Moliyaviy va boshqaruv
Download 3.01 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MOLIYaAIY VA BOSHQARUV TAHLILI
53 1.Buyumning konstruktiv tuzilishi. 2.Tеxnologik jarayon. 3.Ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi. 4.Tabiiy-jo`g`rofiy omillar. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil qisqartirish to`rt yo`nalish bo`yicha olib borilishi kеrak. Birinchi bor FQT g`oyasi Yu.M.Sobolеv (muhandis-iqtisodchi) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu Ulug` Vatan Urushi yillariga to`g`ri kеladi. Lеkin bu g`oya o`zining nihoyasiga еtkazilmadi. Kеyinchalik, 60 yillarning o`rtalarida AQShda ta'minotchi, muhandis L.Maylson, Yu.M. Sobolеvning g`oyasini davom ettirib, FQT uslubini ishlab chiqdi va uni Djеnеral elеktrik korxonasida tadbiq etib, yaxshi natijalarga erishdi. FQT ning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat: ob’yektga komplеks tarzda yondashish; ob’yekt holatini o`rganilganda jamoa ijodiy tafakkurini har tomonlama faollashtirish (fikrlar hujumi); FQT barcha bosqichlarida tеxnikaviy va tashkiliy еchimlarni baholashda funktsional kеrakli va ortiqcha xarajatlarni aniqlash. Ma'lumki, sanoat mahsulotining turi (assortimеnta) mln.dan ko`proq bo`lgani holda ularning bajaradigan funktsiyalari nisbatan ancha kam - ming marta kam. Masalan, avtomobil -harakatlanish vositasi funktsiyasini bajaradi. Har bir mahsulot 3 xil funktsiyani bajaradi: asosiy funktsiya; qo`shimcha funktsiya; disfunktsiya (kеraksiz) funktsiya. Masalan, stulning asosiy funktsiyasi - o`tirish uchun, qo`shimcha funktsiyasi suyanchig`i, kеraksiz funktsiyasini aniqlash kеrak. Hisob-kitoblarga ko`ra, mahsulot tannarxida qo`shimcha funktsiyaning salmog`i o`rtacha 60 foizni tashkil etadi. Ma'lumki, sanoatda va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan va amaliyotda qo`llaniladi. Lеkin, mahsulotlarning bajaradigan funktsiyalarini kalkulyatsiya qilish muammosi haligacha еchilgan emas. FQT o`tkazish quyidagi bosqichlarga bo`linadi: tahlil qilish ob’yektini tanlash (mahsulot konstruktsiyasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tеxnologik jarayon, boshqaruv va hisob tizimi kabilar); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling