilish jarayonida, ularni moddiy xarajatlarda yuzaga keladi, shuning uchun moddiy resurslardan iqtisodiy foydalanish ishlab chiqarishning narxini pasaytiradi. Moddiy resurslarni tahlil qilish Mahsulotlar narxini pasaytirish va shunga mos ravishda daromadni ko`paytirish uchun zaxiralarni aniqlash uchun aniq amalga oshiriladi.
Mumkin bo`lgan daromadni olish uchun korxona mahsulotlar narxini shakllantirishni nazorat qilishi kerak. Tekshiruv barcha bosqichlarda, ayniqsa, ayniqsa, ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish zaxiralari iste`moli bosqichida yuzaga keladi. Uning maqsadi - belgilangan normalar va standartlardan istalmagan og`ishlarning oldini olish.
Xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olingan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i, energiya ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan moddiy xarajatlarga kiritilgan.
Kurs ishi ma`lumotlarda moddiy xarajatlardan foydalanishni, ishlab chiqarish samaradorligi bo`yicha ishlab chiqarish samaradorligining asosini aniqlash, materiallar, mahsulotlar, moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish narxida moddiy xarajatlar ulushi, moddiy foydaliligi keltirilgan. Maxsus mahsulotlar narxining hisoblash xarajatlari, mahsulotni moddiy iste`mol qilish omillari, moddiy xarajatlar tahlili bo`lgan moddiy xarajatlarni tahlil qilish ham amalga oshiriladi.
Moliya tahlil qilinishi natijasida korxonada moddiy resurslardan foydalanish bo`yicha tegishli siyosat mavjud bo`lib, moddiy xarajatlarni kamaytirish zarurati tug`iladi va bundan tashqari, moddiy resurslarni yanada tejamkorlik bilan ta`minlaydigan ilg`or texnologiyalardan foydalanish kerak bo`ladi.


Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling