Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
Uyquda sodir bo’ladigan subyektiv-psixik hodisa
Download 244.16 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
Tush ko’rish nima?Uyquda sodir bo’ladigan subyektiv-psixik hodisa.
Odam qachon tush ko’rmaydi?Chuqur uyqu paytida bosh miya po’stloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush ko’rilmaydi. ”Tush ko’rish-bu odam ko’rgan kechirganlari ta’rining uyqu vaqtida arlash-quralash holdagi ko’rinishidir” degan fikr kim tomondan aytilgan?I.M.Sechenov. Bolaning normal rivojlanishi uchun nimalar qilish kerak?Ongi,aql-idroki bilan o’z sog’lig’ini avaylashi,zararli odatlarga berilmasligi,kun tartibiga rioya qilishi,aqliy va jismoniy faoliyatini navbati bilan almashtirib turish kerak. Aqliy mehnat vaqtida(o’qish,yozish,fikrlash,masala yechish,dars tinglash)asosan qaysi organlar va qaysi markazlar ish bajaradi?Ko’rish,eshitish,nutq organlari va bosh miya po’stlog’i markazlarning nerv hujayralari. Aqliy mehnat uzoq vaqt davom ettirilsa organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?Miyadagi nerv markazlarining ish qobilyati asta-sekin pasayib,ish sifati yomonlasha boshlaydi. Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun nimalar qilish kerak?Maktablarda,o’quv yurtlarida, har 45 minutlik darsdan keyin 5-10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish,sinf xonasida o’tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish,badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazish,har xil harakatli sport o’yinlari bilan shug’ullanish kerak. Qachon bir necha muskul guruhlari bir vaqtda qo’zg’alib,ularning miyadagi nerv markazlari o’rtasida vaqtincha bog’lanish vujudga keladi?Murakkab xarakatlar b.n bog’liq jismoniy ish,sport mashqlari bajargan vaqtda bir nechta muskul guruhlari qisqarib bo’shashganda. Harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil bo’lishi natijasida harakatlarning tez,oson,silliq bajarilishi nima deb ataladi?Dinamik stereotip. Nevroz nima?Nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzulishi bilan bog’liq og’ir ruhiy xastalik. Nevrozning sabablari?Og’ir aqliy mehnat,urush janjallar,qayg’u,ranjish,qo’rquv,qiyinchiliklar,umidsizlik kabi hissiyotlar. Nevrozning belgilari?Bemor serjahl,o’zidan va atrofdagilardan norozi bo’lib yuradi. Bolalarda nevroz qanday kelib chiqadi?Bolani go’daklikdan noto’g’ri qattiqqo’llik bilan tarbiyalash,qiziqish va erkini mensimaslik,tahqirlash,unda qo’rqoqlik,jur’atsizlikni keltirib chiqarib o’z tenglariga qo’shilishga xalaqit berib nevrozga olib keladi yoki ortiqcha mehribonlik ham nevrozga sabab bo’ladi. Alkogol nerv sismasida qaysi holatlarning bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi?Qo’zg’alish va tormozlanish. Alkogol iste’mol qilgan odamda bosh miya po’stlog’i qaysi markazlar ishini nazorat qilmaydi?Bosh miyaning quyi markazlari. Ichish natijasida qaysi reflekslar hosil bo’lishi sekinlashadi?Shartli reflekslar. Narkomaniya(giyohvandlik)nima?Kayf keltiradigan moddalarni ko’proq iste’mol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan og’ir ruhiy kasallik. Giyohvandlik belgilari?Dastlab,tajanglik,xotira buzulishi keyinchalik yurak tez urushi,og’iz qurushi,terlash,qo’l-oyoq titrashi,ko’z qorachig’ining kengayishi. Analizatorlar bu…?Bosh miya po’stlog’ining turli qismlaridagi maxsus nerv hujayralar to’plami(sezgi organlarining markazlari). Sezgi organlarining markazlari nima deb ataladi?Analizatorlar. Analizator qanday qismlardan tashkil topgan?Ta’sirni qabul qiluvchi-retseptor,o’tkazuvchi qismi-sezuvchi nerv tolasi,analiz-sintez qiluvchi qismi-sezuvchi nerv markazi. Hid bilish markazi qayerda joylashgan?Bosh miya po’stlog’i chekka(peshona)qismining oldingi yuqori sohasida. Eshitish markazi qayerda joylashgan?Chakka qismining pastki sohasida. Retseptorlar qanday funksiyani bajaradi?Ta’sirlarni qabul qiladi. Analizatorlarning o’tkazuvchi qismi qanday funksiyani bajaradi?U retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o’tkazadi. Sezuvchi nerv markazi qanday funksiyani bajaradi?Bu markazlar muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sirlarni analiz sintez qilib,ularning mazmuniga ko’ra javob reaksiyasi hosil qiladi. Ko’z qayerda joylashgan?Bosh suyagining chuqurchasida-ko’z kosasida joylashgan. Ko’z qanday tuzilgan?Ko’z soqqasi,ko’rish nervi va yordamchi qismlari:ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari,qovoq va kipriklar,yosh bezlari,qon tomirlaridan tuzilgan. Ko’z soqqasi necha qismdan iborat?2 qismdan:tashqi va ichki. Ko’z soqqasining tashqi qismi necha qavatdan iborat va qaysilar?3 qismdan:tashqi-fibroz,o’rta-qon tomir,ichki-to’rsimon pardadan iborat. Shoh parda ko’zning qaysi qismida joylashgan?Fibroz pardasining oldingi qismida. Ko’z soqqasining ichki qismiga nimalar kiradi?Ko’z ichi suyuqligi,ko’z gavhari va shishasimon tana. Yorug’likni,ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar qayerda joylashgan?To’rsimon pardaning orqasida. Ko’z to’rpardasida joylashgan retseptorlar qanday shakllarda bo’ladi?Tayoqchasimon va kolbachasimon shaklda. Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra qanday qismlardan iborat?2 qismdan:ko’zning optik tizimi va retseptorlar qismidan. Tayoqchasimon va kolbachasimon hujayralar qayerda joylashgan va qanday funksiyani bajaradi?To’rsimon pardaning orqa qismida,yorug’lik kam bo’lganda ko’rishni ta’minlaydi,yorug’lik ko’p bo’lganda ko’rishni ta’minlaydi,ranglarni ajratadi. Ko’zning optik sistemasiga nimalar kiradi?Shoh pardasi,ko’z ichi suyuqligi,gavhar va shishasimon tana. Yorug’lik nurini sindirib,o’tkazishda ko’zning qaysi qismi muhim o’rin tutadi?Ko’z gavhari. Ko’zning optik sistemasi qanday funksiyani bajaradi?Ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi. Ko’z gavhari qachon qalinlashadi?Yaqindagi buyumlarga qaraganda. Akkomodatsiya nima?Gavhar shaklining o’zgarishi. Akkomodatsiya hodisasi qanday amalga oshadi?Gavhar atrofini o’rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo’shashi orqali. Buyumlarga yaqindan qaraganda ko’z gavhari…?Yassilashadi. Akkomodatsiya hodisasi qanday funksiyani bajaradi?Ko’zning uzoqni va yaqinni ko’rish qobilyatini ta’minlaydi. Ko’zning rangli pardasi o’rtasida nima joylashgan?Ko’z qorachig’i. Ko’z qorachig’ini atrofidan nimalar o’rab turadi?Aylana va to’g’ri yo’nalgan muskullar. Ko’zning ichki to’qimasida joylashgan kolbachasimon retseptorlar qanday xususiyatga ega?Rang bilish. Kolbachasimon retseptorlar qaysi ranglarni qabul qiladi?Ko’k,yashil,qizil. Ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan odam qanday tasvirni yaqqol ajrata oladi?60 sekund burchak hosil qilib joylashgan 2 ta nuqtani. Ko’rish o’tkirligi qanday aniqlanadi?Golovin jadvali yordamida. Ko’zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni ularning rangini ko’ra olish xususiyati nima deyiladi?Ko’zning ko’rish maydoni. Miopiya bu…?Yaqindan ko’rish. Miopiya holati necha xil bo’ladi va qaysilar?2xil:tug’ma va orttirilgan. Uzoqdan ko’rish holati nima deyiladi?Gipermetropiya. Gipermetropiya keksalarda qanday yuzaga keladi?Keksalarda ko’z gavhari do’ngligining kamayishi tufayli. Daltonizm nima? Ranglarni ajrata olmaslik kasalligi. Daltonizm kasalligi qanday vujudga keladi? Ba’zi odamlarda kolbachasimon retseptorlarning funksiyasi tug`ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobilyati buzilishi oqibatida. Ko`pincha erkaklarda uchrab, irsiy o`tadigan kasallik? Daltonizim. O`quvchi yozganda, kitob o`qiganda kitob ko`zdan qancha uzoqlikda turishi kerak? 40 sm. Bolalar ko`zining sezuvchanligini oshirish uchun nimalar qilish kerak?Bolalarga yoshligidan har xil rangdagi o`yinchoqlarni, rasmlarni ko’rsatib, ularning rangini aniqlashga o`rgatib borish kerak. Ko`z qobilyatini me’yorida saqlanishi uchun qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerak? – Yorug`likning yetarli (100 -150 luks) bo`lishi. - yorug`likni chap tomondan tushishi. – o`qish, yoshi, chizish mahsulotlarida har 15 minutda ko`zga 15 daqiqa dam berib derazadan uzoqqa qarash. – kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog`, sabzi, qovoq) muntazam iste’mol qilish. – Avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa trasport vositalarida ketayotganida kitob yoki jurnal o`qimaslik kerak, chunki bunday vaqtda qo’ldagi kitob yoki jurnal qimirlab, ko`z gavhari shaklining uzliksiz o`zgarib turishiga sabab bo`ladi va ko`zni toliqtirib uning xiralanib qolishiga sabab bo`ladi. –ko’zni quyosh nuridan,yonib turgan olov shu’lasidan,changdan va shunga o’xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish.-zararli bo’lgan odat chekish,spirtli ichimliklar ichish,giyohvandlik ko’zning turli kasalliklari yuzaga keladi. Ko’zni chiniqtirish uchun qanday chora tadbirlar ko’rish kerak?Bolalar yoshligidan boshlab tennis,basketbol,futbol,suzish kabi sport turlari b.n shug’ullanib borish kerak. Ko’rish o’tkirligi normada nechaga teng?1ga. Galavin jadvalida har qaysi qator necha birlikka kamayib boradi?0,1 birlikka. Ko’rish o’tkirligini aniqlash qancha masofa oralig’ida tekshiriladi?5m Quloq qayerda joylashgan?Bosh suyagining chakka qismida. Quloq necha qismdan iborat?3qism:tashqi,o’rta va ichki qismdan. Tashqi quloq nimalardan iborat?Quloq suprasi va eshitish yo’lidan iborat. Nog’ora parda qayerda joylashgan?Tashqi quloq yo’lining oxirida,tashqi quloq yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi. Nog’ora parda qaysi to’qima tarkibiga kiradi va qalinligi?Biriktiruvchi to’qima,0.1mm. O’rta quloq nima orqali burun halqum b.n tutashib turadi?Yevstaxiy naychasi. Eshitish suyakchalariga qaysilar kiradi va ular qayerda joylashgan?Bolg’acha,sandon,uzangi,o’rta quloqda. Eshitish suyakchalari qanday funksiyani bajaradi?Tovush to’lqinlari ta’sirida nog’ora pardada hosil bo’lgan tebranishni ichki quloqqa o’tkazadi. Ichki quloq nimalardan iborat?Bo’shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan. Perilimfa suyuqligi qayerda joylashgan?Suyak labirinti va parda labirinti orasidagi torgina bo’shliqda. Parda labirinti ichida qanday suyuqlik bo’ladi?Endolimfa suyuqligi. Tovushni sezuvchi hujayralar ya’ni eshitish retseptorlari qayerda joylashgan?Suyak labirintidagi chig’anoq ichida. Odam tanasining fazodagi muvozanatini taminlovchianalizatorlar nima deb ataladi?Vestibular analizator. Vestibular analizator retseptorlari qayerda joylashgan?Suyak labirintining dahliz va yarim doira kanalchalari deb ataluvchi xaltasimon tuzilmalarida. Quloq suprasi qanday funksiyani bajaradi?Tovush to’lqinlarini to’plash va uni quloqning tashqi yo’liga yo’naltirish. Eshitishning amalga oshishini tartib b.n sanang?Tashqi quloq yo’li-nog’ora parda-eshitish suyakchalari-ichki quloq(chig’anoq va yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklari)-eshitish nervi-miya ko’prigi-o’rta miyadagi po’stloqosti eshitish markazi-bosh miya yarimsharlari po’stlog’ining chakka qismidagi oliy eshitish markazi. Eshitish organi gigiyenasi nimalardan iborat?jamoat joylarda tinchlikni saqlash,2-3 qavat bint yupqa sochiq uchini namlab,tashqi quloq yo’lini har 2-3 kunda artib tozalash,burun og’iz tomoqni shamollashdan ehtiyot qilish. Muvozanat organi deb nimaga aytiladi?Vestibular analizator. Agar yoshligidan boshlab odamning vestibular analizatori yaxshi chiniqtirilmasa qanday oqibatlarga olib keladi?Uning ishi ma’lum darajada pasayadi,mototsiklda,avtomashinada,tez yugurganda,karuselda aylanganda,har xil transport vositasida yurganda bosh aylanadi,ko’ngil ayniydi,yuragi tez urib,rangi oqaradi,ba’zida hatto hushini yo’qotishi mumkin. Muvozanat organing ishi qanday boshqariladi?Retseptorlar qo’zg’alishi vestibular nervga o’tib,miya ko’prigidagi po’stloqosti muvozanat markaziga,undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi muvozanat markaziga boradi. Odamda harakat tezligi qancha yuqori bo’lsa….?Retseptorlar shunchalik kuchli qo’zg’aladi. Muvozanat organining funksiyasi qachon buziladi?Bu a’zolarning yoshligidan chiniqtirilmaganligi,shikastlanishi va har xil kasallik tufayli. Vestibular analizatorlarni chiniqtirish uchun qanday chora tadbirlar ko’riladi?Bolani beshikda va belanchakda tebratish so’ngra velosipetda yurishni mashq qildirish,karuselda aylanish,suvda suzish,yugurish,sakrash,gimnastika mashqlari va sport o’yinlari b.n shug’ullanish,raqsga tushish kabi chora tadbirlar ko’riladi. Odamning barcha harakatlari qanday amalga oshadi?Tananing ko`ndalang yo`lli muskullari,paylari va bo`g`imlari orqali. Harakat markazi qayerda joylashgan?Bosh miya yarim sharlari po`stlog`ining oldingi markaziy pushtasida. Proprioretseptorlar bu … ?Muskul,pay va po`g`imlardagi retseptorlar. Muskul qisqarganda qaysi retseptorlar qo`zg`aladi?Paydagi retseptorlar. Muskullar bo’shashganda qaysi retseptorlar qo’zg’aladi?Muskul tolasi orasidagi retseptorlar. Harakat qanday amalga oshadi?Muskul qisqarganda va bo’shashganda paydo bo’lgan qo’zg’alish sezuvchi nerv tolasi orqali bosh miyaning harakat markaziga boradi.Qo’zg’lish harakat markazida analiz sentez qilingach tananing u yoki bu qismida harakat bajariladi. Muskul va paylardagi sezuvchanlikni chuqur o’rgangan olim?I.M.Sechenov. I.M Sechenov muskul va paylardagi sezuvchanlikni qanday atagan?Qorong’i va yashirin sezgi. Muskul va bo’g’imlardagi sezuvchanlik qachondan boshlab takomillashadi?Bolaning o’sishi,rivojlanish jarayonidan boshlab. Tanada necha xil retseptorlar bor?3xil:Og’riqni,haroratni,siypalash va bosimni sezuvchi(taktil)retseptorlar. Terida qancha og’riqni sezuvchi retseptorlar bor?1mln Og’riqni sezuvchi retseptorlar qanday funksiyani bajaradi?Himoya. ”Hamma xavf-xatarda o’g’riq odamning eng ishonchli qo’riqchisidir,u doim ehtiyot bo’ling,hayotingizni asrab-avaylang deb uqtiradi”bu jumla kimga tegishli?Volter. Issiqni va bosimni sezuvchi retseptorlar terining qaysi qismida joylashgan?Gipoderma. Odam qanday qilib o’griqni sezadi?Og’riqni sezuvchi retseptorlarning qo’zg’alishi sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga,ulardan oraliq miyadagi po’stloq osti markaziga va yarim sharlar po’slog’ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi.Markazdagi nerv hujayralaridagi ta’sir analiz sintez qilinib og’riqning tabiati aniqlanadi. Terining epidermis qavatida qanday retseptorlar joylashgan?Og’riqni va siypalashni sezuvchi retseptorlar. Terining derma qavatida qanday retseptor joylashgan?Sovuqni sezuvchi retseptor. Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlar soni qancha va ulardan qanchasi sovuqni qanchasi issiqni sezadi?300.ming atrofida,30 mingtasi sovuqni,270 mingtasi issiqni sezadi. Teridagi retseptorlarning muhim xossalaridan biri?Tashqi muhit ta’sirlariga moslanish. Teridagi qaysi retseptorlar bir xil bo’ladi?Qichishishni va og’riqni sezuvchi. Hid bilish retseptorlari qayerda joylashgan?Burun bo’shlig’ining shilliq pardasida. Hid bilish analizatori qaysi kasb egalarida yaxshi rivojlangan?Upa-ilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida va oshpazlarda. Hid bilish analizatorini ketma-ketlikda sanang?Hid bilish retseptorlari,hid bilish nervi,bosh miyada joylashgan hid bilish markazi(bosh miya po’stlog’i chekka qisminig oldingi yuqori sohasida). Hid bilish analizatorining buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?Burun shilliq pardasining tez-tez yallig’lanishi(tumov bo’lishi) va uni o’z vaqtida davolatmaslik. Ta’m bilish retseptorlari qayerda joylashgan?Til so’rg’ichlarida,yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida. Odam necha xil ta’mni ajratish qobiliyatiga ega?4xil:Sho’r,nordon,achchiq va shirinni. Tilning yon qismi qanday ta’mlarni sezadi?Sho’r va nordon. Til uchidagi retseptorlar qanday ta’mni sezadi?Shirinni. Tilning qaysi qismidagi retseptorlar achchiq ta’mni sezadi?Orqa qismidagi retseptorlar. Visseroretseptorlar qaysi organlarda joylashgan?O’pka,yurak,oshqozon,ichak,jigar,taloq,buyrak,siydik pufagi hamda qon tomirlar devorida. Visseroretseptorlar qanday ta’sirlar natijasida qo’zg’aladi?Mazkur organlarda sodir bo’ladigan mexanik,kimyoviy,harorat va bosim o’zgarishlari ta’sirida qo’zg’aladi. Ko’payish bu…?Organizmning avlod qoldirish xususiyati. Yangi organizm qanday hosil bo’ladi?Ayol organizmida tuxum hujayra(ovotsit) erkak organizmida urug’ hujayra(spermatozoid)hosil bo’ladi.Ushbu jinsiy hujayralarning yadrosida xromasomalarning toq(gaploid)to’plami mavjud.2xil jinsiy hujayraning qo’shilishi natijasida. Jinsiy ko’payishning jinssiz ko’payishdan afzalligi nimada?Jinsiy ko’payish irsiy xilma-xillikka olib keladi. Nima uchun hosil bo’lgan avlodlar bir-biridan va ota-onasidan farq qiladi?2ta organizmning irsiy moddasi(genomi)qo’shilgani uchun. Erkaklik jinsiy organlariga nimalar kiradi?Moyak va uning ortig’i,urug’ yo’li,urug’ pufakchasi,prostada bezi. Erkaklik jinsiy beziga…kiradi?1 juft moyaklar. Erkaklik jinsiy bezlaridan nimalar ishlab chiqariladi?Jinsiy hujayralar-spermatozoidlar va jinsiy garmonlar-testosteron(androsteron). Ayollar jinsiy organlariga nimalar kiradi?Tuxumdon,tuxum yo’li,(bachadon nayi) bachadon va qin kiradi. Ayol jinsiy beziga…kiradi?1juft tuxumdon. Ayollarning jinsiy bezidan nimalar ishlab chiqariladi?Jinsiy hujayralar(tuxum hujayralar) va jinsiy garmonlar-esterogen,pregesteron,esteron,estereol,estradiol. Tuxumdonning po’stloq qismida nimalar joylashgan?Ko’plab yosh jinsiy hujayralar. Hayz ko’rish nima?Urug’lanmagan tuxum hujayra bachadonga o’tib yorilib, qin orqali tashqariga chiqib ketadi va hayz ko’rish yuzaga keladi? Odamning hayoti qachondan boshlanadi?Ona organizmida 2ta jinsiy hujayraning ya’ni tuxum hujayra b.n spermatozoidning qo’shilishidan boshlanadi. Erkak va ayol jinsiy hujayralarining har birida nechtadan xromasoma bo’ladi va nechtasi ota-ona organizmining irsiy belgilari bolaga o’tadi?23;22 tasi. Erkak va ayol jinsiy hujayralarida qancha gen bo’ladi?100 ming atrofida. Yangi organizmning har xil tuzilishi va funksional birligi nimaga bog’liq?Erkak va ayol jinsiy hujayralarining geniga. Bunyod bo’lgan bolaning jinsi ayol va erkak bo’lishi jinsiy hujayralarning nechanchisiga bog’liq?23 nchi xromosomasiga. Ona organizmida qachon qiz bola dunyoga keladi?Ayol jinsiy hujayralarida 23nchi xromosoma iks-iks(xx)bo’lib,erkak jinsiy hujayralarida 23nchi xromosoma iks-igrik(xy)bo’ladi.Erkak hujayrasining iks(x) xromosomasi ayol hujayrasi b.n qo’shilganda. Ona organizmidan qachon o’g’il bola dunyoga keladi?Erkak hujayrasining 23nchi xromosomasi igrik(Y) xromosomali spermatozoid ayol jinsiy hujayrasi b.n qo’shilganda. Tuxum hujayra urug’langach necha kun davomida bachadonga tushadi?1 hafta davomida. Homila bachadon devoriga nima orqali birikadi va oziqlanadi?Yo’ldosh orqali. Yo’ldosh nima?Qon tomirlarga boy bo’lgan maxsus hujayralar birikmasi. Yo’ldosh qanday vazifani bajadi?Homilani oziqlantirish b.n birga uni ona organizmidagi zararli kimyoviy moddalar,mikroblar ta’siridan ma’lum darajada himoya qiladi. amnion nima?Homila ustini o’rab turuvchi yupqa parda. Amnion suyuqligi qayerda bo’ladi?Homila va uning ustini o’rab turgan parda bo’shlig’ida. Embrionning rivojlanishida amnion suyuqligi qanday o’rin tutadi?Bu suyuqlik homila organizmida moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida,uning erkin harakatlanishida va tashqi noqulay ta’sirlardan himoyalanishida muhim o’rin tutadi. Yangi paydo bo’lgan organizm(homila) 1hafta davomida va 2nchi haftadan boshlab qayerda rivojlanadi?Tuxum yo’lida va bachadonda. Homila bachadonda qancha vaqt rivojlanadi?9 oy. Homila qavatlari qachon hosil bo’ladi?Homila vujudga kelganing 3 haftasida. Homila qavatlari nech qismga ajratiladi va qanday nomlanadi?3qavat:tashqi qavat-ektoderma,ichki qavat-endoderma,o’rta qavat-mezoderma. Homilaning har bir qavatidan nimalar shakllanadi?Har xil to’qima va organlari. Odam tug’ilgandan to 18 yoshga kirguncha qanday davr hisoblanadi?Bolalik va o’smirlik davri. Bolalik va o’smirlik davri qanday davrlarga bo’linadi?Chaqaloqlik davri(tug’ilgandan-1 oylikkacha);emadigan davri(ikki oylikdan-1 yoshgacha);maktabgacha tarbiya yoshi(2-6 yosh);kichik maktab yoshi(7-11 yosh);o’rta maktab yoshi(12-14 yosh);katta maktab yoshi(15-18yosh). O’smirlik davri necha yoshlarni o’z ichiga oladi?12-18 yosh. Bolaning ona qornidalik davrida qaysi a’zolari ishlamay turadi?Nafas olish,kichik qon aylanish,hazm qilish va nutq a’zolari. Bolaning kindigi necha kunda bitadi?8-12 kunda. Bolani har necha soatda va 1 sutkada necha marta emizish kerak?3;7marta,kechasi 6 soat tanaffus qilinadi. 1 oylik bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Ko’rish organing faoliyati yaqqol kuzatiladi,u o’yinchoq qimirlagan tomonga ko’z soqqasini harakatlantiradi. Qachon bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi,kuladi,qo’li b.n o’yinchoqqa talpinadi,boshini tik tuta boshlaydi?3 oylik paytida. Qachondan boshlab bola o’z yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi va qiyqiradi?5 oylikpaytida. 7 oylik bola qanday harakatlarni bajara oladi?Bemalol o’tiradi va emaklaydi. 8 oylik bola uchun xos belgi va xususiyatlarni ayting?Buyumlarni ushlab o’rnidan tura boshlaydi. Qachondan boshlab bola o’zi yura boshlaydi va 10-12ta so’zni ayta oladi?12 oylikdan. 11 oylik bolada qanday belgi xususiyatlar rivojlana boshlaydi?Oddiy so’zlarni ayta boshlaydi va qo’lidan yetaklasa yuradi. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligini qanday bilish mumkin?Sut tishlari chiqishi bilan. Qachondan boshlab bolaning sut tishlari chiqa boshlaydi?6-7 oylik davrida. D vitamini yetishmasa bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Bola suyagining shakllanishi buziladi,liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi,suyaklari yumshab egiluvchan bo’lib qoladi. Qachon bola boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog’onasining bo’yin qismida oldinga egilish hosil bo’ladi?8-10 haftaligida. Bolning umurtqa pog’onasining ko’krak qismida tabiiy egilish qachon hosil bo’ladi?5 oyligida. Bolaning umurtqa pog’onasining bel qismida tabiiy egilish qachon hosil bo’ladi?1 yoshida. Bola 2 yoshligida qanday o’sib rivojlanadi?Jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi,tanasining og’irligi har oyda 200-250grammdan ortib boradi,bo’yi1smdan o’sib boradi. 3 yoshli bolaning tana massasi va bo’yi yiliga qanchgacha ortadi?Massasi 2-2.8kg,bo’yi 7-8 sm. Necha yoshdagi bolaning nutqi tez rivojlanadi?3 yoshli bolaning. 3 yosh oxirida bola nechtagacha so’z ayta oladi?1000-1200ta. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati?Juda haratchan va tinib-tinchimas bo’lishdi.Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish,har xil kimyoviy moddalar,kattalar iste’mol qiladigan dorilar b.n zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi. Nech yoshdagi bola bo’yining o’sishi tezlashib bir yilda 8-10 smga yetadi,massasi esa 2.5 kg gaortadi?6-7 yoshli. Bola 4-5 yoshida qanday o’sib rivojlanadi?Og’irligi har yili 1.5-2 kg ga ortadi,bo’yining o’sishi 4-6 sm ni tashkil etadi. Maktab yoshi davridagi bolalarning o’sishi va rivojlanishiga nimalar ta’sir ko’rsatadi?Tashqi muhit,yashash sharoiti,o’qish va tarbiyalanish sharoiti. Akseleratsiya jarayoni nima?So’ngi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishi,bolaning psixik rivojlanishi va balog’at yoshiga yetishishining tezlashishi. So’ngi 100 yil davomida chaqaloqlarda,o’smirlarda va o’rta yoshli erkaklarda bo’y o’sishi qanchaga tezlashgan?5sm,10-15sm,6-8sm. Akseleratsiya jarayoni nima sababdan yuzaga keladi?Odamlar oilaviy sharoitning yaxshilanishi,yaxshi ovqatlanish va yorug’ kunning uzayishi tufayli. Odamni 1-nchi marta primatlar turkumiga kiritgan olim?K.Linney. Odam daraxtlarga chirmashib yurishdan yerga tushishga o’tgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan g’oyani 1-nchi bo’lib kim ilgari surgan?J.B.Lamark. Ch.Darvin qaysi asarlarida odam,odamsimon maymundan paydo bo’lganligi haqida fikrni ilgari surgan?”Tabiiy tanlanish bilan turlarning paydo bo’lishi”,”Odamning paydo bo’lishi bo’lishi va jinsiy tanlanish”. Odam va odamsimon maymunning o’xshashlik tomonlari?Bosh suyagi,umurtqa pog’onasi,qo’l-oyoq skeleti,bosh barmoqning boshqa barmoqlarga qarshi bo’lishi,sut bezlari,bachadoni,embrional rivojlanishi,homiladorlik muddati. Odam va odamsimon maymunning eng eng o’xshash tarafi?Bosh miya yarim sharlari po’stloq qismining pushta va egatlarining rivojlanganligi. Odam embrioni rivojlanishining nechanchi kunlarida xuddi baliqlardagidek jabra yorig’i hosil bo’ladi?18-20 kunlarida. Bir oylik bola embrionida nima paydo bo’ladi?Xuddi baliq miyasiga o’xshash beshta miya pufagi. Odamdagi rudimentlarga nimalar kiradi?Odam ko’zidagi 3-nchi qovoq,qushlar ko’zidagi 3-nchi qovoq,6 oylik embrionning quloq suprasi,katta yoshli odamning quloq suprasi,maymunning quloq suprasi,odamning ko’richgi,tuyoqli hayvonlarning ko’richgi va chuvalchangsimon o’simtasi. Odamdagi atavizmga nimalar kiradi?Junli odam,ko’p emchakli odam,dumli bola. Odam bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining pushta va egatlari yozib tekislansa,odamsimon maymunlar bosh miyasiga nisbatan necha baravar ko’p bo’ladi?3-3.5 Paleontologik tadqiqodlar natijasiga ko’ra odamning evolutsion rivojlanishi necha bosqichga ajratiladi va qaysilar?4bosqichga:Odamning boshlang’ich ajdodlari,eng qadimgi odamlar,qadimiy odamlar va dastlabki-hozirgi odamlar. Odamning qadimgi ajdodlari kimlar bo’lgan?Avstralopiteklar. Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari qachon qayerdan topilgan?XX asrning 20-30 yillarida Keniyaning Rudolf ko’li atrofidan. Avstralopiteklarning bo’yi va og’irligi qancha bo’lgan?120-140sm,36-55kg. Qaysi odamlar kalla suyagininghajmi 500-600 sm2 bo’lgan?Avstralopiteklar. Birinchi bo’lib daraxt va hayvon shohlaridan,suyaklardan,toshlardan oddiy qurollar yasagan odamlar?Avstralopiteklar. Avstralopiteklarning yasagan qurollar qachon va qayerdan topilgan?2,6 mln oldin yer qatlamidan. Avstralopiteklar qayerlarda yashagan?O’rmon-dasht va ochiq yerlarda. Birinchi bo’lib go’sht bilan oziqlangan odamlar?Avstralopiteklar. Avstralopiteklarning go’sht bilan oziqlanishlari nimaga imkon yaratdi?Bosh miyasining rivojlanishiga. Avstralopiteklarni nima uchun “uquvli odam” deb atshgan?Chunki ular o’zlari yasagan qurollar b.n yirik hayvonlarni o’ldirganlar,o’simliklarning tuproq orasidagi ildizmevalarni kovlaganlar,olovdan foydalanishni bilganlar va o’zlari uchun toshlardan kulba qurib yashaganlar. Eng qadimgi odamlar?Ibtidoiy(primitiv)odamlar. Ibtidoiy odamlar qachon paydo bo’lgan?Bundan 1-1.5mln yil ilgari. Eng qadimgi odamlarning qoldiqlari dastlab qachon va qayerdan topilgan?1891-yilda Yava orolida,keyinchalik Afrika,osiyo va yevropada ham topilgan. O’zbekistonning qaysi hududidan qachon eng qadimgi odamlarning qurollari topilgan?1980-yilda janubiy Farg’onaningSeleng’ur g’oridan topilgan. Eng qadimgi odamlarni qanday atashgan?”Pitekantrob”-“maymun odamlar”. Qaysi odamlarning doimiy turar joylari bo’lmagan?Pitekantrob. Pitekantrob odamlarning bo’yi va bosh miyasining hajmi qancha bo’lgan?160 sm,1100 sm2. Geydelberg deb ataluvchi eng qadimgi odamlarning qoldiqlari qachon va qayerdan topilgan?1907-yilda Germaniyaning geydelberg shahri yaqinidan. Geydelberg deb ataluvchi eng qadimgi odamning tuzilishi va yashash tarzi qaysi odamlarga o’xshash bo’lgan?Pitekantrob va sinantrob. Neandertal odamlarning yaxlit suyak qoldiqlari qachon va qayerda topilgan?1856-yilda Neander daryosi vodiysidan topilgan. Neandertallar O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan?Surxandaryo viloyatining Teshiktosh g’oridan. Neandertallar qachon paydo bo’lgan?150-250 ming yil ilgari. Qaysi odamlart o’da-to’da bo’lib g’orlarda yashagan,bir-birlariga,bolalariga va kasal odamlarga g’amxo’rlik qilgan,o’lganlarni ko’mib,go’rlarini bezaganlar?Neandertal odamlar. Neandertal odamlar qanday sharoitda yashaganlar?Sovuq iqlim sharoitida(muzlik davrida). Dastlabki-hosirgi odamlarning qoldiq skeleti va qurollari qachon va qayerdan topilgan?1886-yilda Fransiyaning janubidagi Kromanon degan joydan. Nima uchun dastlabki-hozirgi odamlar Kromanonlar deb nomlangan?Chunki ulrning qoldiq suyaklari Kromanon degan joydan topilgan. Kromanonlarning qoldiq suyaklariga qarab,ularning bundan qancha yil ilgari yashganliklari aniqlangan?50-60ming yil ilgari. Qaysi odamlar miyasining hajmi,tana tuzilishi hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi?Kromanonlar. Kromanonlar bosh miyasining hajmi qancha bo’lgan?1800 sm3. Qaysi odamlar tosh hayvon suyagi va shoxlaridan xilma-xil qurollar yasaganlar,kulolchilikni bilganlar,hayvonlarniqo’lga o’rgatganlar,va ibtidoiydehqonchilik b.n shug’ullanishgan?Kromanonlar. Kromanonlarning bo’yi necha sm ni tashkil qilgan?180 sm. Kromanonlarning rivojlanishida nima alohida o’rinni egallagan?Ta’lim-tarbiya va tajriba o’rgatish. Nima uchun odamlarning tashqi qiyofasi bir xil emas?Yashash sharoiti,ijtimoiy turmush tarzi,mehnat turlari,mehnat vositasi sifatida qo’lning rivojlanishi,ma’noli nutqning paydo bo’lishi va boshq xususiyatlar odamning tashqi qoyofasida,tanasining jismoniy tuzilishida ayrim o’zgarishlarni vujudga keltirgan. Odam necha xil irqqa bo’lingan va qaysilar?4xil:yevropoid,mongoloid,negroid,avstraloid. Nimalarga asoslanib odam 4 ta irqqa bo’lingan?Tashqi qiyofasiga,ya’ni gavda va yuz tuzilishi,ko’zi,sochi,terisining rangi va boshqa belgilariga qarab. Odam irqlari bir-biridan nimasi b.n farq qilmaydi?Bosh miyasining tuzilishi,hajmi va aqliy qobilyati bilan. Katta irqlar o’z navbatida nimalarga bo’linadi?Mayda irqlar,millatlar va elatlarga. Qaysi maymunlarning skeleti odam skeletiga o’xshash bo’ladi?Gorilla, orangutan, gibbon. Qaysi odamsimon maymunlarning bosh miyasi odamning bosh miyasiga o’xshash bo’ladi?Shimpanze,orangutan.
Download 244.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling