Monografiya Имомов. Б


siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-
e’tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz”. 
2018 yil 30 aprelda Turkiya Respublikasi 
Prezidentining parlament a’zolari oldida so‘zlagan 
nutqi Oliy Majlis bilan Buyuk Millat Majlisi 
o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro tajriba hamda axborot 
almashish asosida rivojlantirishda yanada katta 
imkoniyatlar 
yaratdi. 
Shuningdek, 
Turkiya 
Prezidenti Rejep Erdo‘g‘onni Parlamentga qarata so‘zlagan nutqida yurtimizda 
olib borilayotgan siyosatni yuqori baholadi. Shuningdek, oliy martabali mexmon 
o‘zbek 
xalqining 
shonli 
o‘tmishi, 
ulug‘ 
ajdodlarimizning 
bashariyat 
sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
Shu kuni Shavkat Mirziyoyev va Rejep Erdo‘g‘on “O‘zekspomarkaz”da 
tashkil 
etilgan 
“O‘zbekiston–Turkiya” 
ishbilarmonlari biznes forumida ishtirok etdi. 
Biznes-forumda umumiy qiymati 3 milliard 
AQSh dollarga teng 50 dan ortiq yangi 
investisiyaviy 
qo‘shma 
loyihani 
amalga 
oshirish 
bo‘yicha 
kelishuvlarga 
erishildi. 
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida hamkorlikni 
yanada kengaytirish, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


44 
hamda ikki mamlakatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash 
markazlarini tashkil etish borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston tomoni Turkiya bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan keng 
turdagi sanoat, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi. Istanbulda tashkil etilgan 
O‘zbekiston–Turkiya savdo uyining samarali faoliyat ko‘rsatishi ikki tomonlama 
tovar aylanmasi hajmini yanada oshirishga imkon berdi. 
Ikki davlat o‘rtasida keyingi yillarda energetika va tog‘-kon, shu jumladan, 
qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va uglevodorodlar sohalarida 
hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish hamda ma’lumot va tajriba almashish 
imkoniyatlarini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqot va ishlanmalar olib 
borish, suvni tejash innovasion texnologiyalarini joriy qilish va boshqa tegishli 
sohalarda ilg‘or tajriba almashish orqali suv resurslari bo‘yicha hamkorlikni 
faollashtirish xususida ham tadbirlar olib borildi.
O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyoda eng asosiy sheriklaridan biri 
hisoblanadi. O‘zbekistoning ulkan bozori, tobora liberallashib borayotgan 
iqtisodiyoti, qulay investisiyaviy muhiti, tarixiy shaharlari, turizm maskanlari
muqaddas diniy qadamjolari Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Demak, 
hamkorlikni mustahkamlashdan har ikki tomon ham manfaatdor bo‘lib, bu esa 
o‘zaro munosabatlarning istiqboli yuksak ekanligidan dalolat beradi. 
Shuni aytish mumkinki, dunyo hamjamiyati tomonidan Turkiya va 
O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada 
rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan tinchlik siyosati xalqaro maydonda hamisha 
qo‘llab-quvvatlayotganligi hamda mamlakatimizni Evropaga chiqishida va dunyo 
davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarini yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


45 
Transport kommunikasiyasi hamda logistika xizmati bo‘yicha hamkorlik 
ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. Binobarin, O‘zbekiston uchun Boku

Tbilisi

Kars temir yo‘lining qurilishi strategik 
ahamiyatga ega. Bu transport yo‘lining to‘la 
ishga 
tushirilishi 
o‘zbekistonlik 
tadbirkorlarning o‘z mahsulotlarini Evropa 
bozorlariga 
olib 
chiqish 
imkoniyatini 
kengaytiradi. 
Ma’lumot 
uchun 
aytish 
mumkinki, Boku–Tbilisi–Qars temir yo‘li 
loyihasining amalga oshirilishi 2008 yilda boshlanib, Ozarbayjon, Gruziya va 
Turkiya davlatlararo kelishuvi asosida 2017 yil 30 oktyabrda foydalanishga 
topshirildi. Yo‘lning umumiy davomiyligi 826 km ni tashkil qiladi. Yo‘lakning 
to‘liq o‘tkazish qobiliyati yiliga 17 million 
tonnani tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda 
bu ko‘rsatkich yiliga bir million yo‘lovchi va 
6,5 million tonna atrofida yuk tashishga 
mo‘ljallangan. Istiqbolda bu yo‘l “Sharq-
G‘arb” 
loyihasi 
doirasida 
Xitoydan 
boshlanib, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan Boku–Tbilisi–Qars temir 
yo‘l magistrali orqali Janubiy va Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq mamlakatlari va 
O‘rta er dengizi portlariga olib chiqadigan yangi transport yo‘lagining muhim 
bo‘g‘ini bo‘lib qoladi. Ushbu temir yo‘l yo‘nalishi Markaziy Osiyoni iqtisodiy 
rivojlangan mintaqaga aylantirishda, eng 
muhim 
xalqaro 
transport-tranzit 
markazlaridan 
biri 
sifatida 
jahon 
bozoridagi 
raqobatbardoshligini 
oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
2018 
yil 

sentyabrda 
Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahridagi “Ruh o‘rda” madaniyat markazida Turkiy 
tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mazkur 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


46 
kengash anjumanida birinchi marotaba qatnashdi va sammitda O‘zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida 2018 yil iyun oyida BMT Bosh 
Assambliyasi tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha qabul qilingan rezolyusiya 
mintaqa xalqlari orasida muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Turkiy tilli 
davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro savdo hajmi oxirgi 
bir yilda 40% dan ziyod oshgani, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni 
yanada kengaytirish, transport yo‘nalishlarining o‘zaro integratsiyalashgan 
tarmoqlarini yaratish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlardan to‘la 
foydalanish, 
madaniy-gumanitar 
sohadagi 
aloqalarni 
xar 
tomonlama 
mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 
Umumiy olganda xokimiyat tepasiga Rejep Erdog‘anni kelishi bilan 
Turkiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatini neoosmanizm, liberal islom va 
panturkizm prinsiplarii asosida rivojlantira boshladi. Evropa Ittifoqiga a’zolik 
masalasida Turkiya oldinga siljishlar bo‘lmaganidan so‘ng, mintaqaviy 
energotizim va umumiy bozorga ega turk dunyosini shakllantirishga harakat 
qilmoqda. 2009 yil shakllantirilgan Turk Kengashi (Turkiy tilli davlatlar xamkorlik 
kengashi) ham ana shu maqsadlarda xizmat qilishi nazarda tutilgan. Turkiy tilli 
davlatlarda Turkiyaning integrasion jarayonlari keyinchalik katta bir siyosiy-
iqtisodiy birlashmaga aylanishi mintaqada Rossiya va Xitoy manfaatlari bilan 
to‘qnashishi kutilgan xolat edi. Ayniqsa, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning Yevro-
Osiyo Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotiga a’zoligi va bu davlatlar uchun Rossiya 
bojxona to‘siqlari yo‘qligi Turkiyaning ayni manfaatlariga xizmat qiladi.
2018 yil 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya 
Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. Uchrashuvda 
Turkiyaning etakchi kompaniyalari va banklari bilan hamorlikda savdo
innovasiyalar, energetika, infratuzilma, transport, turizm, to‘qimachilik, oziq-ovqat 
sanoati va boshqa tarmoqlarda investitsiya dasturlari va loyihalari amalga 
oshirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 
memorandum va “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


47 
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ikki davlatning 
pozisiyalari bir-biriga o‘xshashligi tufayli Turkiya va O‘zbekiston Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik 
kengashi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib 
kelmoqda. 
Samarqand shahrida 2017 yil 10-12 noyabr kunlari Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni 
ta’minlash bo‘yicha “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling