Monografiya Имомов. Б


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya 
bo‘lib o‘tdi. Turkiya tomoni Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan 
mintaqaga aylantirish maqsadida Markaziy Osiyoda oliy darajadagi siyosiy 
muloqotni faollashtirish, o‘zaro ishonch, ahil qo‘shnichilik va yaqin mintaqaviy 
hamkorlikni 
mustahkamlash 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
va 
boshqa 
qardosh 
mamlakatlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Bundan tashqari Turkiya O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining 
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni 
ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” va 
Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyalarini, BMTning Yoshlar huquqlari 
to‘g‘risidagi Konvensiyasini ishlab chiqish va ilgari 
surish, shuningdek, Islom Hamkorlik tashkilotining 
fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi Sammitini 
2020 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. 
Turkiya Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 aprel – 1 may kunlari 
O‘zbekistonga davlat tashrifida Prezidentlar Afg‘onistonni barqarorlashtirish va 
qayta tiklash bo‘yicha o‘z sa’y-harakatlari va o‘xshash yondashuvlarini 
mamnuniyat bilan qayd etib, ikki tomonlama muloqot va birgalikda hamkorlik 
qilish hamda Afg‘onistonga oid masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama forumlar 
doirasida yakdillikka chaqirdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


48 
Ikki davlat Prezidentlari 2018 yil 26-27 
mart 
kunlari 
O‘zbekistonda 
o‘tkazilgan 
“Tinchlik 
jarayoni, 
xavfsizlik 
sohasida 
hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi 
Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada 
qabul qilingan Toshkent deklarasiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamda “Osiyo 
yuragi 

Istanbul jarayoni” doirasida yaqin hamkorlikka tayyor ekanliklarini e’tirof 
etdi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida dunyoda terrorizm tahdidlari kuchayib 
borayotgani, ularga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini 
oqlamayotgani, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy 
sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina 
cheklanib qolinayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, buyuk allomalar, xususan, 
Imom Buxoriyning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifiy 
islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy 
nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi 
tashkil etilayotganini ma’lum qildi. O‘shanda “Yuksak minbarda bizning buyuk 
bobolarimiz haqida so‘zlash uchun katta yurak, kuchli iroda kerak. Birorta 
Prezident bu ishni qila olmas edi. Faqat Shavkat Mirziyoyev qila oldi” deb 
O‘zbekiston Prezidentini birinchi bo‘lib qutlagan ham Turkiya Respublikasi 
Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on bo‘ldi. 
Bundan tashqari O‘zbekiston va Turkiyaning hamkorligi terrorizm, diniy 
ekstremizmga qarshi kurashish masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Globallashuv 
sharoitida g‘arbda islomofobiya tushunchasini kabi dinimizdagi yot g‘oyalarni 
keng tarqalishiga kurashishda O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi muhimligini 
2017 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Turkiya Diyonat Ishlari vaziri Ali Erbash bilan uchrashuvda alohida urg‘u berilgan 
edi. Prezident Sh.Mirziyoev musulmonlarning IShID, Boko Xaram, Ash-Shabab, 
FETO kabi islomiy radikal guruhlarga qo‘shilib qolmasligi uchun avvalo diniy 
ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri olib borish kerak ekanligini ta’kidladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


49 
Turkiyada 2016 yil 15 iyun davlat to‘ntarilishiga urinishlarda, o‘zini Imom 
Said Nursiy izdoshi deb biladigan “Nurchilar” harakati etakchisi Fathullax 
Gyulenning “FETO” tashkilotining qo‘li borligi va Islom Hamkorlik Tashkiloti 
Tashqi Ishlar vazirlari kengashining 2016 yil oktyabrda Toshkentda o‘tgan 43-
sessiyasida tashkilotga a’zo davlatlar FETO “terrorchi tashkilot” deya e’lon qilindi. 
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiyaning FETO tashkilotiga 
qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlaganligi uchun tashkilotga a’zo davlatlarga o‘z 
minnatdorchiligini bildirdi. 
2018 yilda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muhtor elchisi 
bo‘lgan Ahmet Bashar Shen “15 iyul voqeyalari”da shahid ketgan 200 dan ortiq 
kishini xotirlash kunida “ota yurtimiz O‘zbekiston FETO xavfini birinchilardan 
voqif bo‘lib, ularning faoliyatiga qarshi kurashgan 
ilk qardosh davlat” – deb, so‘zladi. Zero, 
O‘zbekiston “FETO” bo‘yicha o‘z pozitsiyasini 
ancha oldin bildirgan edi. 
Jahon ommaviy axborot vositalarida ikki 
davlat o‘rtasidagi aloqalar doimiy ravishda yuqori baholanib kelindi. Masalan, 
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Aleksandr 
Vorobev “Eurasia Daily” tahliliy portali uchun yozgan maqolasida Shavkat 
Mirziyoyevning 2017 yil oktyabr oyidagi Turkiyaga tashrifi haqida “Ushbu tashrif 
Toshkentning bugungi kunda qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini olib borish 
siyosatiga to‘liq mos keladi. Iqtisodiy pragmatizm, sarmoyalarni jalb qilish, tashqi 
savdo aloqalarini kengaytirish, uning asosini tashkil etadi. Turkiya sanoat 
salohiyati, moliyaviy resurslar, ko‘plab mamlakatlarda biznes yuritish tajribasiga 
ega”, deb yozadi ekspert. Mutaxassisning fikricha, “Moskva, Pekin, Bryussel 
singari Anqara ham Toshkentning mintaqaviy etakchi va Markaziy Osiyo 
iqtisodiyoti lokomativi sifatidagi salohiyatini yaxshi anglaydi”. 
Turkiyadagi nufuzli “Turcomoney” nashrining yillik reytingida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yilda “Yilning xorijiy davlat arbobi” 
deya e’tirof etildi. Bu haqda Istanbul shahrida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


50 
Binali Yildirim, Istanbul shahri xokimi Mevlyut Uysal, mamlakat xukumati 
parlamenti, jamoatchilik va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o‘tkazilgan 
tantanali marosimda e’lon qilindi. 
Xulosa qilib aytganda, Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgandan 
keyin tashqi siyosatda eng avvalo mintaqadagi davlatlar bilan siyosiy-iqtisodiy 
aloqalar mustahkamlandi, shu bilan birga Osiyo va Evropadagi rivojlangan 
davlatlar qatori Turkiya Respublikasi bilan ham o‘zaro teng huquqli manfaatli 
hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu bilan birga 
xalqaro tuzilmalarda faol ishtirokchisiga aylanayotganligi hamda xalqaro 
institutlarda O‘zbekiston obro‘sini oshib borayotganligi so‘zimiz tasdig‘idir.
1991 yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 12 marta oliy 
darajadagi uchrashuvlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Prezidentlari 11 marotaba 
Turkiyaga tashrif buyurgan bo‘lsa, Turkiya Prezidentlari O‘zbekistonga 10 marta 
kelgan. O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlarida davlat 
va jamiyat hayotining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar muhokama 
etilib, aniq strategik maqsadlar asosida bitim va shartnomalar imzolanib
amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston

Turkiya hamkorligi Markaziy 
Osiyoda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi.
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling