Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi
Download 243.7 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
Enterit qanday kasallik?Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi.
Yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi nima deb ataladi?Kolit. Me’da -ichakning yuqumli kasalliklariga qaysilar kiradi?Salmonelloz,botulizm,ichburug’(dizenteriya),qorin tifi,vabo(xolera). Salmonelloz kasalligi qanday kelib chiqadi?Eskirib qolgan ovqatlarni iste`mol qilish oqibatida. Salmonelloz kasalligiga chalingan odamda qanday o`zgarishlar kuzatiladi?zaharlangan taomni iste`mol qilgan odamning bir necha soatdan keyin ko`ngli ayniydi,qusadi,qorinning yuqori qismida og`riq paydo bo`ladi. Ichburug` kasalligi qanday yuzaga keladi?Bir necha xil mikroblar qo`zg`atadi. Ichburug` kasalligi qaysi yo`llar orqali yuqadi?Mikroblar yuvilmagan idish-tovoq, meva va sabzavotlar,zararlangan taomlar yuqadi,mikroblar tarqalishida ayniqsa qora(uy)pashshasi katta ahamiyatga ega. Yuqumli sariq kasalligining ikkinchi nomi?Virusli gepatit. Virusli gepatitning A turi qanqay yuqadi?Zararlangan taomlar,idish-tovoq,qaynatilmagan ariq,hovuz,quduq suvi orqali yuqadi. Virisli gepatitning B va C turlari qanday yo`llar orqali yuqadi?Sterillanmagan shptris va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil turi bilan xastalangan odamdan olingan qon vaqon zardobini davolash maqsadida boshqa odamlarga yuborish orqali yuqadi. Spirtli ichimliklar ichish ovqat hazm qilish organlariga qanday ta`sir ko`rsatadi? Me`daning ichki shilliq pardasini yallig`lantirib,surunkali gastrit va me’daning yara kasalliklarini yuzaga keltiradi. Jigarda spirtning parchalanishidan nima hosil bo`ladi? Sirka kislotasi va boshqa zararli moddalar hosil bo`ladi. Bunday kasallikka chalingan odamda qanday o`zgarishlar kuzatiladi?Odamning o`ng qovug`asi(jigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og`riq seziladi,yog`li taomlar iste`mol qilganda,tez yugurganda,chopganda og`riq zo`rayadi,ko`ngli ayniydi,ba`zan qusadi. Jigar serrozi kasalligi qachon yuzaga keladi?Surunkali gepatit kasallikka uchragan odam spirtli ichimlik ichishda davom etsa jigar hujayralarining ma`lum qismi zahar ta`sirida yemiriladi va ularning o`rniga biriktiruvchi to`qima hosil bo`lishi natijasida jigar serrozi kasalligi kelib chiqadi. Jigar serrozi bilan og`rigan odamlarda qanday salbiy holatlar kuzatiladi?Jigaening hajmi kattalashadi,uning ish faoliyati mutlaqo buzuladi,o`ng qovurg`a ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va og`riydi,bemorning umumiy ahvoli og`irlashdi,ish qobilyati pasayadi. Chekish oqibatida organizmning qaysi muhim a’zolari zaharlanadi?Miya,yurak,jigar. Nosning zararli tomonlarini ayting?Nosning erigan qismi og`iz bo`shlig`idan so`lak bilan yutib yuboriladi va me`da-ichakka tusib uni zaharlaydi. Nos nimadan tayyorlanadi?Tamakining eng kuchli(zaharli)turlaridan. Tamakidan tashqari nosga yana qanday moddalar qo`shladi?Ohak,kul, kabi zaharli moddalar. Nos chekuvchilarda qaysi kasalliklar ko`p uchraydi?Og`z bo`shligi,qizilongach va me`da raki. Tamaki tarkibida qanchagacha zaharli moddalar bo`ladi?3 mingdan ortiq. Moddalar almashinuvi deb nimaga aytiladi? Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizmda uning o`zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi. Ovqat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy,mexanik,termik o`zgarishi natijasida potensial energiya qanday energiyaga aylanadi?Issiqlik, mexanik,va elektr energiyasiga. Ovqat mahsulotlarining parchlalishi hisobiga hosil bo`lgan energiya organizmning qanday faoliyatlariga sarflanadi?Hosil bo`lgan energiya hisobiga to`qima va organlar ish bajaradi,hujayralar ko`payadi,hujayraning eskirgan qismlari yangilanadi,yosh organizm o`sadi,rivojlanadi,tana harorati doimiyligi saqlanadi. Assimilatsiya va dissimilatsa jarayonlarining yig`indisi? Moddalar almashinuvi jarayoni. Assimilatsiya nima? Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning hujayralari tomonidan o`zlashtirilishi,ya`ni oddiyroq moddalardan murakkabroq kimyoviy moddalarhosil bo`lish jarayoni. ”Assimulo” so`zi qanday ma`noni bildiradi?”O`xshataman”. Assimilatsiya jarayoni natijasida oganizmda qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi?Hujayralar ko`payadi,ayniqsa yosh organizmning o`sish va rivojlanishini ta`minlaydi. Dissimilatsiya nima? Hujayralar tuzilmasi,jumladan oqsil birikmasi tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanish,yemirilish jarayoni. ” Dissimulo”so’zi qanday manoni bildiradi?”O’xshatmayman. Murakkab molekulyar organic birikma?Oqsillar. Oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi?Plastik funksiya-oqsillar odam organizmning barcha hujayralari tarkibiga kiradi. Energetik funksiya-kislorod ishtirokida oksidlanib energiya hosil bo`ladi. 1g oqsil parchlanganda qancha kkal energiya hosil bo`ladi?4,1kkal. Oqsillar nimalardan tuzilgan?Aminokislotalardan. Aminokislotalar tarkibiga ko`ra oqsillar qanday turlarga ajratiladi?Sifatli va sifatsiz oqsillar. Qaysi oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida bo`ladi?Sifatli. Sifatli oqsillarga qaysi mahsulotlarda bo`ladi?Go`sht, baliq,tuxum,sut va sut mahsulotlarida. Sifatsiz oqsillar qaysi o’simlik mahsulotlarida bo’ladi?Guruch,no’xat,loviya,bug’doy,kartoshka,makkajo’xori va boshqalar. Yog’lar odam organizmida qanday funksiyalarni bajaradi?Plastik va energetik. 1 gramm yog’ organizmda kislorod tasirida oksidlanib,qancha energiya hosil bo’ladi?9.3 kkal Yog’lar necha xil bo’ladi va qaysilar?2 xil;hayvon yog’lari va o’simlik moylari. Uglevodlar odam organizmining qaysi faoliyatlari uchun zarur bo’lgan energiya bilan ta’minlaydi?Jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo’lib parchalanadi va hujayra to’qimalarni,ayniqsa muskullarning ish faoliyati uchun zarur bo’lgan energiya bilan ta’minlaydi. 1 gramm uglevod kislorod ta’sirida parchalanganda qancha energiya ajraladi?4.1 kkal. Uglevodlar asosan qaysi mahsulotlarda ko’p bo’ladi?Asosan o’simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarda:non,kartoshka,mevalar,qovun-tarvuz hamda shirinliklarda. Katta yoshdagi odam tanasining necha %ini suv tashkil etadi?50-60 %ini Qonning qanchasini suv tashkil etadi? 92%ini. Chaqaloq massasining necha %ini suv tashkil etadi?80%ini. Suyaklarning 22%ini qanday suyuqlik tashkil etadi?Suv Suv miya to’qimasining necha %ini tashkil etadi? 84% ini. Tana muskullarining 70%ini nima tashkil etadi? Suv. Organizmning qaysi qismlarida suv erigan holda bo’ladi?Qon plazmasida,hujayralarning protoplazmasida. Odam mutlaqo ovqat iste’mol qilmasa,lekin suvni me’yorda iste’mol qilsa,necha kungacha (uning tana massasi necha %ga kamayguncha ) yashashi mumkin?40-45 kungacha(tana massasi 40%ga kamayguncha). Agar odam me’yorida ovqat iste’mol qilib,suv iste’mol qilmasa,necha kungacha ,tana massasining % ga kamayguncha yashashi mumkin?1 haftaga yetmasdan,tana massasi 22%gacha kamayganda halok bo’ladi. Suv odam organizmida qanday rol o’ynaydi?Ovqat tarkibida va ichimlik sifatida iste’mol qilinadi,me’da ichaklardan qonga so’rilgan suv hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi,uning asosiy qismi nafas chiqarish, terlash va siydik bilan tashqariga chiqariladi. Katta odamlar organizmi1 kecha-kunduzda qancha miqdordagi suvga ehtiyoj sezadi?1-3 litr Issiq sharoitda ,og’iz quruqlashganda haddan tashqari ko’p iste’mol qilmaslik uchun qanday chora ko’riladi?Og’izni tez-tez chayqaladi,nordon(limonli va mineral) suvichiladi. Mineral tuzlar odam organizmining qaysi qismlarida bo’ladi?Barcha hujayra va to’qimalar tarkibida. Makroelementlarni ayting? Na,Cl2,Ca,P, K, Fe. Makroelementlar odam organizmining qaysi qismlarida ayniqsa ko’p miqdorda bo’ladi?Qon ,hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida. Mikroelementlarni ayting?Zn,Mn,Co,Cu,Al,F,J2. Mikroelementlar odam organizmining qaysi qismlarida ayniqsa kam miqdorda bo’ladi?Qon ,hujayra ,suyak. Mineral tuzlar odam odam organizmidagi qaysi jarayonlarda muhim o’rin tutadi?Moddalar almashinuvida,ayniqsa hujayralarning qo’zg’alish jarayonlarida. Vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini kim birinchi bo’lib isbotlagan?1880-yilda rus olimi N.I.Lunin. Lunin vitaminlar haqida qanday fikr yuritgan?Ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar,tuzlar va suvdan tashqari alohida moddalar ham bo’ladi,bularsiz organizm yashashi mumkin emas. ’’Vita’’ so’zi qanday ma’noni bildiradi?’’Hayot’’ Vitamin tushunchasini kim birinchi fanga kiritgan?1912-yilda K.Funk. Odam organizmida qancha vitamin turlari bor?40 dan ortiq. Odam organizmida biror vitamin butunlay yo’qolsa qanday ataladi?Avitaminoz Gipovitaminoz nima?Odam organizmida vitamin miqdorining kamayishi. Organizmda vitamin miqdorining ko’payib ketishi nima deb ataladi?Gipervitaminoz. Vitaminlar qanday guruhlarga ajratiladi?Yog’da va suvda eriydigan. Yog’da eriydigan vitaminlar? A,D,E,K Suvda eriydigan vitaminlar? B1,B2, B6,B12,B15,PP ,C. A vitamin hayvon va odam organizmida qanday ahamiyatga ega?O’sish va rivojlanishda,hujayralarning bo’linib ko’payishida,epiteliy to’qimasining (terining ustki qavati,nafas yo’llari,ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda ,ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishida ahamiyatga ega. Organizmda qaysi vitamin yetishmasa, teri quruqlashib yoriladi,nafas yo’llari va oshqozon –ichak ichki shilliq qavatining yallig’lanishi yuzaga ke ladi,ko’rish o’tkirligi pasayadi, bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi susayadi? A vitamin. Shabko’rlik kasalligining yuzaga kelishiga qaysi vitamin yetishmasligi sabab bo’ladi?A vitamin. A vitamin qaysi mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Baliq yog’i , sariyog’da , tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir , o’rik tarkibida. B1 vitaminining 2-nomi? Tiamin. Riboflavin qaysi vitamin nomi?B2 vitaminining. B1 vitamini (tiamin) odam organizmida qanday vazifani bajaradi? MNS da qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari normal o’tishida, odamning aqjiy ish faoliyati yaxshi bo’lishida muhim rol o’ynaydi. B1 vitamini ovqat tarkibida miqdori yetarli bo’lmasa, qanday kasallik yuzaga keladi?Gipovitaminoz B1 Gipovitaminoz B1 kasalligiga chalingan odamda qanday belgilar yuzaga keladi?Oyoq-qo’l muskullari uyushib og’riydi, holsizlik, tez charchash,odam aqliy faoliyatining pasayishi, ya’ni o’zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlar pasayadi,arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo’lib qoladi. Avitaminoz B1 qanday kasallik?B1 vitaminining uzoq muddat davomida yetishmasligi . Avitaminoz B1 yana qanday ataladi va uning belgilari?Beri – beri: nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi so’ng yo’qoladi, qo’l – oyoq muskullari harakati kuchsizlanadi, odam oyog’ini yaxshi ko’tara olmaydi, qadami kalta-kalta, oyog’iga kishan solingan odamga o’xshaydi. Tiamin vitamini qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Guruch po’stlog’ida,bug’do,non,loviya,no’xat,tuxum sarig’i,yong’oq,mol jigari. C vitaminining 2-nomi?Askorbin kislota. Askorbin kislotaning yetishmasligi tufayli qanday kasallik kelib chiqadi?Singa. C vitamini odam organizmida qanday muhim ro’l o’ynaydi?Moddalar almashinuvida,ayniqsa oqsillar va uglevodlar almashinuvida. Qaysi kasallik yuzaga kelganda odamda umumiy holsizlik, tez charchash,milklarning shishib bo’shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, uni tish cho’tkasi bilan tozalaganda milk qonashi kuzatiladi?Singa. C vitamini qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Ho’l mevalarda, ko’katlarda, sabzavotlarda ayniqsa apelsin,limon,mandarin,karam,pomidor,piyoz tarkibida. Qaysi vitamin organizmda Ca va P almashinuvi normallashuvida ishtirok etadi?D vitamini. D vitamin yetishmasligi natijasida qaysi kasallik kelib chiqadi?Raxit. Raxit belgilari qanaqa?Suyaklarning notog’ri shakllanishi,bolalarning suyagi yumshab egiluvchan bo’lib qoladi,ko’p terlash,injiqlik,uyqu buzilishi,boshning ensa qismi pachoqlannishi,ko’krak qafasi ichiga botiq bo’lib qoladi yoki bo’rtib chiqadi. D vitamin qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Baliq yog’ida,tuxum sarig’ida,sut va sut maxsulotlarida. Raxit kasalligini oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish,D vitaminini yetarli miqdorda istemol qilish,quyoshning ultrabinafsha nuridan yetarli foydalanish. Energiya qanday hosil bo’ladi?oqsil,yo’g’,uglevodlarning kislarod bilan oksidlanishidan. To’qima va organlar hayotiy jarayonlarning normal o’tishi va ish bajarishi uchun qancha energiya sarf bo’ladi?hosil bo’lgan energiyaning uchdan ikki qismi Tana haroratining normalligini saqlash uchun qancha energiya sarf bo’ladi?hosil bo’lgan energiyaning uchdan bir qismi Odam organizmida kecha va kunduz sarflanadigan energiya necha qismdan iborat va qaysilar?3 qismdan.1.Asosiy moddalar almashinuvini taminlash uchun sarflanadigan energiya.2.Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya.3.Odam bir kecha kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya Tanasi 70 kg bo’lgan odam uchun bir kecha kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori qancha?1680kkal Aqliy va jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilarning energiya sarfidagi farqi?Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilar kam energiya sarflaydi, jismoniy mehnat qiluvchilar ko’p energiya sarflaydi. Odam qachon semiradi?Hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan ko’p bo’lsa. Odam qachon ozadi? Hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan kam bo’lsa. Nima uchun yoshlarda hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan ko’p bo’lishi lozim?chunki ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Odam organizmida sarflanadigan energiya miqdorini aniqlashning qanday usullari mavjud?vositasiz va vositali kalorimetriya usullari. Ovqat odam organizmida qanday muhim vazifalarni bajaradi?energetik va plastik. Ovqatning plastik funksiyasi nimadan iborat?hujayraning eskirgan qismlarini yangilanishi va hujayraning bo’linib ko’payishini ta’minlaydi. Ratsional ovqatlanish qoidalari?ovqatlanishning miqdor qoidasi,ovqatlanishning sifat qoidasi,ovqatlanish rejimi. Ovqatlanishning miqdor qoidasi nima?bir kecha-kunduzdagi ovqatdan hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak. Ovqatlanishning sifat qoidasi nima?bir kecha-kunduzdagi ovqat tarkibidagi oqsillar,yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar, suv va vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga bo’lgan ehtiyojini qondirishi kerak. Ovqatlanish rejimi nima?bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori 4 qismga bo’lingan holda iste’mol qilinishi kerak. Ertalabki nonushta bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?25-30% Tushki ovqat bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?35-40% Kechki ovqat bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?15-20% Qo’shimcha ovqat bir kecha-kunduzgi ovqatning necha %ini tashkil qiladi?10-15% Moddalar almashinvi natijasida organizmda qanday zararli moddalar hosil bo’ladi?Siydik kislota,qoldiq azot,mochevina,kreatinin,karbonat angidirit. Ayirish organlariga qanday organlar kiradi?Buyrak,teri,o’pka,nafas olish organlari. Teri orqali qanday moddalar tashqariga chiqadi?Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi. Ayirish sistemasining asosiy qismi bu-?Siydik ayirsh organlari. Siydik ayirish organlariga qaysi organlar kiradi?Buyraklar,siydik yo’llari,qovuq va siydik chiqarish kanali. Buyraklar soni nechta va ular qayerda joylashgan?2ta(o’ng va chap) qorin bo’shlig’ining bel qismida,ya’ni 1-va 2-bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. Buyrakning shakli qanday tuzilishga ega?Loviya. Buyrakning ichki tomoni botiqroq bo’lib, u qanday ataladi?Buyrak darvozasi. Buyrak darvozasi orqali nima kiradi?Arteriya qon tomiri. Buyrak darvozasi orqali nima chiqadi?Vena qon tomiri,siydik yo’li. Har bir buyrakning og’irligi qancha?150gr Buyrak ko’ndalangiga kesilganda necha qavatdan iboratligi ko’rinadi va ular qaysilar?2.tashqi qoramtir po’st va ichki oqimtir mag’iz. Buyrakning funksional birligi bu-?Nefronlar. Har bir buyrakda qancha nefron bor?1mln atrofida. Ikkala buyrakda qancha nefron bo’ladi?2mln. Buyrakda siydik hosil bo’lishi qanday fazalarga bo’linadi?2ta.Filtratsiya va reabsorbtsiya. Birlamchi siydik hosil bo’lishi qaysi fazada kechadi?Filtratsiyada. Buyrakda birlamchi siydik qanday hosil bo’ladi?Buyrak neyronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib buyrak kapsulasiga o’tadi va birlamchi siydik hosil bo’ladi. Kapsula nima?Nefron bo’shlig’i. Filtiratsiya jarayonining amalga oshishi nimaga bog’liq?Kapillarlardagi bosimning yuqori,kapsuladagi bosimning past bo’lishiga. Birlamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,garmonlar,fermentlar,erigan holdagi gazlar. Birlamchi siydik tarkibida qanday modda bo’lmaydi v anima uchun?oqsil, u kapillar qontomirining devoridan filtirlanib o’tmaydi. Buyrakda siydik hosil bo’lishning davri qanday nomlanadi?Reabsorbitsiya. Reabsorbitsiya jaroyoni qanday amalga oshadi?Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o’tadi,bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislatalar suv va mineral tuzlarning 98.5%-99.0% vena tomirlariga qayta so’riladi. Ikkilamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Qoldiq azot,mochevina,kreatinin va ma’lum miqdorda tuz va suv bo’ladi. katta odamda 1 kecha-kunduzda o’rtacha qancha birlamchi siydik hosil bo;ladi?100 l Birlamchi siydikning necha% kalavasimon kanalchalar orqali qonga o’tadi?98,5-99% Siydik yo’li qayerdan boshlanib,qayerda tugaydi?Siydik jomidan boshlanib,qovuqda tugaydi. Siydik yo’lining uzunligi katta yoshli odamlarda qancha bo’ladi?30sm Ikkilamchi siydik miqdori qancha?1-1,5l Siydik pufagi(qovuq) qayerda joylashgan?Qorinning pastki qismida,chanoq sohasida. Qovuqning hajmi katta yoshli odamlarda qancha bo’ladi?500-700ml Buyrakda siydik hosil bo’lishi qanday yo’l bilan boshqariladi?Nerv va gumoral. Simpatik nerv tolalari qanday vazifani bajaradi?Buyrak qon tomirlarini toraytirib,siydik ajralishini kamaytiradi. Qaysi garmon reabsorbitsiya jarayonini pasaytirib,siydik ajralishini ko’paytiradi?Qalqonsimon bezda sintezlangan tiroksin garmoni. Parasimpatik nerv tolalari qanday vazifani bajaradi?Buyrak qon tomirlarini kengaytirib,siydik ajralishini ko’paytiradi. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagida simtezlangan antidiuretik garmon(ADG) ayirish organlari faoliyatiga qanday tasir ko’rsatadi?Buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga ta’sir ettirib,reabsorbitsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Nefronlar necha minut ishlab,necha minut dam oladi?15 minut ishlab,40-45minut dam oladi. Siydik ayirish organlari kasalliklarini ayting?Nefrit,piyelonefrit. Nefrit qanday kasallik?Buyraklarning yallig’lanishi. Buyrakda tosh kasalligi qanday kelib chiqadi?Tuz almashinuvi buzulishi,ovqat tarkibida ko’p tuz iste’mol qilish,kam harakatlanish,ovqatlanish qoidalarining uzluksiz buzulishida oqibatida. Siydik ayirish organlari yallig’lanish kasalliklarini nimalar keltirib chiqaradi?Shamollash,angina,tish kasalliklarini o’z vaqtida davolamaslik oqibatida. Teri qanday to’qima tarkibiga kiradi?Epiteliy. O’rta yoshli odamda terining sathi o’rtacha qancha bo’ladi?1.5-2m2. Tananing qaysi sohalarida terining qalinligi 4mmgacha bo’ladi?Tananing orqa,son,qo’lning kaft,oyoqning tovon sohalarida. Qovoq terisining qalinligi?0.4mm. Teri necha qavatdan ibot va qaysilar?3 qavatdan:epidermis,derma,gipoderma. Epidermis…?Terining ustki qavati. Teri osti yog’ qavati?Gipoderma. Asl teri qavati?Derma. Epidermis qanday hujayralardan tashkil topgan?Epiteliy to’qimasining ko’p qavatli yassi hujayralaridan. Epidermisning ustki qavati necha kunda yangilanib turadi?7-11 kunda. Terining derma qavati qanday hujayralardan tashkil topgan?Biriktiruvchi. Terining derma qavatida nimalar joylashgan?Juda ko’p mayda qon va limfa tomirlari,nerv tolalarining uchlari,retseptorlar,soch va tuk ildizlari,ter va yog’ bezlari,mayda muskul tolalari. Gipoderma nimalardan tashkil topgan?Yumshoq biriktiruvchi to’qima va yog’ moddasidan. Gipoderma qavati tananing qaysi sohalarida uchraydi?Qorin devorida,dumba sohasida,ayollarning ko’krak sohasida qalin,bo’yin,yelka,qo’l-oyoqlar sohasidayupqa bo’ladi. Teri organizmda qanday funksiyalarni bajaradi?Himoya,sezish,ayirish,nafas olish va chiqarish,tana haroratining doimiyligini ta’minlash. Terining himoya funksiyasini ayting?Teri odam tanasini tashqi tomondan qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to’qimalarni tashqi muhitning noqulay(kimyoviy,fizik,mexanik)ta’sirlardan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi. Terida qanday retseptorlar joylshgan?Terida 4xil ta’sirlarni sezuvchi retseptorlar joylashgan:og’riqni,issiqni,sovuqni sezuvchi hamda taktil retseptorlar. Teri retseptorlari qanday xususiyatga ega?Tashqi muhitning turli xil ta’sirlariga moslanish. Bir kecha-kunduzda katta odamda qancha ter ajraladi va uning tarkibini qanday moddalar tashkil etadi?500ml 2g osh tuzi,1g azot qoldig’i. Qanday holatlarda ter ajralishi kuchayadi?Tashqi muhitning harorati ko’tarilganda,odam tanasining harorati ko’tarilganda,jismoniy mehnat,sport mashqlarini bajarganda,ruhiy(emotsional) ta’sirlar vaqtida. Ona suti tarkibida qanchagacha oqsil bo’ladi?1.5% Ona suti tarkibining 87%ini qaysi modda tashkil etadi?Suv. Ona suti tarkibining necha %ini uglevodlar tashkil etadi?6.5% Ona suti tarkibida….bo’lib,bolani yuqumli kasalliklardan himoya qilib turadi?Antitelelar. Sog’lom onaning sut bezlaridan 1sutkada o’rtacha qancha sut ajraladi?1-1,5 l Ona suti tarkibidagi mineral tuzlar necha %ni tashkil etadi?0,3% Ona suti tarkibining 4.5%ini qaysi modda tashkil etadi?Yog’. Teri organizmda qaysi jarayonda ishtirok etadi?Gazlar almashinuvi jarayonida. Odam nafas olganda organizmga 1sutkada zarur bo’lgan kislarodning necha % teri orqali,necha % nafas olish organlari orqali qabul qiladi?1% teri,99% nafas organlari orqali. Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati o’rtacha qancha bo’ladi?36.2-36.8C atrofida bo’ladi. Odam nafas chiqarganda organizmga 1sutkada zarur bo’lgan karbonat angidiritning necha %teri orqali va necha % nafas organlari orqali tashqi muhitga chiqaradi?2% teri orqali,98%nafas organlari orqali. Ob-havo issiq bo’lgan vaqtda terida qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Teridagi issiqlikni sezuvchi retseptorlar qo’zg’lib,undagi qon tomirlarini kengaytiradi,odamning terisi qizaradi,ko’p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko’payadi. Organizmni chiniqtirishda qanday gigiyena qoidalariga amal qilinadi?Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash,chiniqtirishning izchillik prinsipi,individual xususiyatlarrni hisobga olish,chiniqtirishda o’z-zini nazorat qilib boorish. Chiniqtirish turlarini ayting?Havoda,suvda,quyoshda chiniqtirish. Suv odam organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi?Harorati,erigan kimyoviy moddalari orqali hamda mexanik ta’sir ko’rsatadi. Suvda chiniqtirish necha bosqichda amalga oshiriladi va qaysilar?2 bosqichda:mahalliy va umumiy. Mahalliy va umumiy chiniqtirishning farqi nimada?mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari hal xil haroratdagi suvda chiniqtiriladi.Umumiy chiniqtirishda tananing ustidan har xil haroratdagi suv quyish,dush qabul qilish yoki suv manbalarida(hovuz,ariq,kanal) cho’milishdan iborat. Bolalar sovuni tarkibida qanday moddalar bo’ladi va ularning vazifani bajaradi?Lanolin moddasi terini yumshtadi,bor kislotasi teridagi mikroblarni yo’qotadi. Uzoq vaqt poshnasi baland poyavzal,rezina va sport poyavzallarini kiyish organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?Oyoqda qon aylanish buziladi,yassi oyoqlik kelib chiqadi,havo almashinuvi buziladi. Teri timdalangan,qirilgan vaqtda qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?Jarohat sovuq suv bilan yuviladi,so’ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashildori surtib’ bog’lab qo’yiladi. Terining qanday jarohatida uni oqar suv tagida 2-3 minut tutib turiladi?Teri kuygada. Terining turli sohalaridan qon ketganda qanday qilib birinchi yordam ko’rsatiladi?Qon oqayotgan tomirni topib,uni 10-15 minut barmoq bilan qattiq bosib turiladi va ustidan sovuq suvda ho’llangan sochiq yoki ro’molcha qo’yiladi. Qaysi hollarda odamni oftob va issiq urishi mumkin?Odam issiq,dim xonada bo’lganida,issiq hammomda uzoq vaqt yuvinganda,yozning issiq kunlari ochiq havoda uzoq vaqt ish bajarganda. Odamni issiq urganda qanday belgilar kuzatiladi?Odamning tanasi qiziydi,terisi qizaradi,ko’p terlaydi,umumiy quvvatsizlik,bosh aylanishi,ko’ngil aynishi,yurak o’ynashi,nafas qisishi kabi noxush belgilar kuzatiladi. Odamni issiq va oftob urganda qanday qilib birinchi yordam ko’rsatiladi?Bemor salqin joyga o’tkaziladi,xonaning derazalari ochib,havosi yangilanadi,bemorning boshini past,oyoqlarini biroz baland qilib yotqiziladi,sochiqni suvda ho’llab,bemorning boshiga,yelka,bilak qo’ltiq,son,tizzaosti sohalariga qo’yiladi,ko’proq sovuq choy,mineral suv ichiriladi. Teri epidermisining sirtqi qavatidagi o’lik hujayralar va derma(asl) teri qavati orasida qanday hujayralar qavati joylashgan?Epidermisning ichki qismidagi tirik hujayralar qatlami. Odam organizmida necha xil bez bor?3 xil. Tashqi sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?Ter,yog’,sut,so’lak(quloqoldi,tilosti,jag’osti) hamda me’da va ichak shilliq qavatidagi shira ajraluvchi bezlar. Nima uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deyiladi?Chunki bu bezlarda ishlab chiqarilgan suyuqlik tashqi muhitga chiqariladi. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?Gipofiz,epifiz,qalqonsimon,qalqon orqa,ayrisimon,buyrakusti bezlar kiradi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan suyuqlik qayerga quyiladi?Organizmning ichki muhitiga ya’ni qon va limfaga. Qaysi bezlar to’qimasi 2qismdan iborat?Aralash bezlar. Aralash bezlarga qaysi bezlar kiradi?Oshqozonosti va jinsiy bezlar kiradi. Garmon nima?Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan suyuqlik. Ichki sekretsiya bezlarida qancha garmon ishlab chiqariladi?Nihoyatda oz miqdorda,ya’ni grammning milliard qismiga teng. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan garmonlar qanday jarayonda muhim ahamiyatga ega?Moddalar almashinuvi jarayonida. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birgalikda qanday sistemani tashkil etdi?Endokrin sistemani. Gipofiz bezining shakli va massasi qancha? No’xatsimon,0.5-0.6g. Gipofiz bezi qayerda joylashgan?Bosh miyaning ostki sohasida,kalla suyagining turk egarchasi deb ataladigan qismida. Gipofiz bezi nechta bo’lakdan iborat va qaysilar?3 bo’lakdan:oldingi,oraliq va orqa bo’lakdan. Gipofiz bezining oldingi bo’lagidan qanday garmon ishlab chiqariladi va uning ahamiyati?Somatotrop garmoni va bu garmon bolalar va o’smirlarning o’sishi, rivojlanishi,organizmda oqsil sintezlanishini boshqaradi. Gigantizim qanday kelib chiqadi?Somatotrop garmoni ba’zi sabablarga ko’ra,normadan ko’p ishlab chiqarilsa,bo’y normadan ortiq o’sib ketadi va biu holat gigantism,bunday odam esa gigant odam deyiladi. Qanday odam gipofizar pakana deb ataladi?Somatotrop garmoni kamroq ishlab chiqarilsa,bo’y o’sishshi sekinlashdi,bunday holga nanizm deyiladi va bunday odam gipofizar pakana deyiladi.
Download 243.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling