“Sharq” fermer xo’jaligida mehnat resurslarining tarkibi , strukturasi va dinamikasi
Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili va uning o‘zgarish sabablari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ishni tashkil etish va mehnat resurslarining ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ishchilarni ish vaqti fondi ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlari va kishi-soatlari ko‘rinishida hisobotlarda ifodalanadi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etish uchun ishchilar tomonidan ishlangan jami kishi-kunlari va kishi-soatlari rejasi bilan taqqoslanib ish vaqtini yo‘qotilishi va uni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Tahlil jarayonida ish vaqti fondidan to‘liq foydalanmaslik sabablari atroflicha o‘rganilmog‘i lozim. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etishda quyidagi ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha aniqlash lozim.
1. Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari.
2. Ish kuni davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |