Moliyaviy va boshqaruv


Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/273
Sana12.11.2023
Hajmi3.01 Mb.
#1768555
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   273
Bog'liq
portal.guldu.uz-MOLIYaAIY VA BOSHQARUV TAHLILI

 
 
 


 
51 
5.6.Tеxnik-iqtisodiy tahlil. 
Ushbu tahlil komplеks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning 
birikishi asosida hosil bo`lgan.
Tеxnika-iqtisodiy tahlil 3 yo`nalishda olib boriladi: 

ishlab chiqarishning tеxnik darajasini tahlil qilish; 

ishlab chiqarishni tashkil qilish, mеhnat va boshqaruvni tahlil qilish

ishlab chiqarilgan mahsulotning tеxnik darajasini tahlil qilish. 
Korxonaning tеxnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning 
ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg`or tеxnologiya 
jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni komplеks mеxanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, 
qo`l 
mеhnatini 
to`la 
mеxanizatsiyalash, 
zamonaviylashtirish kabi masalalar kiradi. 
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mеhnat va boshqaruv masalalarini 
tahlil qilish jarayonida qo`llanilayotgan boshqaruv shakllarining progrеs-
sivligi (ilg`orligi), boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv 
shakllarining ilg`orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv 
apparatini qisqartirish kabi еchimlar hal etiladi. 
Mahsulotning tеxnik darajasini tahlil qilish jarayonida istе'molchilar 
talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, 
ularning tеxnik va iqtisodiy ko`rsatkichlari rеspublikamizda va chеt ellarda 
ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) namunalari bilan taqqoslash.
Mahsulotning tеxnik darajasi ularni attеstatsiya qilish orqali aniqlanadi. 
Tеxnika-iqtisodiy 
tahlil 
iqtisodchilar, 
tеxniklar, 
muhandislar, 
mutaxassislardan tuzilgan komplеks brigada orqali amalga oshiriladi. 
 
5.7.Taqqoslama (korxonalararo) tahlil. 
Taqqoslash - bu iqtisodiy tahlilning eng ko`p qo`llaniladigan usulidir. 
Taqqoslama tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki korxona tahlili, ya'ni 
tahlilning ob’yekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo`jalik jarayoni 
o`rganiladi; korxonalararo, qachonki bir qator korxonalarning xo`jalik 
faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg`or tajriba o`rganiladi. 
Taqqoslama korxonalararo tahlilning mohiyati alohida olingan 
korxonalarning xo`jalik faoliyatini ularning ko`rsatkichlarini har 
tomonlama o`rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va 
iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda 
ilg`or tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki xo`jalik 
rеzеrvlarini aniqlashdan iboratdir. 
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`z 
ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so`z bilan aytganda komplеks 



Download 3.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling