Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Ko’rsatkichlar
V mahsulotini ishlab chiqargunga qadar, ming so’m V mahsulotini ishlab chiqarishdan so’ng, ming so’m Sotishdan tushgan daromad 49500 89500 O’zgaruvchan xarajatlar 19500 39500 329 Marjinal daromad 30000 50000 Doimiy xarajatlar, shundan: Тo’g’ri 6800 21500 Egri 16000 16000 Foyda 7200 12500 Ishlab chiqarishning o’rtacha rentabelligi, % 61,0 55,9 Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo’yicha, balki har bir zonani foydaning umumiy summasiga qilgan qo’yilmalari bo’yicha baholanadi. Subyektning marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo’yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi bo’yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo’lib xarajatlarning me’yorlari hisoblanadi. Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qo’yilma to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari bo’yicha talabning elastikligini kuzatishdir. Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo’yicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning o’sishi haqiqiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy 330 summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1/3 qismidan oshmasligi kerak. Agar mahsulot assortimenti marjinal qo’yilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa, unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o’sishi uchun qo’shimcha qo’yilma va ishchi kuchi to’plamini talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib ketadi. Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling