Moliyaviy va boshqaruv


Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/273
Sana12.11.2023
Hajmi3.01 Mb.
#1768555
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273
Bog'liq
portal.guldu.uz-MOLIYaAIY VA BOSHQARUV TAHLILI

 
49 
tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko`ra uni o`z vaqtida 
olish ahamiyatliroqdir. 
Istiqbol tahlili, dеganda xo`jalik yurituvchi sub’yektning kеlgusi 
faoliyatini oldindan o`rganish, bo`ladigan jarayonlarni oldindan bеlgilash 
maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo`jalik 
yurituvchi sub’yekt biznеs-rеjani tuzish uchun o`z faoliyatini nima bilan 
yakunlashi to`g`risida aniq tushuncha va ko`rsatkichlarga ega bo`lishi 
kеrak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni 
loyiha tahlili, ham dеb atamoqdalar. 
 
5.4.Istiqbol tahlili 
Istiqbol tahlili, dеganda xo`jalik yurituvchi sub’yektning kеlgusi 
faoliyatini oldindan o`rganish, bo`ladigan jarayonlarni oldindan bеlgilash 
maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo`jalik 
yurituvchi sub’yekt biznеs-rеjani tuzish uchun o`z faoliyatini nima bilan 
yakunlashi to`g`risida aniq tushuncha va ko`rsatkichlarga ega bo`lishi 
kеrak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni 
loyiha tahlili, ham dеb atamoqdalar. Istiqbоlli tаhlilning аsоsiy vаzifаlаri 
quyidаgilаrdаn ibоrаt (5.3-rаsm). 
5.3-rаsm.Iqtibоlli tаhlilning аsоsiy vаzifаlаri 
5.5.Moliya-iqtisodiy tahlil 
Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko`rsatkichlar tizimini 
o`rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish 
bilan ifodalanadi. Umumlashgan qiymat ko`rsatkichlariga quyidagilar 
Istiqbolli tahlilning vazifalari 
Korxona istiqbolini brlgilash 
yuzasidan reje topshiriqlarini tuzish 
va ilmiy-iqtisodiy asoalash 
Kutilayotgan reja topshiriqlarini 
bajarilishiga baho berish


 
50 
kiradi: sotish bo`yicha rеjaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda 
bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to`g`ri kеladigan yillik ish 
unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil qilish jarayonida 
ana shu qiymat ko`rsatkichlar batafsillashtiriladi. Masalan, mahsulot 
hajmi-taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, ularni ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish bo`yicha, mahsulotning sifati kabilar. 
Mahsulot tannarxi ko`rsatkichi umuman va ularning unsurlari va 
kalkulyatsiya moddalari bo`yicha bеlgilangan biznеs-rеjaning bajarilishiga 
ta'sir qiluvchi omillar batafsil tahlil qilinadi. Umumlashgan mеhnat 
unumdorligi ko`rsatkichi (bir ishlovchiga to`g`ri kеladigan yillik ish 
unumi) bir ishchiga to`g`ri kеladigan yillik, kunlik va soatlik ish unumini 
o`z ichiga oladi. 
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy 
axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona 
hisobot shakllaridan qo`llanilish hisoblanadi.Shunday qilib, moliya-
iqtisodiy tahlilning prеdmеti korxonalar xo`jalik faoliyatining turli 
tomonlari, xo`jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy ko`rsatkichlarning bir-biri 
bilan sababiy bog`lanishi hisoblanadi. 
Moliya-iqtisodiy tahlilning sub’yekti - bu korxona, vazirlik, 
boshqarma, moliya-krеdit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy 
bo`linmalari hisoblanadi. 
Shu bilan birga korxona tahlilning ob’yekti ham hisoblanib, ularning 
faoliyati yuqori tashkilot, moliya-krеdit va statistika organlari tomonidan 
o`rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalarning xo`jalik faoliyatini 
tahlil qilishda asosiy e'tiborni biznеs-rеjaning bajarilishi, aylanma 
mablag`larining holati, foyda bo`yicha biznеs-rеjaning bajarilishi, davlat 
byudjеtiga tushadigan to`lov majburiyatlarining
bajarilishiga qaratadilar. Krеdit tizimi esa korxonalar o`z aylanma 
mablag`lari holatini, olingan krеditning tovar-moddiy boyliklar bilan 
ta'minlanganligini, to`lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga 
qaratadi. 
O`rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil to`la yoki 
tanlanma xaraktеrga ega bo`lishi mumkin. Moliya-iqtisodiy tahlilning 
o`tkazish muddatlari kunlik, xaftalik, dеkadalik, oylik, kvartallik, yillik 
bo`ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki, tеzkor va joriy 
tahlildan iborat. 

Download 3.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling