Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
9.3. Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish 
Bozorning shakllanishi va uni muqobillashtirish usullarini ishlab chiqish 
bozor elementlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligini, ya’ni talabni, taklifni 
va bahoni aniqlaydi. Тizimning har bir elementi o’zgaradi va ishlab chiqarish 
omillarining, xarajatlar va daromadlilikning ta’siriga bog’liq. 
Ishlab chiqarish hajmlari, sotishdan tushgan yalpi daromad, sarflar va sof 
foydaning o’zgarishlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish maqsadida ishlab 
chiqarishning zararsizlik tahlili olib boriladi. Bunda muhim e’tibor mahsulotni 
ishlab chiqarishga qaratiladi, bu esa boshqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmining 
kritik ("o’lik") nuqtasini aniqlashga imkon beradi. Kritik nuqta deb subyektning 
xarajatlari ushbu mahsulotni sotishdan tushgan daromadga teng bo’lgan sotuv 
hajmining nuqtasiga aytiladi. Bu tizimda foyda ham olinmaydi va zarar ham 
ko’rilmaydi. 
Ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili qisqa vaqt mobaynida sotish hajmi
sarflar va daromadlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Тahlil natijalariga ko’ra 
yo’riqnoma beriladigan davr mazkur vaqt ichida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish 
quvvati bilan chegaralangan bo’ladi. 
Хalqaro amaliyotda kritik nuqtani aniqlash uchun tenglama, marjinal 
daromad, grafik usullaridan foydalaniladi. Тenglama usuli sof foyda formulasi 
bo’yicha hisoblanishga asoslangan: 


316 
Mahsulot 
sotishdan 
olingan 
daromad 
- Sotishning hajmi 
uchun sarflangan 
o’zgaruvchan 
xarajatlar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy 
xarajatlar 

Mahsulot 
sotishdan 
tushgan sof 
foyda 
Ushbu formula ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini detallashtirib uni 
quyidagi ko’rinishda berish mumkin: 
Birliklar 
miqdori x 
Mahsulot 
birliginining 
narxi 

Birlik miqdori x 
Birlikka bo’lgan 
o’zgaruvchan 
sarflar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy 
xarajatlar 

Mahsulotni 
sotishdan 
tushgan sof 
foyda 
Тenglama usulini tizimli siljishlarning ta’sirini tahlil qilishda qo’llash 
mumkin. Sotish mahsulotning nisbiy hissasini sotishdan tushgan daromadning 
umumiy summasidagi to’plash sifatida ko’riladi. Agarda tizim o’zgarsa, 
tushumning hajmi berilgan miqdorga yetishi mumkin, foyda esa kam bo’lishi 
mumkin. Foydaga bo’lgan ta’sir assortiment mahsulotning past rentabelligi yoki 
yuqori rentabelligi tomon o’zgarishiga bog’liq. 
Deylik, subyekt ikki turdagi (A va V) mahsulotni ishlab chiqaradi. 
9.1- jadval 
Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling