Monografiya Имомов. Б


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.


§2.3. O‘zbekiston va Turkiya 
kompaniyalarining turizm infratuzilmasini 
yaxshilash va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini 
tashkil etish bo‘yicha hamkorligi 
 
Turizm – iqtisodiyotni muhim tarmoqlaridan 
biri hisoblanadi. Har bir insonda dunyoni ko‘rish, boshqa mamlakatlar va xalqlar 
hayoti, turmush-tarzi bilan tanishish istak-xohishi mavjud. Ayniqsa, hozirgi 
globallashuv davrida insonlarni turizmga moyilligi yanada kuchaydi. Turizmning 
ma’rifiy-ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatidan tashqari ushbu soha davlatning 
iqtisodiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, davlatimiz 
rahbari 2018 yil fevral oyida ushbu soha vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


82 
O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga 
ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq 
va samarali foydalanilmadi, turizm rivoji uchun 
qulay 
iqtisodiy 
va tashkiliy-huquqiy 
shart-
sharoitlar yaratilmadi, hamma o‘z bilganicha 
faoliyat yuritib keldi” deb ta’kidlagan edi. 
Darhaqiqat, O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. 
Chunki, bu zaminda butun dunyoga mashhur va ma’lum bo‘lgan ajdodlarimiz 
mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro 
maydonda qiziqish juda ham katta.
Mustaqillik yillarida dastavval turizm rivojlanishining institusional va 
me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi 447-sonli Farmoniga muvofiq 
“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. 1999 yil 29 avgustda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni, 1999 yil 15 
apreldagi “2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish 
davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2003 yil 17 yanvardagi 33-sonli ushbu 
qarorni qisman o‘zgartirish to‘g‘risidagi, “O‘zbekiston Respublikasida 2010 
yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni 
jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
1992 yilda Turkiya firmalari Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlarida 
turizmini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni taklif qilib chiqdi. Turkiyada 
sayyohlik tarmog‘iga “Mo‘risiz sanoat” deb qarab, bu sohada jahonda 6-o‘rinni 
egallaydi. Bugungi kunga kelib, Turkiya bir yilda 36 million sayyohni qabul qiladi 
va ushbu sohadan 34 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladi. Mamlakatda 
sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lidan borildi. 
Turizmni rivojlantirish masalasida ham Turkiya idoralari hamda xususiy 
sektori O‘zbekiston bilan ma’lumot va tajriba almashib keldi. Turkiya 
kompaniyalari O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona 
majmualari qurish, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va soha 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


83 
uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqdi. O‘zbekiston 
fuqarolari uchun 2007 yildan buyon Turkiyaga vizasiz kirish tartibi joriy qilingan. 
O‘zbekistonda 
vizasiz 
rejim 
qarori 
imzolanmasidan avval, 2016 yilda taxminan 40 
ming, 2017 yilda esa 50 ming nafarga yaqin 
turkiyaliklar O‘zbekistonga keldi. Ikki yillik o‘sish 
sur’ati 22 foizdan ortiqni tashkil etdi. 
Masalan, 1993 yil 92 ming nafar, 2007 yilda 
1 million nafar sayyoh O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, 2017 yilda O‘zbekistonga 
qariyb 2 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi. O‘zbekistonda sayyohlar soni 
2018 yilda 2 million 520 ming nafarni tashkil etdi hamda mamlakatning turizm 
xizmatlari eksporti 24 foizga oshib, 1 millard 557 million AQSh dollariga 
etkazildi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqori bo‘lishiga 
qaramay, hali turizm imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani, sohada echimini 
kutayotgan muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Sohani yanada 
rivojlantirish uchun, avvalo zarur infratuzilmani takomillashtirish talab etiladi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2016 
yil 

dekabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz 
iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Farmonda belgilab berilgan 
maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi 
tashkil etildi. 
Bulardan tashqari, hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada 
takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari 
hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha 
o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


84 
O‘tgan davr mobaynida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash
yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini 
keng targ‘ib qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va 
Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu- tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har 
birining hududi 10 gektardan iborat “Qadimiy 
Buxoro” va “Samarqand siti” turizm hududlarini 
barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. 
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 
xukumatimiz 
tomonidan 
2016–2018 
yillar 
davomida 
O‘zbekiston 
turizm 
salohiyatini 
kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018–2019 
yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Unga ko‘ra, 
2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar echimiga bag‘ishlangan 
alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash hamda sohada olib 
borilayotgan 
ishlarni 
idoralararo 
muvofiqlashtirish 
maqsadida 
turizmni 
rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. 
2017 yil 25 mayda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IV Hukumatlararo 
komissiya yig‘ilishida Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji 
ikki davlatning turizm sohasidagi Hamkorlik memorandumini imzolash, madaniyat 
sohasidagi hamkorlikka doir hujjatni yangilash, turizm sohasida qo‘shma iqtisodiy 
komissiya tuzish, turizm ta’limi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, 
mehmonxona menejmenti bo‘yicha masofadan ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda 
zarur qo‘llanmalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. 
2017 yil oktyabrda Turkiyaning “APEAS Engineering & Construction” 
kompaniyasi bosh direktori boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif 
buyurdi. Ushbu tashrifning maqsadi – Samarqandda qiymati 20 mln. AQSh dollari 
bo‘lgan, 130 ta xonaga mo‘ljallangan mehmonxona majmuasini qurish bo‘yicha 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


85 
muzokaralar o‘tkazishdan iborat edi. Turkiyalik davlat arbobi, ikki bor Turkiya 
Buyuk Millat Majlisi (Parlamenti) deputati bo‘lgan Sodiq Badak, O‘zbekiston 
Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning 
turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib 
tayinlandi. Shu kabi loyihalarni amalga oshirmay 
turib, turizmni rivojlantirib bo‘lmaydi. Holbuki, 
ziyorat turizmi borasida O‘zbekistonda imkoniyatlar 
juda katta.
2017 yil oktyabr oyining o‘rtalarida Turkiyaning etakchi ommaviy axborot 
vositalari vakillaridan iborat delegasiya O‘zbekistonga ijodiy safar uyushtirdi. 
Tashrif mobaynida mehmonlar qadimiy Samarqandda bo‘lib, Imom al-Buxoriy va 
Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, shuningdek, boshqa 
diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi va tasvirga olish ishlarini amalga oshirdi. 
Ularga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi 
A.Abduhakimov bilan bo‘lgan suhbat davomida esa Turizmni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi 
raisi 
mehmonxona 
majmualarini 
qurish 
va 
boshqa 
turizm 
infratuzilmacini rivojlantirishga tayyor investorlar uchun shart-sharoit va 
imkoniyatlarni yaratish masalasiga hamda “Qadimgi Buxoro” va “Samarqand Citi” 
turizm zonalarida tadbirkorlar uchun taqdim etiladigan shart-sharoitlar va soliq 
imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 
2017 yil 23-29 oktyabr kunlari Turkiyaning Antalya shahrida O‘zbekiston 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari hamda mamlakatimizdagi 
xususiy 
mehmonxona biznesi 
vakillari 
uchun 
“Professional 
faoliyatga 
tayyorgarlik” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Turizm sohasi xodimlarini malakasini 
oshirish hamda qayta tayyorlash Respublika markazi bilan Antaliya turizm 
akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu memorandum ikki 
tomonlama ta’lim hamkorligi, o‘qituvchi va talaba almashinuvi, turizm sohasi 
vakillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish borasida ko‘maklashish kabi 
masalalarni o‘z ichiga oldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


86 
Hozirgi kunda har ikki davlatlar oldida ham ko‘plab aviaqatnovlarni yo‘lga 
qo‘yish va sayyohlar almashinuvini kengaytirish kabi muhim vazifalar turibdi. 
Shuningdek, turizmni rivojlantirishda mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan sayyohlik 
ko‘rgazma va anjumanlarni ko‘plab o‘tqazish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Parij, Madrid, Riga, Berlin, 
Tokio, London, Moskva va xususan Istanbul kabi yirik xorijiy turistik shaharlarda 
xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etib keldi. Bu albatta o‘z samarasini berib, birgina 
2017 yil Turkiyadan O‘zbekistonga 50 ming nafar kishi turist sifatida keldi. 
O‘zbekistonda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk 
qadamjolar ko‘p. Bugungi kunda turizm sohasi oldida O‘zbekiston turizm brendini 
xorijda targ‘ib etish, investisiya, savdo va turizm salohiyatini o‘zaro 
muvofiqlashtirish, O‘zbekiston turizm salohiyatini OAV orqali kecha-yu kunduz 
targ‘ib qiluvchi, sayohatga oid ko‘rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro 
telekanal tashkil etish, xorijiy davlatlardagi elchilar milliy qadriyatlarning 
targ‘ibotchilari bo‘lishi lozimligi kabi vazifalar mavjud edi. Turkiya davlati bilan 
vizasiz rejimni joriy qilgani, bu davlatlarning o‘zaro ishonch va manfaatga 
yo‘g‘rilgan aloqalarini bundan keyin ham jadal rivojlanishida muhim ahamiyat 
kasb etdi.
2018 yil fevral oyida shu sohaga doir 4 ta muhim hujjat qabul qilindi. 
Xususan 2018 yilning 10 fevralidan boshlab Yaponiya, Singapur, Malayziya, 
Indoneziya, Isroil va Turkiyadan kelayotgan turistlarga 30 kungacha vizasiz 
yurishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish 
tartibi soddalashtirildi. 2018 yil 1 iyulidan elektron vizalar joriy qilindi. Ziyorat 
turizmi bo‘yicha din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ziyorat turizmini qo‘llab-
quvvatlash bo‘limi tashkil etildi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 
turizm sohasida o‘zaro hamkorlik qilinayotganligi, ushbu salohiyatdan to‘liq 
foydalanilayotganligi va turistlarni mamlakatga keng jalb qilish bo‘yicha ko‘plab 
loyihalarni amalga oshirishi kabi sa’yi-harakatlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti 
rivojiga turtki bo‘ldi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


87 
2018 yilning 16 martidan “Turk havo yo‘llari” Istanbul–Samarqand 
aviaqatnovini yo‘lga quydi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy 
aviakompaniyasida ikki mamlakat orasidagi haftalik parvozlar soni jami 20 tadan 
oshdi. Mazkur parvozlar sonini ko‘paytirish, parvozlar amalga oshiriladigan 
shaharlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shundan kelib 
chiqib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar 
qo‘yildi. Shunga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy 
etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo‘lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa 
vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi. Chet el 
tajribasini o‘rganish asosida “Qarshi” aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy 
qilinib, sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘z o‘rnida 
turizm sohasini yanada rivojlanishida hamda sayyohlar sonini yanada ortishiga 
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk 
Millat Majlisi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018 
yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi, ya’ni “Yo‘l xaritasi” doirasida 
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi o‘z faoliyatida yurtimizga 
sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha 
manzilli tadbirlarni o‘tkazishga e’tibor qaratdi. Shu maqsadda, 2018 yilda 
Turkiyaning Anqara shahrida “O‘zbekiston xazinalari yuzaga chiqmoqda” deb 
nomlangan 
anjumanda 
O‘zbekistonning 
boy 
tarixiy-madaniy 
merosi, 
ziyoratgohlar, me’moriy obidalar va tarixiy yodgorliklari haqida fikrlar bildirildi. 
Tadbirda Turkiyaning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari, xususan, 
parlament a’zolari, bosh vazir huzuridagi diyonat ishlari boshqarmasi, Madaniyat 
va turizm vazirligi mutasaddilari, etakchi turistik kompaniyalar hamda 
O‘zbekistondan kelgan sayyohlik tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda 
O‘zbekistonning jahon turizm bozorida hali keng qamrovda kashf etilmagan 
ziyoratgohlari, mehmondo‘st xalqi va havfsiz-osoyishta muhiti sayyohlarni jalb 
etishda muhim rol o‘ynashi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Turkiya fuqarolarini 
islom olamining yorqin namoyondalari sanalgan Imom Buhoriy, Imom At-
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


88 
Termiziy, Bahovuddin Naqshband va “Etti pir” silsilasiga kiruvchi boshqa qator 
taniqli ulamolarning maqbaralarini ziyorat qilish qiziqtirib kelgan. Binobarin, 100–
150 yil muqaddam turklar Makka va Madinaga 
borish uchun avvalo Buxorodagi qadamjolarni 
ziyorat qilishni ezgu amal, deb bilishgan. 
2018 yil aprel oyida Turkiya Prezidenti 
R.T.Erdo‘g‘onning 
O‘zbekistonga 
rasmiy 
tashrifi doirasida Turkiya delegasiyasi tarkibida 
Turkiya Diyonat Ishlari vaziri Ali Erbash O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish 
qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomon islom 
dunyosi rivojiga hissa qo‘shgan olimlarning tarixiy merosi va muqaddas 
qadamjoylarga ziyoratchilarni tashrifi kabi bir qancha hamkorlik o‘rnatildi. 
Bundan tashqari, islom olamida vayurtimizda nom qozongan alloma va 
avliyolarning mavzoleylari va ziyoratgoh majmualarni rekonstruksiya va 
restavrasiya qilish ishlarida “TIKA” agentligining ko‘magini alohida e’tirof etish 
mumkin. 
2018 yilning ilk uch oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadan 
O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni jihatidan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. 2017 
yil mart oyida O‘zbekistonga kelgan turkiyalik sayyohlar soni 2 ming kishi 
atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yili ushbu raqam 6 mingga etdi, yil davomida esa 74 
mingdan ziyodni tashkil etdi.
Qayd etish kerakki, mamlakatimizga Turkiyadan tashrif buyuruvchilar soni 
jadal ko‘payib bormoqda. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 
birinchi choragida Turkiya uzoq chet davlatlardan O‘zbekistonga tashrif 
buyuruvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Yurtimizga kelgan 
xorijliklarni 10 % dan ortig‘i aynan shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi. 
Ma’lumki, O‘zbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddat vizasiz 
rejim joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilingani turizm sohasidagi ikki tomonlama 
hamkorlikka sezilarli turtki bergan tarixiy qadam bo‘ldi. 2017 yilning 21 oktyabr 
kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiya Respublikasi fuqarolari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


89 
uchun vizaga oid jarayonlarni soddalashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3347 sonli qarori 
imzolandi. Ushbu hujjat vizalarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirib, 
shuningdek, 
mamlakatimizga 
sayyohlik 
va 
ishbilarmonlik 
maqsadlarida 
kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun qulayliklar yaratib, ularga beriladigan bir 
yilgacha bo‘lgan muddat uchun ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning xorijdagi 
idoralarida 3 ish kunida rasmiylashtirib beriladigan bo‘ldi. Bu o‘z navbatida ikki 
mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investisiya va turizm sohalarida yangi 
imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 26 oktyabrda 
Turkiyaga davlat tashrifi yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on bilan 
hamkorlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida ham O‘zbekistonda turizmni 
rivojlantirish borasidagi o‘zaro hamkorlik masalasiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston 
va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
O‘zbekiston vakillari ko‘plab turk ishbilarmonlari, sarmoyadorlari, turizm 
biznesining yirik vakillari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan uchrashuvlar 
o‘tkazildi. Xususan, Turkiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (TÜRSAB) vakillari 
bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat sayyohlik agentliklari o‘rtasida 
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. (TÜRSAB) 
sayyohlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish 
davlat qo‘mitasi o‘zining sayyohlik agentliklari bilan birgalikda Travel Turkiy 
Izmir (2017 yil 7-10 dekabr) va EMITT Istanbul (2018 yil 25-28 yanvar) xalqaro 
turizm ko‘rgazmalarida qatnashish uchun taklif qilindi. 
O‘zbekistonda tog‘-chang‘i sportini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar 
ishlab chiqilayotganligi sababli, delegasiya vakillari o‘zaro tajriba almashish 
maqsadida Turkiyaning Bursa shahriga, dunyoga mashhur Uludag‘ tog‘-chang‘i 
turizmi majmuasida bo‘lishdi va Bursa hokimi, mahalliy turizm idorasi rahbarlari 
bilan, shuningdek, dunyodagi eng yirik “Bursa Teleferik” kabinali arqon yo‘lini 
bunyod etgan “Teleferik Holding” shirkati rahbarlari bilan uchrashishdi. 
Turkiyadagi “GAD” kompaniyasi rahbariyati bilan brend, me’morlik va dizayn 
echimlarini ishlab chiqish, tog‘ turizmining istiqbolli rivoji, Chimyon-Chorvoq 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


90 
tog‘-turistik zonasida muhandislik ishlarini o‘tkazish va keng ko‘lamli sayyohlik 
infratuzilmasini qurish masalalari muhokama qilindi. 
Ta’kidlash joizki, turizm davlat ahamiyatiga molik soha hisoblanganligi 
uchun bir qator davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, 2018 yilning 
1 martida Xalqaro press-klubning “O‘zbekistonga xush kelibsiz: turizm – 
mamlakatning yangi brendi” mavzusidagi navbatdagi sessiyasi bo‘lib, unda 
erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari 
muhokama qilindi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish 
davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, diplomatik 
korpus vakillari, etakchi turoperator hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, 
ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. 
O‘zbekiston o‘zining tarixiy shaharlari, obida va ziyoratgohlari, qolaversa, 
tabiiy iqlimi, mazali meva-sabzavotlari va taomlari bilan alohida ajralib turadi. 
Albatta, turistlarni jalb qilishda bularning o‘zi etarli emas.
Shu o‘rinda turizm sohasini rivojlantirishda bir qator muammolar 
mavjudligini aytishimiz mumkin: 
- Aviachipta narxlarining qimmatligi va aviareyslari sonining kamligi; 
- Mehmonxonalar sonining kamligi va ayrimlari jahon standartlariga javob 
bermasligi; 
- Ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolar va sayyohlik maskanlarida turistlar uchun 
etarli shart-sharoitlar talab darajasida tashkil etilmaganligi; 
- Sayyohlik maskanlari, tarixiy qadamjolar, muzeylar haqida ma’lumot beruvchi 
internet saytlarning kamligi; 
- Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarni etarli darajada kadrlar bilan 
ta’minlanmaganligi; 
- O‘zbekistonda gastronomik, tibbiyot, etnoturizm, ekoturizm, agroturizm, ziyorat 
turizm kabi yangi yo‘nalishlari etarli darajada tashkil etilmayotganligi. 
Bu kabi muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish, mamlakatda sayyohlik 
tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


91 
Bugungi kunda O‘zbekistonda 500 dan ortiq mehmonxona va kempinglar 
sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan 
davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Navoiy shaharlari aeroportlari 
modernizasiya qilindi va bugungi kunda O‘zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport 
faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Milliy aviyakompaniyasi zamonaviy “Eyrbas” va 
“Boing” avialaynerlari bilan ta’minlangan. Toshkent–Samarqand, Toshkent–
Qarshi, 
Toshkent–Buxoro 
yo‘nalishlari 
bo‘ylab 
Ispaniyaning 
“Talgo” 
kompaniyasida 
ishlab 
chiqarilgan, 
yuqori 
tezlikda 
harakatlanadigan 
elektropoezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
aynan “Afrosiyob” poezdi harakatlana boshlaganidan buyon O‘zbekistonda chet 
ellik sayyohlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. O‘zbekistonda sayyohlar soni 2018 
yilda 2016 yildagiga nisbatan 24,3 foizga ortib, 2 million 520 ming nafarni tashkil 
etdi. 
O‘zbekistonning sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi firma va 
kompaniyalari dunyoning turli hududlarida o‘tkazilayotgan sayyohlik yarmarka va 
festivallarida muntazam ishtirok etib keladi. 2018 yil aprelda Turkiyaning 
Kappadokiya shahrida xalqaro sayyohlik festivali ochildi. Unda yigirmaga yaqin 
mamlakat, shu jumladan, O‘zbekistondan ham yuzga yaqin sayyohlik firma va 
kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Mazkur festival O‘zbekistonda sayyohlik 
sohasini yanada takomillashtirish va chet ellik sheriklar bilan bevosita aloqalarni 
kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Sohani O‘zbekistonda yanada rivojlantirish maqsadida turizm hududlari va 
tog‘ turizmi klasterlari tashkil etildi. Ushbu jarayonda nafaqat markazlar, balki 
chekka va tog‘li hududlarda ham turizm zonalarini tashkil qilish bo‘yicha jami 450 
ga yaqin loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Jumladan, 50 dan ortiq 
mehmonxonalar qurish, mavjudlarini qayta ta’mirlash, 100 ga yaqin umumiy 
ovqatlanish ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlar olib borildi. 
Zero, O‘zbekistonda 4 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda 
betakror me’morchilik namunalari, qo‘riqxonalar, milliy madaniyat, san’at va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


92 
hunarmandchilikning ko‘p asrlik an’analari mavjudligi turizm rivojida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida turizm 
salohiyatidan unumli foydalanilmadi. Keyingi ikki yilda turizm sohasini 
rivojlantirishga davlat iqtisodiyotining eng muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor 
qaratdi. O‘zbekistonda turizm sohasini yo‘lga qo‘yishda Turkiya firma va 
kompaniyalari yaqindan yordam berdi va o‘zaro turizm tajribasi o‘rganildi. Bu 
borada ayniqsa, sayyohlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan turli xalqaro 
anjumanlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘ldi. O‘zbekiston Turkiya shaharlarida 
turizm sohasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarlar va ko‘rgazmalarning asosiy 
ishtirokchisiga aylandi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling