Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
Download 244.16 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
Imperator pingvinining bo’yi va vazni qancha?Bo’yi 120 sm,vazni 45 kg.
Pingvinlar qanday hayot kechiradi?Koloniya bo’lib. 1Imperator pingvini necha gradus sovuqda tuxum qo’yib, bola ochadi?60 – 70 C Sohil qushlari suv havzalarining qayerlarida oziqlanadi?Sayoz suv havzalarida,sohil yaqini va botqoqliklarda. Sohil qushlarining qaysi organlari uzun bo’ladi?Bo’yni va oyoqlari. Sohil qushlariga xos bo’lmagan xususiyat?Suvda suza olmaydi. Laylaksimonlar turkumiga ta’rif bering?Ancha yirik, oyoqlari va tumshuqi uzun. Oq laylakga ta’rif bering?Qanotlari keng va qora,oyoqlari uzun va qizil bo’ladi. Laylaklarning uzun oyoqlari nimalarga imkon beradi?Balchiqda bemalol harakatlanishga, suvning ancha ichkarisiga kirib borishga. Laylaklar qayerlarda qishlaydi?Janubiy va Markaziy Afrikada,Markaziy Amerika,Janubiy Osiyoda. Oq laylak qayerlarga uya quradi?Yirik daraxtlarning shoxlariga va eski binolarning tomiga. Oq laylak nimalar bilan oziqlanadi?Baqalar,sichqonlar,turli hasharotlar va kaltakesaklar bilan. Laylaklar nima uchun muhofaza qilinadi?Foydali qush bo’lganligi va sonining kamayganligi. Suv qushlarining qaysi organi ularni sovuqdan saqlaydi?Zich joylashgan va yog’lanib turadigan patlar va yumshoq parlar. Suv qushlari qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?G’ozsimonlar,pingvinlar va laylaksimonlar. Yirtqich qushlar qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?Kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar. Yirtqich qushlar asosan nimalar bilan oziqlanadi?Umurtqali hayvonlar bilan. Yirtqich qushlarning tana tuzilishi va hatti-harakati nimaga moslashgan?O’ljani qidirib topish va ushlab olish. Yirtqichlarning uzun va o’tkir tirnoqlari ilmoqqa o’xshab qayrilgan bo’lib, nimaga moslashgan?O’ljani ushlash va o’ldirishga. Yirtqichlarning qisqa, baquvvat va uchi pastga qayrilgan tumshug’i nimaga imkon beradi?O’ljasini etini yulib olishga. Yirtqich qushlarning qaysi sezgi organi kuchli rivojlangan?Ko’zlari. Qaysi qushlarning jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi?Yirtqichlar. Yirtqichlar qayerlarga uya quradi?Daraxtlarga va baland qoyalarga. Kunduzgi yirtqich qushlar turkumiga qaysilar kiradi?Qora kalxat,miqqiy,tasqara,jo’rchi,burgut,qarchig’ay. Qora kalxat qayerlarda uchraydi?Vohalar,to’qaylar va tog’larda. Daraxt bo’ladigan hamma joyda uchraydigan qush?Qora kalxat. Uchib borayotgan kalxatni kalxat ekanligini qanday bilib olish mumkin?Ayri dumiga qarab. Kalxat qayerlarda qishlaydi?Markaziy Afrikada va Janubiy Osiyoda. Kalxat qaysi oyda uchib keladi?Mart oyida. Kalxat juda foydali qush bo’lib nimalar oziqlanadi?Baqalar,kemiruvchilar,har xil hasharotlar shuningdek qushxonlarning tashlandiq va o’laksalari,mayda qushlar. Havoda baland uchib o’lja axtaradigan qush?Kalxat. O’lkamizda uchraydigan eng yirik yirtqich qush?Tasqara. Tasqara tanasining uzunligi va qanotining uzunligi qancha?Tanasining uzunligi 1,5 m,qanoti esa 3 m. Tasqaraning og’irligi?6 – 12 kg. Tasqaraning qaysi organlarida patlari juda siyrak joylashgan?Boshi va bo’ynida. Uchib ketayotgan tasqarani tasqara ekanligini qanday bilib olamiz?Keng va uzun qanotlaridagi oqish patlarining panjasimon yozilishi hisobiga. Qaysi qush uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda besunaqay qadam tashlaydi?Tasqara. Tasqara nimalar bilan oziqlanadi?Hayvonlarning o’laksasi bilan. Tasqarani hayvonlarning o’laksasi bilan oziqlanishiga sabab?Tirnoqlarining kuchsiz bo’lishi. Tasqaraning qaysi organi kuchli rivojlangan?Uchi qayrilgan tumshug’i. Kunduzgi yirtqich qushlarning foydali tomonlari?Zararkunanda,kemiruvchilar,hasharotlar,kasal qari hayvonlarni yeb ular hayvonlarni naslini sog’lomlashtirishga yordam beradi. Yapaloqqushlar qanday hayot kechirishga moslashgan?Tunda hayot kechirishga. Yapaloqqushlarga qaysi qushlar kiradi?Ukki,boyo’g’li,boyqush. Yapaloqqushlarning qaysi organlari tirik o’ljani tutishga yordam beradi?Uchi qayrilgan tumshug’i va o’tkir tirnog’i. Yapaloqqushlarning ko’zlari qanday tuzilgan?Katta,ko’z qorachig’i keng ochiladi. Yapaloqqushlarning qaysi organi kuchli rivojlangan?Sezgir quloqlari. Yapaloqqushlar uchganida nima uchun ovoz chiqarmaydi?Patlari g’ovak vaq yumshoq bo’lganidan. Tungi yirtqichlar nima uchun yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan?Yuzi yapaloq yuraksimon bo’lgani uchun. Eng yirik yapaloqqush?Ukki. Ukki yapaloqqushlardan nimasi bilan ajralib turadi?Boshining ustida quloqqa o’xshash ikki to’p pati dikkayib turadi. Ukki nimalar bilan oziqlanadi?Turli kemiruvchilar ba’zan o’rgimchak va ayrim qushlar bilan. Qaysi yapaloqqush kechqurunlari simyog’och yoki daraxtning qurigan shoxida o’tirib o’ljani poylaydi?Boyo’g’li. Boyo’g’lining foydali tomonlari?O’simliklarga ziyon keltiradigan qo’ng’iz,chigirtka va kemiruvchilarni qirib. Qushlar tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati?Zararkunanda,kasallik tarqatuvchi hasharotlar va kemiruvchilarni qirib ular sonini cheklab turadi,ularning o’zi ham ko’pchilik hayvonlar uchun oziq bo’ladi,meva va urug’lar bilan oziqlanib, o’simliklarni tarqalishiga yordam beradi,nektar bilan oziqlanib, gullar changlanishiga yordam beradi.Ularning axlati esa N2 va P li moddalarga boy o’g’it hisoblanadi,sayroqi qushlar esa odamlarning kayfiyatini ko’taradi. Go’shti uchun va sport usulida ovlanadigan qushlar?Kaklik ,qur,qirg’ovul,o’rdak,g’oz,bedana,kaptar. Qaysi qush uyasidan yig’ib olinadigan pari yengil sanoatda foydalaniladi?Gaaga. Qushlarni muhofaza qilish uchun nima qilish kerak?Ularni bezovta qilmaslik va uyalarini buzmaslik,ularni dalaga jalb etish uchun dalalar chetiga daraxtlar ekish,yirtqich qushlar uchun dam oladigan baland ustunlar o’rnatish,qor ko’p yog’gan kunlari ularga donxo’raklar yasash. Yer yuzida qushlarning qancha turi ma’lum?9000 turi. Qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish maqsadida xonaki parrandalardan qaysilari boqiladi?Tovuq,o’rdak,g’oz,kurka,bedana. Zotlar …?odamlar tomonidan suniy yaratilgan xonaki hayvonlar. Parrandalar orasida eng ko’p boqiladigani qaysi?Tovuqlar. Hozirgi tovuq zotlari qaysi tovuqlardan kelib chiqqan?Tropik o`rmonlarda yashaydigan Bankiv tovuqlardan. Bundan taxminan … yil ilgari qadimgi … bankiv tovuqlari xonakilashtira boshlangan?4500 yil,Hindistonda. Beradigan mahsulaotlariga ko`ra hozirgi tovuqlar qanday yo`nalishdagi zotlarga ajratiladi?Go`sht,go`sht-tuxum,tuxum. Tuxum yo`nalishidagi tovuq zotlari qaysilar?Rus oq tovug`i,Lekgorn. Tuxum yo`nalishidagi tovuqlarning og`irligi?1.6-2.4 kg. Tuxum yo`nalishidagi tovuqlar yiliga nechatagacha tuxum beradi?200-300 ta. Tuxum yo`nalishidagi tovuqlar qancha vaqtdan keyin tuxumga kiradi va tuxumining og`irligi?5—6 oyda,tuxumining og`irligi50-65gr Tuxum go`sht yo`nashidagi tovuqlar?Zogorsk, Nuyugempshir,Pervomaysk, Tuxum go`sht yo`nalishidagi tovuqlarning og`irligi?2.5-4 kg. Tuxum go`sht yo`nalishidagi tovuqlar tullash davrida necha kungacha tuxum qo`ymaydi?15-20 kun. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarga qaysilar kiradi?Kornuel,Plimutrok. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarni og`irligi qancha?3-4.5 kg. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlar ko`proq nima maqsadida foydalaniladi?Broyler maqsadida. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarning ikki oylik jo`jalarining og`irligi qancha? 1.6va undan ham ortiq keladi. Yovoyi o`rdak bundan qancha yil oldin xonakilashtirilgan?3000. O`rdaklar nima maqsadda boqiladi?Tuxumining tami yaxshi bo`lmaganligi u-n odatda go`sht u-n. O`rdaklarning qaysi zotlari ko’paytiriladi?Moskva,Pekin,Ukraina O`rdaklarning 2 oylik jo’jalarining og’irligi?2,6kg va undan ham ko’proq. Xonaki go’zlarning ajdodi?Yovvoyi kulrang g’ozlar. Yovvoyi kulrang go’zlar xonakilashtirish oqibatida qaysi xususiyatlarini yo’qotgan?Yiriklashib uchish qobilyatini. Xonaki go’zlar qanday maqsadlarda boqiladi?Go’sht va momiq par u-n. Kurkalarning ajdodi?Amerika qitasida yashaydigan yovvoyi kurkadan. Kurkalar qayerlarda qo’lga o’rgatilgan?Amerikadagi mahalliy xalqlar tomonidan. Kurkalar nechanchi asrda Yevropaga olib kelingan?16-asrda. Xonakilashtirilgan parrandalar orasida eng yirigi bu?Kurka. Kurkalarning vazni?16kg Go’sht u-n boqiladigan jo’jalar nima diyiladi?Broylerlar. Sexlarda jo’jalar og’irligi qanchaga yetguncha boqiladi?1,4-1,5kg Gosht u-n boqiladigan jo’jalar necha kun boqiladi?60-70 kun. Broylerlar u-n xos xususiyat?Go’shti yumshoq va mazali,yog’i kam. Sutemizuvchilar qanday hayvon?Yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlar. Sutemizuvchilarning oyoqlari qanday joylashgan?Ancha baquvvat va uzun bo’lib, tanasining ostida. It yurganida nimalarga tayanadi?Barmoqlariga. Boshi tanasiga nima orqali birikkan?Harakatchan bo’yni orqali. Sutemizivchilarning qaysi organi rivojlanmagan?3-qovoq. Itlarning qaysi organi harakatchan bo’ladi?Quloq suprasi. Sutemizuvchilarning qaysi organi yaxshi rivojlangan?Tashqi quloq va quloq suprasi. Sutemizuvchilarning jun qoplami qanday tuzilgan?2 qavat bo’lib, 1-sirtqi qavati uzun va qayishqoq, lekin dag’al qiltiqlardan,ostki qavati esa mayin va kalta tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida nima ko’p bo’ladi va qanday vazifani bajaradi?Havo, hayvon tanasinidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Hayvon tanasidagi dag’al qiltiqlar va tuklarning vazifasi?Terini himoya qilish. Sutemizuvchilar tanasining qaysi qismidagi organlari tuyg’u vazifasini bajaradi?Burun teshiklari va ko’zlari yaqinida joylashgan uzun va yo’g’on qillar. Itlarning qaysi bezlari rivojlanmagan?Ter bezlari. Ter bezlari qanday vazifani bajaradi?Issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo’shimcha ajratish organidir,issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqqan ter hayvon tanasini sovutish bilan birga organizmdan ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi. Nima uchun itlar issiq havoda og’zini ochib, tez-tez nafas oladi?Tanasida ter bezlari bo’lmagani uchun. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida nimalar bo’ladi?Muguz tirnoqlari yoki tirnoqlari. Hayvonlarning boshidagi shoxlari nimadan iborat?Muguzdan. Sutemizuvchilar skelseti nimalardan iborat?Bosh,umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi,oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletidan Sutemizuvchilarning bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli qaysi qismi boshqa hayvonlarga nisbatan yirikroq bo’aldi?Miya qutisi. Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi qanday bo’limlarga ajratilgan?Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza va dum. Sutemizuvchilarning bo’yni nechta umurtqadan iborat?7 ta. Sutemizuvchilarning ko’krak umurtqalari nechta umurtqalardan iborat?12 -15 tagacha. Sutemizuvchilarning ko’krak qafasini qaysi suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’lgan?Ko’krak umurtqalari,qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda. Sutemizuvchilarning va itlarning beli nechta umurtqadan iborat?2 – 9 tagacha, 6 ta. Sutemizuvchilarning dumg’aza bo’limida nechta umurtqa bor va ular qaysi suyak bilan qo’shilib ketgan?3 -4 ta va chanoq suyak bilan. Sutemizuvchilar dum umurtqalarining soni qanchagacha bo’ladi va ular nimaga bog’liq?3 tadan bir nechta o’ntagacha,dumning uzunligiga. Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamar skeleti nimalardan iborat?2 ta kurak, unga qo’shilib o’sgan ko’krak tirgak va 2 ta o’mrov suyagidan. Itlarda qaysi suyagi rivojlanmagan?O’mrov. Sutemizuvchilarning orqa oyoq kamari nimadan iborat?3 ta chanoq suyagidan. Itning jag’larining oldingi qismida…kurak tishlar joylashgan?Ponasimon. It jag’ilarining orqarog’ida konussimon qanday tishlar joylashgan?Qoziq tishlar. Itlarning yassi oziq tishlari qayerda joylashgan?Og’iz bo’shlig’ining ikki yon tomonida. Itlarning qaysi tishlari kuchli rivojlangan?Yirtqich tishlari. It tishlarining har xil tuzilishi nimaga bog’liq?Ularning vazifasiga. Itning tishlari qayerda joylashgan?Jag’larining chuqurchasida. Sutemizuvchilarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?Orqa muskullari,qo’l va oyoq hamda qo’l va oyoq kamarining muskullari, itning pastki jag’ini harakatga keltiruvchi muskullar. Itlarning hazm qilish organlarini ketma-ketlikda sanang?Og’iz bo’shlig’i,halqum,qizilo’ngach,oshqozon,ingichka,yo’g’on,to’g’ri ichak va anal teshigi. Itlar qaysi organlari yordamida oziq tamini aniqlaydi?Tili yordamida. Itlarning og’iz bo’shlig’ida joylashgan so’lak bezlaridan ajralib chiqadigan so’lak qanday vazifani bajaradi?Oziqni ho’llaydi. Itlar qaysi organi yordamida oziqni so’lak bilan aralashtiradi?Tili. Itlarning ozig’i qaysi organida qisman hazm bo’ladi?Oshqozonida. Itlarning ozig’i qayerda hazm bo’ladi?Ichagida. Itlarda oziqning hazm bo’lmagan qismi nimalar orqali tashqariga chiqib ketadi?Ingichka,yo’gon,tog’ri va anal teshigi. Itlarning nafas olish sistemasini ketma-ketlikda sanang?Burun bo’shlig’i,hiqildoq,kekirdak,bronxlar va o’pka. Itlarning ko’krak qafasini va qorin bo’shlig’ini nima ajratib turadi?Diafragma parda. Itlar nafas olganda …?Qovurg’alar ko’tarilib, diafragma qorin bo’shlig’iga suriladi,ko’krak qafasining hajmi oshadi,atmosfera bosimi ta’sirida havo o’pkaga otilib kiradi. Itlar nafas chiqarganda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Qovurg’alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko’krak boshlig’iga ko’tarilishi tufayli ko’krak qafasi torayadi va havo o’pkadan chiqib ketadi. Sutemizuvchilarning yuragi qanday tuzilgan?4 bo’lmali bo’lib, 2 ta qorincha va 2 bo’lmadan iborat. Sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasi qanday qon aylanish doiralardan iborat?Katta va kichik qon aylanish doirasidan. Sutemizuvchilarning arteriya va vena qoni bir-biridan …ajralgan?Batamom. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qayerda joylashgan va nimadan iborat?Qorin bo’shlig’ida bel umurtqasining 2 yonida,loviya shakldagi 1 juft buyrakdan. Buyraklarda hosil bo’lgan siydik nimalar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?2 ta siydik yo’li,qovuq,chiqarish nayi. Nima sababdan sutemizuvchilar organizimida moddalar almashinuvi juda jadal boradi?Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganligi uchun. Itning tana harorati o’rtacha nechaga teng?37 – 38 C Sutemizuvchilar bosh miyasining boshqa umurtqali hayvonlardan farqi?Oldingi miya katta katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bo’lib, po’stlog’i burmalarni hosil qiladi. Miya po’stlog’ida hujayralarni ko’p bo’lishi nimaga bog’liq?Burmalarga. Hayvonlar hayoti davomida hosil bo’ladigan xar-xil shartli reflekslar miyaning qaysi qismi faoliyati bilan bog’liq?Miya po’stlog’i. Sutemizuvchilarning qanday sezgi organlari bo’ladi?Hid bilish,eshitish,ko’rish,tam bilish,tuyg’u. Quruqlikda yashaydigan sutemizuvchilarning qanday sezgi organlari yaxshi rivojlangan?Hid bilish. Delfinlar va kitlarning qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Hid bilish,biroq o’ljasini hidini tez payqaydi. Tuproqda yashaydigan ko’rsichqonlarning qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Ko’rish. Sutemizuvchilarning eshitish organlari qanday qismlardan iborat?Ichki,o’rta va tashqi. Sutemizuvchilarning tashqi qulog’i qanday qismlardan iborat?Quloq suprasidan va tovush o’tkazadigan yo’ldan. Sutemizuvchilarning quloq suprasining vazifasi?Tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash. Sutemizuvchilarning qaysi sezgi organi qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan?Ko’rish. Qaysi sutemizuvchilar qushlarga nisbatan narsalar rangini yaxshi ajratadi?Maymunlar va odamlar. Sutemizuvchilarda tuyg’u vazifasini nima bajaradi?Terisi va tananing turli joylarida joylashgan uzun va yo’gon qillar(mo’ylovlar). Sutemizuvchilarda uzun va yo’g’on qillar tananing qaysi qismida joylashgan?Burun teshiklari va ko’zlari yaqinida. Sutemizuvchilarning uzun va yo’g’on qillari nima deyiladi?Mo’ylovlar. Sutemizuvchilarda qushlarga nisbatan kuchli rivojlangan xususiyati?Narsalar rangini va shaklini yaxshi ajratadi. Sutemizuvchilarning terisi qanday sezgi organi hisoblanadi?Og’riq,harorat,tuyg’u. Sutemizuvchilarda reflekslarning xilma-xil bo’lishi nima bilan bog’liq?Miya po’stlog’i faoliyati bilan. Sutemizuvchilarning tuxum hujayrasi qayerda urug’lanadi?Tuxum yo’lida. Sutemizuvchilarning tuxum hujayrasi qayerda yetiladi?Tuxumdonda. Sutemizuvchilarning embrioni qayerda rivojlanadi?Bachadonda. Qanday sutemizuvchilarda bachadon bo’lmaydi?Tuban sutemizuvchilarda. Tuban sutemizuvchilarning urug’langan tuxumi qayerda rivojlanadi?Tashqi muhitda. Homila nima?Bachadonda rivojlanayotgan embrion. Homila nima orqali bachadon devori bilan bog’langan?Yo’ldosh orqali. Oziq moddalar va kislorod ona qonidan homila qoniga nima orqali o’tadi?Yo’ldosh orqali. Homiladorlik nima?Homilaning ona qornida rivojlanish davri. Homiladorlik muddati va homila soni nimaga bog’liq?Hayvonlarning yashash tarziga. Qayerda bolalaydigan hayvonlarning homiladorlik davri qisqa bo’ladi?Daraxtlar kovagi, in va pana joylarda. Ochiq joylarda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik davri qancha davom etadi?Uzoq davom etadi. Homiladorlik muddati uzoq davom etadigan hayvonlar nechta bola tu’gadi?1 – 2 ta. Sichqonlar yiliga necha marta bolalaydi?5 – 8 marta. Shoxli mollar yiliga necha marta bolalaydi?1 marta. Sutemizuvchilarda sut bezlarining yo’li nima orqali so’rg’ichlarning uchiga ochiladi?Kichik teshikcha. Sutemizuvchilarda so’rg’ichlar soni nimaga bog’liq?Hayvonlarning serpushtligiga. 3 - 8 tadan bola tug’adigan itlarda so’rg’ichlar soni?8 ta. 1 – 4 tadan bola tug’adigan echkilarda so’rg’ichlar soni?2 ta. Sutemizuvchilarning suti tarkibida qanday moddalar bor?Suv,yog’,uglevod,oqsil,vitamin va mineral tuzlar. Sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko’rsatadigan dalillar?Skeleti,muskullari,ovqat hazm qilish,nafas olish,ayirish,qon aylanish sistemalarining o’xshashligi,tuban tuzilgan sutemizuvchilarda kloaka bo’lishi. Sutemizuvchilarning ajdodi?Yirtqich tishli kaltakesak. Yirtqich tishli kaltakesak bundan necha yil oldin yashagan?200 – 300 ming yil. Yirtqich tishli kaltakesakning sudralib yuruvchilarga o’xshashlik tomoni?Oyoqlari kalta,yo’g’on va uzun dumi bo’lishi bilan. Yirtqich tishli kaltakesakning sutemizuvchilarga o’xshashlik tomoni? Oyoqlari tanasining ostida joylashganligi,tishlari bilan. Sovuqqonli yirik sudralib yuruvchilarning qirilib ketib, ularning o’rniga issiqqonli sutemizuvchilarning paydo bo’lishiga sabab?Iqlimning sovib borishi. Sutemizuvchilar tuzilishi, ko`payishi,bolasining rivojlanishi hususiyatlariga binoan qanday guruhlarga bo`linadi? Tuhum qo`yuvchilar, haltalilar va yo`ldoshlilar guruhlariga ajraladi. Download 244.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling