Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
TUXUM QO`YUVCHILAR, HALTALILAR VA YO`LDOSHLILAR
Download 244.16 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
TUXUM QO`YUVCHILAR, HALTALILAR VA YO`LDOSHLILAR.
Tuxum qo`yuvchilar yaniy? Kloakalilar. Kloakalilarn qanday bola tug`adi? Tirik bola tug`masdan balkiy tuxum qo`yib ko`payadi. Tuxum qo`yuvchilar qaysi belgisi b-n sutemizuvchilarga o`xshaydi? Sut bezlarining rivojlanganligi va tanasining jun yoki qillar bo`lishi b-n. Tuxum qo`yuvchilarning haqiqiy sutemizuvchilar farqli tomonlari? Bosh miyasi ancha soda tuzilgan,sut bezlari so`rg`ichlari rivojlanmagan, tana harorati birmuncha past (26o dan 36o) Tuxum qoyuvchilarining sutemiziuvchilarga o`xshashlik tomonlari? Tuxum qo`yib sut emizadi. Tuxum qo`yuvchi sutemizuvchilarga qaysilar kiradi? Yexidna va o`rdakburun. Yehidna va o`rdakbrun qayerlarda uchraydi? Avstraliya va uning yaqinidagi orollarda. O`rdakburunning tumshug`i qanday? Bo`rdaknikiga o`xshash keng va uzun muguz tangacharal b-n qoplangan. O`rdakburun va yexidna qayerdagi uyalarda yashaydi? Daryo qirg`oqlaridagi uyasida yashaydi. O`rdakburunning oyoqlari qaday tuzulgan? Oyoqlar orasida suzguch parda tortilgan va shu orqali suvda suza oladi. O`rdakburun qo`ygan tuxumlarini qanday parvarishlaydi? Tuxumlarini bosib yotadi. O`rdakburun tuxumdan chiqqan bolasini qanday boqadi? Sut b-n. O`rdakburunning bolalari qanday oziqlanadi? Tanasidan oqibchiqayotgan sutlarni yalab. Yexidna qaysi hayvonga o`xshaydi? Tipratikanga. Yexidnani urg`ochisi qancha tuxum qo`yadi? 1ta. Urg`ochisi qo`ygan tuxumlarini qayerida olib yuradi? Qornidagi maxsus haltachalarda. Yehidnaning bolasi qanday oziqlanadi? Tanasidan oqib chiqadigan sutlar orqali. Haltalilar tuxum qo`yuvchilarga nisbatan qanday tuzilgan? Bimuncha murakkab tuzilgan. Haltalilar qanday ko`payadi? Tirik bola tug`adi. Haltalilar tuxum qo`yuvchilardan nimasi bilan farq qiladi? So`rg`ichlarining bo`lishi, tana haroratini yuqori bo`lishi. Haltalilarning tug`ilgan bolasi nima uchun nimjon va kichik bo`ladi?Bachadonining kuchsiz rivojlanganligi yoki bo`lmasligi. Bo’yi 2 metr keladigan kenguruning bolasining uzunligi qancha?3 sm. Xaltalilar tug’ilgan bolasini qayerda olib yuradi?Qornidagi xaltasida. Xaltalilar qayerlarda tarqalgan?Avstraliya qit’asi va uning yaqin orollarida , Markaziy va Janubiy Amerikada. Xaltalilarning qancha turi bor?270 turi. Xaltalilarga qaysi hayvonlar kiradi?Kenguru,koala,xaltali sichqon,xaltali bo’ri. Kenguruning oldingi va orqa oyoqlari qanday vazifani bajaradi?Oldingi oyoqlari yordamida o’tlar, shox-shabbalardagi oziqni ushlab og’ziga soladi,orqa oyoqlariga tayangan holda sakrab harakatlanadi. Yo’ldoshlilarning homilasi qayerda rivojlanadi?Urg’ochisining bachadonida Qo’lqanotlilar qanday sutemizuvchi hayvonlar?Uchishga moslashgan. Qo’lqanotlilarning qaysi organlari qanotga aylangan?Oldingi oyoqlari o’zgarib. Qo’lqanotlilardagi yupqa teri parda qaysi organlar oralig’ida tortilgan?Oldingo oyoqlari suyaklari oralig’ida hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o’rtasida. Qo’lqanotlilarda tortilgan pardalar nima vazifani bajaradi?Uchganida ko’tarilish vazifasini hosil qiladi. Qo’lqanotlilarning qaysi organlari erkin bo’ladi?Oldingi oyoqlarining 1-barmog’i hamda keyingi oyoqlarining panjasi. Qo’lqanotlilar panjalarining vazifasi?G’orlarning devoriga,daraxtlarning tanasiga yopishib olib asta-sekin chirmashib chiqadi. Ko’rshapalaklarning qaysi organi kuchsiz rivojlangan?Ko’zi. Ko’rshapalaklarning fazoda mo’ljal olishi nimaga bog’liq?Ultra tovushlar tarqatishi va qabul qilishi bilan bog’liq. Uchayotgan ko’rshapalak qaysi organlari orqali uzuq-yuluq ultra tovush chiqaradi?Burun va og’zidan. Ko’rshapalak qaytayotgan tovushni qaysi organi orqali qabul qiladi?Qulog’i. Ko’rshapalaklar qanday foyda keltiradi?Qon so’ruvchi va zararkunanda hasharotlarni qirib. Qo’lqanotlilarga qaysi hayvonlar kiradi?Malla shomshapalak,taqaburun ko’rshapalak,quloqdor ko’rshapalak,kojan ko’rshapalak,katta shomshapalak. Kemiruvchilarning qaysi organlari rivojlanmagan?Yirtqich(qoziq) tishlari. Kemiruvchilarning qaysi tishlari yirik va o’tkir bo’ladi?Kurak tishlar. Kemiruvchilarning kurak va oziq tishlarining vazifasi?Kurak-qattiq oziqni uzib olish,oziq tish-ezib maydaydi. Kemiruvchilarning qaysi tishlari doim yemirib turadi, lekin o’tmaslashmaydi? Kurak tishlar. Nima sababdan kurak tishlar o’tmaslashmaydi?Orqa tomonida emal bo’lmaydi. Kemiruvchilarning qaysi tishlari doimiy o’sib turadi?Kurak. Kemiruvchilar qanday hayvon?Juda serpusht hayvon. Turar joy yaqinida va cho’llarda qaysi kemiruvchi uchraydi?Sichqon va kalamush,cho’llarda-yumronqoziq. Qaysi hayvon koloniya bo’lib inlarda yashaydi?Yumronqoziq. Tog’ etaklari va cho’llarda yirik kemiruvchilardan qaysi biri uchraydi?Jayra. Qaysi hayvonning tanasi uzun ninalar bilan qoplangan?Jayra. Sichqon va kalamushlar qanday ziyon yetkazadi?Omborxonalarda saqlanayotgan don va oziq-ovqat maxsulotlari va sanoat mollarini kemirib. Kalamush qanday kasallik tarqatadi?O’lat. Kemiruvchilardan qaysilari mo’ynasi uchun olinadi?Ondatra,nutriya,sug’ur,yumronqoziq,tyin. Qaysi kemiruvchilar qimmatli mo’ynasi uchun ovalanadi?Ondatra,nutriya. Ondatra va nutriyaning vatani qayer?Amerika. Tog’larda qaysi kemiruvchi uchraydi?Ko’k sug’ur. Qaysi sug’urning terisi boshqa sug’urlarga nisbatan yuqori baholanadi?Ko’k sug’ur. Ko’k sug’urning qaysi qismidan dori-darmon sifatida foydalaniladi?Yog’idan. Qaysi kemiruvchi qizil kitobga kiritilgan?Ko’k sug’ur. Kemiruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?Uy sichqoni,ko’k sug’ur,sariq yumronqoziq,tolay tovushqoni,kulrang kalamush,ondatra. Yirtqich sutemizuvchilar qaysi oilalarni o’z ichiga oladi?Bo’risimonlar,mushuksimonlar,suvsarsimonlar,ayiqsimonlar. Bo’risimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?Bo’ri,chiyabo’ri,tulki,ko’rsak,yenotsimon it. Bo’risimonlarning qaysi organlari kuchli rivojlangan?Hid bilish. Bo’risimonlardan qaysi hayvon yil bo’yi juft bo’lib yashaydi?Bo’ri. Bo’rilar qanday va qachon ov qiladi?O’ljasini taqib qilib, kechqurun. Bo’ri nima sababdan o’zidan yirik hayvonlarni ham ovlay oladi?Kuchli va chaqqon bo’lgani uchun. Bo’ri hayvonlarni yeyishdan ko’ra nima qilishni yaxshi ko’radi?G’ajib tashlab nobud qilishni. Urg’ochi bo’ri qancha ko’;zi yumuq jish bola tug’adi?3 – 4 tadan 13 tagacha. Yosh bo’rilar necha kun davomida onasini emadi?35 – 40 kun. Bo’rilar necha yil umr ko’radi?15 yil. Tulki qayerlarda yashaydi?Cho’l va dashtlarda,tog’ va tog’ oldi hududlarida hatto qishloq va shaharlar atrofida. Yozda tulki inida yashab qancha ko’zi yumuq bola tug’adi?4 – 5ta . Tulkilarning oilasi qachon tarqalib ketadi?Kuzda. Qishda nima sababdan tulki uyiga kirmaydi?Juni qalin va issiq bo’lganligi uchun. Tulkilar nimalar bilan oziqlanadi?Kemiruvchi va hasharotlar. Tulki yoz va kuz faslida nimalar bilan oziqlanadi?Poliz va mevalar. Tulki nimasi uchun ovlanadi?Mo’ynasi uchun. Mushuksimonlarning tirnoqlari qayerda joylashgan?Oyoqlarining maxsus xaltachalarida. Ko’pchilik mushuksimonlarning qaysi sezgi organlari kuchli va qaysilari kuchsiz rivojlangan?Eshitish kuchli, hid bilish kuchsiz. Mushuksimonlar qanday ov qiladi?O’ljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?Yo’lbars,gepard,qoplon,silovsin,ilvirs,mushuklar va arslon. Yo’lbarslar qayerda tarqalgan?Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda. Yo’lbars qaysi hayvonlarni ovlaydi?To’ng’iz, bug’u. O’zbekiston daryo o’zanlarida qaysi hayvon tarqalgan?Toqay mushugi. Baland tog’li hududlarda qaysi mushuksimonlar uchraydi?Ilvirs va silovsin. Mushuksiomonlardan qaysi hayvonlar qizil kitobga kiritilgan?Silovsin,ilvirs. Suvsarsimonlar oilasiga ta’rif bering?Oyoqlari kalta tanasi ingichka bo’lib, yoriqlaga kirishga moslashgan. O’zbekistondagi suvsarlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?Bo’rsiq,suvsar,qunduz,olaqo’zan,latcha,norka. Bo’rsiqning 2-nomi?Qashqaldoq. Bo’rsiq qayerlarda yashaydi?Tog’ o’rmonlari,to’qay va dashtlarda. Bo’rsiqlar inlarini qayerlarga qo’yadi?Jarliklar va tepaliklar yon bag’irlariga. Bo’rsiqlar qachon ovga chiqadi?Kechasi. Bo’rsiqlar nimalar bilan oziqlanadi?Hasharotlar,kemiruvchilar,to’kilgan mevalar va o’simliklar tugunaklari bilan. Ayiqlar qanday hayvon?Baquvvat va yirik hayvon. O’zbekiston tog’larida qaysi ayiq uchraydi?Qo’ng’ir ayiq. Qo’ng’ir ayiq nimalar bilan oziqlanadi?O’simlik ildizi,nihollari ba’zan hasharotlar va sug’urlarni tutib yeydi,yozda meva bilan oziqlanadi. Ayiqlar qish paytida qanday holatda bo’ladi?Uyqu. Arktika muzliklarida qaysi ayiqlar yashaydi?Oq ayiq. Oq ayiqning og’irligi qancha?800 kg. Oq ayiq nimalar bilan oziqlanadi?Tuylen va baliqlar bilan. Dengiz sutemizuvchilari qaysi turkumlarni o’z ichiga oladi?Kurakoyoqlilar va kitsimonlar. Kurakoyoqlilarga ta’rif bering?Bo’yni kalta oldingi oyoqlari suzgich kuraklarga aylangan. Kurakoyoqlilar ko’p vaqtini qayerda o’rtkazadi va qachon quruqlikka chiqadi?Suvda,faqat dam olish va ko’payish uchun. Kurakoyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?Tulenlar,dengiz mushugi,morj. Grelandiya tuleni qayerlarda uchraydi?Arktika dengizlarida. Tulenlar quruqlikda qanday harakatlanadi?Kurak oyoqlari yordamida sudralib. Tulenlarning keyingi oyoqlari nima vazifani bajaradi?Faqat suzish uchun xizmat qiladi. Tulenlarning tanasi nima bilan qoplangan?Dag’al,kalta siyrak jun bilan. Tulenlarning qaysi organi bo’lmaydi?Quloq suprasi. Tulenlar nimalar bilan oziqlanadi?Baliqlar,molluskalar,qisqichbaqalar. Qishda tulenlar hayotida qanday jarayonlar kuzatiladi?Qirg’oqqa kelib tekis muzlikka chiqib oladi. Urg’ochisi nechta bola tug’adi?1 ta ko’zi ochiq bola tug’adi. Tulenlarning bolasini terisi nima bilan qoplangan?Oppoq momiq jun bilan. Momiq junning vazifasi?Sovuqdan asraydi, uni mu ustida sezdirmaydi. Tulenlarning bolasi qachon mustaqil suza boshlaydi?Momiq junlar to’kilib, dag’al jun bilan almashganda. Dengiz mushugi qayerda yashaydi?Uzoq Sharq dengizlarida. Dengiz mushuglarining podasi qachon bolalash uchun qirg’oqqa chiqadi?Yozda. Urg’ochisi qancha bola tug’adi?Qora jun bilan qoplangan 1 ta bola tug’adi. Dengiz mushugi qachon dengizga qaytadi?Bolalari o’sib suza boshlagach. Tulen va morjlar nimasi uchun ovlanadi?Terisi va yog’i. Dengiz mushigi nimasi uchun ovlanadi?Mo’ynasi uchun. Morjning qaysi organi fil suyagi singari qadrlanadi?Qoziq tishlari. Soni juda kamayib ketganligi tufayli qaysi hayvonni ovlash man qilingan?Dengiz mushugi. Kitsimonlar qanday sutemizuvchi hayvonlar?batamom suvda yashashga o’tgan. Kitsimonlarning qaysi suzgichlari bo’lmaydi?Keyingi suzgichlari. Kitsimonlar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Ko’k kit,kashalot,kasatka,oq biqin delfin. Kitning uzunligi va vazni qancha?30 m, 150 t. Kitlarning qaysi organi bo’lmaydi va nimalar bilan oziqlanadi?Tishlari bo’lmaydi, mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan. Kitning yuqori jag’idan pastga qarab nimalar osilib turadi?Popuk muguz plastinkalar(kit mo’ylovlari). Kit mo’ylovlarining vazifasi?Oziqlarni ushlab qolish. Kit 1 kecha-kunduzda qancha oziqni yutadi?2 – 4 tonna. Ko’k kit singari boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadigan kitlar nima deyiladi?Mo’ylovli ya’ni tishsiz kitlar. Tishli kitlarga qaysilar kiradi?Delfinlar,kashalotlar. Tishli kitlarning tishi qanday shaklda bo’ladi?Konussimon. Konussimon tishlar nima vazifani bajaradi?Oziqni ushlab turish. Delfinning uzunligi qancha?3 metr. Delfinlar o’ljasini topish uchun nimadan foydalanadi?Ultra tovushlardan. Delfinlarning qaysi organlari kuchli rivojlangan?Bosh miyasi. Delfinlar nima orqali o’zaro bir-biri bilan aloqa bog’laydi?Tovush signallari. Halokatga uchragan delfin nima orqali boshqalarini yordamga chaqiradi?Tashvishli signal orqali. Qaysi hayvonlarni ovlash man qilingan?Delfin. Tuyoqli sutemizuvchilar qaysi turkumlarni o’z ichiga oladi?Juft va toq tuyoqlilar turkumiga. Juft tuyoqlilarning barmog’i qancha bo’ladi?1 yoki 2 juft bo’lib, tuyoq bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar qanday guruhlarga bo’linadi?Kavsh qaytaradigan va kavsh qaytarmaydigan. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarga ta’rif bering?Oyoqlari ancha uzun, oshqozoni 4 kamerali bo’lib,o’txo’r hayvonlar. Kavsh qaytaruvchilarning oshqozonida qanday mikroorganizmlar yashaydi?Bakteriya va infuzoriyalar. Bakteriya va infuzoriyalarning vazifasi?Klechatkaning hazm bo’lishiga yordam beradi. Kavsh qaytaruvchilarning oziqlanishini tartib bilan ayting?Dastlab oziq chala chaynalgan holatda oshqozonga tushadi,u yerdagi mikroorganizmlar ta’sirida yengil hazm bo’ladigan holatga keladi va yana og’iz bo’shlig’iga chiqadi.U yerda tishlari yordamida parchalanib oshqozonga tushadi. Kavsh qaytaruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?Sigir,qo’y,echki,zubr,sayg’oq,jayron,bug’u. Kavsh qaytaruvchilarning boshida nima joylashgan?1 juft muguz shoxlar. Qaysi hayvonlarning shoxlari almashib, o’rniga yangi shox chiqadi?Bug’u va los. Jayronning 2-nomi?Ohu yoki g’izol. O’zbekiston cho’llarida jayronlar qanday yashaydi?Yakka holda juft-kuft yoki 30 tagacha poda bo’lib yashaydi. Jayron nima sababdan atrof-muhitda ko’zga tashlanmaydi?Rangi qo’ng’ir tusda bo’lgani uchun. Jayron nimasi uchun ovlanadi?Go’shti uchun. O’zbekistonda jayron qayerlarda saqlanib qolgan?Faqat qo’riqxonalarda. Buxoro bug’usini 2-nomi?Xongul. Buxoro bug’usi qayerlarda boqiladi?Qizilqum qo’riqxonasida va Termiz yaqinidagi Payg’ambar orollarida. Ustyurt dashtida qaysi hayvon uchraydi?Sayg’oq. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga ta’rif bering?Qoziq tishlari kuchli rivojlangan,oshqozoni bo’lmalarga bo’linmagan,bo’yni va oyoqlari, dumi kalta. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?To’ng’iz(yavvoyi cho’chqa) va suv ayg’iri(begemot). To’ng’izning uzunligi va vazni qancha?180 sm, vazni 200 – 240 kg. To’ng’iz qaysi qit’alarda tarqalgan?Yevropa va Osiyoda. O’zbekistonda to’ng’iz qayerlarda uchraydi?Tog’li joylarda va to’qaylarda. To’ng’iz nimalar bilan oziqlanadi?Ildiz,tugunaklar,to’kilgan meva,hasharotlar va mayda jonivorlar bilan. To’ng’izlar qanday hayot kechiradi?To’da. To’ng’izlarning bolasi qanday tusda?Yo’l-yo’l. Xonaki cho’chqalarning naslboshi?Yovvoyi to’ng’iz. Begemotlar qayerlarda tarqalgan?Afrikada. Toq tuyoqlilarning qaysi barmog’i kuchli rivojlangan?3-barmog’i. Toq tuyoqlilarning oshqozoni qanday tuzilgan va qaysi ichagi uzun bo’ladi?Sodda tuzilgan, ko’richak o’simtasi. Toq tuyoqlilar qayerlarda yashaydi?Yalangliklarda. Toq tuyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?Ot,eshak,karkidon,tapir,zaebra,qulon. Yovvoyi otning 2-nomi?Prejevalskiy oti. Prejevalskiy oti asrimizning o’rtalarigacha qaysi cho’llarda yashagan?Markaziy Osiyo(Mo’guliston va Xitoy). Prejevalskiy oti hozirda qayerlarda saqlanib qolgan?Qo’riqxonlarda va hayvonot bog’larida. Prejevalskiy otining uzunligi, balandligi va og’irligi?Uzunligi-230sm, balandligi-130sm,og’irligi-300 kg. Xonaki otlar qaysi otlardan kelib chiqqan?Tarpandan. Xonaki eshak qaysi eshakdan kelib chiqqan?Afrika yovvoyi eshakidan. Tapirlar qayerlarda yashaydi?Janubiy Amerika,Janubiy-Sharqiy Osiyodagi o’rmonlarda. Karkidon qayerlarda tarqalgan?Tropik Afrikada va Janubiy Osiyoda. Pirimatlarga tarif bering?sutemizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar. Pirimatlarni ikkinchi nomi?maymunlar. Pirimatlar turkumi qancha turni o`z ichiga oladi? 200 dan ortiq Maymunlarning ko`pchiligi qayerda yashaydi? Tropik o`rmonlarda. Pirimatlar so`zini manosi? Birinchilar Pirimatlarning barmoqlari qanday tuzulgan? Uzun,ikkila oyoqlaridagi bosh barmog`i boshqa barmog`iga qarama qarshi joylashgan. Pirimatlarning barmoqlari boshqa hayvonlarnikidan nimasi b-n farq qiladi?boshqa hayvonlarniki singari changal emas,balki yassi tirnoqlari bo`ladi. Maymunlarning oyoqlari yurishdan tashqari yana qanday vazifani bajaradi?oziqni ushlash,zunlarini tozalash va tarash. Maymunlarni qayerda jun bo`lmaydi?yuzi va qo`l -oyoq kaftlarida. Primatlar bosh barmog’ining boshqalariga qarama-qarshi joylashganligi qanday ahamiyatga ega?Mayda narsalarni tutib turishga imkon beradi. Maymunlarning ko’zlari yuzining oldingi qismida joylashganligi ularga qanday qulaylik tug’diradi?Buyumlarning hajmini, ungacha bo’lgan masofani va rangini boshqa hayvonlarga nisbatan yaxshi aniqlaydi. Maymunlar ko’zining yaxshi mo’ljal olishi qanday ahamiyatga ega?Shoxdan-shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning tuyg’u a’zolari?Barmoqlari,junsiz kafti va tovoni. Maymunlarning qaysi organi boshqa sutemizuvchilarga nisbatan ancha yirik bo’ladi?Bosh miyasi. Maymunlarning fe’l-atvori murakkab va xil?Gala. Maymunlar galasiga qaysi biri boshqaradi?Kuchli erkagi. Keng burunli maymunlar qayerda tarqalgan?Tropik Amerikada. Tor burunli maymunlar qayerda keng tarqalgan?Afrikada va Janubiy Osiyoda. Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarga ta’rif bering?Burun kataklari keng, dumlari uzum. Qaysi maymunlarning dumlari shoxdan-shoxga o’tishda ahamiyatga ega?Keng burunli maymunlarning. O’rgimchak maymun qayerlarda yashaydi?Tropik Amerikada. Tor burunli maymunlarga ta’rif bering?Burun teshigi tor bo’lib, tog’ay to’siq bilan ikkiga ajralgan, dumi daraxtda osilib turishda ahamiyatga ega emas,bir qancha turlarining dumi kalta yoki umuman bo’lmaydi. Primatlar orasida qaysilari eng yirik va yuksak tuzilgan?Odamsimon maymun. Afrika qit’asida qaysi maymunlar yashaydi?Gorilla va shimpanze. Orangutan qayerlarda tarqalgan?Kalimantan va Sumatra orollarida. Qaysi maymunlarning dumlari bo’lmaydi?Gorilla,shimpanze,orangutan. Odamsimon maymunlar qanday harakat qiladi?Oldingi oyoqlari hamda panjasini orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat qiladi. Odamsimon maymunlar boshqa primatlarga qaraganda nimasi bilan ajralib turadi?Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi, xulq atvori juda murakkabligi,xotirasi kuchli bo’lishi, sodda mehnat qurollarini yasash va ulardan foydalanishi bilan. Odamsimon maymunlarning odamga o’xshash beligilari nimalardan iborat?Ular yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarni, ya’ni qo’rquv, hayajon,achchiqlanish yoki xursandligini ifodalay oladi. Qaysi sutremizuvchilar o’simlik va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega?O’txor sutemizuvchilar. O’txor sutemizuvchilarning tezagi qanday ahamiyatga ega?Go’ngxo’r qo’ng’izlar,pashshalar,chuvalchanglar,zamburug’lar va bakteriyalar uchun oziq bo’ladi.Parchalangganda tuproq oziq moddalarga boyiydi. Qaysi sutemizuvchilar o’simliklar urug’ini tarqalishiga yordam beradi?Olmaxon,o’rmon kalamushlari,dala sichqoni,to’ng’izlar va boshqa sutemizuvchilar. Tuproqda yashovchi sutemizuvchilarga qaysilar kiradi va ularning ahamiyati?Ko’rsichqon va yumronqoziq, inqazib tuproqni yumshatadi. Hasharotxo’r sutemizuvchilar?Ko’rshapalak, tipratikan. Yirtqichlarning ahamiyati?Kasallangan hayvonlar va ularning o’laksasi bilan oziqlanib, sanitarlik vazifasini bajaradi. Hasharotxo’r sutemizuvchilar qanday foyda keltiradi?Zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Qaysi sutemizuvchilar mo’ynasi uchun ovlanadi?Ondatra va tulki. Go’shti uchun ovalanadigan sutemizuvchi?Sayg’oq. Sutemizuvchilardan qaysilari oziq-ovqat maxsulotlarini yeydi va kasallik tarqatib ziyon keltiradi?Kalamushlar,sichqonlar va yumronqoziqlar. Qaysi sutemizuvchilar gijjalarni tarqatadi?Yirtqich sutemizuvchilar. Nima maqsadda maxsus qo’riqxonalar tashkil etilgan?Inson uchun qimmatli bo’lgan noyob yoki yo’qolib borayotgan suemizuvchilarni saqlab qolish maqsadida. O’zbekiston qizil kitobiga sutemizuvchilarning nechta turi kiritilgan?24 ta. Shimpanze qaysi harakatlari bilan boshqa sutemizuvchilardan ajaralib turadi?Cho’plar yordamida asalarilar uyasiga kiradiganh teshiklarni kengaytiradi, daraxtdab sindib olingan novda yordamida tor teshiklardan hasharotlarni kovlab oladi,mayda cho’plar yordamida tishlarini tozalaydi,tovush va imolar yordamida o’zaro muloqat qiladi. Chorvachilik inson hayotida qanday ahamiyatga ega?Aholini oziq-ovqat mahsulotlari:sut,go’sht,yog’ va boshqalar,yengil sanoatni hom-ashyo:jun,teri va moyna,qishloq xo’jaligini ish hayvonlari:ot,ho’kiz,eshak,tuya va organic o’g’itlar bilan ta’minlaydi. Xozirgi qoramollar qadimda qayerlarda keng tarqalgan va qancha asr oldin qirilib ketgan turdan kelib chiqqan?Osiyo va Yevropa qit’asida keng tarqalgan bo’lib, 3-4 asr oldin qirilib ketgan turdan kelib chiqqan. Oxirgi tur qachon va qayerda nobud bo’lgan?1627 – yilda Po’lshada. Tur eramizdan qancha yil oldin qayerda xonakilashtirilgan?7000 yil ilgari Gretsiyada. Qoramol zotlari xo’jalikda foydalanish xususiyatiga binoan qanday yo’nalishdagi zotlarga ajratiladi?Sut,sut-go’sht va go’sht yo’nalishda. Qoramollarning asosiy qismini qaysi yo’nalishdagi zotlar tashkil etadi?Sersut zotlar. O’zbekistonda sersut sigirlardan qaysilari boqiladi?Qora-ola Xolmogor,Yaraslavl,Qizil dasht,Bushuyev. Sersut sigirlar yiliga qancha sut beradi?4000 litr, ayrim govmishlar 6000 litr. Sersut-go’shtdor zotlar ko’p sut berishidan tashqari yana qanday ahamiyatga ega?Go’shti ko’p va sifatli bo’ladi. Sut-go’sht yo’nalishdagi zotlarga qaysilar kiradi?Shvetsariyaning Simmental,Shvits va Rossiyaning Kostroma zotlari. Simmental zoti yiliga qancha sut beradi?4000 litrgacha. Go’shtdor zotlar boshqa sersut zotlardan nimasi bilan ajralib turadi?Vazni va tez yetilishi bilan. Go’sht yo’nalishidagi zotlarga qaysilar kiradi?Shortgorn,Qozog’iston oqboshi,Santa-Gertruda,Gereford. Sho’rtgorn zotli sigirlarning o’rtacha vazni qancha bo’ladi?650 kg, buqalarniki esa 1000 kg dan ortiq bo’ladi. Go’sht yonalishidagi yosh buqalarning vazni 1 kecha-kunduzda necha kg ga ortadi?1 kg. Qoramollardan sut va go’shtdan tashqari yana qanday mahsulotlar olinadi?Teri. Teridan nimalar tayyorlanadi?Charm poyabzallar,teri-golantereya buyumlari. Qushxonalardagi chiqindilardan qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?Turli preparatlar,yelim,sovun va boshqa mahsulotlar. Qo’ylar qaysi zotdan kelib chiqqan?Yovvoyi qo’y – Muflondan. Qo’y qachon xonakilashtirilgan?Bundan 8000 yil ilgari. Qo’y zotlari junining sifatiga ko’ra qanday zotlarga ajratiladi?Mayin junli,chala-mayin junli va dag’al junli. Mayin junli qo’ylarning juni necha sm tivitdan iborat?8 – 10 sm. Merinos zoti qayerlarda boqiladi?Shimolay Kavkaz,Volgabo’yi va Qozog’istonda. Qaysi qo’y zotidan 10 – 12 kg mayin jun olinadi?Merinos. Dag’al junli qo’ylarning juni nimadan iborat?Dag’al qil va tivitdan. Dag’al junli qo’ylar qanday zotlarga ajratiladi?Po’stinbop terili,Qorako’l terili,Go’sht-yog’li va Go’sht-junli. Qaysi zotli qo’ylar eng yaxshi po’stinbop teri beradi?Romanov. Qorako’l terisi nimadan iborat?1 – 3 kuligida so’yilgan qorako’l qo’zilaring terisidan iborat. Qorako’l terisi ko’proq qaysi rangda bo’ladi?Qora. Qorako’l terisining yana qanday xillari bor?Ko’k,jigarrang,sur,oq va boshqa xillari. Qorako’l terisining qaysi xillari yuqori baholanadi?Havorang, tillarang. O’zbekistonda go’sht-yog’ yonalishdagi qo’ylardan qaysilari boqiladi?Hisor qo’ylari. Hisor qo’ylarining vazni va dumbasining og’irligi qancha?Vazni 150 kg, dumbasining og’irligi 25 kg. Otlardan nima maqsadda foydalaniladi?Asosiy ishchi kuchi,sport turida,go’sht,sut,shifobaxsh preparatlar va zardoblar tayyorlashda foydalaniladi. Ot sutidan nima tayyorlanadi?Shifobaxsh qimiz. Ot qonidan nima tayyorlanadi?Shifobaxsh preparatlar va zardob. Otlar qachon xonakilashtirilgan?Miloddan taxminan 3000 yil ilgari. Xonaki otlarning nasl boshi?Tarpan. Tarpan qayerlarda yashagan?Yevropa cho’llarida yashab, hozir qirilib ketgan. Otlar qanday zotlarga bo’linadi?Og’ir yuk tortadigan,salt miniladigan,yengil yuk tortadigan(yo’rg’a),qimiz va go’sht uchun urchitiladigan. Og’ir yuk tortadigan zotlarga qaysi ot kiradi?Valadimir oti. Salt miniladigan otlardan O’zbekistonda qaysi zotlari yetishtiriladi?Qorabayir,Tojikiston va Turkmanistonning Laqay va Axaltaka zotlari. Orlov yo’rg’asi va Rus yo’rg’asi qaysi zotga kiradi?Yengil yuk tortadigan. Sutemizuvchilar sinfiga qancha tur kiradi?4.000 ga yaqin. Sutemizuvchilarning nerv sistemasi murakkab tuzilganligi qanday ahamiyatga ega?Ularning yashash muhiti sharoitining o’zgarishiga tez moslashib olishiga imkon beradi. Yer yuzida qancha yaqin hayvon yashaydi?2 mln. Evolutsiya deb nimaga aytiladi?Hayvonlar dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o’zgarib, ularning turlari soni ortib borishiga. Nechanchi asrga kelib qadimgi hayvonlarning toshga aylangan suyaklari va toshdagi izlari topila boshladi?IX asrda. Qadimgi hayvonlarning qoldig’ini o’rganuvchi fan nima deyiladi?Paleontologiya. Paleontologiya so’zining ma’nosi?Yunoncha “paleo”-qadimgi degan ma’noni bildiradi. Hozirgi hayvonlar bilan qadimgi hayvonlarning qarindosh ekanligi qaysi dalil bilan isbotlanadi?Oraliq forma. Hozirgi otlar bundan necha million yil oldin yashagan, yirikligi tulkidek keladigan qaysi yirtqich hayvonlardan kelib chiqqan?60 – 70 mln yil oldin beshbarmoqli yirtqichdan. Iqlimning quruqlashuvi, o’rmonlarning qisqarib, cho’llarning kengayishi ta’sirida otlarning yangi sharoitga moslashib borishida ularda qanday evolutsion o’zgarish sodir bo’ldi?Tanasi yiriklashgan,barmoqlari soni kamaygan,bosh suyagi va tishlari o’zgarib o’txo’r hayvonlarga xos belgilari rivojlangan. Hozirgi davrda yashab kelayotgan oraliq formalar va qadimdan saqlanib kelayotgan hayvonlar nima deyiladi?Tirik qazilmalar. Kitlar tanasida oyoqlarning rudiment bo’lishi ular ajdodlarining qanday sharoitda yashaganligiga guvohlik beradi?Quruqlikda. Kitlar dum suzgichlari yordamida suzishi tufayli evolutsiya jarayonida qaysi organlari yo’qolib ketgan?Orqa oyoqlari. Hayvonlarning embrional rivojlanishini o’rganuvchi fan nima deyiladi?Embriologiya. Hamma hayvonlarning rivojlanishi nimadan boshlanadi?1 ta tuxum hujayradan. Har xil sistematik guruhlarga kiruvchi ya’ni xo’rdalilar tipiga kiruvchilarnning embrionlari rivojlanishining qaysi davri o’xshash bo’ladi?Dastlabki davrlari. Odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy,jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi nima deb ataladi? Salomatlik. Konstitutsiyaning 40-moddasida nima deyilgan? Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy talim olish davlat tomonidan kafolotlanadi “ushbu so`zlar qaysi moddada ko`rsatilgan? 41-modda. Anatomiya nimani o`rganadi? Odam organizmining tuzilishini. Organizm faoliyatini o`rganuvchi fan? Fiziologiya. Organizmni yashashi normal o`sishi,rivojlanishi,o`qishi, mehnat qilishi u-n zarur sharoit yaratishni qaysi fan o`rganadi? Gigiena. Organizmning to`qima va organlarning bir-biri b-n, shuningdek atrof muhit b-n aloqasini qaysi sistemalar orqali boshqariladi? Nerv va endokrin sistemalari. Sog`lom avlod dasturi qachon tasdiqlandi? 2000-yil 15-fevraldagi 46-sonli qarori b-n. Odamda uchraydigan ko`pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida kimning qaysi asarida malumotlar berilgan? Abu Bakr ibn Axavay Buxoriy “Hidoyat”(tibbiyotni o`rganuvchilarga qo`llama). Oddiy dorilar haqida katta to`plam asarining muallifi? Abu Mansur Buxoriy. 100 bobli Al-kimyo asarining muallifi? Abu Saxl Masix Jurjoniy. 10-asrda darslik sifatida keng qo`llanilgan asarlar? Oddiy dorilar haqida katta to`plam Al-kimyo. Beruniyning Saydana kitobida o`simlik va hayvonlardan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan qancha dorilar haqida malumot berilgan? 1000 dan ortiq. Ibn Sinoning Tib qonunlari (Kitob al- qonun fit tib) asarida nimalar bayon etilgan? Anatomiya, fizalogiya, gigiyena, ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga doir bilimlar. Yuqumli kasallliklarnng kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanligini kim aytgan? Ibn Sino. Ibn Sino mikroblar(mayda hayvonlar) haqidagi fikrni L. Pasterdan qancha oldin aytib o`tgan? 800 yil Anatomiya faniga hissa qo`shgan olimlar? Xudoyberdiyev, Ahmedov, Zohidov, Alavi, Asomov, Daminov. Fiziologiya faniga hissa qo`shgan olimlar? Yunusov, Qodirov, Tursunov, Mahmudov, Rahimov. Qalqonsimon bez kasalligini o`rgangan olim? To`raqulov. Yuqumli kasalliklar tarqalish sababini o`rgangan olim ? Musaboyev. Jarrohlik sohasiga hissa qo`shgan olimlar? Vohidov, Oripov. Zufarov nimani o`rgangan? Turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o`zgarishlarni. Bolalar kasalliklarini o`rgangan olim? Shamsiyev. Asab kasalliklarini o`rgangan? Majidov. Ichki kasalliklarni o`rgangan olimlar? Asqarov, Ismoilov, Umidova. Hujayra nima? Odam tanasining asosiy tuzilishi va funksional birligi. Hujayraning ilgari malum bo`lmagan qismlarini o`rganishga nima imkon berdi? Mikroskopning kashf etilishi. Hujayra qanday shakllarda bo`ladi? Sharsimon oval,kubsimon, silindrsimon, yulduzsimon, disksimon. Hujayra qanday qismlardan tuzilgan? Membrana (parda), sitoplazma, yadro. Hujayra membranasining tarkibini ayting? Oqsil va yog`(lipid). Membrana hujayradagi qaysi jarayonda muhim ahamiyatga ega? Moddalar almashinuvi. Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi( hujayralararo) suyuqliklardagi ionlar tarkibi malum muvozanatda bo`lishini nima taminlaydi? Membrana. Sitoplazmaning tarkibi qanday moddalardan iborat? Organik va anorganik. Hujayraning eng muhim tarkibiy qismi? Yadro. Yadro qaysi organoidlarda bo`lmaydi? Qizil qon tanachalari. Yadroning funksiyalarini ayting? *Hujayrada kechadigan fiziologik va morfologik jarayonlarni idora qiladi.*Hujayrada moddalar almashinuvi va oqsil sintezlanishini boshqaradi.*Irsiy axborotni saqlaydi. Hujayra yadrosi qanday qismlardan iborat?1.Yadroning ustidan o`rab turuvchi parda.2.Yadro shirasi.3. Yadrocha.4.Xromosomalar. Odamning somatik hujayralarda nechta xromosoma bo`ladi? 46 ta Jinsiy hujayralarda nechta xromosoma bo`ladi? 23ta. Har qaysi xromosoma tarkibida nechta gen bo`ladi? 1000 tagacha va undan ham ko`proq. Hujayraning nasl apparatiga nimalar kiradi? Xromosoma va genlar. Hujayra tarkibiga kiradigan makroelementlarga qaysilar kiradi? P,S,Ca,K,Na,Cl,Fe,Mg,Si. Mikroelementlarga-chi? J,Cu,Co,Zn,Ni,Au. Duksimon hujayra qayerda uchraydi? Silliq tolali muskulda. Hujayra tarkibining necha foizini suv tashkil qiladi? 70% Hujayrada suvning qanday xususiyati muhim ahamiyatga ega? Erituvchi xususiyati. Hujayraning anorganik moddalariga nimalar kiradi? Suv, mikro va makroelementlar. Hujayraning organik moddalariga nimalar kiradi? Oqsil, yog`, uglevod, nuklein kislotalar. Hujayra qanday usulda ko`payadi? Mitoz. Mitoz qanday bosqichlardan iborat? Profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Mitoz natijasida hosil bo`lgan ikkita yosh hujayra qanday nasl apparatiga ega bo`ladi? Bir xil nasl apparatiga ega bo`ladi. To`qima nima? Kelib chiqishi tuzilishi, funksiyasi,hayotiy jarayonlari bir-biriga o`xshash hujayralar to`plami. Odam organizimida qanday to`qimalar bor? Epiteliy,biriktiruvchi, muskul, nerv. Ichki organlar pardasi yoki shilliq qavati deb ataladigan toqima? Epiteliy(qoplovchi) toqima. Epiteliy toqima qaysi hususiyatlarga ko`ra turlarga ajratiladi? Joylashishi, vazifasi, tuzilishi. Epiteliy to`qimaning qanday xillari bor? Yassi( yapaloq), kubsimon, silindirsimon, bir qavatli, ko`p qavatli, bezli. Yassi to`qima qayerda uchraydi? Teri ustini qoplab turadi. Buyrakda qanday to’qima uchraydi? Kubsimon epiteliy. Silindrsimon to`qima qayerda uchraydi? Ichakning ichki qavatida. Tuksimon epiteliy qayerda uchraydi? Burun bo`shlig`ining ichki yuzasida. Me’da ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to`qima qanday vazifani bajaradi? Ovqat hazm qillishda ishtirok etadi. Himoya vazifasini bajaruvchi epiteliy to`qimasi qayerda uchraydi? Terining ustki qismida va burun bo`lig`ining ichida. Epteliy to`qimasining xarakterli belgisi nima? O`zaro zich joylashgan hujayralardan iborat, hujayralararo modda bo`lmaydi yoki juda kam. Qaysi to`qima tez ko`payish hususiytiga ega? Epiteliy. Biriktiruvchi to`qimaga nimalar kiradi? Suyak, qon, limfa, tog`ay, pay. Biriktiruvchi to`qimaning xarakterli belgisi nima? Hujayralararo moddasi ko`p bo`ladi. Biriktiruvchi to`imaning ikkinchi nomi? Qo`shiluvchi. Pay va tog`aylar nimaning hisobiga cho`zilish bukilish tortilish kabi tasirlarga chidamli bo`ladi? Hujayralari orasida elastik tolalar ko`p. Muskul to`qimasi necha xil bo`ladi va qanday? 3 xil:ko`ndalang targ`il, silliq tolali, yurak muskullari. Muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini nimalar taminlaydi? Hujayralardagi miofibril tolachalari. Nima uchun skelet mukullari deb ataladi? Skelet suyaklariga bevosita birikkanligi uchun. Qaysi muskul to`qimasining harakati odam ixtiyoriga bog`liq? Skelet muskullari. Silliq tolali muskul hujayrasi qanday shaklda bo`ladi? Duksimon Silliq tolali muskul tolasining uzunligi qancha? 0.1mm. Silliq tolali muskullarning hujayrasi qanday qismlardanlardan tashkil topgan?Hujayrasida 1 yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan kalta-kalta miofibril ipchalari bo’ladi. Silliq tolali muskullar qayerlarda joylashgan?Nafas olish organlari,oshqozon-ichak,siydik chiqarish yo’llari,qon va limfa tomirlarida. Qaysi muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog’liq emas?Silliq tolali va yurak muskullari. Yurak muskullari tuzilishiga ko’ra qaysi muskullarga o’xshaydi?Ko’ndalang yo’lli muskullarga. Yurak muskullari ish-faoliyat jihatdan qaysi muskullarga o’xshaydi?Silliq tolali. Nerv to’qimasi qayerda joylashgan?Bosh va orqa miyada. Qaysi to’qima ikki xil hujayradan tashkil topgan?Nerv to’qimasi. Nerv to’qimasini tashkil qilgan hujayralar nomini ayting?Neyron va neyrogliya. Nerv to’qimasi bajaradigan vazifasiga ko’ra necha xil bo’ladi va ular qaysilar?2 xil : sezuvchi va harakatlantiruvchi. Neyronning boshqa hujayralardan farqi nimada?Mambrana va sitoplazma hamda yadrodan tashqari 1 ta uzun va 1 nechta kalta o’simtalari bor. Hujayralari orasida elastik tolalar ko’proq bo’lgan to’qimalar qanday ta’sirlarga chidamli bo’ladi?Cho’zilish,bukilish,tortilish. Download 244.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling