Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


* - Bolalar o`ziga xos parta va stolda o`tirishi kerak, parta b-n odam o`rtasida 10sm masofa bo`lishi kerak


Download 243.7 Kb.
bet17/21
Sana08.01.2022
Hajmi243.7 Kb.
#241048
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA

* - Bolalar o`ziga xos parta va stolda o`tirishi kerak, parta b-n odam o`rtasida 10sm masofa bo`lishi kerak.

Qaddi- qomatning rivojlanishi necha yoshgacha davom etadi? 18 yoshgacha.

Yassioyoqlik nima? Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch -harakatlanish qismi hisoblanadi.Uning tuzilish xususiyatlagi ko`ra tananing ressor vazifasini bajarishga moslashgan.

Normal rivojlangan oyoq qanday? Ko`proq qismi o`yiqroq bo`ladi, ozroq qismi gumbaz shklida bo`ladi.

Yassioyoqlik nima? Chuqur qismiga qaraganda chuqur qismi kam bo`ladi, bazida esa butunlay gumbaz bo`ladi.

Yassioyoqlikda tovon kaftining qanday vazifasi buziladi? Ressor vazifasi buziladi.

Yassioyoq odam tik turganda yugurganda, og`ir yuk ko`targanda qayerda og`riq kuchayadi? Shu tovon, kaft, boldir, oyoq muskullarida og`riq paydo bo`ladi?

Yassioyoqlik odamning qaysi organlarining buzilishiga olib keladi? Umurtqa pog`onasi, chanoq suyagi, qaddi qomatning buzilishiga olib keladi.

Yassioyoqlik necha xil bo`ladi? 2 xil bo`ladi

Tug`ma yassioyoqlik nima? Nasildan nasilga o`tishi yokiy bola ebryonal rivojlanishi davrida ona arganizimiga tashqi muxit tasiri.

Yassioyoqlik sabablari? * - Bolaning yoshligida yaniy 8-10 oyligidan yurishi, ko`p tik turishi.

* - Yosh bolaga poshnasiz poyabzallar kiydirish , sportchilarni poshnasiz poyabzalda ko`p yurishi,og`ir yuk ko`tarish ham yossi oyoqlikni yuzaga keltiradi.

Qachon oyoqning ressorlik vazifasi buziladi?Yassioyoqlik vujudga kelganda.

Yassioyoqlik qaysi suyaklarning egilishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi?Umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklari.

Yassioyoqlik necha xil bo’ladi va qaysilar?2 xil: tug’ma va hayotda orttirilgan.

Yassioyoq odamda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Uzoq vaqt tik turganda, ko’proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk ko’targanda oyog’ining tovon-kaft va boldir muskullarda og’riq paydo bo’ladi.

Bola qachon yassioyoqlik bilan tug’iladi?Tug’ma bo’lganda, ya’ni nasldan-naslga o’tishida yoki bola embrionining rivojlanish davrida ona organizmiga tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida.

Yassioyoqlik tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablarini ayting?Bola juda yoshligidan(8 – 10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turg’izish, yosh bolaga poshnasiz oyoq kiyim kiyg’izish,o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz poyabzallarda yurishi, og’ir yuk ko’tarish,poshnasi baland, 3 tomoni tor orqa tomoni keng bo’lgan poyabzallarni kiygizish natijasida.

Organizmning ichki muhitini nima tashkil etadi?Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisadaagi suyuqliklar.

Hujayra tashqarisidagi suyuqlik qanday suyuqliklarga ajratiladi?Hujayralararo va tomirlar ichidagi(qon va limfa) suyuqliklarga bo’linadi.

Odam tanasidagi suv necha % ni tashkil qiladi?60 % ni.

Gomeostaz nima?Organizmning ichki muhiti, suyuqliklarning miqdori,kimyoviy tarkibi,osmotic bosimi va barcha fizik kimyoviy nisbatlarning doimiyligi.

Tana massasining o’rtacha necha %ini qon tashkil qiladi?7 %.

Organizm ichki muhitini nisbiy doimiyligi qanday ta’minlanadi?Ko’pchilik organlar sistemasining birgalikdagi faoliyati orqali.

Qachon hujayra ichidagi, hujayra oralig’i va qon suyuqlikning miqdori hamda kimyoviy tarkibi o’zgaradi?Ichki muhitning nisbiy doimiyligi buzilishi natijasida.

Qaysi organlarning ish faoliyati buzilsa, ichki muhitning doimiyligi buziladi?Oshqozon-ichak,jigar,buyrak.

Issiq iqlim sharoiti organizmning ichki o’zgarishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?Ko’p terlash, nafasning tezlashuvi natijasida organizm ko’p suyuqlik yo’qotadi, bu esa hujayra, hujayralararo va qon suyuqlik miqdorining kamayishiga, ularning kimyoviy tarkibi buzilishiga sabab bo’ladi.

Qachon ichki muhitning suyuqlik miqdori o’zgarmaydi ?Suvga biroz tuz qo’shilsa yoki mineral suv ista’mol qilinsa.

Qon qanday muhim vazifalarni bajaradi?Tashuvchanlik,himoya qilish,nisbiy domiylik saqlashda,to’qima va organlar funksiyasini gumoral yo’l bilan boshqarishda.

Ichki muhit domiyligi buzilishiga tashqi muhit ham ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?Ha.

Qonning tashuvchanlik vazifasini tushuntiring?Qon tanadagi oqsillar, yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,vitaminlar, suv va boshqa oziq moddalarni hujayralarga yetkazadi.O’pkadan O2 qabul qilib, hujayralarga olib boradi va hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq(zaharli) moddalarni va CO2ni o’ziga o’tkazadi.Bu moddalar esa qon orqali ayirish va nafas olish organlariga yetkaziladi.

Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan nechaga teng?1,050 – 1,060.

Suvning yopishqoqligi…deb qabul qilingan?1,0.

Qon plazmasining solishtirma massasi nechaga teng?1,025 – 1,034.

Shaklli elementlarning solishtirma massasi nechaga teng?1,090.

Qonning gumoral boshqaruv vazifasini tushuntiring?Endokrin bezlarida sintez qilingan gormonlar- bilogik faol moddalar qonga o’tib, u orqali to’qim va organlarga o’tkaziladi va ularni nerv sistemasi bilan birga nerv-gumoral boshqarilishini ta’minlaydi.

Qaysi suyuqlikning yopishqoqligi 5,0 ga teng?Qon.

Qonning yopishqoqligi suvnikiga qaraganda yuqori bo’lishiga sabab nima?Qonning tarkibida oqsil moddalar, shaklli elementlar va ayniqsa eritrotsitlar miqdori ko’p bo’ladi.

Gemoliz hodisasi qaysi paytda vujudga keladi?Qon osh tuzining gipotonik eritmasi bilan aralashtirilsa(tanada NaCl konsentratsiyasi pasayib ketsa).

Qonning osmotik bosimi necha atmosfera bosimiga teng?7,6 – 8,1.

Odam va barcha issiqqonli hayvonlar uchun fiziologik modda bo’lib hisoblanuvchi modda qaysi?Osh tuzining 0,9 % li eritmasi.

0,9% dan yuqori konsentratsiyali eritma qon uchun…eritma hisoblanadi?Gipertonik.

Qonning necha %ini qonda erigan NaCl tashkil etadi?60 %ini.

Probirkaga 2-3ml qon quyib, qon ikkiga ajralishi uchun 1 tomchi qanday modda qo’shiladi?Geparin.

0,9 % dan past konsentratsiyali eritma qonga nisbatan qanday eritma hisoblanadi?Gipotonik.

Qonning qizil rangdagi quyuq qismi ?Shaklli elementlar.

Qonning rangsiz qismi?Qon plazmasi.

Qon plazmasi tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Oqsillar,yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,gormonlar,fermentlar,antitanalar va erigan holdagi gazlar(O2 ,CO2) bo’ladi.

Qon plazmasining necha %ini suv tashkil qiladi?90 – 92 %ni.

Qon plazmasining 7 – 8%ini qanday modda tashkil qiladi?Oqsillar.

Plazma tarkibidagi qaysi moddalar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishda muhim ahamiyatga ega?Vitaminlar,fermentlar,gormonlar.

Qon plazmasining necha %ini tuzlar tashkil etadi?0,9 %ni.

Qon plazmasi tarkibidagi qaysi moddalar organizni yuqumli kasalliklardan himoya qiladi?Antitanalar.

Qon plazmasining 0,8 %ini qanday modda tashkil qiladi?Yog’lar.

Qon plazmasining necha %ini glukoza tashkil qiladi?0,1%ni.

Qonning organizmni himoya qilish(immunitet) funksiyasini tushuntiring?Qon tarkibidagi leykotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yuborish xususiyatiga ega.Qon zardobidagi maxsus oqsil zarrachalari(antitanalar) bo’lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtiradi va eritib yuboradi.

Qonning shaklli elementlariga qaysi moddalar kiradi?Eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar.

Odam qonining qaysi hujayralarida yadro bo’lmaydi?Yetilgan eritrositlarda.

Eritrositlar qanday shaklga ega?O’rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklda bo’ladi.

1 mm3 qonda qancha eritrotsit bo’ladi?4 – 6 mln o’rtacha 5 mln dona.

Eritrotsitlarning hosil bo’lishi nimaga bog’liq?Odamning sog’lig’iga,ovqatlanishiga,quyoshning ultrabinafsha nurlari yetarli bo’lishiga,jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, ayniqsa ovqat tarkibidagi oqsillar, Fe moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishiga bog’liq.

Eritrotsitlar qayerda hosil bo’ladi?Suyak komigida.

Eritrotsitlar qonga o’tgandan keyin qancha vaqt yashaydi?120 – kun (4 oy).

Eritrotsitlar qayerlarda parchalanadi?Jigar va taloqda.

Leykotsitlar qancha vaqt yashaydi?2 – 5 kun.

Eritrotsitlar parchalanganda ular qanday moddalarga ajraladi?Fe va gemoglabin .

Parchalangan eritrotsitlardan hosil bo’lgan Fe moddasi nima uchun sarflanadi?Suyak ko’migida yosh eritrotsitlar hosil bo’lishiga.

O’t suyuqligi qanday hosil bo’ladi?Parchalangan eritrotsitlarning gemoglabin tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, o’t suyuqligi hosil qiladi.

Eritrotsitlarning asosiy vazifasi?Organizmning barcha hujayralarini O2 bilan ta’minlash.

Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglabin o’t suyuqligi hosil qilishdan tashqari yana qanday jarayonlarda ishtirok etadi?O’pkalardan O2ni o’ziga biriktirib, hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 ni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.

Kamqonlik(anemiya) kasalligi qanday kelib chiqadi?Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglabin miqdorining kamayishi natijasida.

Anemiya kasalligining oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Ovqat tarkibida oqsil , Fe moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanish.Nafas oladigan havoning toza bo’lishiga ahamiyat berish kerak.

Eritrotsitlarning 2-nomi?Qizil qon tanachalari.

Leykotsitlar ….qon hujayralari hisoblanadi?Yadroli.

Leykotsitlarning 2-nomi?Oq qon tanachalari.

Leykotsitlar qanday turlarga bo’linadi?Granulotsitlar va aggranulotsitlar.

Yiring bu ….?O’lik leykotsitlar.

Agranulotsitlar qanday qon hujayralari hisoblanadi?Donasiz.

Leykopeniya nima?Leykotsitlar soning kamayishi.

Leykotsitlar qayerlarda hosil bo’ladi?Suyakning komig qismida va taloqda(limfotsitlar).

Leykotsitlar sonining ko’payib ketishi nima deb ataladi?Leykotsitoz.

Leykotsitlar qachon halok bo’ladi?Organizmga kirgan mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib.

Granulotsitlarning 2-nomi?Donador.

Leykotsitlarning asosiy vazifasi?Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish.

Leykotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuborish hodisasi qanday nomlanadi?Fagotsitoz.

Fagotsitoz hodisasini kim aniqlagan?I.I.Mechnikov.

Qachon organizmda leykotsitlar soni ko’payib, 1 mm3 qonda 10 – 20 mingga yetishi mumkin?Odam yuqumli kasallik bilan kasallanganda.

Qon plastinkalari bu?Trombotsitlar.

Trombotsitlar qayerlarda hosil bo’ladi?Suyaklarning komik qismida va taloqda.

Trombotsitlar necha kun yashaydi?2 – 5 kun.

1 mm3 qonda qancha dona trombotsitlar bo’ladi?300 – 400 ming dona.

Trombotsitlarda nima bo’lmaydi?Yadro.

Qanday hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo’ladi?Past tabaqali umurtqali hayvonlarda.

Qachon qonning ivish xossasi buziladi?Trombotsitlarning soni kamayganda.

Tronbositlarning asosiy vazifasi? Qonning ivishini tamilash.

Arganizimning muhum himoya reaksiyasi? Qonning ivishi.

Sog`lom odamning qoni qanchada ividi? 3-4 min.

Gemofiliya kasalligi qanday yuzaga keladi? Qon plazmasining tarkibida biologik modda-antigemofil omil yetarli bo`lmasa.

Qon ivimaslik kasalligi? Gemofiliya.

Qon ivimaslik sabablarini ayting? Antigemofil omil yetarli bo`lmasa, trombositlar soni kamaysa, ovqat tarkibida Ca2+ ionlari va k vitaminlarining miqdori yetishmay qolsa.

Qonning eritrotsitlar tarkibida agglyutinogen, plazma tarkibida agglutinin moddalar bo`lishini qachon qaysi olimlar aniqlagan? 1901-yil K. Landshteyner, 1907-yil Y. Yanskiy.

Bitta odam qonining ertrositlari va plazmasida bir xil modda bo`lmasligi kerak yani? Agglyutinogen A, agglutinin , agglyutinogen B, agglutinin .

Birichi qon guruhlariga ega bo`lgan odamlar dunyo aholisining necha % tashkil qiladi? 40 %.

Birichi qon guruhlarining eritrositlarining plazmasi tarkibida qanday moddalar bo`ladi? Eritrositlarda agglyutinogen umuman bo`lmaydi, plazmasida , bo`ladi.

Ikkinchi qon guruhiga ega bo`lgan odamlar dunto aholisini % tashkil qiladi? 39%.

Ikkinchi qon guruhlariga ega bo`lga odamlarning eritrotsitlari plazmasida qanday moddalar bo`ladi? Eritrositlarda agglyutinogen A, plazmasi tarkibida agglutinin .

Qaysi qon guruhiga ega bo`lgan odamlar dunyo aholisining 6% ni hosil qiladi? IV-qon guruhi.

1940-yilda qanday kashfiyot qilingan? K . Ladshteyner eritrositlarda rezus omil borligini aniqlagan.

Rezus omil qanday tasirlar natijasida vujudga keladi? Rezus omil avloddan-avlodga irsiy o`tadi.

Rezus omilning bor yoki yo`qligiga ko`ra qanday odamlar bo`ladi? Rezus musbat va rezus manfiy.

Rezus omil odam hayoti davomida qachon o`zgaradi? Odam hayoti davomida o`zgarmaydi.

Agar ona rezus manfiy, homila ham rezus manfiy bo`lsa bola qanday kasallik b-n tug`iladi? Bola sog`lom bo`lib tug`iladi.

Uchunchi qon guruhli odamlar dunyo aholisini necha % ni tashkil qiladi? 15% ni

Boshqalarga qon beruvchi odamlar nima deb ataladi? Donor.

Nechanchi guruh qonli odamlarning eritrositlarida agglyutinogen B, plazmada agglutinin bo`ladi? Uchinchi guruhli odamlarda.

To`rtinchi guruh odamlarning eritrositlari va plazmasi tarkibida qanday modda bo`ladi? Eritrositlar tarkibida agglyutinogen A,B plazmasi tarkibida agglutinin umuman bo`lmaydi.

Qaysi guruh qonli odamlar universal donorlar deb ataladi? I-qonli odamlarda.

Birichi guruh qonli odamlar qonini qaysi guruhlarga berishi mumkin? Barcha guruh qonli odamlarga.

Retsipiyentlar kimlar? Boshqalardan qon oluvchi odamlar.

Qanday hollarda gemolitik bola tug`iladi? Ona rezus manfiy homila rezus musbat bo`lsa.

Birichi guruhli odamlar qaysi guruh qonli odamlardan qon qabul qilishi mumkin? Haqat I-guruh qonli odamlardan.

Ikkinchi guruh qonli odamlar qaysi guruhlardan qon qabl qilishi mumkin? I va II-guruhli odamlardan.

Qaysi guruh qonli odamlar universal retsipiyentlar deyiladi? IV-guruhli odamlar.

Qaysi qon guruhli odamlar faqat II va IV-guruhli qonli odamlarga qon berishi mumkin? II-guruh qonli odamlarga.

III-guruh qonli odamlar qaysi guruhlarga qon beradi va qaysi guruhlarga qon beradi? III va IV-guruhga beradi va III va I-guruhdan qabul qiladi.

IV-guruh qonli odamlar qaysi guruhlarga qon berishi mumkin? Faqat IV guruhga.

Yuqumli kasalliklar deb nimaga aytiladi?Odam organizmiga kasallik qo’zg’atuvchi turli(patogen) mikroblar,viruslar,zamburug’lar va boshqalar kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.

Yuqumli kasalliklarni mikroblar qo’zg’atishini qaysi olim aniqlagan?Lui Paster.

Hozirda mikroblarning qanchaga yaqin turi bor?1500 ga yaqin.

Viruslarning qancha turi ma’lum?100 dan ortiq.

Mikroblar va viruslar qayerlarda ko’p tarqalgan?Tuproqda,suvda,havoda.

Odam organizmi o’zini himoya qilish usullari necha bosqichga bo’linadi?3 bosqichga.

Organizm o’zini himoya qilishning 1-bosqichi-?Teri,burun,nafas yo’llari,ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq pardasi hisoblanadi.

Organizm o’zini himoya qilishning 2-bosqichi-?Qonning leykotsitlari(oq qon tanachalari) xizmat qiladi.

Organizm o’zini himoya qilishning 3-bosqichi-?Antitelolar va antitoksinlar ishlab chiqarishi hisoblanadi.Antitelolar organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboradi,antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi.

Immunitet deb nimaga aytiladi?Odam organizmining antitela va antitoksinlar ishlab chiqarish va ular orqali yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashish,o’zini himoya qilish.

Immunitet necha xil bo’ladi va qaysilar? 2 xil: tug’ma va orttirilgan.

Tug’ma immunitetga ta’rif bering?Onadan bolaga o’tadi, lekin doimiy bo’lmaydi va bolaning 1-yoshidayoq o’z kuchini yo’qotadi.

Orttirilgan immunitetga ta’rif bering?Odamning hayoti davomida orttirilgan ya’ni uning o’z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet.

Tabiiy immunitet qachon hosil bo’ladi?Odam biror bir yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalish natijasida.

Suniy immunitet qachon hosil bo’ladi?Sog’lom odamni emlash natijasida hosil bo’ladi.

Tabiiy va suniy immunitet nima uchun faol immunitet deyiladi?Organizmning o’zi ishlab chiqariladi.

Passiv immunitetga ta’rif bering?Emlash yo’li bilan ba’zi sog’lom bo’g’imlardan ayrim kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar va ularni zararli moddalarga qarshi immunitet hosil qiladi.

Qaysi olim 1-bo’lib kuydirgi, quturish va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun vaksina va qon zardobi tayyorladi?I.I.Mechnikov.

OITS 1-marta nechanchi yil qayerda ro’yxatga olindi?1981-yil AQSHda.

Kasallikni qo’zg’atuvchi virusni kim nechanchi yil aniqladi?L.Montane 1983 – yil.

OITSni yuqish yo’llari?Jinsiy aloqa,o’pishish.tishlash,sterillanmagan shpiris,igna,stomotologiya,ginekologiya,jarrohlik asboblari, kasal yoki virusni tashib yuruvchi odamlarning qon yoki qon zardobi orqali.

OITSni belgilari?Jag’osti,bo’yin,qo’ltig’osti,chov sohasidagi nafas yo’llari va ichak atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi,terida yiring, yaralar paydo bo’ladi,vaqti-vaqti bilan tana harorati ko’tariladi.

OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli qanday belgilar kuztiladi?Qo’l va oyoq tolalaridagi nerv tolalari bo’ylab og’riuq seziladi,bemorda qo’l-oyoq falaji bo’ladi,xotira va aqliy mehnat faoliyati pasayadi.

OITSga qarshi kun?1 – dekabr.

Odam organizmida qonning to’xtovsiz harakatlanishini nimalar ta’minlaydi?Yurak va tomirlar.

Yurakning og’irligi erkak va ayollarda necha gramgacha bo’ladi?Erkaklarda 220 – 300 gr, ayollarda 18 – 220 gr.

Yurak qayerda joylashgan?Ko’krak qafasida to’sh suyagining orqasida, ikkala o’pkaning o’rtasida joylashgan bo’lib, ko’proq qismi chap tomonda turadi.

Yurak devori qanday qavatlardan iborat?Ichki – endokard,o’rta – miokard,tashqi – perikard.

Perikard qanday qismlardan tashkil topgan?Ichki yurak muskuliga yopishib turadigan-epikard qavati;tashqi parda.

Yurakning qisqarish va kengayish harakatlarining qulay bo’lishiga sabab nima?Perikardning ikkita qavat o’rtasidagi bo’shliqdagi suyuqlik.

Yurak qanday kameralardan tashkil topgan?O’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha.

Nima uchun chap qorincha devori qalin bo’ladi?Chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab, katta qon aylanish doirasini qon bilan ta’minlaydi.

Ikki tavaqali klapan qayerda joylashgan?Chap bo’lmacha bilan chap qorincha o’rtasida.

O’ng bo’lmacha bilan o’ng qorincha o’rtasida qanday klapan bor?3 tavaqali.

Yarimoysimon klapanlar qayerda joylashgan?Chap qorincha bilan aorta qon tomir o’rtasida, o’ng qorincha bilan o’pka arteriyasi o’rtasida.

Nima sababdan qon faqat bir tomonga, ya’ni bo’lmachalardan qorinchalarga, ulardan esa aorta va o’pka arteriyasi tomon harakatlanadi?Yurak klapanlari hisobiga.

Yurak orqali 1 minutda qancha qon o’tadi?5 litr.

Yurak qaysi arteriya orqali oziqlanadi?2 ta tojsimon arteriya.

Yurakning asosiy ishi nimadan iborat?Nasos singari vena qon tomiridagi qonni so’rib, arteriya qon tomiriga o’tkazish.

Yurakning qisqarishi nima deb ataladi?Sistola.

Yurakning bo’shashi nima deyiladi?Diastola.

Yurakning bir ish sikli deb nimaga aytiladi?Bo’lmacha va qorinchalarning 1 marta qisqarib – bo’shashishi.

Yurakning 1 minutdagi ish sikli nechaga teng?70 – 72 marta.

Yurakning har bir qisqarib-kengayishidan nechta puls hosil bo’ladi?1 ta.

Yurakning bir ish sikliga qancha vaqt sarflanadi?0,8 sek.

Yurak qorinchalari har bir qisqarganda qancha qonni aortaga chiqaradi?65 – 70 ml.

Yurakning sistolik hajmi nima?Qorinchaning har bir qisqarganda aortaga chiqaradigan qon hajmi.

Yurakning minutlik hajmi deb nimaga aytiladi?1 minutdagi yurak qorinchasidan chiqarilgan qon hajmi.

Minutlik hajm nechaga teng?4,9 litr.

Yurak avtomatsiyasi nima?Yurak tanadan va nerv sistemasidan ajratilganiga qarmay o’z – o’zidan ishlash xususiyati.

Yurak avtomatsiyasini nimalar ta’minlaydi?Yurak muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-muskul tuzilmalari(tugunlari).

Nerv – muskul tuzilmalari qayerlarda joylashgan?O’ng bo’lmachaning kovak vena quyiladigan joyda(Keys-Flyak nerv tugunchasi), o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida(Ashoff – Tovar nerv tuguni).

Qorinchalar avtomatsiyasi nimaning hisobiga boradi?Ashoff-Tovar nerv tugunidagi qo’zg’alishning Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali qorinchlarga tarqalishi hisobiga.

Yurak biotoklari qayerda hosil bo’ladi?Yurak muskullarida.

Yurak biotoki qaysi asbob yordamida yozib olinadi?Elektrokardiograf.

Elektrokardiogramma nima?Tasmaga yozib olingan biotok.

Yurak qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi tomir?Arteriya.

Arteriya qanday qavatlardan tashkil topgan?1)Ustki-qalin va elastik biriktiruvchi to’qima,2)o’rta-qalin,silliq muskul va elastik tolalar. 3)Ichki-yupqa bir qator hujayralar.

Kapillarlar qanday hosil bo’ladi?Arteriyalar organ va to’qimalarda yanada ingichkalashishidan.

Kapillar devori qanday tuzilgan?1 qavat hujayralardan iborat.

Barcha to’qimalar orqali o’tadigan qon tomiri qaysi?Kapillar.

Kapillarning kattaligi qancha?Odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka.

Yurak bo’lmalariga keladigan qon tomiri?Vena.

Venalar devori qanday tuzilgan?Arteriyalarga o’xshash 3 qavatdan iborat, lekin yupqa.

Qon tomirlarning qaysida klapanlar bor?Venalarda.

Yirik venalarda joylashgan klapanlar qanday vazifani bajaradi?Qonning faqat yurak tomoniga oqishiga imkon beradi.

Nechta qon aylanish doirasi bor va qanday?2 ta,katta va kichik,

Qon aylanish doiralari qayerda boshlanadi va qayerda tugaydi?Yurakda boshlanadi va yurakda tugaydi.

Katta qon aylanish doirasini boshlanish va tugash joylarini ayting?Yurakning chap qorinchasidan aorta qon tomir orqali boshlanib, yirik o’rta va mayda arteriya qon tomirlari orqali tananing barcha to’qima va organlarini arteriya qoni bilan ta’minlab, vena qoniga aylanadi va yuqori hamda pastki kovak venalar orqali o’ng bo’lmachaga quyiladi.

Yurakning o’ng qorinchasidan chiquvchi o’pka arteriyalaridan boshlanib, o’ng va chap o’pkaga boruvchi va u yerdan venoz qonni arterial qonga aylantirib, 4 ta o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmasiga quyiladigan qon aylanish doirasi qaysi?Kichik qon aylanish doirasi.

Limfa tomirlari orqali qanday suyuqlik oqadi?Limfa suyuqligi.

Limfa sistemasi nimalardan iborat?Limfa kapillarlari, mayda, o’rtacha,yirik limfa tomirlari va limfa tugunlari.

Limfa aylanishning qon aylanishidan farqi nimada?Limfa tomirlari organ va to’qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi.

Odam tanasida qancha limfa tuguni bor?460 taga yaqin.

Limfa tugunlari qayerlarda joylashgan?Tirsak bo’g’imi atrofida, qo’ltiqda,son-qovuq sohasida,bo’yinning old qismida.

Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo’lib qancha limfa suyuqligi bor?1 – 2 litr.

Limfa suyuqligi limfa tomiridan qayerga quyiladi?O’mrovosti venasiga.

1 kecha – kunduzda qancha limfa suyuqligi vena qon tomiriga quyiladi?1200 – 1500 ml.

Limfa qayerdan hosil bo’ladi?To’qimalardagi suyuqlikdan.

Taloq qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg’alar ostida.

Taloqning og’irligi qancha?140 – 200 gr.

Taloqda leykotsitlarning qanday turi hosil bo’ladi?Limfotsitlar.

Taloqda hosil bo’lgan limfotsit qayerga chiqariladi?Limfa tomiriga.

Limfotsit qanday vazifani bajaradi?Immunitet xususiyatini ta’minlaydi.

Nima uchun taloq qon deposi deb ataladi?Taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to’planadi.

Taloqning qanday vazifalari bor?Immunitet;qon deposi;yashash muddatini o’tagan eritrotsitlar va leykotsitlarni parchalanish joyi.

Qachon taloqda limfotrsitlarni hosil bo’lishi ko’payadi?Jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanganda.

Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi qaysi qonunga muvofiq boradi?Gemodinamika.

Qon aylanish sistemasining qaysi qismida bosim baland bo’ladi?Yrakka yaqin qismida.

Qon oqish tezligi qaysi qon tomirlarda yuqori bo’ladi?Arteriya.

Qon aylanish sistemasining qaysi qismida bosim va qon oqish tezligi past bo’ladi?Quyuq qismida.

Qon oqish tezligi aortada, arteriyada,arteriolada,venada,kapillarlarda nechaga teng?Aortada-40sm/sek, arteriyada- 40 – 10 sm/sek, arteriolada – 10 – 0,1 sm/sek, venalarda - 0,3 – 0,5 sm/sek, kapillarda – 0,1 sm/sek.

Tinch holatda katta odam tanasi bo’ylab qon 1 marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi?25 – 30 sek.

Qachon qon aylanib chiqishiga sarflanadigan vaqt qisqaradi?Jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanganda.

Puls nima?Qon tomiri devorining ritmik ravishda to’lqinlanib turishi.

Tomir urishi nima?Puls.

Arteriya qon tomiri devorining to’lqinlanishi nima deb ataladi?Arterial puls.

Vena pulsi qanday hosil bo’ladi?Vena qon tomiri devorining to’lqinlanishidan.

Arterial puls qanday hosil bo’ladi?Yurakning chap qorinchasi qisqarganda, qonning aortaga va undan arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilish natijasida ular devorining tebranishidan.

Puls qayerlarda sanaladi?Bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida va tananing boshqa sohalarida.

Qon bosimi qanday yuzaga keladi?Qonning tomirlar devoriga ko’rsatgan bosim kuchidan.

Qon bosimining qanday xillari bor?Arterial va vena bosimi.

Yurak qon tomir sistemasi ish faoliyatini qaysi qon bosimini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi?Arterial bosim.

Maksimal arterial bosim qanday hosil bo’ladi?Yurakning chap qorinchasi qisqarganida.

Maksimal arterial bosim yana qanday ataladi?Sistolik bosim.

Yurakning chap qorinchasi kengayganda qanday bosim yuzaga keladi?Minimal(diastolik) bosim.

Qon bosimi qaysi asbob yordamida va qayerda o’lchanadi?Sfignomonometr yoki tonometr asbobida,yelka arteriyasida.

Arterial qon bosimining ortishi va pasayishi nima deyiladi?Ortishi - gipertoniya, pasayishi – gipotaniya.

Gipertoniya qachon kelib chiqadi? Maksimal bosim 125-130 mm,minimal bosim 85mm dan oshganda.

Gipotoniya qachon kelib chiqadi? Maksimal bosim 110 mm dan , minimal bosim 70mm dan pasayganda.

Yurak va qon tomirlar faoliyati qanday yo`l b-n boshqariladi? Nerv-gumoral yo`l b-n.

Yurak va qon tomirlar ishi qanday yo`l b-n boshqariladi? Simpatik va parasimpatik ( adashgan) nervlar orqali.

Simpatik nerv qanday tasir ko`rsatadi? Yurak faoliyatini kuchaytiradi.

Parasimpatik nerv yurakka qanday tasir ko`rsatadi? Qisqarishini sekinlashtiradi.

Yurak ishini muozanatlab turuvchi nervlar qaysilar? Simpatik va parasimpatik.

Yurak ishini tezlashtiradigan va arterial bosimni oshiradigan buyrak usti bezi garmoni qaysi? Adrenalin.

Gipofizning orqa bo`lagidan ishlab chiqariladigan vasopressin garmoni qon timirkarga qanday tasir ko`rsatadi? Qon tomirni toraytirib bosimni oshiradi.

Atmosfera bosimi ortganda qaysi kasalliklar b-n og`rigan odamlarda bosh og`rig`i, bog`imda, yurakda og`riq seziladi? Gipertoniya, revmatizm, yurak kasalliklari.

Atmosfera bosimi ortishi qon bosimi ko`tarilgan keksa odamlarga qanday tasir ko`rsatadi? Miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyiladi.

Tog` kasalligi qanday kelib chiqadi? Balantlikka ko`tarilganda, havo bosimi pasayishi tufayli gavdaning ichki bo`shliqlaridagi gazlar kengayishidan.

Issiq qon tomirlaga qanday tasir ko`rsatadi? Qon tomirlar kengayadi, organizmdan tashqi muhitga ter b-n bug`lanish orqali issiqlik ajralishi ko`payadi.

Sovuq harorat qon tomirlarga qanday tasir ko`rsatadi? Tomirlar torayadi, issiqlik ajralishi kamayadi, teri, yuzlar oqaradi, biroz qaltiraydi.

Qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog`va tuz maddalari toplanishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo`rtlashib va torayib qolishi nima deb ataladi? Aterosleroz.

Yurakning ishemik kasalligi nima? Yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi.

Qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining malum qismi yemirilishi qanday kasallik hisoblanadi? Miokard infarkti.

Insult nima? Bosh miyaga qon quyilishi.

Yurakning yallig`lanish kasalliklari qaysi kasalliklar oqibatida kelib chiqadi? Angina, surunkali tonzillit ( bodomcha bezlarning yalig`lanishi.

Chekish va spirtli ichimliklar ichish yurak va qon tomirlar sistemasiga zararli tasir ko`rsatib qanday kasalliklarga sabab bo`ladi? Ateroskleroz, gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, insult.

Ko`p qon yo`qotish qon bosimiga qanday tasir ko`rsatadi? Qon bosimi pasayib ketadi.

Odam qancha qon yo`qotganda halok bo`ladi? 2-2.5 l.

Qaysi tomirdan qon ketganda to`xtatish oson? Kapillardan.

Kapilyarlardan qon ketganda birinchi yordam? Shikaslangan joyi yod eritmasi b-n zararsizlantirilib toza bint b-n bog`lab qo`yiladi.

Burundan qon ketganda birinchi yordam? Burun ehtiyotlik b-n sovuq suvda bir necha marta chayqaladi, burun ustiga sovuq suvda ho`llangan sochiq qo`yiladi.

Qaysi qon tomir jarohatlanganda shikaslangan joydagi ivigan qon to`xtovsiz yuvilib ketaveradi? Venadan.

Kichikroq vena shikastlanganda birinchi yordam? Tomir siqib bog`lab qo`yiladi va bemor shifoxonaga jo`natiladi.

Yirik venalar shikastlanganda birinchi yordam? Qon tomir jarohatlangan joydan yuqoriroq qismidan barmoq bilan bosib turiladi va qovuzloq qo`yiladi.

Qaysi qon tomir jarohatlanganda qon favvora bo`lib otilib chiqa boshlaydi? Arteriyadan qon ketganda.

Arteriyadan qon ketganda birinchi yordam? Jarohatlangan joining yuqoriroq qismidan barmoq b-n bosib turiladi va bu joyda rezina bint va boshqa materialdan qovuzloq qo`yiladi.

Qovuzloq qancha vaqt qo`yiladi? 1.5-2 soat.

Nima uchun qovuzloq uzoq vaqt qo`yilmaydi? Qo`l yoki oyoqning qovuzloqdan pastki qismidagi to`qimalar jonsizlanib, ishdan chiqishi mumkin.

Arteriyadan qon ketishini yana qanday to`xtatish mumkin? Qo`l yoki oyoqni qattiq bukib, bukiladigan joyga yumaloqlangan bint yoki oaxta joylanib bukilgan holda bog`lab qo`yiladi.

Ichki qon ketish qaysi organlarda bo`ladi? Qorin, ko`krak bo`shlig`i, oshqozon, ichak, bosh qutisi.

Ichki qon ketishda birinchi yordam? Bemorni yotqizilgan yoki o`tirgan holatda tich qoldirish, qon ketishi gumon qilingan joy ustiga muz, qor yoki sovuq suv solingan polietilen halta qo`yiladi.

Nafas olish nima?Tashqi muhitdan O2 qabul qilib, CO2 ni chiqarish.

Nafas olish jarayoni qanday qismlardan iborat?Tashqi nafas olish – o’pka alveolalari va tashqi muhit o’rtasida, O’pka alveolalari va o’pka kapillarlari o’rtasida, ichki nafas olish – qon va to’qimalar o’rtasida.

Burun bo’shlig’i qanday devorlardan tashkil topgan?Yuqori, pastki, 2 ta yon.

Burun bo’shlig’ini ichki yuzasi qanday parda bilan qoplangan?Shilimshiq parda.

Shilimshiq parda qanday vazifani bajaradi?Undagi ko’p mayda bezchalardan ajraladigan shilimshiq suyuqlik havoni tozlaydi.

Hiqildoq nechanchi bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan?IV – VI .

Hiqildoq qanday vazifani bajaradi?Havo o’tkazuvchi nafas yo’li va tovush hosil qiladigan ovoz apparati.

Hiqildoq qanday qavatlardan iborat?Ichki qavati – tukli shilimshiq parda, devori-tog’ay va muskullardan.

Tovush boylamlari va muskullari hiqildoqning qaysi qavatida joylashgan?Ichki qavatining o’rtasida.

Tovush qanday hosil bo’ladi?Tovush boylamlari va muskullarining bo’shashishi va qisqarishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali.

VI – VII bo’yin umurtqasidan boshlanib, V ko’krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadigan nafas organi qaysi?Kekirdak(traxeya).

Kekirdak V ko’krak umurtqasi ro’parasida qanday qismlarga ajraladi?O’ng va chap bronxlarga.

Kekirdakning uzunligi qancha?9 – 13 sm.

Kekirdak devori nimalardan tashkil topgan?Yarim aylanasimon tog’aylar va paylardan.

Yarim aylanasimon tog’ay va paylar soni qancha?16 – 20 ta.

Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib qanday o’zgarishga uchraydi?Darxt shoxiga o’xshab juda mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.

Kekirdak va bronxlar qanday vazifani bajaradi?Havoni ilitib, namlab,mayda chang zarrachalaridan tozalab o’pka alveolalariga o’tqazadi.

O’pka qanday shaklda tuzilgan?Konussimon.

O’pka qanday qismlardan iborat?O’ng va chap o’pka.

O’pka qayerda joylashgan?Ko’krak qafasining 2 tomonida.

O’ng va chap o’pkaning o’rtasida qanday organlar joylashgan?Kekirdak,qizilo’ngach,qon tomirlari,ayrsimon bez,nerv tolalari,limfa tomirlari va tugunlari,yurak.

O’pka chegaralarini ayting?Pastki tomondan diafragma,orqa tomondan umurtqa pog’onasi,oldidan to’sh suyagi,atrofidan qovurg’alar bilan chegaralangan.

O’pka to’qimasi nimalardan tashkil topgan?O’rtacha,mayda,eng mayda bronxchalar va pufakchasimon alveolalardan.

Gaz almashinuvi o’pkaning qaysi qismida kechadi?Alveolalarda.

Alveolalar devori qanday tuzilgan?1 qavatli epiteliy to’qimasidan iborat bo’lib, atrofi kapillarlar bilan to’rsimon shaklda o’ralgan.

Ikkala o’pkadagi qancha?750 mln ta.

Alveolalarning umumiy sathi qancha?100 m2.

O’pka bilan tashqi muhit o’rtasida hamda alveolalar bilan qon o’rtasida gaz almasinuvi tezlashuviga nima sabab?Alveolalar sathining katta bo’lishi.

O’pkalar tashqi tomondan nima bilan o’ralgan?Plevra pardasi.

Plevra pardasi qanday tuzilgan?2 qavatdan ya’ni ichki va tashqi qavatdan iborat bo’lib, ular orasida torgina plevra bo’shlig’i bor.

Plevra bo’shlig’idagi bosim qanday bo’ladi?Past.

Ovoz hosil bo’lishida qaysi organlar ishtirok etadi?Ovoz boylamlari va muskullari,til,lablar,og’iz bo’shlig’i,burun bo’shlig’i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo’shimcha kovaklari, halqum,kekirdak,bronxlar,o’pkalar.

Odam gapirmay turganda ovoz boylamlari qanday holatda bo’ladi?Ochiq holda – Uchburchak shaklda.

So’zlashganda va pichirlab so’zlaganda ovoz boylamlari qanday holatda bo’ladi?So’zlashganda yopiq holatda; pichirlaganda ochiq holda.

Ovoz o’tkirligi nimaga bog’liq?Ovoz boylamlarining kalta yoki uzunligiga.

Ovoz boylamlarining uzunligi ayollarda va erkaklarda qancha bo’ladi?Erkaklarda 20 – 22 mm, ayollarda 18 – 20 mm.

Nafas olish harakati qanday yuzaga keladi?Qovurg’larning ko’tarilishi,diafrgamaning pastga tushishi.

Qovurg’alar ko’tarilishi qaysi muskullar qisqarishi hisobiga yuzaga keladi?Bo’yin va tashqi qovurg’alararo.

Diafragmaning pastga tushishi qaysi muskul qisqarishi hisobiga sodir bo’ladi?Diafrafma muskuli.

Diafragmaning yuqoriga ko’tarilishi qaysi muskul qisqarganda sodir bo’ladi?Qorin muskullari.

O’pkaning torayishi va ko’krak qafasining kichrayishi qaysi muskullarning qisqarishi orqali ta’minlanadi?Ichki qovurg’alararo va qorin .

Nafas havosi nima?Tinch turganda 1 marta olinadigan havo.

Nafas havosi o’rtacha qancha bo’ladi?500 ml.

Qo’shimcha havo miqdori qancha?1500 ml.

Odam tinch nafas chiqargandan so’ng, yana chuqur nafas chiqarishi nima deb ataladi?Rezerv havo.

Rezerv havo miqdori qancha?1500 ml.

O’pkaning tiriklik sig’imi deb nimaga aytiladi?Nafas havosi, qo’shimcha havo, rezerv havolarning yig’indisi.

Op’kaning tiriklik sig’imi o’rtacha, ayollarda va erkaklarda nechaga teng?O’rtacha 3,5 litr,Erkaklarda 3,5 – 4,5 litr.ayollarda 3 – 3,5 litr.

O’pka minutlik ventilyatsiyasi nima?1 minutdagi nafas soning o’pkaga kirgan havo miqdoriga ko’paytmasi.

Odam tinch turganda necha marta nafas oladi?16 – 18 marta.

Tinch holatda o’pkaning minutlik ventilyatsiyasi nechaga teng?8 – 9litr.

Atmosfera havosi tarkibining O2 , CO2 , N2 moddalari necha % larni tashkil etadi?O2 – 20,94 %,CO2 – 0,03%, N2 – 79,3 % bo’ladi.

Nafas bilan havo tarkibida O2 , CO2 , N2 moddalari necha foizni tashkil etadi?O2 – 16,3 %,CO2 – 4%, N2 – 79,7%.

O’pkalarda gazlar almashinuvi qayerlarda o’tadi?Alveolalarda.

Alveolalarning devori qancha bo’ladi?0,004 mm.

Alveolalarning atrofini nimalar o’rab turadi?Mayda qon tomirlari to’rsimon shaklda o’rab turadi.

Alveolalar va ularni o’rab turgan qon tomirlar o’rtasida qanday yo’l bilan gazlar almashinadi?Diffuziya yo’li bilan.

Diffuziya yo’li bilan gazlar qanday almashinadi?Alveola bo’shlig’idagi havo tarkibidagi O2 qonga o’tadi, qondagi CO2 gazi esa alveolalarga o’tadi.Buning sababi alveolalardagi havo tarkibidagi O2 ning bosimi yuqori, qon tarkibida esa CO2 gazining yuqori bo’lishi.

Tinch holatda odam 1 minutda atmosfera havosidan qancha O2 qabul qiladi?250 – 300 ml.

Qon bilan to’qimalar(hujayralar) o’rtasidagi gaz almashinuvi qaysi yo’l bilan boradi?Diffuziya yo’li bilan.

Atmosfera bosimi qancha simob ustuniga teng bo’lganda odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan nafas olish jarayoni ham normal o’tadi?760 mm simob ustuni.

Havo tarkibidagi O2 qachon kamayadi?Atmosfera bosimi past bo’lganda ya’ni baland tog’lar ustida, samalyot yuqoriga ko’tarilganda.

Atmosfera bosimi pasayganda odamda qanday kasallik yuzaga keladi va uning belgilari?Tog’ kasalligi(gipoksiya), nafas olish va yurak urish tezlashadi, bosh og’riydi, ko’z tinadi,ko’ngil ayniydi.Bunda zarur miqdorda O2 berilmasa bemor hushini yo’qotishi mumkin.

Tog’li joylarda yashovchi odamlar qanday qilib atmosfera bosimi past bo’lgan joylarga moslashgan bo’ladi?Ular qonida eritrotsitlar soni ko’p bo’ladi, bu esa havodagi O2 ni ko’proq miqdorda o’zlashtirishga yordam beradi.

Qanday qilib tog’ kasalligini oldini olish mumkin?Normal atmosfera bosimi sharoitida yashaydigan odamlar tog’li joylarga boorish zaruriyati tug’ilganda, ular balandlikka birdan emas , balki asta – sekin organizmni moslashtirgan holda ko’tarilishi kaerak.

Qayerlarda atmosfera bosimi yuqori bo’ladi?Suv ostida , chuqur g’orlarda.

Atmosfera bosimi yuqori bo’lgan joylardagi odamlarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Odam qoni tarkibida, to’qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko’payadi, ayniqsa N2 gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to’planadi.

Agar odam yuqori atmosfera bosimi sharoitidan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o’tsa, qanday belgilar va qanday kasallik yuzaga keladi? Erigan N2 gazi mayda pufakchalarga aylanib qon tomirlarga tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi.

Kesson kasalligiga chalingan odamda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?Bosh aylanadi,ko’ngli aynib quasdi, hamma bo’g’imlarida va belida og’riq paydo bo’ladi, ba’zan hushini yo’qotishi mumkin.

Kesson kasalligiga uchragan odamga qanday qilib 1-yordam ko’rsatish va uning oldini olish mumkin?Bunday hollarda yordam k’rsatish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqa joyaga(maxsus kameraga) o’tkazish kerak.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanayotgan odam o’pkalarning minutlik ventilyatsiyasi qanchaga yetishi mumkin?100 litr.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanayotgan odamning 1 minutda nafas olish soni necha martaga yetadi?40 – 60 martaga.

Qanday hollarda organizmning O2 ga bo’lgan ehtiyoji kamayadi?Odamning tinch holatda kam, uxlagan vaqtda undan ham kam bo’ladi.

Qanday hollarda organizmning O2 ga bo’lgan ehtiyoji ortadi?Jismoniy mashq bajarganda,tinch holatdagiga nisbatan 5 – 10 marta ortadi.

Nafas harakatlarini boshqaruvchi muskullar faoliyati qaysi yo’llar bilan boshqariladi?Nerv – gumoral yo’l bilan.

Nafas olishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi qanday boradi?Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4 – 5 sekundda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo’yin va ko’krak qismida joylashgan diafragma va qovurg’alararo muskullar harakatini boshqaruvchi nerv markazlariga ta’sir ettirib, ularni qo’zg’atadi.Bu qo’zg’alish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg’alararo muskullarni harakatlantiradi, natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.

Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi qayerda joylashgan?Bosh miya yarimsharlarining po’stlog’ida.

Nafas olishning oliy nerv markazi odamning qanday holatlarini muvozanatlashtirib turadi?So’zlaganda,kuylaganda,jismoniy mashq bajarganda, yurganda,nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bo’lishini.

Qonda CO2 miqdori ko’paysa, …?Uzunchoq miyadagi nafas markazini qo’zg’atadi va nafas olish tezlashadi.

Agar o’quvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt o’tirsa, qanday noxush belgilar kuzatiladi?Sinf havosi tarkibida CO2 miqdori ko’payadi, bunday havoda nafas olish natijasida ular qonida gaz miqdori ortib ketadi va o’quvchilarda bosh aylanishi, uyqu bosish,esnash,umumiy xavfsizlik va nafas qisish kabi noxush belgilar kuzatiladi.

Qachon nafas olish tezlashadi va sekinlashadi?Odam jismoniy mashq bajargan vaqtda uning qonida CO2 miqdori ko’payadi va u nafas markazlarini qo’zg’atib nafas olishni tezlashtiradi, qonda CO2 miqdori kamayib, normaga kelishi bilan nafas olishi sekinlashadi.

Nafas olish qanday qilib gumoral yo’l bilan boshqariladi ?Qon tarkibidagi CO2 miqdorining ko’payishi yoki kamayishi gumoral yo’l bilan nafas markaziga ta’sir etib, nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.

Qanday vaqtlarda bemorga suniy nafas beriladi? Suvga cho`kkanda, shikastlanganda va boshqa og`ir kasalliklarda miyadagi nafas ishi buzilib nafas to`xtab qolganda.

Sun’iy nafas oldirishning qanday usullari bor? Og`izdan og`zga va og`izdan burunga.

Og`izdan og`izga usuli qanday bosqichlardan iborat? 1. Bemor yotqizilib og`izdagi ko`pik artib olinadi, 2. Yordam beruvchi bemor bo`ynining orqa va boshning tepasidan ushlab boshini orqaga egadi, tili biroz tortiladi. 3. Bemorning og`ziga ikki qavat bint yopilib bir qo`li b-n bo`yning orqasidan ushlab ikkinchi qo`li b-n burnini qisadi va bint orqali uning og`ziga bor kuchi b-n puflaydi. Bemor ko`kragi shishgandan so`ng ikki qo`l b-n ko`krakning ikki tomoni bosiladi.Bu har 4-5 sek da takrorlanadi.

Og`izdan og`izga suniy nafas berish usulida nima uchun til biroz oldinga tortiladi? Bemor tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qo`ymasligi uchun.

Suniy nafas oldirish qachongacha davom ettiriladi? Bemorning o`zi nafas ola boshlaguncha.

Qachon og`izdan burunga usulida suniy nafas oldiriladi? Bemorning labi yara va tishlari qonagan bo`lsa.

Og`izdan burunga suniy nafas qanday beriladi? Bemor burniga bint yopilib bir qo`l b-n pastki jag`ini ko`tarib og`iz yopiladi va burniga puflanadi.

Rinit nima? Burun ichki shiliq qavatining yallig`lanishi.

Tomoq shiliq qavatining yallig`lanishi nima deyiladi? Faringit.

Bodamsimon bezlarning yallig`lanishi nima deyiladi? Angina.

Hiqildoq ichi qavatining yallig`lanishi nima deyiladi? Laringit.

Nafas olish organlari kasalliklarining qaysilari birgalikda keladi? Traxeit va bronxit.

Zotijam qanday kasallik? O`pka to`qimasining yallig`lanishi.

Odam yoshligidan burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlansa nafas olish sistemasining qaysi qismlari yaxshi rivojlanadi? Qovurg`alararo muskullar, diafragma.

Tamaki tutuni tarkibida qancha zaharli modda bor? 3 mingdan ko`proq.

XSST malumotiga ko`ra chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili qancha kishi halok bo`ladi? 2.5 mln.

Ovqat qayerda fizik o`zgarishga uchraydi? Og`iz bo`shlig`ida tishlar yordamida, oshqazon, ichaklarda

Kimyoviy o`zgarish nima? Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`, uglevodlarning fermentlar ta’sirida parchalanishi.

Oshqazon va ichaklarning qanday harakatlari natijasida ovqat fizik o`zgarishga uchraydi? Mayatniksimon va peristaltic.

Ovqatni parchalovchi fermentlar qanday guruhlarga bo`linadi? Proteazalar-oqsilni parchalovchi, lipaza-yog`larni parchalovchi, karbogidraza-uglevodni parchalovchi fermentlar.

Birinchi bo`lib me’da shirasini kim va qachon ajratib olgan? 1842-yilda V. A. Basov.

Basov usulining kamchiligi nimada edi? U me’da shirasini toza holda emas ovqatga aralashgan holda ajratib olgan.

Me’da shirasini toza halda olgan olim kim? I. P. Pavlov.

Pavlov usuli yana qanday ataladi? Soxta ovqatlantirish operatsiyasi yoki kichik me’da hosil qilish usuli.

Pavlov shirani ovqatga aralashmasi uchun qanday yo`l tutdi? Me’daga fistula o`rnatdi va qizilo`ngachni kesib ikkala uchini itning bo`ynodan tashqariga chiqarib terisiga tikib qo`ydi.

Pavlov qaysi bezlardan shira ajratib olishga muvoffaq bo`ldi? Me’dadan va jag`osti, quloqoldi, so`lak bezlaridan.

Pavlov ovqat hazm qilish organlari vazifasini qanday refleks hosil qilish yo`li b-n o`rgandi? Shartli reflekslar.

Hozirgi davrda ovqat hazm qilish organlari ishini o`rganishda qaysi usuldan foydalanilmoqda? Zondlash, rentgenoskopiya va ultiratovushlardan.

Ovqat hazm qilish organlarini ayting? Lablar og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach, me’da,o`n ikki barmoqli ichak, ingichka va yog`on ichak hamda oshqozonosti bezi va jigar.

Og`iz bo`shlig`ida qaysi bezlar kanalchalari joylashgan? So`lak bezlari (jag`osti, quloqoldi)

Sut tishlar soni nechta bo`ladi? 20 ta.

Tanglay qanday qismlarga bo`linadi? Yumshoq tanglay va qattiq tanglay.

Doimiy tishlar soni nechta bo`ladi? 32 ta.

Sut tishlari qachon chiqadi? Bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha.

Doimiy tishlar qanday tishlardan iborat bo’ladi?Yuqori va pastki jag’da 16 tadan bo’lib, o’ng va chap tomonda 8 tadan bo’ladi, shulardan 2 tasi kesuvchi(kurak), 1 tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq, 3 tasi katta oziq tishlar.

Doimiy tishlarning nechtasi 12 – 14 yoshgacha chiqadi? 28 tasi.

18 yoshdan keyin qaysi tishlar chiqadi?Katta oziq tishlar(aql tishlar).

Tish qanday qismlardan iborat?Tish toji(koronka), bo’yni va ildizi.

Katta oziq tishning tuzilishini ayting?Emal qavati,dentin qavati,sement qavati,qon tomirlari,nerv tolalari.

Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa, mikroblar qonga o’tib, qaysi organlarni zararlaydi?Yurak,buyrak,jigar,miya.

Tish emal qavatining zararlanishi qanday kasallik hisoblanadi?Kariyes.

Qanday tish kasalliklari bor?Kariyes,pulpit,nekroz kasalligi.

Til qanday vazifani bajaradi?Ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o’tkazish, ta’mni aniqlash va so’zlarni ravon talaffuz qilish.

Til qanday qismlardan iborat?3 qismdan:uchi, tanasi va ildizi.

Tilning uchi,ildizi va yonida qanday ta’mni sezuvchi retseptorlar bor?Uchida – shirin,ildizida – achchiq,yon tomonida – sho’r va nordon.

Sezuvchi nerv tolalarining uchlari tilning qaysi qismida joylashgan?Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda.

Og’iz bo’shlig’iga nechta so’lak bezlari kanalchalari ochiladi va ular qaysilar?6 ta:tilosti,jag’osti,quloqoldi.

So’lak bezlaridan ajralgan suyuqllik qanday vazifani bajaradi?Ovqatni ho’llab, yutilishini qulaylashtiradi.

So’lak tarkibidagi uglevodni parchalovchi ferment qaysi?Ptialin.

Og’iz bo’shlig’iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lagn modda qaysi?Lizotsim.

Halqum qanday qavatlardan iborat?Shilliq va muskul.

Halqum uzunligi qancha?15 sm.

Halqum qanday qismlardan iborat?Burun,og’iz va hiqildoq qismlari.

Halqum vazifasi nima?Ovqatni og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga,havoni burun bo’shlig’idan hiqildoqqa o’tkazish.

Halqumning pastki qismi qaysi organga tutashadi?Qizilo’ngachga.

Qizilo’ngachning uzunligi qancha?23 – 25 sm.

Qizilo’ngach qayerda joylashgan?Ko’krak qafasi to’sh suyagining orqa qismida.

Qizilo’ngachning vazifasi nima?Ovqatni tomoqdan oshqozonga o’tkazish.

Me’da qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida,diafragma ostida.

Me’daning hajmi qancha?2,5 litr.

Me’daning ichki shilliq pardasi ostida qancha mayda bezlar joylashgan?14 mln.

Me’da shilliq qavatidan qanday moddalar ajraladi?Pepsin,lipaza fermentlari va HCl kislota.

Pepsin fermentining faolligini nima oshiradi?HCl kislota.

Oshqozon va ichak shirasini tekshirishda qanday metod qo’llaniladi?Zo’ndlash ya’ni elastik rezina naycha kiritish.

Hazm qilish organlari holatini o’rganishda qanday metoddan foydalaniladi?Rentgenoskopiya.

Rentgenoskopiyada kasalga rentgen nurlari o’tmasligi uchun qanday chora ko’riladi?Nur o’tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo’tqa ichiriladi.

Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklariga tashxis qo’yishda qaysi metoddan foydalaniladi?Ultratovush metodidan.

Me’dada hazm bo’lgan ovqat qayerga o’tkaziladi?O’n ikki barmoq ichakka.

Ingichka ichakning boshlang’ich qismi nima deb ataladi?O’n ikki barmoq ichak.

O’n ikki barmoq ichakning uzunligi qancha?25 – 30 sm.

O’n ikki barmoq ichak bo’shlig’iga qanday suyuqliklar quyulib turadi?Me’daosti bezining shirasi va jigarning o’t suyuqligi.

Me’daosti bezi suyuqligida qanday fermentlar bor?Tripsin – oqsillni parchalaydi,lipaza – yog’ni parchalaydi, amilaza – uglevodni parchalaydi.

Ovqat tarkibidagi yog’larni emulsiya holatiga keltirib, lipaza fermentining faolligini oshiradigan modda qaysi?O’t suyuqligi.

Ingichka ichakning uzunligi va kengligi qancha?Uzunligi 5 – 6m,kengligi 2 – 2,5 sm.

Ingichka ichak devori qanday tuzilgan?Uzunasiga aylanasiga joylashgan silliq muskullardan iborat.

Ingichka ichakdagi silliq muskullarning vazifasi nima?Mayatniksimon va peristaltik(to’lqinsimon) harakatini ta’minlash.

Ichakning mayatniksimon harakati natijasida ovqat qanday o’zgarishga uchraydi?Ichak shirasi bilan aralashadi.

Ovqat moddalari ichak bo’shlig’i bo’ylab yuqoridan pastga siljishini ichakning qaysi harakati ta’minlaydi?Peristaltik ya’ni to’lqinsimon.

Ichak shilliq qavatida joylashgan mayda so’rg’ichlar nima deb ataladi?Vorsinkalar.

Vorsinkalarda ovqat moddalarining ichak devori membranasi orqali hazm bo’lishini nima ta’minlaydi?Vorsinkalardagi qon va limfa tomirlari.

Ichak shilliq qavatining 1 – 2 sathida va butun yuzasida nechta vorsinka bor?1 – 2 sathida 30 – 40 ta ,butun yuzasida - 4mln.

Ovqat moddalarining vorsinkalar orqali hazm bo’lishini kim aniqlagan?A.I.Ugolev.

Vorsinkalar devorida necha qavat epiteliy joylashgan?1 qavat.

Yo’g’on ichakning uzunligi qancha?1,5 m.

Yo’g’on ichak qanday qismlardan iborat?1.Ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi(appendiks). 2.ko’tariluvchi chambar ichak. 3.ko’ndalang chambar ichak. 4.tushuvchi chambar ichak. 5.sigmasimon ichak. 6.to’g’ri ichak.

Yo’g’on ichak ichki shilliq pardasida nechta vorsinka bo’ladi?Bo’lmaydi.

Yo’g’on ichakda asosan qaysi moddalar so’riladi?Suv , mineral tuzlar.

Yo’g’on ichakda oqsil va uglevodlarning necha % i so’riladi?Oqsilning 3%i, uglevodning 2%i.

Odam organizmidagi eng katta bez?Jigar.

Jigarning og’irligi qancha?1500 gr.

Jigar qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’i o’ng tomonining yuqori qismida, o’ng qovurg’alar yoyi ostida.

Jigar qanday bo’laklardan iborat va ular qayerda joylashgan?2 ta, o’ng va chap: o’ng bo’lagi o’ng qovurg’a yoyi ostida, chap bo’lagi to’sh suyagi ostida.

O’t suyuqligi qayerda ishlab chiqariladi?Jigar hujayralarida.

Jigarda 1 kecha-kunduzda qancha o’t suyuqligi ishlab chiqariladi?700 – 1200 ml.

Jigarning yana qanday muhim funksiyasi bor?Qonni zaharli moddalardan tozalaydi,oqsil va uglevod almashinuvida ishtirok etadi.

Qaysi kasallikda jigar hujayralari yallig’lanib yemiriladi va o’t suyuqligi o’n ikki barmoq ichakka quyilmay bevosita qonga o’tadi?Yuqumli sariq kasalligi.

O’t suyuqligining qonga o’tishi odamda qanday o’zgarishlarni keltirib chiqaradi?Ko’zi, tomog’ining shilliq pardalari va terisi sarg’ayadi.

Me’daosti bezining og’irligi qancha ?70 – 80gr.

Me’daosti bezining qalinligi va bo’yining uzunligi qancha?3 – 4 sm,17 sm.

Me’daosti bezi qanday qismlardan iborat?Bosh, tana va dum.

Me’daosti bezi funksiyasiga ko’ra qanday bez?Aralash bez.

Me’daosti bezining qaysi qismida insulin gormoni ishlab chiqariladi?Langergans orolchalarida.

Insulin gormoni qanday vazifani bajaradi?Bevosita qonga quyulib organizmda glukozani glikogenga aylantiradi.

Me’daosti bezining shirasi tarkibida qanday fermentlar bo’ladi?Tripsin,lipaza,amilaza.

Me’daosti bezi shirasidagi fermentlar qanday vazifani bajaradi?Tripsin – oqsilni, lipaza – yog’ni, amilaza – uglevodni parchalaydi.

Ovqat-hazm qilish organlari ishi qanday yo’llar bilan boshqariladi? Nerv va gumoral yo’li bilan.

Ovqat hazm qilishning nerv markazi qayerda joylashgan?Uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko’rish do’mbog’i ostida(gipotalamusda).

Ovqat hazm qilishning nerv markazidan organlarini boshqaruvchi qaysi nervlar chiqadi?Simpatik va parasimpatik.

Ovqat hazm qilishning gumoral yo’l bilan boshqarilishida qaysi bez gormonlari ishtirok etadi?Gipofiz bezi gormoni va qalqonsimon bezning tiroksin gormoni.

Ovqat hazm qilishning susaytiruvchi va kuchaytiruvchi gormonlar qaysilar?Gipofiz bezi gormoni kuchaytiradi, tiroksin gormoni susaytiradi.

Ovqat hazm qilish qanday reflekslar orqali boshqariladi?Shartli reflekslar.

Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga qanday ta`sir ko`rsatadi?So`lak bezlari, me’daosti bezining meda-ichak silliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlar,me’daosti bezinimg ish faoliyati buziladi,bu bezlardan so`lak va shira ajralishi kamayadi,jigarda o`t suyuqligi ishlab chiqarish kamayadi,me`da-ichaklarning perestalnik va mayatniksimon harakati susayadi.

Me’dada aralash ovqatlar necha soatda hazm bo’ladi?O’rtacha 4 soatda.

Ovqat hazm qilish organlarining kasalliklarini oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Tozalikka va ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur.

Ovqat tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, me’dada qanday kasalliklar yuzaga kelishi mumkin?Surunkali gastrit va yara kasalliklari.

Me’da ichak kasalliklari necha turga bo’linadi va qaysilar?2 turga:me’da ichakning yallig’lanish kasalliklari, me’da ichakning yuqumli kasalliklari.

Me’da shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi nima deyiladi?Gastrit.




Download 243.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling