Moliyaviy tahlil va audit


Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi


Download 265.66 Kb.
bet6/8
Sana11.03.2023
Hajmi265.66 Kb.
#1258742
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditlik kasbiga ahloqiy talablar

Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi.
Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • auditorning arizasi;

  • auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;

  • auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;

  • auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;

  • auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;

  • sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;

  • fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi holatlar qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb topiladi:

  • qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish;

  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi maxfiy axborotni buyurtmachining ruxsatisiz oshkor qilish (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilangan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilishi;

  • malaka sertifikatini boshqa shaxsga uning ushbu hujjatdan o‘z nomidan auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida berish faktining aniqlanishi;

  • auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarda auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida shartnoma tuzmasdan mutaxassis sifatida ishtirok etishi;

  • auditorning bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotida auditorlik faoliyatini amalga oshirishi;

  • auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ko‘p auditorlik tashkilotida muassis (ishtirokchi) bo‘lishi faktining aniqlanishi;

  • har yilgi malaka oshirishdan o‘tmaslik.

Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi. Vazirlikning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda, malaka sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditorlar, malaka sertifikati bekor qilingan yoxud amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun murojaat qilish huquqiga ega emas. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori besh kunlik muddatda auditorga va ushbu auditor xizmat ko‘rsatayotgan auditorlik tashkilotiga yuboriladi. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab 10 kun mobaynida o‘z malaka sertifikatini Vazirlikka belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun qaytarishi shart. Vazirlikning malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Download 265.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling