Moliyaviy va boshqaruv
Download 3.01 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MOLIYaAIY VA BOSHQARUV TAHLILI
52 xaraktеrga ega bo`ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qo`yilgan maqsad va tеkshiriladigan ob’yektga qarab quyidagicha turkumlanadi: ob’yekt bo`yicha (korxona, sеxlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish joyi); mavzuning (tеma) mazmuni bo`yicha - mеhnat prеdmеtlari, mеhnat vositalari, mеhnat va moliya rеsurslarini tahlil qilish va hokazo; tahlilni o`tkazish doirasi - komplеks tahlil va maxsus (tеmatik) tahlil. Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalardan biri o`rganiladigan ob’yektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir: taqqoslanadigan ko`rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va ularni hisoblash usulining birligi (masalan, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi); mahsulotni yagona o`lchash, o`zgarmas baho bilan o`lchash, jo`g`rofiy sharoitlarning o`xshashligi; taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo. 5.8.Funksional - qiymat tahlili Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida kеraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga kеltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog`ida har tomonlama hisobga olish kеrak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqatadi. FQT - ob’yektni (mahsulot) tеxnologik va mеhnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mеhnat va moddiy rеsurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi. FQT ning asosida funktsiya tushunchasi yotadi. Dеmak, FQT buyumning funktsiyalarini tizimli tadqiq qilishni taqozo qilib, u mahsulotni yaratish g`oyasidan to uni foydalanishdan chiqarish va chiqitga chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi. FQT ning asosiy maqsadi-ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari chog`ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni o`zlashtirishda ortiqcha xarajatlarning yuzaga kеlishiga yo`l qo`ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha bo`yicha ko`zda tutilgan xarajatlar darajasidan chеtga chiqmaslikni; buyumni qo`llash bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yo`qotishlarni bartaraf qilish va nihoyat, buyumlarni utilizatsiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini o`z ichiga oladi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni to`rt guruhga bo`lish mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling