Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet62/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Doimiy suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar nima deyiladi?Plankton.

Plankton qisqichbaqasimonlarga misol?Dafniya va siklop.

Dafniya va siklop qayerlarda ko`p uchraydi?Chuchuk suvlarda.

Qisqichbaqasimonlardan qaysilari baliqchilik xo`jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko`paytiriladi? Dafniya va siklop.

Go`shti uchun ovlanadigan dengiz qisqichbaqasimonlari?Krablar,omarlar,langustlar va krevetkalar.

Qisqichbaqasimonlar qaysi hayvonlarning asosiy ozig`i hisoblanadi?Baliqlar,tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlari.

Qisqichbaqasimonlarga misollar?Dafniya, siklop,zaxkash,krevetka,kamchatka krabi, omarlar, langustlar.

O`zbekistonning cho`l mintaqalarida keng tarqalgan qisqichbaqasimon?Zaxkash.

Zaxkashning 2-nomi?Eshakqurt.

Tuproqda in qurib o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproqni yumshatuvchi va chirindiga boyituvchi qisqichbaqasimon? Zaxkash.

Qisqichbaqasimonlarning tanasi qanday bo’limlardan iborat?Boshko’krak va qorin.

Qisqichbaqasimonlarning boshko’kragi nima bilan qoplangan?Xitin qalqon bilan.

Qisqichbaqasimonlarning boshida qanday organlari joylashgan?2juft mo’ylovlari,murakkab ko’zlari.

Qisqichbaqasimonlarda qanday sistemalar rivojlangan?Hazm qilish,ayirish,nafas olish,qon aylanish,nerv,jinsiy sistemalari.

O’rgimchaksimonlarga ta’rif bering?Haqiqiy quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar.

O’rgimchaksimonlar qaysi organlari orqali nafas oladi?1 juft o’pka yoki traxeyalari orqali.

O’rgimchaksimonlar sinfi qanday turkumlarga ajratiladi?O’rgimchaklar,falangalar,chayonlar va kanalar.

Butli o’rgimchak qayerlarda hayot kechiradi?O’tlar va butalar orasiga qurgan to’ri ustida.

Butli o’rgimchak to’rlarini qayerlarda ko’p uchratish mumkin?Qalin o’t-o’lan bilan qoplangan daryo va soy bo’ylarida.

Butli o’rgimchaklarning tanasiqanday bo’limlarga bo’linadi?Kichik boshko’krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa.

Butli o’rgimchakning ikki juft og’iz organlari qayerida va qanday joylashgan?Boshko’krakning oldingi uchida va bo’g’imlarga bo’lingan 2 juft og’iz organlari joylashgan.

Butli o’rgimchakning 4 juft oddiy ko’zchasi qayerida joylashgan?Boshko’kragining ustki tomonida.

Butli o’rgimchakning og’iz organlarining 1-jufti qanday nomlanadi?Ustki jag’lar.

Butli o’rgimchakning og’iz organlarining 2-jufti qanday nomlanadi?Oyoq paypaslagichlar.

Butli o’rgimchakning ustki jag’larining 1-bo’g’imi qanday o’simtalardan iborat?Harakatchan tirnoqsimon.

Butli o’rgimchakning harakatchan tirnoqsimon o’simtasi qanday vazifani bajaradi?O’ljasi tanasini teshish uchun.

Butli o’rgimchakning zahar bezlari qayerida joylashgan?Jag’lar asosida.

Butli o’rgimchakning jag’lari sanchilgan paytda zahari qaysi qismi orqali o’ljasi tanasiga tushib uni o’ldiradi?Tirnoqchalar ichidagi naycha orqali.

Butli o’rgimchak oyoq paypaslagichlari nimalar bilan qoplangan?Mayda,sezgir tukchalar bilan.

Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlaridagi mayda, sezgir tukchalari qanday organi hisoblanadi?Tuyg’u organi.

Butli o’rgimchak paypaslagichlarining asosiy bo’g’imlari qanday vazifani bajaradi?Pastki jag’lar.

Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlaridan qanday farq qiladi?Oyoq paypaslagichi bir muncha kalta.

Butli o’rgimchakning uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari qayerida joylashgan?Boshko’krakda.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling