Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
Download 244.16 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
Yo’rg’a tuvalog’ining urg’ochisi yirtqich hayvonni o’ziga tortish va jo’jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun qanday nayrang ishlatadi?U yaralangan holatga kelib,qanotini sudraganicha yirtichning oldiga tushib, yugura boshlaydi.
Qushlar qaysi hayvonlarda kelib chiqqan?Sudralib yuruvchilardan. Eng qadimgi qush?Arxeopteriks. Arxeopteriks qaysi belgilari bilan sudralib yuruvchilarga o’xshaydi?Jag’lari,tishlari va 20 ta umurtqadan iborat demining bo’lishi. Arxeopteriks qaysi belgilari bilan qushlarga o’xshaydi?Tanasining patlar bilan qoplanganligi,oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi. Arxeopteriksda qaysi organlarining bo’lishi uning daraxtda yashaganligini ko’rsatadi?Oyoqlaridagi barmoqlarining biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo’lishi. Hozirgi qushlarning ajododi qaysi qush hisoblanadi?Protoavis. Protoavis arxeopteriksdan qancha oldin yashagan?1 necha mln yil oldin. Protoavisning hozirgi qushlarga o’xshash qaysi organi rivojlangan?Toj suyagi. Hayot tarzining yil fasllariga qarab o’zgarishiga binoan qanday guruhlarga bo’linadi?O’troq,ko’chib yuruvchi,uchib ketuvchi. O’troq qushlarga ta’rif bering?Yil davomida bir joyda yashaydigan qushlar. O’troq qushlarga qaysi qushlar kiradi?Chittak,musicha,ko’k kaptar,kaklik,so’fito’rg’ay,qirg’ovul,chumchuq,mayna. Chittaklar yoz oxirida to’plagan urug’ va hasharotlarini qayerlarga bekitib qo’yadi?Darxtlar po’stlog’i yorig’lariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga. Ko’chib yuruvchi qushlarga ta’rif bering?Yil fasllariga qarab joyini o’zgartirib turadigan qushlar. Ko’chib yuruvchi qushlarga qaysi qushlar kiradi?Go’ngqarg’a,olaqarg’a,zog’cha va qorayaloq. Erta uchib ketadiga qushlar qaysilar?Qaldirgoch,bulbul,zarg’aldoq,laylak Kech uchib ketadiga qushlar qaysilar?O’rdak,g’oz,oqqush. Qushlarning uchib ketishi nimaning o’zgarishiga moslashishdan iborat?Iqlimning mavsumiy o’zgarishi. Shimoliy va o’rta mintaqada yashaydigan qushlar yilning eng qulay davrida qanday ishlarni amalga oshiradi?Uya qurib, jo’ja ochadi va uni boqib voyaga yetkazadi. Qushlarning bahorda o’z vatanlarga uchib kelishi nima bilan bog’liq?Ko’payish instinkti bilan. Kuz kunlarining qisqarishi qanday jarayon uchun signal bo’ladi?Qishlov joylariga uchib ketish. Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi nima hisoblanadi?Tug’ma instinkti. Qishlov joylariga uchib ketayotgan qushlar nima asosida yo’lni aniqlaydi?Yulduzlarga qarab,ayrim qushlar esa yer magnit maydonini o’zgarishini qabul qiladi. Qushlar nima maqsadda halqalanadi?Qishlov joyi,uchib ketish yo’li,tarqalishi va umr ko’rishini aniqlash uchun. Qushlar qanday qilib halqalanadi?Qushning oyog’iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib, uni xat orqali ko’rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash tufayli O’rta Osiyo laylaklarining qayerlarda qishlashi aniqlangan?Shimoliy Hindistonda. Yevropa laylaklari qayerda qishlaydi?Janubi-Sharqiy tropik Afrikada. Bulbullar qayerlarda qishlaydi?Tropik Afrikada. Qaysi qush Afrika va Hindistonda qishlaydi?Qaldirg’ochlar. Voha qushlari qaysi qushlar turkumlarini o’z ichiga oladi?Chumchuqsimonlar va kaptarsimonlar. Chumchuqsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?Qaldirg’och,chumchuq,chug’urchuq,go’ngqarg’a,bulbul,hakka,zog’cha,qarg’a, chittak,olaqarg’a. Chumchuqsimonlarning erkagi va urg’ochisini qanday ajratish mumkin?Erkagi yirik va rangli bo’ladi,ovozi va boshidagi tojga o’xshash patlari bilan. Qaysi turkum vakillari barcha qushlarning deyarli yarmini o’z ichiga oladi?Chumchuqsimonlar. Qaldirg’ochga ta’rif bering?Tanasining orqasi ko’kimtir-qora,qorin tomoni oq,peshona va bo’yini qizg’ish-qo’ng’ir,qanotlari ingichka va uzun,uzun dumi 2 ga ajralgan bo’ladi. Qaldirg’ochlarning qaysi organi kuchsiz rivojlangan?Kalta oyoqlari. Qaldirg’ochlarning tumshug’i qanday tuzilgan?Yassi va qisqa bo’lib,juda keng ochiladi. Qaysi qush kunni deyarli havoda o’tkazadi va hasharotlarni havoda tutadi?Qaldirg’och. Qaldirg’ochlar qayerlarga uya quradi?Ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to’sinlarga,ba’zan devorga so’lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Qaldirg’ochlar nechtagacha tuxum qo’yadi?4 – 6 tata. Qaldirg’ochlar bolalarini nima bilan boqadi?Hasharotlar bilan. Uchib kelayotgan qaldirg’och nima uchun suv yuzasiga tegib o’tadi?Cho’miladi va suv yetadi. Chumchuqsimonlarning eng yirik turlari?Go’ngqarg’a,zog’cha,olaqarg’a. Go’ngqarg’a qishlash uchun qayerga uchib keladi va qachon uchib ketadi?O’lkamizga uchib keladi va mart oyida uchib ketadi. Qaysi qushlar birgalikda katta gala hosil qiladi?Zog’cha va go’ngqarg’a. Katta galalar qayerlarda tunaydi?Baland daraxtlarning shoxida. Chumchuqsimonlarning ko’pchilik turlari … parrandalar?Hamma narsalarni yeydigan. Chumchuqsimonlardan qaysi turlari qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi?Chug’urchuq,qaldirg’och. Chunchuqsimonlarning qaysi turlari qanday ziyon keltiradi?Chumchuqlar va chug’urchiqlar,pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb ziyon keltiradi. Qaldirg’ochlarning bitta oilasi yoz mavsumida qanchagacha zararkunanda hasharotlarni qiradi?1 mln ga yaqin. Kaptarsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi? Ko’k kaptar va musicha. Ko’k kaptar va musicha qayerlarda ko’p uchraydi?Shahar va qishloqlarimiz ko’chalari va xiyobonlarda. Ko’k kaptar nimalar bilan oziqlanadi?To’kilgan donlar va yovvoyi o’tlarning urug’lari bilan. Ko’k kaptarlar qayerlarga uya quradi?Jarliklar,qoyalar,tashlandiq imoratlar va baland binolar chordoqlariga. Xonaki kaptar zotlarining nasl boshi?Ko’k kaptar. Qaysi qush juft bo’lib yashaydi va yil davomida 5 marta bola ochadi?Musicha. Musichalar nimalar bilan oziqlanadi?Ko’pincha oziq axtarib, odamlar uylariga kirib qoladi va har xil don va sabzavot mevalarning urug’lari bilan oziqlanadi. Tuvaloqlar va tuyaqushlar qayerlarda tarqalgan?Ochiq dasht va cho`llarda. Cho`l qushlari qayerlarga tuxum qo`yib bola ochadi?Yerga. Nima uchun cho`l qushlari dushmanlardan oson qutiladi va ularni tez payqaydi?Oyoqlari va bo`yni uzun va baqquvat ,patlari yer rangida bo’lganligi uchun. Tuvaloqlar nimalar bilan oziqlanadi?Yovvoyi o’simliklar bargi,novdasi,urug’lari,yer osti tugunaklari,har xil hasharotlar,kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Tuvaloqlar qayerlarga tuxum qo’yadi?Urg’ochisi tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qo’yib, bosib yotadi. Qaysi tuvaloq noyob qush sifatida O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan?Yo’rg’a tuvaloq. Yo’rg’a tuvalog’i qayerlarda uchraydi?O’zbekistonda. Download 244.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling