Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
9.4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo’yicha olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi. 324 Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi. Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud. Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Bir subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash. Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik 325 chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi. Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi: Kutilgan foydani olish uchun sotilgan mahsulot birligining miqdori = Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda Birlik mahsulotning narxi Oldingi misolning ma’lumotlari bo’yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya’ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak. Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi: Yalpi foyda (yoki marjinal daromad) = Mahsulotni sotishdan tushgan daromad - O’zgaruvchan sarflar Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan (9.4-chizmaga qarang). Sarflar va daroma d, m.s. 400000 Ishlab chiqarish hajmining qulay diapazoni(maydoni) 350000 S 300000 250000 326 Zararsizlik nuqtaasi 200000 Foyda xududi D 150000 Zararlar xududi K 100000 V 50000 0 20 0 40 0 60 0 80 0 10 00 12 00 14 00 16 00 18 00 20 00 22 00 24 00 Mahsulotning birligi, dona 9.4-chizma. Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad) O’zgaruvchan sarflar chizig’i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona buyum va 100000 so’m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va o’zgaruvchan (OK) xarajatlarning o’rtasidagi farqqa teng. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so’mdagi doimiy xarajatlarning summasi o’zgaruvchan xarajatlarga qo’shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig’i o’zgaruvchan xarajatlar chizig’iga parallel bo’ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan daromad chizig’i (OS) va o’zgaruvchan xarajatlar chizig’i o’rtasida ko’rsatilgan. Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha bo’lgan birligi darajasida joylashgan. 327 Shunga e’tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni (diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo’ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida mahsulot birligiga bo’lgan sotish narxi va o’zgaruvchan sarflar boshqacha bo’ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi: Хavfsizlik hududi = Rejalashtirilayotgan sotish hajmi - Zarasizlik nuqtasidagi sotish hajmi Хavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti = Rejalashtirilayotgan sotish hajmi + Zararsizlik nuqtasidagi sotish hajmi Rejalashtirilayotgan sotish hajmi Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko’rsatmoqda. U subyektning zarar ko’rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Mahsulotning rentabelligi = Mahsulot birligiga ta’luqli marjinal daromad Mahsulot birligining narxi x 100 Umumiy tahlildan so’ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilmalarning jadvali tuziladi (9.3- jadvalga qarang). 9.3-jadval Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilma Mahsulot Mahsulotning rentabelligi, % Marjinal daromad, so’m Mahsulotning assortimenti tizimi, % 328 A 62 10000000 20 B 60 20000000 40 V 50 20000000 40 Yalpi marjinal daromad 50000000 100 Jadvaldan ko’rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, rentabellik foyda bo’yicha 14,5dan 16 %gacha o’sgan bir davrda marjinal daromad bo’yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi. Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma’lumot olingan sari kamayadigan ma’lum boshlang’ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V mahsuloti boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning assortimentini o’zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa ajab emas. Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko’p pog’onali segment hisobi ma’lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo’llaniladi (9.4-jadvalga qarang). 9.4-jadval Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling