Monografiya Имомов. Б
Ikki davlat o‘rtasida madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
§8. Ikki davlat o‘rtasida madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalar va uning natijasi O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikda madaniyat sohasi etakchi yo‘nalishlardan biri hisoblandi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamda ma’naviy-ma’rifiy, adabiyot va san’at sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratilib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 1991 yil 19 dekabrda imzolangan “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalarida hamkorlik to‘g‘risida”gi bitimga muvofiq ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, xokimliklari, ijodiy tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari yordamida o‘zbek va turk shoirlari, yozuvchilari, san’atkorlari, ijodkor yoshlari, jurnalistlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 1991 yil sentyabrda Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Forum” anjumanida O‘zbekistondan ham delegatsiya ishtirok etib, unda “O‘zbekiston–Turkiya” PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 110 jamiyatining Vise-prezidenti, professor A.Qosimov “O‘zbekistonda yuz berayotgan bugungi iqtisodiy va siyosiy jarayonlar” mavzusida ma’ruza qildi. 1992 yil 23 yanvarda Toshkentda Turk madaniy markazi ochildi. Shu yili 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Boku shahrida turkiy tilli davlatlar Madaniyat ishlari vazirligi vakillarining uchrashuvi bo‘lib, anjumanda turkiy tilli davlatlar Madaniyat vazirligining Kengashi ta’sis etildi. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston Respublikalari bu Kengashning a’zolari bo‘ldi. Turkiy tilli davlatlar Madaniyat vazirligining Kengashi har olti oyda ta’sischi davlatlarning birida navbat bilan yig‘ilish o‘tkazib turadigan bo‘lishdi. Kengash ishini muvofiqlashtirish, uning qarorlarini amalga oshirish maqsadida haqiqiy a’zo bo‘lgan davlatlar vakillaridan iborat doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi “Turksoy” (Turkiya davlatlar madaniyati va san’ati hamdo‘stligi) ijroiy qo‘mitasi tashkil etildi va kengashning “Turk dunyosi” jurnalini nashr etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Turkiya bilan O‘zbekistonning madaniy sohadagi aloqalarida Respublika xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan ikki davlatning madaniyat va san’at kunlarini tashkil etish, adabiyot va san’at namoyondalari ijodini targ‘ib etish va ularning yubileylarini o‘tkazish, shuningdek, Turkiya Respublikasi mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarini nishonlash tadbirlari olib borildi. Milliy assosiasiya tarkibida “O‘zbekiston–Turkiya” do‘stlik jamiyati 1991 yilda tashkil topib, “O‘zbekiston–Turkiya” jamiyatini tuzish bo‘yicha ta’sis majlisi 1991 yil 23 yanvar kuni o‘tkazildi. Jamiyat boshqaruvi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vise-prezidenti, akademik Ibrohim Iskandarov saylandi. Jamiyat tuzilgandan beri o‘z faoliyatini ikki xalq o‘rtasida do‘stlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida olib bormoqda. Turkiyadan kelgan qator delegasiyalar qabul qilindi, O‘zbekistonda bir qancha delegasiyalar Turkiyaga safar qildi. Xususan, “Turkiston” jurnalining bosh muharriri Ahad Andijon, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori Bilol Shamshir, “Chagri PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 111 limited Kompaniya” firmasining rahbari Tal’at Oltoyli, “Yangi forum” jurnalining bosh muharriri Oydin Yolchin kabilar shular jumlasidandir. Madaniy aloqalarni rivojlantirishda davlatlar o‘rtasida o‘zaro madaniyat kunlari, xalqaro festivallar va tanlovlar tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida madaniyat kunlarining o‘tkazilishi har bir xalqning o‘ziga xos madaniyatini tanishtirish hamda targ‘ib etish jarayonini yanada tezlashtirishga xizmat qiladi. Turkiya Respublikasining tashkil topgan kuni har yili O‘zbekistonda nishonlab kelinadi. 1992 yil 29 oktyabr kuni Turkiyaning milliy bayrami – Respublika kuni Milliy Assosiasiya tomonidan keng nishonlandi. 1993 yil 29 oktyabrda Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida Turkiya Respublikasi mustaqilligining 70 yilligini nishonlash tadbiri bo‘ldi. Yig‘ilishda hukumat a’zolari, ijodiy uyushma vakillari, Toshkentda yashovchi Turkiya fuqarolari ishtirok etishdi. Bundan tashqari bu bayram Urganch va Buxoro shaharlarida, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ham bo‘lib o‘tdi. 1993 yil noyabrda Turkiya Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Ota Turk nomli bolalar rasmlari ko‘rgazmasi” o‘tkazildi. Bu konkursda o‘zbekistonlik bolalar ham ishtirok etdi. 1993 yil 19 dekabr Anqarada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Turkiya Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniyat, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha davlatlararo Bitim imzoladi. Kelishuvda 1994–1995 yillar davomida davlat xalq cholg‘u ansambllari, teatr yoki sirk jamoalari (75 kishi), ashulla va raqs folklor guruhi (30 kishidan), 2-3 ta taniqli xalq klassik va zamonaviy musiqa ijrochilaridan jami 10 kishi o‘zaro ayriboshlash, teatrlashtirish yoki musiqiy sahnalashtirishni mahalliy ijodiy jamoa asosida amalga oshirishda ijodiy sahnalashtirish guruhlari yoki mutaxassislarni (rejissyorlar, rassomlar hammasi bo‘lib 3 kishi) 1 oy muddatga almashishni rag‘batlantish, O‘zbekiston va Turkiya milliy (davlat) kutubxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida shu sohada kutubxonachilarni almashish, 15 kun muddatga ikkita PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 112 mutaxassisni (bibliograf va kitobshunos) almashish, kitob ayriboshlashni, shu bilan birga o‘z xalqlari tarixi, madaniyati va san’atiga oid vaqtli matbuotni ayriboshlash, 15 kun muddatga muzey sohasidagi (muzeyshunos va ta’mirlovchi) 2 mutaxassisni almashish, 20 kun muddatga arxitektura yodgorliklarini ta’mirlovchi 2 mutaxassisni ayriboshlash, san’at va madaniyat fanlarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida hamkorlik qilish uchun 1 yildan 3 yilgacha muddatga stajyor (aspirant) almashish, San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti va Anqara universiteti bilan ilmiy seminar (simpozium) o‘tkazishga kelishildi. Shuningdek, hujjatda 1993 yili O‘zbekistonga xalq madaniyati mavzusida tadqiqot olib borish uchun bir mutaxassis yuborish, O‘zbekistonda xalq amaliy san’ati va an’anaviy gilam to‘qish ko‘rgazmasini ochish, Turkiyaga arxeologiya, san’at tarixi, muzey, tarixiy yodgorliklar restavrasiyasi sohasida tadqiqot olib borish uchun 3 nafar mutaxassisni yuborish, O‘zbekistonda Turkiya filmlari haftaligini o‘tkazish, “Doimiy Turk tili Qurultoyi”ga O‘zbekistondan olimlar va akademiklarni taklif qilish, Turkiyada Cho‘lponning she’rlarini nashr qilish, “Turk lahjalari lug‘ati”ni O‘zbekistonga yuborish, “Qutadg‘u bilig” asarining Toshkent nusxasini nashr qilish kabi tadbirlari belgilandi. Anqara shahrida 1993 yil 9-12 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “I- Xalqaro yoshlar va sport xalq o‘yinlari festivali”da O‘zbekiston vakillari ham qatnashdi. Shu yili 9 sentyabrda Istanbulda O‘zbekiston Respublikasiga bag‘ishlangan “Ipak yo‘li” jurnalining 4-soni turk va rus tillarida chop etilgani to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Turkiya Milliy kutubxonasi o‘rtasida tajriba almashish maqsadida o‘zaro aloqalar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi binosining katta majlislar zalida 1994 yil 28 sentyabrda “O‘zbekiston–Turkiya” do‘stlik jamiyati faollari, sharqshunos-turkshunos olimlar, tarixchilar, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti vakillari, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muhtor elchisi va elchixona xodimlari, turkiyalik talabalar ishtirokida anjuman bo‘ldi. Anjumanda o‘zbek va turk olimlari tomonidan Turon zaminida tug‘ilib o‘sgan, dunyo san’ati, madaniyati va ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 113 allomalarni hurmat bilan yodga oldilar. Masalan, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqalar shular jumlasidandir. Turkiyada O‘zbekiston madaniyatiga qiziqish kuchli bo‘lib, 1961 yildayoq Turkiy (xalqlar) madaniyatini o‘rganish instituti ochilgan va 1964 yildan e’tiboran nashr etilayotgan “Turk madaniyati” jurnalida o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari muntazam ravishda yoritilib borildi. O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida ham o‘zaro aloqalar yo‘lga quyildi. Masalan, O‘zbekiston Respubikasi Tashqi ishlar vazirligiga 1994 yil 2 iyunda 10/3008 raqamli nota olindi. Unda Turkiya Respublikasining Anqara shahriga qarashli Sherifli Kuchxisor shahar hokimligi O‘zbekistonning biror shahar hokimligi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan. O‘zbekona milliy urf- odatlari saqlanib qolgan, aholisining soni jihatidan va ishlab chiqarish tarmog‘ining mosligini hisobga olib, do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Turkiya Respublikasining Anqara shahriga qarashli Sherefli Kuchxisor shahar hokimligi bilan O‘zbekistonning Namangan viloyatiga qarashli Chust shahrini birodarlashtirish maqsadga muvofiq deb topildi. Madaniyat va san’at sohasidagi uzilgan aloqalar mustaqillik tufayli qaytadan jonlandi. Ayniqsa adabiyot namoyondalari, yozuvchi va shoirlar, nashriyotlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar chuqurlashib bordi. 1992 yilda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi targ‘ibot markazi Turkiyaning Turkiston tadqiqotlari jamg‘armasi bilan adabiy-badiiy aloqalar bo‘yicha bitim tuzilgandan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. Shunga ko‘ra bir qator ko‘zga ko‘ringan shoir va yozuvchilar Turkiya safarida bo‘ldi. O‘z navbatida bir guruh Turkiyalik ijodkorlar ham O‘zbekistonda bo‘ldi. 1993 yili bir qator o‘zbek yozuvchi va shoirlari kitoblari tarjimon Axsen Botur tomonidan turkchaga tarjima qilindi. Masalan, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek vasiyati”, “Ko‘xna dunyo”, Shukrullonining “Kafansiz ko‘milganlar”, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarlarini tarjima qilinib, “ART” shirkati tomonidan nashr etildi. Bular evaziga muallif Alisher Navoiy nomli Davlat mukofotiga tavsiya etildi. Kamol Eraslan o‘zbek shoirlari A.Yassaviy, A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab asarlarini turkcha nashri va tadqiqot PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 114 turkum ishlari uchun 1993 yilda O‘zbekistonning A.Navoiy nomli Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turkiyada H.Olimjon, Zulfiya, O‘.Umarbekov, E.Vohidov, H.Sharipov kabi ijodkorlarga ham katta qiziqish bilan e’tibor qaratilib, ularning asarlari turk tilida chop etildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq madaniy meroslarni muhofaza qilinishini o‘rganish va ommabopligini ta’minlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Xususan, 1996 yili tashkil topgan “Oltin meros” xalqaro hayriya jamg‘armasi bu borada katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning bo‘limlari Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir shaharlarida ochildi. “Oltin meros” kutubxonasi tomonidan Turkiyada “O‘zbekiston Sayyohlik yo‘lnomasi” kitobini nashr ettirdi. Kitobda O‘zbekistonning tarixi, milliy ramzlari, mustaqillik davri islohotlari, urf-odatlari, qadimiy obidalar va muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekistondan M.Murodov va turkiyalik ijodkorlar Yashar Kalofat, Javdat Turkko‘r o‘g‘li hamkorlikda “Turk xalq ishonchlari”, “O‘zbekiston– Anado‘li xalq e’tiqodlari” nomli 5 jildlik asarini nashr ettirdi. O‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti namoyondalari ijodi bilan turk o‘quvchilarini tanishtirishda Turkiyada katta nufuzga ega bo‘lgan “Turkiya” gazetasi bir qancha hayrli ishlarni amalga oshirdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbeklar ham, turk yozma adabiyoti namunalari bilan qiziqib kelgan. Turkiyada yaratilgan arab, fors va turk tillaridagi bir qancha qo‘lyozma asarlar O‘zbekiston FA Abu Rayxon Beruniy tomonidan Sharqshunoslik institutida saqlanib keldi. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘zni Turkiyada nishonlash tadbirlari yo‘lga quyildi. Navro‘z bayrami Turkiyada turk davlatining milliy bayrami sifatida 1995 yil 21 mart oyida birinchi marotaba nishonlandi. Shu munosabat bilan Turkiyaga turkzabon mamlakatlardan har biri o‘ttiz kishilik ijodiy-san’atkorlar guruhi taklif etildi. O‘zbekistonlik san’atkorlar ham shu yilning 17 mart kuni Istanbul orqali Anqaraga bordi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 115 Turkiya Respublikasining taklifiga binoan 1996 yil 19-27 martda O‘zbekistondan 20 nafar adabiyot, san’at va sport namoyondalari “Navro‘z” bayrami tantanalarida qatnashdi. “Mukarram” ansambli tomonidan maxsus konsert dasturi tayyorlanib, Toshkentda o‘zbek san’atkorlari tomonidan Turkiyaning bir necha shahrida namoyish etilgan “Qishloqda Navro‘z” deb nomlangan teatrlashgan tomoshalar katta olqishlarga sazovor bo‘ldi. Aholining madaniy dam olishini mazmunli o‘tkazishda istirohat bog‘larining o‘rni katta. Bu turdagi madaniy dam olish maskanlarini qayta rekonstruksiya qilish, yangidan barpo etish yuzasidan qator ishlar olib borildi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan ham yaqindan aloqalar olib borilib, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, istirohat bog‘lari tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Turkiyaning “Ay-sel” firmasi bilan hamkorlikda “Disneylend” ko‘ngilochar o‘yin majmuasini barpo etdi. Majmua uch qismdan, ya’ni Toshkent atraksionlar, “Akvapark”dan iborat bo‘ldi. Majmuada 4 ta turk restoranlari ishlab turgan bo‘lib, bularning bari Turkiyaning “Yuksel” kompaniyasining “Ay-sel” firmasi tomonidan bunyod etildi. 1995 yil iyulda Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutini tashkil qilish bo‘yicha ta’sis konferensiyasi ochildi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Koreya Respublikasi, Eron, Turkiya, Fransiya, Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston vakillari ishtirok etdi. 1998 yil 26 martda Turkiyaning Anqara shahrida “Rasm va haykal” muzeyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning turk tilida chop etilgan “Islohotlar va barqarorlik” kitobining ham taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Kitobga turkiyaliklar katta qiziqish bilan qarab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar bilan tanishishdi. 1998 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston Madaniyat vazirligida Turkiya Buyuk Millat Majlisi madaniyat, san’at va ommaviy axborot Kengashi hay’ati a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 116 O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynaydi. Davriy nashrlar, radio va televideniyada doimiy ravishda ikki davlat hamkorligining turli qirralari yoritilib, voqea-hodisalar tahlil qilib borildi. O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasida axborot almashtirish ishlari 1991 yil dekabrda yo‘lga quyilib, “O‘zbekiston Respublikasi televideniya va radio eshittirish Davlat komiteti bilan Turkiya Respublikasi radio va televideniya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” imzolandi. 1992 yil sentyabrdan Turkiya televideniyasining “Evroosiyo” dasturi O‘zbekiston televideniyasi orqali namoyish etila boshlandi. Bu esa o‘zbek xalqining turk xalqi tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishishiga imkon yaratdi. Shu tariqa ikki mamlakat o‘rtasida matbuot manbalarini almashish yo‘lga qo‘yilib, Turkiyadan ko‘plab matbuot manbalari olindi va o‘z o‘rnida Turkiyaga matbuot manbalari yuborilib turildi. O‘zbekiston teleradiokompaniyasining Turkiya fuqarolari uchun turk tilida eshittirishlar bo‘limi tashkil etildi. 1993 yil 4 aprelda Toshkent telemarkazi birinchi marotaba sun’iy yuldosh aloqasi orqali Turkiyaga bevosita telesignal ko‘rsatuvini amalga oshirdi. Turk tomoshabinlari birinchi marta Turkiya Respublikasi Prezidenti Turg‘ut O‘zol boshchiligidagi rasmiy davlat delegasiyasining Toshkentga kelganligi haqidagi teledasturni O‘zbekiston aholisi bilan bir vaqtda tomosha qilindi. 1995 yil Turkiyaning “Netali” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda “internet” tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik abonentlarning elektron pochta ma’lumotlar tizimidan foydalanish imkonini yaratishga harakat qilindi. Shuningdek, 1996 yil 5-8 iyunda O‘zbekiston va Turkiya aloqa vazirliklari Toshkent telefon tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish to‘g‘risida muzokora olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi va Turkiyaning “Rumeli telekom” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. 2000 yil boshlarida O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar kengashida ishtirokini cheklangan holda olib bordi va TURKSOY tashkilotida faoliyatini tamoman to‘xtatdi. Bu holat madaniy aloqalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2002 yilda Turkiya Respublikasida hokimiyat tepasiga liberal islomiy Adolat va Taraqqiyot partiya keldi. Partiya olib borgan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 117 islohotlar natijasida turk xalqini tashqi dunyo bilan yanada yaqinlashtirdi. Bu esa o‘z navbatida Turkiyaning tashqi siyosatida madaniy diplomatiyaning mustahkamlanishiga olib keldi. 2007 yilda Islom Konferensiyasi tashkiloti tarkibiga kiruvchi Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro Islom tashkiloti (ISESCO) Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qildi. Aynan Turkiya rahnamoligada O‘zbekiston Islom Konferensiyasi tashkilotiga a’zo bo‘lgan edi. Tashkilot doirasida Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi ko‘plab loyihalar amalga oshirilgan. 2007 yilning 14-15 avgustda Toshkent va Samarqandda “O‘zbekistonning islom sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning islom madaniyati va ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, yodgorliklarini asrash tadbirlarini ilmiy tahlil hamda targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada 20 dan ziyod xorijiy davlat vakillari bilan birga Turkiya vakillari ham faol ishtirok etdi. 2008 yil mayda Turkiya davlat teleradikorparasiyasi “TRT–2” kanalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan uchta ko‘rsatuvi bo‘ldi. Birinchi ikkita ko‘rsatuv “Dost Eli” dasturi orqali may oyining o‘rtalarida efirga uzatilgan edi. Shuningdek, ko‘rsatuvda “Evroosiyo” uyushmasi raisi va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Kemal Asiya, O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Ko‘rsatuv jahonning 110 mamlakatiga uzatildi. Shu bilan birga 2008 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonga “TRT” televideniyasi tomonidan tayyorlangan qator lavha va intervyular ham namoyish etildi. Dastur davomida O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, Toshkentning 2200 yilligi tadbirlari, “Yoshlar yili” davlat dasturi, mamlakatimizning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi bir nechta lavhalar namoyish etildi. Turkiy tilli davlatlari madaniy aloqalarni targ‘ibot va tashviqoti uchun 2009 yil 21 mart oyidan TRT “Avaz” telekanali boshqa turkiy tillar qatori o‘zbek tilida ham olib borildi. Shuningdek, O‘zbekistonda Turkiya madaniyatiga qiziqish bu yillarda ancha ortdi. Radio va televideniyada turk estradasi musiqalari, kinofilm va PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 118 teleseriallari anchagina mashhur bo‘ldi. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va TIKA agentligi tashabbusi bilan taniqli turk xonandalari va san’atkorlarining O‘zbekistonga tashrifi bir necha marta uyushtirildi. 2011 yilda O‘zbekiston telekanallarida turkiyalik ishbilarmonlarining korrupsion faoliyati va diniy mazmundagi adabiyotlarni ish idoralaridan topilishi yuzasidan maxsus ko‘rsatuvlar efirga berilgan edi. Turkiyalik tadbirkorlar faoliyati taftish qilinishi ortidan Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sovuqchilik tushdi. Shu yilning o‘zida oktyabr oyida Turkiya parlamenti O‘zbekistonni “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar” 15 ta davlat ro‘yxatiga qo‘shdi. Siyosiy omillar madaniy aloqalarga negativ ta’sir qildi. O‘zbekiston telekanallari teledasturlaridan barcha turk teleseriallari namoyishi olib tashlandi. 2012 va 2014 yillarda O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Tashqi Ishlar vazirlari A.Komilov va A.Dovudo‘g‘li bilan, 2014 yil Sochi shahrida qishki olimpiada o‘yinlari ochilish marosimida O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari I.Karimov va R.Erdo‘g‘anning uchrashuvlari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni, hususan madaniy aloqalarni jonlanishiga sabab bo‘ldi. Natijada, Turkiya bilan aloqalarni jonlanishi ortidan madaniy hamkorlik yuzasidan Turkiya Madaniyat va Turizm vazirligi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi o‘rtasida turli hamkorlik rejalari tuzildi. Bu kabi tadbirlar anchadan beri o‘tkazilmayotganligini hisobga olsak, madaniy sohalarda aloqalarni yanada mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatdi. Darhaqiqat, keyingi yillarda davlatlar o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga doir islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 119 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Xususan qo‘mita tomonidan O‘zbekiston va Turkiya davlatlarida madaniyat kunlarini o‘tkazish, madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash ishlarida o‘zaro ko‘maklashish, teatr sohasida gastrol safarlarini joriy etish, muzey va madaniy meros ob’ektlari (noyob san’at asari va eksponatlarini ta’mirlovchi) mutaxassislarini malakasini oshirish, master-klasslar tashkil qilish, ikki davlatning madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish, grantlar jalb etish, turizmni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda hunarmandlar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni dunyoga targ‘ib qilish va turistlarga sotish, O‘zbekistonda “baxshi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “jirov” va Turkiya davlatida “o‘zan” deb nomlanadigan baxshichilik san’at turida hamkorlik festivallarini tashkil etish hamda boshqa madaniyat yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik memorandumlarni ishlab chiqish kabi ustuvor va istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. 2018 yil Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida turkiy davlatlar rahbarlari uchrashgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil qadim Xiva shahrini “Turk Dunyosi madaniy poytaxti” sifatida nomzodi qo‘yilganligini aytgan edi. TURKSOY bosh kotibi Do‘sen Kaseinov fikricha, o‘zbek milliy madaniyati, urf-odatlarini dunyoga taratishda TURKSOY yangi yaxshi tashkilotdir. Bu O‘zbekistonning TURKSOY tashkiloti bilan yana san’at va madaniy sohada hamkorlikni qaytadan yo‘lga qo‘yganidan dalolat beradi. Madaniy hamkorlik doirasida 2018 yilda Turkiyaning To‘pqopi saroy muzeyida saqlanayotgan o‘rta asrlarga tegishli 170 dan ortiq toshbosma miniatura asarlarini Kamoliddin Behzod sharq miniaturalar san’ati muzeyiga taqdim qilindi. Turkiya mediasining vakillari 2018 yil 7-12 may kunlari O‘zbekistonda bo‘ldilar. Turkiyadan jurnalistlar, OAV vakillari va shu sohada dunyoning 14 ta PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 120 mamlakatidan Turkiyaga borib o‘qiyotgan talabalar ham O‘zbekistonda keldilar. Shu yilning 7-12 may kunlari Toshkent-Samarqand-Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan X- “Kelajak ila rishta” amaliy mashg‘ulotida Turkiya Respublikasining televideniya va radio oliy tashkiloti rahbari Ilhan Erlikaya, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Matbuot va axborot bosh boshqarmasi vakillari – Qo‘llab- quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Tunchay Karabulut va Strategik rivojlantirish boshqarmasi Ramazon Kayunchigil, bosh boshqarma huquqshunosi Selami Bilgin ham ishtirok etdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston– Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, media sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston jahon tillari universitetida turk tili, xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tajriba almashishdan iborat edi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on 2018 yil 29 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi davlatlar o‘rtasida madaniy aloqalarning yangi pog‘onaga ko‘tarilishida muhim qadam bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. 2016 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan R.T.Erdog‘onni “Qardoshlik faqat so‘zda emas, hamkorlikda, amalga oshiriladigan ishlarda ko‘rsatish vaqti keldi” degan so‘zlari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajada chiqqanligi bilan hozirda o‘z isbotini topmoqda. Rejep Erdo‘g‘on O‘zbekistonni “Ota yurtimiz, ko‘z qorachig‘imiz” degan so‘zlar bilan e’zozlab, o‘zbek adabiyoti namoyondalari ijodiga yuqori baho beradi. Cho‘lponga “xalqni uyg‘otgan shoir” sifatida ta’rif berib, uning “To‘fon” she’ridagi vatanparvarlik ruhi qardosh turk xalqining qalbiga salkam bir asrdan buyon saqlanib kelayotganini ta’kidlaydi. Turkiya Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on O‘zbekistonning qahramon shoirlari – Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidalaridan parchalarni ta’sirli PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 121 qilib o‘qidi. Turkiya rahbarining o‘zbek xalq shoirlari she’rlarini o‘z ma’ruzasida keltirib o‘tganligi, uning o‘zbekistonlik adabiyot namoyondalariga nisbatan o‘zaro hurmati baland ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida madaniy sohalarda o‘zaro munosabatlar keng ko‘lamda rivojlanib, ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va san’at kunlari, milliy bayramlarni o‘tkazish, hamda “O‘zbekiston– Turkiya” do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalar, festivallar, tanlovlar va xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish odat tusiga kirib bordi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari hamkorlik aloqalarini targ‘ib etishda davriy nashrlar, radio, televideniya, ommaviy axborot vositalari va media sohalarida o‘zaro tajriba almashishlar soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling