Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Omillar 
Yangi foyda, 
so’m 
Foydaning o’sishi 
So’m 

A. Sotuv narxining ko’tarilishi 
90000 
+30000 
+50 
B. Mahsulot birligiga bo’lgan 
o’zgaruvchan 
xarajatlarning 
pasayishi 
80000 
+20000 
+33 
V. 
Doimiy 
xarajatlarning 
pasayishi 
64000 
+4000 
+7 
G. Ishlab chiqarish hajmining 
oshishi 
70000 
+10000 
+17 
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog’lanmagan holda harakat qiladigan 
sharoitda amalga oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to’liq bir-biriga 
aloqadorligini va boshqalarning ta’sir ko’rsatishini chiqarib tashlamaydi, 
shuningdek, sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga yo’naltirilgan tezkor narx 
siyosatini va boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx o’rnatishda 
ozod ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan 
qiyinchiliklar sodir bo’ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor 
bilan, qo’shimcha sarmoyalar bilan ham bog’liq bo’ladi. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib 
boriladigan siyosat, reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda- 


335 
nihoyatda 
yangi 
mahsulot 
yoki 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
modifikatsiyasi muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan va mavjud bo’lgan 
assortimentga qo’shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo’lishi 
mumkin yoki mahsulotni o’zi o’zgartirilmasdan yangi uskunalar va 
mexanizmlarning kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin. 
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo’shimcha sarmoyalarni talab 
etadi. Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha qarorlarni qabul 
qilish investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq 
bo’ladi, subyekt boshqaruvining yuqori darajasida amalga oshiriladi. 
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik 
yo’nalishlarni aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab 
chiqariladigan mahsulotni modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi 
mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik rivojlantirish; eskirgan mahsulotni 
ishlab chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi turdagi mahsulotni 
ishlab chiqarish boshqa hamma yo’nalishlarni aniqlovchi subyektning 
strategiyasida prioritet yo’nalish bo’lib qolmoqda. Innovatsion menejmentini 
tuzish quyidagi formulani taklif etadi: 
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot" 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror 
qabul qilishda kerak bo’lgan ko’rinish, hajm va ma’lumot mazmunini topshiradi. 
Innovatsiya jarayonini 6ta bosqichga bo’lish mumkin: 
1.
Bozordagi texnologik yangi o’zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish bo’limlaridan (IIТKI), marketing bo’linmalaridan, 
sotuv bo’limi appartidan, savdo dallollaridan, xaridorlardan tushadigan 
ma’lumotlarni yig’ish va tizimlash; subyektni yangi mahsulotni ishlab chiqarish va 
tatbiq etish, tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda mavjud imkoniyatlari 


336 
haqidagi maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi 
ma’lumotni yig’ish va tizimlash. 
Ma’lumotni yig’ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo’lgan 
talabga ta’luqli omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil 
mahsulotlar talabni qondirish uchun mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari esa talab va 
bozorni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Izlanish ishining eng boshida 
bozorni tahlil qilish mahsulotning standartlarga to’g’ri kelishini, uning xaridorlar 
uchun ko’zga tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish hajmlarini 
o’rnatishga imkon beradi. 
2. 
Yangi mahsulot g’oyasiga ta’lluqli ma’lumotni tanlash, g’oyalarning 
imkoniyatlari va amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning 
texnologiyasida o’xshashliklar va farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subyektning 
ixtisosligiga to’g’ri kelishi; bo’lajak buyumning patent tozaligini aniqlash. 
3. 
Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing
dasturini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini 
texnik ishlab chiqish; mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati 
va iste’mol xususiyatlarini baholash; sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va 
o’zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab 
chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- mashina, uskuna, xomashyo, 
materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o’zlashtirish va u bilan birga 
bozorga chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va 
baholash. 
4.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab 
chiqarishda band bo’lgan har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun ishlab 
chiqarish hajmini rejalashtirish; namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik 
jihatdan texnik sinashlarni o’tkazish va boshqalar; tovarning nomlanishini, uning 
tovar belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka qilishni ishlab chiqish. 


337 
5.
Cheklangan bozorda mahsulotga bo’lgan narxga va boshqa tijorat 
shartlarga nisbatan uch oydan kam bo’lmagan muddatda izlanishlar olib borish; 
sotish qilishni muqobil kanallarini tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash. 
6. 
Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi, 
xaridorlar bilan bo’lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari, 
resurslari, xodimlarning malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga 
sarflangan umumiy summasini, moliyalashtirish manbalari, hisoblash davriga 
bo’lgan foyda va zarar bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarni hisoblash asosida yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish. 
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim 
masala bo’lib bu maqsad va sotish hajmiga bo’lgan sarflarning nisbatini, ishlab 
chiqarish sarflari va yalpi foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi. 
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo’lib butun subyekt bo’yicha sotish 
hajmiga va boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish 
ta’sirini baholash qo’llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga, 
reklamaga ketgan xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo’llaniladi. 
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari 
mavjud: ekspert baholash; foydaning kutilayotgan me’yori; ehtimolli yondashish; 
kutilayotgan foydaning dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko’p 
o’lchamligi; tarmoqni jalb qilish qobiliyati, raqiblarning unga ta’siri va kirishi; 
hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirish uchun yangi 
yaratmalarni qo’llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotuvini 
subyektning moliyaviy faoliyatiga ta’siri. 
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko’p jihatdan mahsulotga narx o’rnatish 
bilan kafolatlangan. Mahsulotga bo’lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi 
eski yoki shunga o’xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o’zgarib turganligi sababli 
yangi mahsulotning paydo bo’lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum 


338 
bo’ladi. Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan 
mahsulotning funksional roli, o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, 
bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini 
hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga narxni belgilash. 
Тurli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va 
foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi 
ishlatiladi. Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir 
nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot 
tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o’tmishdagi 
"omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining va 
qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar bo’yicha hisobotlar 
tuzish tizimi tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha 
qilib buxgalterlar yangi mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar 
tuzishlari kerak. 
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni 
o’tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar haqidagi ma’lumot buxgalteriya hisobotida ro’yxatga olinadi. 
Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o’rganishning boshqa 
usullari ham qo’llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon 
yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan 
tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o’rganiladi, 
bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim 
o’rin tutadi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling