Farg’ona politexnika instituti ICHB fakulteti III – bosqich 72b – 20 guruhi talabalarining iqtisodiy tahlil fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu : Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili
Reja : - Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
- Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili va uning o‘zgarish sabablari
- Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan-texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat resurslari deganda – mamlakatni mehnatga layoqatli aholisi tushuniladi . Mehnat resurslari tarkibiga mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi , shuningdek mehnatga layoqatli yoshdan kata va kichik bo’lgan shaxslar kiradi
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi:
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |