Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Kritik nuqta 

Umumiy summadagi doimiy sarflar 
Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad 
Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi: 
30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona, 
62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m. 
Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular 
umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo’qmi?
Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir 
mahsluotning marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi. 
Bizning misolda: 
A mahsuloti = 400/2000 x 100 = 20 %, 
V mahsuloti = 1100/3000 x 100 = 36,7 %. 
Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan 
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir. 
Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi 
mukofotlarning miqdorini o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa 
marketing muomalalar bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi. 


320 
Grafik usul zararsizlik bo’yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining 
grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning 
ishlab chiqarish hajmiga nazariy bog’liqligini aniqlaydi. 
Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli 
subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
o’sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning asosida narxlarning 
pasayishini sotish hajmining o’sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo’lgan 
ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang). 
Daromad 
va 
sarflar, 
m.s. 



D

0 Ishlab chiqarishning hajmi 
9.2-chizma. Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi 
AD chizig’i- yalpi xarajatlar- AV bo’lagi ishlab chiqarishning katta 
bo’lmagan hajmida ularning o’sishini ko’rsatadi, VS bo’lagida yalpi xarajatlar 
chizig’i tenglasha boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini, 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni 
to’laroq ishlatishi mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo’lakda yalpi xarajatlar 
chizig’i o’sa boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan 
yuqoriroq ishlatilishini ko’rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish 
jarayoni grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va 


321 
mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi 
boshqa hodisalardan iborat. 
AK chizig’i ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan doimiy 
xarajatlarning hajmini ko’rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo’lgan 
narxlarni ko’rsatuvchi OS chizig’ida ko’rsatilgan. 
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi 
holatlarida o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi 
ta’sirni ajratadilar: masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri. 
Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan 
xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning 
ko’proq unumliroq darajasida tenglashadi. 
Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar 
zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning 
samarali darajasidan tashqarida tezda o’sib ketadi. 
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi 
xarajatlarning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli 
grafigidir. Тahlil uchun asos bo’lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat 
qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o’nga va chapga 
tarqaladi (9.3-chizmaga qarang).
Yalpi 
daromad 
va sarflar, 
m.s. 
Darom
ad 




322 



doimiy
0
Mahsulot biriligi va sotish hajmi 
Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda 
9.3-chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli 
Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq 
maydoni (diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-
yalpi xarajatlarni ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS- 
mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli 
kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va 
daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi. 
Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy 
hajmiga bog’liq. 
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab 
chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy 
taqchillik va boshqalarga bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun 
foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va 


323 
ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan 
iborat: 

yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy 
belgilangan va chiziqli hisoblanadi; 

hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi; 

doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida 
mustaqil bo’lib qoladi; 

o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida 
hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi; 

ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar 
o’zgarmaydi; 

tizimli siljishlar yo’q; 

ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning 
boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p 
emas. 
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali 
emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi 
va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling