Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Bo’y o’sishi to’xtagan katta odamlarda somatotrop garmoni ko’p ishlab chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik


Download 243.7 Kb.
bet19/21
Sana08.01.2022
Hajmi243.7 Kb.
#241048
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA

Akromegaliya qanday kasallik?Bo’y o’sishi to’xtagan katta odamlarda somatotrop garmoni ko’p ishlab chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Akromegaliya kasalligiga chalingan odamda qanday belgilar kuzatiladi?Odamning burni,labi iyagi,tili,qo’l va oyoq panjalarining hajmi kattalashdi.

Gipofiz bezining funksiyasi nima orqali boshqariladi?Markaziy nerv tizimi ya’ni oraliq miyada joylashgan gipotamusdan ajraladigan neyrogarmonlar orqali boshqariladi.

Gipofiz bezining oraliq bo’lagidan qanday garmon ajraladi va qanday funksiyani bajaradi?Intermidin garmoni,u odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.

Epifiz bezi qayerda joylashgan va uning massasi qancha?Bosh miya asosida,ya’ni o’rta miya sohasida joylashgan bo’lib,massasi 0.2g.

Epifiz bezi qanday garmon ishlab chiqaradi va u qanday funksiyani bajaradi?Melatonin garmoni,u organizmda pigment almashinuvida ishtirok etdi.

Qaysi bez bo’yinning oldingi qismida joylashgan bo’lib,hiqildoqni oldingi va yon tomonlardan yopib turadi?Qalqonsimon bez.

Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bezning massasi qancha bo’ladi?25-30g.

5-10 yoshli bolalarda qalqonsimon bezning massasi qancha bo’ladi?10g.

Qalqonsimon bezning hajmi chaqaloqlarda qancha bo’ladi?1g.

Qaysi garmonning 65%dan ko’prog’ini yod moddasi tashkil etadi?Tiroksin.

Tiroksin garmonini qaysi bez ishlab chiqaradi?Qalqonsimon bez.

Tiroksin garmoni organizmda qanday funksiyani bajaradi?Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishda muhim ro’l o’ynaydi,yurak ishining gumoral yo’l bilan boshqarilishida ishtirok etadi,bolalarning o’sishi,rivojlanishida,asab tizimi funksiyasininig normal takomillashinivida katta ahamiyatga ega.

Qalqonsimon bez funksiyasini pasayishi nima deb nomlaladi?Gipotireoz.

Gipotireoz kasalligi qaysi odamlarda ko’proq uchraydi?Bola tug’ilgandan keyin turli yoshlarda va hatto katta odamlarda ham ayrim sabablarga ko’ra yuzaga keladi.

Gipotireoz kasalliganing og’ir ko’rinishlarida bemorda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Bemorning tanasi shishadi,aqliy faoliyati zaiflashadi ya’ni esda saqlash,o’zlashtirish qobilyati pasayadi.

Endemik buqoq kasalligi qayerlarda ko’p uchraydi va nima sababdan?Buloq suvidan foydalaniladigan joylarda,suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo’lganligi sababli.

Endemik buqoq kasalligida qanday belgilar yuzaga keladi?Qalqonsimon bezning hajmi kattalashib,bo’yinning oldingi qismida shish(buqoq)hosil bo’ladi.



Tireotoksikoz qanday kasallik?Qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi ya’ni tiroksin garmoni normadan ko’p sintezlanishi natijasida sodir bo’ladigan kasallik.

Tireotoksikoz kasalligining 2- nomi?Bazedov kasalligi.

Ko’zlarning chaqchayib qolishi,ko’p terlash,asabiylashish,uyqusizlik,ozish,yurak o’ynashi kabi holatlarning kelib chiqishi qaysi kasallik belgilari hisoblanadi?Bazedov.

Necha yoshdagi qizlarda qalqonsimon bezning funksiyasi ma’lum darajada kuchayadi?12-15yoshda.

Bazedov kasalligining og’ir turida qanday chora qo’llaniladi?Qalqonsimon bezning 1qismi olib tashlanadi.

Qaysi bez 4ta bo’lib qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi?Qalqon orqa bezi.

Qalqon orqa bezining umumiy og’irligi qancha bo’ladi?100-150mg.

Qaysi garmon organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi?Paratgarmon.

Agar qalqonsimon bez paratgarmonni kam ishlab chiqarsa,organizmda qanday jarayonlar kuzatiladi?Nerv-muskul tizimining qo’zg’aluvchanligi ortib,odam qovoqlari,lablari pirpirab uchadi,qo’llari qaltiraydi.

Qachon odamning sochi to’kiladi,suyaklari yumshab,egiluvchan mo’rt bo’lib qoladi,nerv-muskul tiziminig qo’zg’aluvchanligi ortib,odam tanasining umumiy qaltirashi ya’ni tutqanoq(tetaniya)holati yuzaga keladi?Paratgarmon juda kamayib ketsa.

Qalqon orqa bezlarining funksiyasi ortib,paratgarmon ishlab chiqarilishi ko’paysa….?Nerv-muskul tizimining qo’zg’aluvchanligi pasayib,tana muskullari bo’shashib qoladi,odam umumiy holsizlanadi,tez charchaydi.

Qaysi bez14-15yoshgacha kattashib,30-40g ga yetadi,so’ngra asta-sekin kichiklashadi?Ayrisimon bez

Ayrisimon bez tananing qaysi qismida joylashgan?To’sh suyagining orqa yuzasida.

Chaqaloqlarda ayrisimon bezning hajmi qancha bo’ladi?12g.

Ayrisimon bez o’zidan qanday garmon ajratadi va qanday funksiyani bajaradi?Timozin, u bolalarning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi,jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib,bolalarning balog’atga yetishini susaytiradi,limfotsitlar hosil bo’lishini kuchaytirib,organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.

Buyrakusti bezlarining birgalikdagi og’irligi qancha?10-20g.

Buyrakusti bezining ichki qavati qanday nomlanadi?Miya.

Buyrakusti bezining ustki qavati nima deb ataladi? Po’stloq

Buyrakusti bezlarining po’stloq qavatidan qanday garmonlar ishlab chiqariladi?Mineralokortikoid,glukokortikoid,androgen,estrogen.

Buyrakusti bezining miya qavatida qanday garmonlar ishlab chiqariladi?Noradrenalin va adrenalin.

Qaysi garmon organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarishda ishtirok etadi?Mineralokortikoid.

Glukokortikoid garmoni orranizmda qanday funksiyani bajaradi?Oqsil va uglevod almashinuvida ishtirok etadi, ular ta’sirida qonda qand,jigarda glikogen miqdori ortadi.

Qaysi garmonlar erkak va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi?Androgen,estrogen.

Noradrenalin va adrenalin garmonlarining ta’siri 1xil bo’lganligi uchun,ular birgalikda….deb nomlanadi?Katexolamin.

Katexolamin organizmda qanday funksiyani bajaradi?Arterial qon bosimini oshiradi,yurak qisqarishini tezlashtiradi,to’qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.

Me’daosti bezi ko’krak qafasining nechanchi umurtqasi ro’parasida joylashgan?Bel umurtqasining ro’parasida joylashgan.

Me’daosti bezining uzunligi va massasi qancha bo’ladi?16-20sm,massasi 70-80g.

Me’daosti bezi qanday bez?Aralash.

Me’daosti bezi to’qimasining necha % tashqi sekretsiya funksiyasini bajaradi va qanday modda ishlab chiqaradi?98-99%,ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi.

Me’daosti bezi to’qimasining 1 – 2% i qanday funksiyani bajaradi?Landergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.

Insulin gormoni qayerda ishlab chiqariladi?Langergans orolchasida.

Insulin gormoni odam organizmida qanday funksiyani bajaradi?Qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to’qimalarida glikogen moddasi sifatida zahira holda to’planishini ta’minlaydi.

Me’daosti bezining funksiyasi buzilganda qanday kasallik kelib chiqadi?Qandli diabet.

Sog’lom odam qonida qandning normal miqdori qancha bo’ladi?80 – 120 mg%.

Qandli diabet kasalligiga uchragan odam qonida qandning miqdori qanchagacha bo’ladi?150 – 250 mg%.

Qondagi qandning miqdori normal bo’lganda organizmda qanday jarayonlar kuzatiladi?Qand miqdori buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog’lom odamning siydigida qand mutlaqo bo’lmaydi.

Qachon qand moddasi siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi?Qondagi qandning miqdori 140 – 150 mg% dan oshsa.

Qandli diabet kasalligiga uchragan odamda qanday belgilar kuzatiladi?Bemorlar tez chanqaydi va ko’p suv iste’mol qiladi, iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to’qimalarda o’zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur bo’ladi.

Agar qandli diabet kasalligiga uchragan odam tez –tez ovqatlanmasa organizmda qanday o’zgarishlar yuzaga keladi?Teri ostidagi zahira yog’ moddalari parchalanib glukozaga aylanadi, hatto hujayralar va to’qimalar tarkibidagi oqsil, yog’ moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o’tadi va undagi siydik bilan tashqariga chiqariladi.Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi,ish qobilyati pasayadi.

Erkaklarning jinsiy bezlariga qaysi bezlar kiradi?1 juft moyaklar(urug’don), moyak ortig’i, prostata bezi.

Moyaklar qanday shaklda bo’ladi va massasi katta odamlarda qanchagacha bo’ladi?Ellipssimon, 20 -36 gr.

Erkaklar jinsiy bezlarida qanday gormonlar ishlab chiqariladi?Erkaklik jinsiy hujayralari(spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni(testosterone).

Moyaklarning funksiyasi qachon boshlanib, qachongacha davom etadi?O’smirlik davrida(12 – 15 yosh) boshlanib, keksayish davriga qadar davom etadi.

Testesteron gormoni organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?O’smirlarda balog’atga yetish belgilari yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatadi.

Ayollarning jinsiy bezlariga …kiradi?1 juft tuxumdon.

Ayollarning tuxumdonlari qayerda joylashgan va uning massasi katta yoshli ayollarda qanchagacha bo’ladi?Kichik chanoq bo’shlig’ida, 5 – 6gr.

Tuxumdon qayerga yopishib turadi?Bachadonning orqa qismiga.

Tuxumdonlarda qanday gormonlar ishlab chiqariladi va qayerga quyiladi?Jinsiy gormonlar,qonga quyiladi.

Jinsiy gormonlar organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?Ular qiz bolaning o’smirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda 2lamchi, ya’ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo’lishini ta’minlaydi.

Tuxumdonlarda pufakchalar to’plami … bo’ladi?Folikulalar.

Folikulalarda qanday hujayralar paydo bo’ladi va yetiladi?Jinsiy hujayralar(tuxum hujayralar).

Nimalar ta’sirida ayolda farzand ko’rish xususiyatlari yo’qoladi?Tez – tez shamollash, angina, gripp kabi kasalliklar tuxumdonlarning yallig’lanishiga sabab bo’lishi.Kasallikning o’z vaqtida davolamaslik oqibatida.

Nerv sistemasining asosiy funksiyalarini ayting?Odam organizmining barcha hujayra,to’qima va organlarining ishini boshqarish,tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlashdan iborat.U odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan muomalasini,organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi.

Nerv sistemasi qanday qismlardan iborat?2 qismdan:Markaziy va periferik.

Markaziy nerv sistemalarini nimalar hosil qiladi? Bosh va orqa miya.

Periferik nerv sistemasiga qaysilar kiradi? Orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar hamda umurtqa pog`onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari.

Bajaradigan funksiyasiga ko`ra nerv sistemasi qanday qismlarga bo`linadi va qaysilar? 2 qismga:somatik va vegetativ nerv sistemasi.

Somatik nerv sistemasi qanday funksiyani bajaradi?Odam tanasining sezgi organlari,skelet muskullari ishini boshqaradi.

Vegetativ nerv sistemasi qanday jarayonlarni boshqaradi?Ichki organlar(nafas olish,qon aylanish,ovqat hazm qilish,ayirish va hokazo)hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.

Orqa miya qayerda joylashgan?Umurtqa pog’onasi kanalida.

Katta odamda orqa miyaning uzunligi va massasi qancha bo’ladi?40-45sm,30-40g.

Orqa miyada qanchagacha nerv hujayralari bo’ladi?13mln.dan ko’proq.

Orqa miya necha qavat parda bilan o’ralgan va qaysilar? 3 qavat: tashqi qavati qattiq, o`rta qavati o`rgimchak to`rsimon va ichki qavatida yumshoq parda bo`ladi.

Orqa miya suyuqligi qayerda bo`ladi?Orqa miyani o’rab turgan o’rta va ichki parda orasida.

Orqa miya qayerda boshlanib, qayerda tugaydi? Birinchi bo`yin umurtqasidan boshlanib, bosh miyaning pastki qismi bo`lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2 bel umurtqa sohasida konus shaklida tugaydi.

Orqa miyaning paski qismi qanday shaklda davom etadi? Ip shaklida.

Orqa miyaning ip shakldagi nerv tolalarining yuqori qismida qanday hujayralar bor va u qayerda tugaydi? Nerv hujayralari bo`lib, ipning uchi umurtqa pog`onasining dum qismida tugaydi.

Orqa miyada nechta segment bo`ladi? 31-33 ta.

Orqa miyaning bo`yin qismi nechta segmentdan iborat? 8 ta.

Orqa miyaning qaysi qismlari 5 ta segmentdan tashkil topgan? Bel va dumg`aza.

Orqa miyaning qaysi qismini 12 ta segment tashkil etadi? Ko`krak qismini.

Orqa miyaning dum qismida nechta segment bo`ladi? 1-3 ta.

Orqa miya ko`ndalang kesilganda u qanday moddalardan tuzilganligi ko`rinadi? Ikki xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko`rinadi.

Orqa miyaning qaysi moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan? Oq moddasi.

Orqa miyaning kulrang moddasi nimalardan tashkil topgan? Nerv hujayralaridan.

Orqa miyadagi nerv tolalari qanday funksiyalarni bajaradi? Orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularning bosh miyaning nerv hujayralari b-n tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarini bir-biriga o`tkazish funksiyalarini bajaradi.

Orqa miya qanday funksiyalarni bajaradi? 2 xil: reflektor va o`tkazuvchanlik .

Refleks nima? Nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit ta’siga organizimning javob reaksiyasi.

… makaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi? Refleks.

Odam organizmining barcha faoliyati qanday qilib reflekslar orqali amalga oshadi? Masalan: og`riqni sezish, qo`l va oyoqlarning harakati nafas olish va chiqarish, ko`zni yumush va ochish kabilar.

Har bir refleks yoyi qanday qismlardan iborat va ularning vazifasi? 1) repseptor-toqima va organlarda joylashgan bo`lib tashqi va ichki muhit tasirini qabul qilib qo`zg`aladi;2)sezuvchi nerv tolasi-retseptorlarning qo’zg’alishidan hosil bo’lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi;3)nerv markazi-miyada joylashgan sezuvchi,oraliq,harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat;4)harakatlantiruvchi nerv tolasi-nerv markazidagi qo’zg’alishni ishchi organga yetkazadi;5)ishchi organ-muskul,bez,qon tomirlari va hokazo.

Odamda tizza refleksi qanday refleks yoyi bo’yicha hosil bo’ladi?Retseptor sezuvchi nerv tolasi-sezuvchi nerv hujayrasi,oraliq nerv hujayrasi,harakatlantiruvchi nerv tolasi,muskul.

Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo’lgan qo’zgarish qayerga o’tkaziladi?Pasga tushuvchi o’tkazuvchi nerv yo’llari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va udan ishchi organlarga o’tkaziladi.

Bosh miyaning pastki qismlarida qaysi nerv yo’llari kesishadi?Yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi,o’tkazuvchi nerv yo’llari. Bosh miyaning o’ng yarim sharlaridagi nerv markazlaridan kelayotgan nerv tolalari chap tomonga,chap yarim sharlarniki o’ng tomoga o’tadi,buning natijasida o’ng yarimshar tananing chap tomonidagi to’qima va organlar funksiyasini boshqararadi,chap yarimshar esa o’ng tomondagi to’qima va organlar funksiyasini bajaradi.

Orqa miyaning bo’yin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing qaysi sohalarida joylashgan va qanday funksiyani bajaradi?Tananing bosh sohasidan to ko’krakning 5-qovurg’asigacha,qo’lning tashqi yuzasi,kaft va barmoqlarning terisi hamda muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini bajaradi.

Orqa miyaning ko’krak sigmentida joylashgan nerv markazlari tananing qaysi sohalarida joylashgan va qanday funksiyalarni bajaradi?Ko’krak qafasining 5-qovurg’a sohasidan boshlanib,to qovuqqa qadar va qo’lning ichki yuzasi teri muskullarini hamda shu sohada joylashgan ichki organlarning sezish va harakatlantirish funksiyasini bajaradi.

Qaysi nerv markazlari oyoq barmoqlarigacha bo’lgan to’qima va organlarning sezish va harakatlantirish funksiyasuni boshqarari?Orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv markazlari.

Orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv markazlari qayerdan boshlanib,qayergacha davom etadi?Tananing qovuq sohasidan boshlanib,to oyoqning oldingi yuzasi qadar davom etdi.

Orqa miyaning qaysi bir sigmentida joylashgan nerv hujayralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki kasallansa tanada qanday o’zgarishlar yuzaga keladi?O’sha joydagi nerv markazlaridan ta’minlanadigan to’qima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasi yo’qoladi,shu to’qima yoki muskul falajlanib qoladi.

Bosh miya qanday funksiyalarni bajaradi?Odamning bosh miyasi uning aql-idroki,fikrlash qobilyati,ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib,ularga javob qaytaradi,tananing barcha to’qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog’lab boshqaradi,organizm b.n tashqi muhit aloqasini ta’minlab,uni muhit sharoitiga moslashtiradi.

Bosh miya qayerda joylashgan va katta odamda uning massasi qancha bo’ladi?Bosh suyagining ichida joylashgan bo’lib,massasi 1020-1970g

Odamning aqliy faoliyati nimaga bog’liq?Bosh miya katta yarimsharlarining po’stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik,biokimyoviy va biofizik xususiyatga bog’liq.Bundan tashqari aqliy faoliyatning rivojlanishi uning yoshlikdagi tarbiyasiga,bilim olishi,mashq qilishiga bog’liq.

Bosh miya necha qismdan iborat va qaysilar?2qismdan:bosh miyaning stvol(ustun)qismi va bosh miya katta yarimsharlari.

Bosh miyaning stvol qismini nimalar tashkil etadi?Uzunchoq miya,Varoliyev ko’prigi(miya ko’prigi),o’rta miya,oraliq miya va miyacha.

Bosh miyaning eng pastki qismi?Uzunchoq miya.

Uzunchoq miya qayerda joylashgan?Bosh miyaning eng pastki qismi hisoblanib,uning quyi qismi orqa miyaga,yuqori qismi esa miya ko’prigiga tutashgan.

Uzunchoq miyaning uzunligi va massasi o’rtacha qancha bo’ladi?3-3.5sm,massasi 7g.

Uzunchoq miya shikastlansa,ogranizmda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Nafas olish va yurak ishi to’xtab qolishiga sabab bo’ladi.

Miya ko’prigi qayerda joylashgan va uda qanday nerv markazlari joylashgan?Uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib,yuqori tomondan orta miya,yon tomondan miyacha b.n tutashib turadi,miya ko’prigida’uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.

O’rta miyada qanday markazlar joylashgan?2ta po’stloqosti ko’rish markazlari,2ta po’stloqosti eshitish markazlari.

O’rta miya qayerda joylashgan?Varoliyev ko’prigining yuqorisida.

…o’rta miyaning yuqorisida joylashgan bo’lib,bosh miya katta yarimsharlari b.n qoplanib turadi?Oraliq miya.

Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?Ko’rish do’mboqlari(talamus),do’mboqosti soha(gipotalamus)kiradi.

Miyacha qayerda joylashgan va uning massasi qancha?Bosh miya katta yarimsharlari ensa bo’lagining tagida,150g

Qachon muskullar bo’shashadi va odam tik turish,yurish,sakrash,yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib,mast odamga o’xshab qoladi?Miyacha shikastlansa yoki kasallansa.

Oqimtir yadro qanqay nerv markazi hisoblanadi va qanday funksiyani bajaradi?Tana muskullari tarangligi va harakatini boshqaruvchi,u o’zidan pastda joylashgan oraliq va o’rta miya funksiyalarini bajaradi.

Oqimtir yadro zararlansa tanada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Tana muskullarining tarangligi ortib,qo’l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi,yuz muskullininig tarangligi ortib,go’yo yuziga niqob kiygandek bo`ladi, yani odamning emotsional(xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo`lmaydi.

Oqimtir yadro ishini nima boshqaradi? Targ`il tana.

Targ`il tana kasallansa organizmda qanday o`zgarishlar kuzatiladi? Oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining taranligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar hosil bo`ladi.

Bosh miyadagi o’ng va chap yarim sharlar nima yordamida bir-biri b.n tutashib turadi?Qadoqsimon tana yordamida.

Bosh miya yarimsharlari necha qavatdan iborat va qaysilar?2qavatdan:kulrang moddadan tashkil topgan tashqi qavati,oq moddadan iborat ichki qavati.

Bosh miya yarimsharlari po’stloq qavatining qalinligi qancha bo’ladi?2,5-3,0mm.

Bosh miya po’stloq qavati nimalardan iborat?Tekis bo’lmagan pushta va egatlardan.

Bosh miya po’stlog’ining pushta va egatlardan iboratligi nimaga imkon beradi?Nihoyatda ko’p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga.

Miya po’stlog’ida qanchagacha nerv hujayralari bo’ladi?14-16 mlrd atrofida.

Odamning miya po’stlog’i qanday tuzilishga ega?Odamda miya po’stlog’i pushtalari soni barcha odamda deyarli bir xil,lekin ularning tuzulishi bamisoli qo’l kafti singari xilma-xil bo’ladi.

Agar miya po’stlog’ining pushta va egatlari yozib tekislansa, unig umumiy sathi qanchani tashkil etadi?1468-1670sm.

Miya katta yarim sharlari qanqay qismlarga bo’linadi?Peshona,chakka,tepa,ensa.

Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i mikroskopda tekshirilganda nimalar aniqlangan?Undagi nerv hujayralari 6 qavat bo’lib joylashganligi.

Bosh miya po’stlog’ining nerv hujayralari qanday qavatlari qanqay tuzilgan?1-eng ustki qavat,nerv hujayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan;2-donador hujayralar;3-piramidasimon hujayralar;4-yulduzsimon hujayralar;5-piramidasimon yirik hujayralar;6-duksimon hujayralar.

Bosh miya katta yarim sharlarining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po’stloq sathi funksiyasiga ko’ra qanday zonalarga bo’linadi?Sezish,harakat,assotsiativ zonalar.

Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to’plami qanday funksiyalarni bajaradi?Odam tanasi barcha sezgi organlarining oily nerv markazi hisoblanadi.Bu markazlar teri,ko’rish,eshitish,hid va ta’m bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.

Harakat zonalarida nerv hujayralari to’plami qanday funksiyalarni bajaradi?Muskullar,paylar,bo’g’imlar,suyaklarning retseptorlaridan implus qabul qilib,odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oily nerv markazi vazifasini bajaradi.

Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam organizmida qanday funksiyalarni bajaradi?Odam tanasining to’qima va organlari bilan nerv yo’llari orqali bog’lanmagan,ular miya po’stlog’ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini(nerv markazlarini) bir-biri bilan bog’laydi.Bu zonalar sezgi va harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirlarni analiz va sintez qiladi

Odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi?Bosh miya yarim sharlarining po’stloq qismi.

Bosh miya po’stlog’ining ensa qismida qanday markaz joylashgan?Ko’rish.

Eshitish markazi bosh miya po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan?Chakka qismida.

Hid bilish markazi bosh miya po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan?Peshona qismining ostki ichkari sohasida.

Bosh miya po’stlog’ining tepa qismida qanday markazlar joylashgan?Tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida-harakat,orqa markaziy pushtasida-tana terisining sezgi markazi joylashgan

Vegetativ nerv sistemasi qanday jarayonlarni boshqaradi?Ichki organlar(nafas olish,qon aylanish,ovqat hazm qilish,ayirish, jinsiy)ichki sekretsiya bezlarining ishining hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi

Vegetativ nerv sistemasi necha qismga bo’linadi va qaysilar?2 qismga;simpatik va parasimpatik

Simpatik nerv sistemasi qayerda joylashgan?Orqa miyaning birinchi ko’krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo’lgan sohada.

Simpatik nerv sistemasining vazifasi?Yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi,arteriya qon tomirlarini toraytirib,qon bosimini oshiradi,me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi,siydik qopi muskullarini bo’shashtirib,siydik yig’ilishiga sharoit yaratadi,nafas yo’llarini(bronxlarni)kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi,ko’z qorachig’ini kengaytirib ter ajralishini kuchaytiradi

Parasimpatik nerv sistemasi qayerda joylashgan?Bosh miyaning pastki qismida(o’rta va uzunchoq miyada)hamda orqa miyaning dumg’aza sigmentida joylashgan.

O’rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari qayerga boradi?Odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga.

Uzunchoq miyadan chiqqan adashgan nerv tolasi qayerga boradi?Ichki organlarga.

Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg’aza segmentidan chiquvchi tolalari qayerga boradi?Qorin bo’shlig’ining pastki qismida va chanoq bo’shlig’ida joylashgan organlarga.

Simpatik nerv tolalari qayerlarga boradi?Orqa miyaning birinchi ko’krak segmentidan va 3- bel segmentlarining yon shoxlaridan chiqib,umurtqa pog’onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga,ulardan esa to’qima va organlarga boradi.

Parasimpatik nerv sistemasi qanday ta’sir ko’rsatadi?Yurak ishini sekinlashtirib kuchsizlantiradi,arteriya qon tomirlarini kengaytirib,qon bosimini pasaytiradi,me’da-ichaklar harakatini kuchaytiradi,siydik qopi muskulini qisqartirib,siydik ajralishini ta’minlaydi,Bronx hamda ko’z qorachig’ini toraytiradi,ter ajralishini kamaytiradi.

Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi bir-biriga qanday ta’sir ko’rsatadi?Qarama-qarshi emas balki bir-biriga teskari ta’sir ko’rsatadi ya’ni ular to’qima va organlar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi.

Markaziy nerv sistemasi kasalliklarini ayting?Meningit,ensefalit,miyelit.

Periferik nerv sistemasi kasalliklarini ayting?Ganglionit,nevrit,nevralgiya.

Meningit qanday kasallik?Bosh va orqa miyaning ustidan o’rab turgan pardalarning yallig’lanishi.

Meningit kasalligiga uchragan bemorlarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Bosh og’rig’i,tana haroratining ko’tarilishi,ko’ngil aynib qayt qilishi kuzatiladi.

Meningit kasalligi og’ir kechgan bemorlarda qanday belgilar yuzaga keladi?Hushini yo’qotadi va tirishish belgilari yuzaga keladi.

Ensefalit qanday kasallik?Bosh miya to’qimasining yallig’lanishi.

Ensefalit kasalligi qanday oqibatlar natijasida kelib chiqadi?Meningit kasalligini o’z vaqtida davolamaslik yoki giripp,qizamiq,suvchechak,quloqning yiringli yallig’lanishi oqibatida.

Ensefalit kasalligining belgilari?Tana haroratining ko’tarilishi,umumuy ahvoli ogirlashishi kuzatiladi.

Orqa miya to’qimasining yallig’lanishi natijasida qanday kasallik kelib chiadi?Miyelit.

Qaysi kasallikni maxsus viruslar qo’zg’atadi va ko’pincha bolalarda uchraydi?Miyelit.

Orqa miya bir nechta segmenlari nerv to’qimasining yallig’lanishi?Poliomiyelit.

Miyelit kasalligiga uchragan bemorlarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolarning sezuvchanligi va harakatlanishi susayadi yoki butunlay yo’qoladi. Masalan,qo’l-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa,mazkur qo’l-oyoqda oldin og’riq sezilib,so’ngra ular falajlanib qoladi.Muskullar tarangligi yo’qolib,qo’l-oyoq lattadek osilib qoladi.

Ganglionit nima?Nerv tugunining kasalligi.

Ganglionit kasalligi qanday yuzaga keladi?Shamollash, o’pkaning zotiljam kasalligi,turli yuqumli kasalliklar, ya’ni gripp,ichburug’,ichterlama kabilarning asoratidan.

Ganglionit belgilari?Kasallangan nerv tugunining joylashiviga ko’ra o’sha sohadagi to’qima va organlar sohasida og’riq seziladi,ularning ishi buziladi.

Sezuvchi nerv tolalarining yallig’lanishi nima deb ataladi?Nevralgiya

Uchlik nervi yallig’langanda qayerlarda og’riq seziladi?Yuz,ko’z sohasida va tishlarda kuchli og’riq seziladi.

Uchlik nervi sezuvchi nerv tolasimi yoki harakatlantiruvchi nerv tolasimi?Sezuvchi nerv tolasi.

Nevrit qanday kasallik?Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig’lanishi.

Yuz nevritining belgilari?Yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib,og’izning chekkasi tortilib qoladi.

Pavlovning itda elektr lampasi yorug’ligida olib borgan ishi qaysi refleksning hosil bo’lishiga qaratilgan edi?Ovqatlanish shartli refleksi.

Pavlovning tajribasida itning so’lak ajratuvchi shartli refleksi qanday ta’sir natijasida hosil bo’ladi?Lampa yorug’i va qo’ng’iroq tovushi.

Po’stloqosti ovqatlanish markazi qayerda joylashgan?Uzunchoq miyada.

Itda elektr lampasi yorug’ligida ovqatlanish shartli refleksi hosil bo’lish yo’lini ketma-ketlikda ayting?Yorug’lik-miya po’stlog’idagi ko’rish markazi-vaqtincha bog’lanish-miya po’stlog’idagi ovqatlanish markazi-uzunchoq miyadagi po’stloqosli ovqatlanish markazi-nerv tolasi-so’lak bezi-so’lak ajralishi.

Itda tashqi tormozlanish sifatida nima ta’sir ettiriladi?Qo’ng’iroq tovushi.

Gapirish markazi chap miya yarim shari po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan?Chakka qismida.

Gapga ohang intonatsiya berish markazi yarim shar po’stlog’ining qayerida joylashgan?O’ng yarim shar chakka qismida.

Chap yarimsharlar po’stlog’ining oliy nerv markazlarini ko’rsating? Hid bilish,siypalash(chap qo’l),eshitish,ohang intonatsiya,mo’ljal olish(o’zi turgan joyni aniqlash),geometrik shakllarni aniqlash,ko’rish.

O’ng yarimsharlar po’stlog’ining oliy nerv markazlarini ko’rsating? Hid bilish,yozuv(o’ng qo’l),siypalash(o’ng qo’l),eshitish,gapirish,hisoblash,o’qish,ko’rish

Orqa miya kulrang moddasining oldingi shoxidan qanday nerv chiqadi?Harakatlantiruvchi nerv.

Orqa miyaning kulrang moddasining orqa shoxidan qanday nerv chiqadi?Sezuvchi nerv.

Aralash nerv tolasi qanday hosil bo’ladi?Orqa miya kulrang moddasining oldingi va orqa shoxidan chiqqan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervning qo’shilishidan.

Orqa miya kulrang moddasi qanday shaklda?Kapalak yoki h shaklda.

Orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolasi nechta qismdan iborat?2 ta.

Simpatik nerv tolasining 1-qismi qayerda boshlanib qayerda tugaydi?Orqa miyadan chiqib,umurtqa pog’onasi atrofida joylashgan nerv tugunlarida.

Simpatik nerv tolasining 2-qismi qayerda boshlanib,qayerga boradi?Nerv tugunlaridan boshlanib,to’qima va organlarga boradi.

O’ng va chap yarimsharlar uchun umumiy bo’lgan oliy nerv markazlarini ko’rsating? Hid bilish,siypalash,eshitish,ko’rish.

Odamning oliy nerv faoliyatiga nimalar kiradi?Xulq-atvor,fikrlashi,ongi va barcha ruhiy xususiyatlari.

Odamning har xil sharoitga moslashuvini nima ta’minlaydi?Oliy nerv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan murakkab reflekslar.

”Bosh miya reflekslari” kitobini kim qachon yozgan?I.M.Sechenov,1863-yil.

Shartli reflekslar haqidagi ta’limotni kim yaratgan?M.P.Pavlov.

Reflekslar qanday turlarga bo’linadi?Shartli va shartsiz reflekslar.

Shartsiz reflekslar hosil bo’lishida MNS ning qaysi qismlari ishtirok etadi?Pastki qismlari,ya’ni orqa,uzunchoq,o’rta,oraliq miyadagi nerv markazlari.

Refleksning qaysi turi tug’ma emas?Shartli reflekslar.

Shartsiz reflekslarni ayting?Ovqatni chaynash,bolaning emishi,yutish,hazm qilish,najas va siydik ajratish,nafas olish,qon aylanish.

Qaysi reflekslar nasldan-naslga o’tadi?Shartsiz reflekslar.

Shartli reflekslar markazi qayerda joylashgan?Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ida.

Shartli reflekslar nimalar asosida hosil bo’ladi?Shartsiz reflekslar.

Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun qanday ta’sirlovchilar ta’sir etiladi?Oldin shartli tasirlovchi, keyin shartsiz ta’sirlovchi.

Markaziy nerv sistemasidasida,ya’ni miyaning nerv hujayralarida qanday fiziologik jarayonlar muntazam ravishda bir-biri bilan navbatma-navbat almashinib turadi?Qo’zg’alish va tormozlanish.

Nerv markazlarining qo’zg’alishi hamda tormozlanishi nima orqali yuzaga kelad?Shartli va shartsiz reflekslar hosil bo’lishi orqali.

Qachon refleks hosil bo’ladi?Miya markazlaridagi nerv hujayralari qo’zg’algan vaqtda ish bajarashi natijasida.

Qanday vaqtda nerv hujayralari dam oladi va o’ziga energiya to’playdi?Tormozlanish vaqtida.

Aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa…?Odam uzoq vaqt charchamaydi.

Qachon bosh miya po’stlog’idagi nerv markazlarining aksaryat ko’pchiligi tormozlangan holatda bo’ladi?Uyqu vaqtida.

Odam organizmida tormozlanish jarayoni qanday ahamiyatga ega?O’ziga xos himoyalanish ahamiyatiga ega bo’lib,u miyaning nerv hujayralari zo’riqib,odamda nevroz kasalligi yuzaga kelishining oldini oladi.

Shartli reflekslarning tormozlanishi necha xil bo’ladi va qaysilar?2 xil:shartsiz tormozlanish,shartli tormozlanish.

Shartsiz tormozlanish qanday turlarga bo’linadi?Tashqi tormozlanish va chegaradan tashqari tormozlanish.

Qaysi refleks nozik va o’zgaruvchan bo’ladi?Shartli refleks.

Turli xil yot ta’sirlar shartli refleksga qanday ta’sir ko’rsatadi?Shartli refleksning susayishiga va tormozlanishiga olib keladi.

Agar shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bo’lsa qanday oqibatlarga olib keladi?Shartli refleks vujudga kelmaydi.Bu tormozlanish nerv hujayralarini haddan tashqari kuchli ta’sirot shikastlanishidan saqlaydi.

Qaysi tormozlanish nerv tizimining tug’ma xususiyatlariga bog’liq?Tashqi tormozlanish ham,cheradan tashqari tormozlanish ham.

Shartli tormozlanishning hayotda ko’p uchraydigan turlaridan biri bu…?So’nish tormozlanish.

Shartli refleks uzoq vaqt saqlanib turishi uchun nima qilish kerak?Uni vaqti-vaqtida shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkamlab turish kerak.

I.P.Pavlov miyaning nerv hujayralaridagi qanday holatlarga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 turgabo’lgan?Nerv hujayralarining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga,tarqalish tezligiga va ularning bir-biri bilan munosabatiga ko’ra.

Kuchli qo’zg’alish,tormozlanishdan ustun bo’lgan muvozanatsiz tur?Xolerik.

Xolerik turga kiruvchi bolalar qanday xulq-atvorga ega bo’ladi?Tinib- tinchimas,serharakat,boshqalar b.n tez o’rtoqlashib tez urushib qoladigan,arzimas narsaga yig’lab,o’zidan o’zi kuladigan xususiyatga ega bo’ladi,bunday bolalarning zehni yaxshi bo’ladi-yu ammo xulq-atvori murakkab bo’lib,ularning tarbiyasi ota-ona,o’qituvchilar uchun qiyinchilik tug’diradi.

Sangvinik qanday tur?Kuchli muvozanatlashgan harakatchan tur.

Sangvinik turga kiruvchi bolalar qanday xulq-atvorga ega bo’ladi?Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli,zehnli,ishchan,har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan,atrofdagi kishilar va o’rtoqlariga yaxshi munosabatda bo’ladi.

Kuchli muvozatlashgan kamharakat tur?Flegmatik tur.

Qaysi turga kiruvchi bolalar qobilyatyatli,zehnli,yuvosh bo’ladi,har bir ishni nihoyasiga yetkazib,shoshmasdan bajaradi,xulq-atvori atrofdagi kishilar va o’rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo’ladi?Flegmatik tur.

Kuchsiz muvozanatlashmagan tormozlanish qo’zg’alishdan ustun tur?Melanxolik tur.

Qaysi turga kiruvchi bolalar kam harakat,ishyoqmas,qo’rqoq,mustaqil fikrga ega bo’lmagan,fikrlash qobilyati past bo’ladi?Melanxolik tur.

Odamning gapirish qobilyati qachon paydo bo’lgan?Bundan taxminan 500 ming yil ilgari.

Odamning gapirish qobilyati uning qaysi organlarining tuzilishi va funksiyasi o’zgaririshiga sabab bo’lgan?Lab,til,hiqildoq.

Nutqning rivojganlanganligi insonga qanday ta’sir ko’rsatgan?Odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtarib,mehnat turlari yanada ko’payishiga,ong rivojlanishiga sabab bo’lgan.

”Nutq bizni odam qildi” degan jumla kimga tegishli?I.P.Pavlov.

Og’zaki va yozma nutq qanday xossaga ega?Bosh miya po’stlog’idagi nerv markazlarida shartli refleks hosil qilish xossasiga ega.

Fikrlash qobilyati qanday vujudga keladi?Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq,chunki boshqalar nutqini qabul qilib,uning ma’nosiga qarab fikrlash vujudga keladi.

Nutq bolada qanday rivojlanadi?Ikkinchi signal tizimi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal tizimi asosida paydo bo’lib rivojlana boshlaydi.

Bola bir yoshga kirganda nechta so’z ayta oladi?5-10 ta.

Bola necha yoshga kirganda 1000 taga yaqin so’z ayta oladi?3 yoshida.

Bola ikki yoshida qanchagacha so’z ayta oladi?300 ta.

Bola necha yoshida uning so’z boyligi 2000 taga yetadi?4 yoshida.

Bolaning so’z boyligi nimalarga bog’liq?Sog’lig’iga,ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga,ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq.

Odamning nutqi qachon rivojlanadi?Tarbiya,o’qish bilim olish jarayonida.

Nutqning rivojlanishida nimalar muhim rol o’ynaydi?Ovoz chiqarib o’qish,she’r aytish,qo’shiq kuylash,musiqa tinglash.

Odam xulq-atvorining shakllanishi nimalarga bog’liq?Yashash,tarbiyalanish,o’qish sharoiti,atrofdagi kishilar,ota-ona,tarbiyachi,hamda boshqa ijtimoiy sharoitga.

Odamda hissiyot(emotsiya)qanday ta’sirlar natijasida paydo bo’ladi?Atrofdagi voqealar,o’qigan kitoblar,tinglagan musiqa va leksiya,tomosha qilingan kinofilm yoki spektakllar,boshqalar bilan bo’lgan muloqotlar natijasida.

Hissiyot necha xil bo’ladi va qaysilar?2xil:musbat va manfiy.

Musbat hissiyotga qaysi holatlar kiradi?Xursandchilik,kulgi,qoniqish,yaxshi kayfiyat.

Manfiy hissiyotga qaysi holatlar kiradi?Qayg’urish,qo’rqish,taajjublanish,yig’lash.

Xotira nima?Tashqi va ichki muhit ta’sirida markaziy nerv sistemasida,xususan bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining nerv hujayralarida qo’zg’alish paydo bo’ladi.Bu qo’zg’alish ma’lum vaqtdan so’ng so’nadi,lekin uning izi qoladi,ana shu nerv markazlarida qolgan ta’siri xotira deyiladi.

Xotira necha xil bo’ladi?2xil:Qisqa va uzoq muddatli.

Bir vaqtning o’zida odam qanchagacha ta’sirotni(ayrim so’zlarni,raqamlarni,buyumlarning xususiyatlarini) qisqa muddat davomida eslab qolishi mumkin?Yetitagacha.

Odamning eslab qolishida nimalar muhim rol o’ynaydi?Har bir odam nerv sistemasining individual xususiyatlari,tajribasi,malakasi.

Sodir bo’lgan voqealarning eslab qolinishi necha xil bo’ladi va qaysilar?2xil:ixtiyoriy va ixtiyorsiz.

Qaysi eslab qolish turi odam ixtiyoriga bog’liq emas?Ixtiyorsiz.

Har bir ta’sir(axborot,xotira) uzoq vaqt esda saqlanib qolinishi uchun nima qilish kerak?Ko’p takrorlanib turilishi kerak.

Uyqu nima?Bosh miya katta yarim sharlari po’stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil bo’ladigan fiziologik holat.

Uyqu vaqtida odam organizmida qanday holatlar kuzatiladi?Analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo’qoladi,ya’ni ko’rish,eshitish,hid va ta’m bilish,harakatlanish,terining issiq-sovuqni,siypalashni,kuchsiz og’riqni sezish deyarli yo’qoladi,oily nerv faoliyatiga xos bo’lgan fikrlash,ong,tashqi muhitdagi voqealarni,o’zgarishlarni sezish,ular to’g’risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo’qoladi.

Uyqu vaqtida qaysi refleks hosil bo’lmaydi?Shartli refleks.

Uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasining qaysi qismlarining ishi butunlay to’xtamaydi,balki pasayadi?Quyi qismlari ya’ni orqa miya,uzunchoq,o’rta,oraliq miyadagi.

Odamning hayotini taminlaydigan organlar(yurak-qon tomir,nafas olish tizimi,buyrak,endokrin sistema)ishini boshqaradi?Orqa miya,uzunchoq,o’rta,oraliq miya.

Uyqu turlarini ayting?Tabiiy fiziologik uyqu,gipnotik,narkotik uyqu va uyqu kasalliklari.

Tabiiy fiziologik uyqu bu…?Har kungi tundagi normal uyqu.

Chaqaloqlarda bir kech-kunduzdagi normal uyqu miqdori necha soatni tashkil qiladi?21-22 soat.

Necha yoshdagi bolalar 12-13 soat uxlashlari kerak?6-7 yoshdagi bolalar.

Katta odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga bo’lgan ehtiyoji necha soatni tashkil etadi?8 soat.

Bir yoshli bolalarda tabiiy fiziolgik uyquga bo’lgan ehtiyoj necha soatni tashkil etadi?16-17 soat.

13-14 yoshdagi bolalar bir kech kunduzda necha soat uxlashlari lozim?9.5-10 soat.

Gipnotik uyqu qanday ta’sirlar natijasida yuzaga keladi?Boshqa odamlar yoki gipnozchilarning har xil so’zlari va harakatlari ta’sirida.

Gipnozlash usulidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?Ba’zi ruhiy kasalliklarni davolashda.

Narkotik uyqu qachon qachon yuzaga keladi?Har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish natijasida yuzaga keladi.

Uyqu kasalliklarini ayting?Oyparast,letargiya uyqusi va uyqusizlik.

Oyparast kasalligining 2-nchi nomi?Lunatik.

Oyparast kasalligiga uchragan odamda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Odam tungi uyqu vaqtida kechasi o’rnidan turib uydagi buyumlarni yig’ishtiradi,o’rnini o’zgartiradi,derazani ochadi,hovliga chiqadi,ba’zilari esa devorga chiqadi,hatto ko’chaga chiqib ketib,yana qaytib kelib o’rniga yotadi va uyquni davom ettiradi.Ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi.

Letargiya uyqusi qanday yuzaga keladi?Bu kasallik holati bo’lib,odamda to’satdan yuzaga keladi.Odam chuqur uyquga ketadi.Uning nafas olishi va yurak urushi sekinlashib,hatto sezilmaydigan darajaga keladi.

Tush ko’rish qanday sodir bo’ladi?Uyqu yuzaki bo’lganda bosh miya po’stloq qismining ayrim qismlaridagi,ayniqsa,ensa qismidagi ko’rish markazlarining nerv hujayralari to’liq tormozlanmaydi,ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz qo’zg’alish holatida bo’ladi.Ana shu vaqtda tush ko’rish sodir bo’ladi.


Download 243.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling