Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Me’yoriy: iqtisodiy sikl mobaynida o’rtacha narxlar bo’yicha hisoblab  chiqiladi.  Joriy


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Me’yoriy: iqtisodiy sikl mobaynida o’rtacha narxlar bo’yicha hisoblab 
chiqiladi. 
Joriy: ma’lum hisob davrida kutilayotgan va bu davrda harakatda bo’lgan 
narxlar asosida hisoblashni ko’zlaydi. 
Bazis: yil boshida o’rnatiladi va yil davomida o’zgarmay qoladi. Odatda 
ulardan narxlar indeksini hisoblash uchun qo’llaniladi. 


299 
2. 
Quvvatdan foydalanish darajasiga nisbatan. 
Nazariy: ulardan yaxshi yoki ideal foydalanishda subyekt tomonidan 
erishiladi. Ular subyektning maqsadi hisoblanadi, quvvatdan to’liq foydalanish, 
dam olish vaqtining me’yorlangan qiymatiga asoslangan, yaroqsiz, turib qolishlar, 
buzilishlarga vaqt sarflashni ko’zda tutmaydi. 
O’tgan o’rtacha bajarish: statistik ma’lumotlar bo’yicha hisoblanadi va 
yaroqsiz, turib qolishlar va buzilishlarga sarflangan vaqtni hisoblaydi, ya’ni 
oldingi davrning hamma kamchiliklarini nazarda tutadi. 
Me’yoriy bajarish: kelajak davrda me’yorlarning kutilayotgan o’rtacha 
darajasini ko’zda tutadi. 
3. 
Mahsulot chiqarish hajmiga nisbatan. Mahsulotning ishlab chiqarish hajmi 
standartlarni ishlab chiqarishga yondashishga birinchi darajada ta’sir ko’rsatadi. 
Nazariy: subyektning nazariy quvvatiga asoslangan holda oldindan 
belgilangan. Ularga yoki erishib bo’lmaydi, yoki bir martalik tartibda erishiladi. 
Amaliy: yaxshi bajarilishda subyekt tomonidan erishiladi, ular o’z darajasi 
bilan yaxshi bajarilishida nazariy standartlarga yaqin, ishlab chiqarishning real 
erishiladigan darajasiga asoslangan va qochib bo’lmaydigan yo’qotishlarga yo’l 
qo’yadi. 
Me’yoriy: sikl mobaynida ishlab chiqarishning yuqori va past hajmining 
o’rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda mahsulot chiqarishning erishish 
darajasida hisoblanadi. 
Kutilayotgan: mahsulot chiqarishning kutilayotgan hajmida ishlab 
chiqarishning aniq sharoitlari asosida hisoblanadi. 
Mazkur tavsif Amerika firmalarida xarajatlarning moddalari bo’yicha 
standartlarni o’rnatishga har xil yondashishlarning mavjudligini ko’rsatadi. Lekin 
har bir yondashishda qabul qilingan standartlar buxgalteriyada ishlab chiqarish 
jarayoni boshlanguncha standart tannarx xaritalariga umumlashtiriladi. Kartalar 


300 
buyum, bu buyumni, buyurtmani tayyorlashda ishtirok etadigan ishlab chiqarish 
bo’linmalari va buyurtmalar bo’yicha tuziladi. 
Standart-kost tizimi to’g’ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatida namoyish 
qilinadi. Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda 
xarajatlar "ishlab chiqarish" schyotining debetida to’planadi va standart qiymat 
bo’yicha baholanadi, tayyor mahsulot xuddi shunday standart qiymat bo’yicha shu 
schyotning kreditidan chiqarib tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart 
qiymat bo’yicha baholanadi. Ikkinchi variantning mazmuni "Ishlab chiqarish" 
schyotining debetida umumlashtirilgan xarajatlar haqiqiy qiymati bo’yicha 
baholanishdan, schyotning kreditidan esa tayyor mahsulot standart qiymat 
bo’yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Тugallanmagan ishlab chiqarish haqiqiy 
xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga olgan holda standart 
qiymat bo’yicha hisoblanadi. 
Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari 
odatda tannarxga olib bormasdan "Mahsulot, xizmat, ishlarning realizatsiyasi" 
schyotiga chiqarib tashlaydilar. 
Subyektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish, 
standartlardan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib tashlash uslubiyati 
bo’yicha ishlar koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog’liq bo’lgan hamma 
bo’linmalarning vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda 
standartlarni tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bo’yicha 
barcha ishlar jamlangan standartlar bo’linmasi tuziladi. 
Standart-kost tizimi amaliyotda qo’llaniladigan xarajatlarni hisoblashning 
boshqa tizimiga ko’ra o’z xususiyatlariga ega. Birinchidan, vositalarni sarflash 
jarayonida standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bo’lib ularni 
hujjatlashtirish emas, balki maxsus schyotlardagi buxgalteriya yozuvlari 
hisoblanadi. Menedjerlarning oldiga esa chetga chiqishlarni hujjatlashtirmaslik 
emas, ularga yo’l qo’ymaslik masalasi qo’yiladi. Ikkinchidan, aniqlangan chetga 


301 
chiqishlarni 
hamma 
kompaniyalar 
ham 
emas, 
joriy 
standartlardan 
foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga 
chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bo’lib chetga chiqishlarni 
hisobga olish uchun maxsus sintetik schyotlarning kalkulatsiya moddalarini, 
chiqib ketishlarning omillari bo’yicha ajratish hisoblanadi. 
Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni 
boshqarish maqsadida har doim bu chetga chiqishlar, ularni hisoblash uchun, 
qanchalik muhimligi ko’rib chiqiladi; ular nimalarni ko’rsatadilar, qaysi 
muammolarni yechishda ulardan foydalanish mumkinligi; aniqlangan chetga 
chiqishlarning ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi 
asosan e’tiborga olinadi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling