Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

8.8. Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilish 
Mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini 
yechishning obyektiv tendensiyalari 20-yillar boshidan AQShda qo’llaniladigan 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usulini qaytadan ko’rib chiqishni taqozo 
qildi. Mahsulot birligining tannarxini hisoblash, narxlarni o’rnatish, xarajatlarni 
tezkor boshqarish va nazorat qilish uchun moddiy va mehnat xarajatlarining 
me’yorlari ishlab chiqila boshlandi. 
Akslanishga yondashishga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobida 
qo’llaniladigan usullarni ikkita asosiy guruhga ajratish ko’zda tutildi: o’tgan 
xarajatlar hisobi va standartlashtirilgan xarajatlar va ulardan chetga chiqishlarning 
hisobi. Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi va kalkulatsiya usullari 
tizimida standart xarajatlar hisobi tizimi buyurtmalararo va jarayonlararo hisobda 
qo’llashni ko’zlab uni mustaqil va muhimlashgan sifatida ko’rilmaydi. 
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha 
standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan 
chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" 
tizimi nomini oldi. 


298 
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy 
va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab 
chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; 
"kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul 
ko’rinishini aks ettiradi. 
Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har-xil tushunchalar beriladi, bu 
tushunchaga har-xil mazmun kiritiladi. Lekin hamma hollarda ham bu tizim ishlab 
chiqarishning to’g’ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan nazorat instrumenti 
sifatida tavsif qilinadi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:

ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan 
xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;

mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni 
o’rnatish;

me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini 
ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish. 
Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan standartlar asosida 
aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo’ladi va uning 
mazmunini ochadi. Standartlarning butun yig’imi quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1.
Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.
Ideal: materiallar, xizmatlarga bo’lgan tariflar, mehnatga haq to’lashga 
bo’lgan stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo’lgan eng ma’qul 
narxlarni ko’zlaydi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling