Monografiya Имомов. Б
partiya vakillarida ijobiy taassurot uyg‘otdi. Bu esa o‘z
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
partiya vakillarida ijobiy taassurot uyg‘otdi. Bu esa o‘z navbatida uning 2009 yilda tashqi ishlar vaziri darajasiga chiqishiga olib keldi. O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlari va ikki davlat hukumat a’zolarining xalqaro anjumanlar doiradagi uchrashuvlari tufayli ikki davlat munosabatlarini qayta tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 2012 yilda BMT Bosh Assambliyasi yig‘ilishida Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto‘g‘lu (2009-2014) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 33 Komilov bilan uchrashuvda 2013-2015 yillarda ikki davlat hamkorlik rejasini tayyorladilar. Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi uchun zamin yaratdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash yo‘lidagi oliy darajagi uchrashuv 2014 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Sochi (Rossiya) shahrida XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga safari doirasida Turkiya Prezidenti Rejep Erdog‘an bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, ikki davlat prezidentlarining bir yilda bir marta Tashqi ishlar vazirligi darajasida hamda davlat rahbarlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazib turishga kelishilgani o‘zaro munosabatlarda muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov har bir davlatning rahbarlari bilan muzokara olib borar ekan, asosiy e’tiborni “teng huquqlilik, o‘zaro teng manfaatlar” asosida olib borishga qaratdi. Ekspertlarning fikricha, Sochidagi uchrashuvda Prezident Islom Karimov bu prinsipni yana bir karra Turkiya hukumati rahbariga etkaza oldi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu safar munosabati bilan tarqatgan matbuot xabarida “Muloqotlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida teng huquqlilik hamda teng manfaatli hamkorlik asosida munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki davlatni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi” degan fikr-mulohazalarga alohida urg‘u berdi. Shuni aytish mumkinki, uzoq muddat davomidagi sust aloqalardan so‘ng ushbu muzokaralarda O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida jonlanish sezildi hamda o‘zaro munosabatlarni tiklash tashabbuskori Turkiya hukumati bo‘ldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri A.Dovutog‘lu mamlakatning keyingi yillardagi geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklari sababini kolision hukumatlar yuritgan tashqi siyosatning teran strategik nazariya va yagona strategik yo‘lni rejalashtirilmagani va konsepsiyaga asoslanmagani bilan bog‘laydi. Zero, turk geosiyosatida uzoq muddatli barqaror boshqaruvda strategiyaning yo‘qligi tashqi siyosiy boshqaruvda turklarning etnik tartibotining buzilishi sababchi ekanligini ko‘rsatdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 34 2014 yil 20-21 mayda Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning to‘rtinchi sammiti doirasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto‘g‘lu O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan yana bir bor uchrashdi. Shuningdek, mazkur yilning iyul oyida Ahmet Dovuto‘g‘li Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik muloqotlarning yo‘lga qo‘yilishini bir qator omillar bilan bog‘liqligini u quyidagicha ta’kidladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling