Monoduragay chatishtirish
Download 112.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Monoduragay chatishtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi avlod duragayi
Ona o’simligi: qizil gulli no’xot genotipi AA, ya’ni dominant
gomozigotali organizm. Shuning uchun u ham bir hil, lekin bittadan ressesiv a geniga ega bo’lgan gametalar hosil qiladi. Ularning 50% A geniga, qolgan 50% a geniga ega bo’ladi. Yuqorida aytilganidek , ularning guli bir hil qizil rangda bo’ladi. Ikkinchi avlod duragayi (F 2 ) F 1 o’simliklarini o’z-o’ziga chatishtirib olinadi. Shuning uchun uning gametalari quyidagi 4 xil variantda uchrashib, qo’shilib zigotalar, yani F 2 o’simliklarini hosil qiladi: AA, Aa, aA, aa. Ularni uchta guruhga bo’lish mumkun: 1. AA – dominant gomozigotali guruh. Ular F 2 o’simliklarning ¼ qismini tashkil etadi. Qisqacha qilib F 2 dagi genotipik ajralishni shuday ifodalash mumkun: 1 AA : 2 Aa : 1aa. No’xat gulining rangi to’liq dominantlik holatida irsiylangani sababli F 2 da fenotib bo’yicha 2 ta guruh o’simliklar ajralib chiqadi. Ularning ¾ qizil va 1 / 3 qismi oq gulli o’simliklar bo’ladi. F 2 dagi gomozigotali o’simliklar (AA va aa) keyingi avlod (F 3 ) da aralash bermaydi, getorozigotali (Aa) o’simliklar esa tana IAA:2Aa:Iaa guruhlariga ajralish beradi. Ressesiv (a) geni F 1 da getorazigota (Aa) holatida bo’lib uning fenotipida nomoyon bo’ladi. Bo’lmasa ham o’zining yaxlitligi , sofligini ya’ni diskretligini saqlab qoladi. Shuning uchun ham ressesiv “a” geni F 2 ressesiv gomozigota (aa) holatiga kelib, ular gulining oq rangda bo’lishini tamin etadi. Bu qonuniyat Mendelning gametalar sofligi nazariyasining mazmunini tashkil qiladi. Mendel no’xat o’simligi urug’i rangining sariq-yashil bo’lishi, urug’ shaklining tekis-burishgan bo’lishi kabi belgilarining ham irsiylanishi yuqorida bayon etilgan qonuniyatlarga bo’ysunishini isbotladi. Mendel tajribalarida no’xot o’simligi gulining qizil rangi oq ranga, urug’ining sariq bo’lishi yashilga va uning silliq bo’lishi esa burishgan belgiga to’liq dominantlik holatida irsiylanishi ko’rsatilgan. Bundan keyingi tadqiqotlar natiyjasida organizm belgilarining irsiylanishida yana bir holat – to’liqsiz (chala) dominantlik ham namoyon bo’lishi mumkunligi isbot etadi. To’lioqsiz dominantlik hodisasiga g’o’za tolasi rangining irsiylanishini misol qilib keltirish mumkun. G’o’zaning tolasi malla rang va oq rang bo’lgan liniyalarinin o’zaro chatishtirib olingan birinchi avlod duragay o’simliklarda tola rangi oraliq holatda, novvot rangda bo’ladi. Ularning ikkinch avlodida esa bu belgi bo’yicha hilma-hillik (ajralish) sodir bo’ladi. F 2 o’simliklarini tola rangi bo’yicha uchta guruhga bo’lish mumkun: malla rang, novvot rang va oq rang tolaga ega bo’lgan o’simliklar. Bu uch guruh o’simliklarning miqdoriy nisbati. Fenotib va genotib jihatdan 1:2:1: holatida bo’ladi. F 2 ning malla rang va oq rang tolali o’simliklari F 3 avlodida ajralish bermaydi. F 2 ning novvot rang tolali o’simliklari esa F 3 (F 2 dagi kabi) tola rangi bo’yicha 1:2:1 nisbatda ajralish beradi. Qorako’l qo’ylarida teri (mo’yna) rangining qora bo’lishi uning oq rangda bo’lishiga nisbatan to’liq dominantlik holatida irsiylanishi aniqlangan. Qoramollarda esa terining qizil rangda bo’lishi, uning oq rangda bo’lishiga nisbatan to’liqsiz dominantlik holatida irsiylanishi ko’rsatilgan. To’liq dominantlik holatidagi irsiylanishda F 2 duragay o’simliklari 2 ta fenotipik guruh (3:1), to’liqsiz dominantlik holatida esa 3 ta fenotipik (1:2:1) guruh hosil etadi. Chunki ularda dominant gomozigotali (AA) o’simliklar tashqi ko’rinishidan geterozigotali (Aa) o’simliklardan farq qiladi. Ularda genotipik guruhlarning soni va miqdoriy nisbati bir hil, ya’ni 1AA:2Aa:1aa tarzida bo’ladi. Mendel tadqiqotlarining samaradorligini tamin etgan omillar uning o’z ishlarida matematik usullar va simvollardan keng foydalanganidir. Buning uchun duragaylarning bir necha avlodlarida o’z belgilari bo’yicha ota va ona organizmlarga o’xshash va ulardan farq qiluvchi xisoblash , ularning miqdoriy nisbatini aniqlash shundan dalolat beradi. Download 112.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling