Biologiya fani malakasini oshirish kursi tinglovchisi


Download 42.67 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi42.67 Kb.
#136256
Bog'liq
BMI namuna



O’zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi Vazirligi

Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi
Himoyaga ruxsat etaman”

Markaz direktori v.v.b

______________Z.Mominov

_____” avgust 2020


BIOLOGIYA FANI MALAKASINI OSHIRISH

KURSI TINGLOVCHISI

__________________________________________________________



Familiyasi va ismi

O'ZBEKISTONDA BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI”



MAVZUSIDAGI

MALAKA ISHI

KAFEDRA MUDIRI v.v.b: ___________H.Hoshimova

ILMIY RAHBAR:___________

FARG’ONA -2020

MUNDARIJA.

I.Kirish …………………………………………………………………………3

II. Asosiy qism : Biologiya fanining rivojlanish tarixi ………….7

1. Olimlar olib borgan ishlari haqida tushinchalar berish……..7

2 Darslarda biologiya fanining rivojlanishida buyuk allomalarning malga oshirgan ishlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish …………………………………………14

3.Biologik olimlarning amalga oshirgan ishlari sinflar kesimidagi jamlanmasi ……………………………………………………………24

III. Xulosa va tavsiyalar ……………………………………………29

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………32

V. Ilovalar …………………………………………………………….33





Aql tarozusida tortib ko’rilmagan har qanday

bilim asossizdir.

Abu Ali Ibn Sino

Kirish :

Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.Bugungi kunda ta’limning bosh maqsadi har tomonlama kamol topgan, jamiyatda ro’y beryotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlab puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu esa o’quvchilarga bilim berish jarayonida ularni fikrlashga, mustaqil izlanishga yo’naltiradigan har xil usullar va o’qitish vositalaridan samarali foydalanish muhimligini keltirib chiqaradi. O’quvchilarning bilish faoliyatini to’g’ri tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit bir tizim sifatida olib borish o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalarini bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirishda o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’quvchilarni qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan.

Biologiya fanining rivojlanishida buyuk allomalarning roli

1. Olimlar olib borgan ishlari haqida tushinchalar berish.

Biologiya –tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi.Biologiya hayotning barcha ko’rinishlari:tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini ,tirik mavjudodlarning kelib chiqishi va tarqalishi ularni bir biri va tirik tabiat bilan o’zaro bog’lanishlarini o’rganadi.Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo’lishiqonuniyatlarini o’rganish ,hayotning mohiyatini ochib berish ,tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. Biologiya terminini 1892 yilda bir –biridan mustasno tariqasida birinchi bo’lib J.B.Lamark va G.R.Treviranus taklif etgan.Bu termin T.Reze(1797) va K.Burdax (1800)asarlarida ham uchraydi.

Hayvonlar va o’simliklar odamlar uchun oziq –ovqat manbai bo’lganligi nazarda tutilgan bo’lsa ,biologiya tarixi va fanning rivojlanishi odam g’orda hayot kechira boshlagan davrdan hatto undan ham oldinroq boshlangan deyish mumkin. Ibtidoiy odamlar boshpana topgan g’orlarda chizilgan hayvonlarning rasmlari va ov manzarasi ularni hayvonlarning tuzilishidan habardor ekanini ko’rsatadi. Huddi shunday rasmlar Surxandaryo viloyatidagi Ko’xitang tog’ining Zirovutsoy darasi g’orlaridan topilgan.Hozirgi zamon biologiya fanining rivojlanishi O’rta dengiz bo’yida yashovchi xalqlar(Qadimgi Misr,Yunoniston)Sivilizatsiyasi bilan bog’liq.Yunon va Rim tarixchilari birinchi bo’lib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tusahuntirib berishga harakat qilishgan. Xususan ,Demakrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy bo’lmasdan o’zgarib turishi to’g’risidagi materialistic g’oyaniilgari surgan.Arastu birinchi bo’lib hayvonlarni sistemagasolib o’rganishni taklif etgan.Galen hayvonlar(maymun va cho’chqa )ning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini ,qon tomirlari va nervlar funksiyasini tasvirlab bergan birinchi fiziologeksperimentator hisoblanadi(o’sha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).O’rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli to’xtab qolgan bir davrda O’rta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy ,Abu Nasr Farobiy ,Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida o’rin tutadi.Beruniy tabiat besh element :bo’shliq ,havo,olov,suv va tuproqdan yaratilgan deb e’tirof etadi.U o’zining “Hindiston”asarida tabiatni daraxtdagi eng baquvvat va sog’lom novdalarining o’sishiga imkon beradadigan bog’bonga o’xshatadi.Bu bilan u tirik organizmlar o’rtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir bo’lishini bashorat qiladi.Dunyo e’tirofiga sazovor olim Ibn Sino o’z asarlarida o’simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar ,hodisalar va ularning sabablari to’g’risida yozib qoldirgan. Uyg’onish davridagi geografik kashfiyotlar ,o’simlik va hayvonot dunyosiga qizi qishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bog’larining tashkiletish etishga olib keladi.Bu davrda hayvonlar va o’simliklar to’g’risida ko’lab asarlar paydo bo’ladi.Anashu davrda italiyalik botanik A.Chezalpino guli ,urug’I va mevasining tuzilishiga binoan o’simliklarni tasnif qilishga urinib ko’rdi,uning asarlarida metamarfoz ,tartib va tur to’g’risidaayrim tushunchalar ilk bor uchraydi.16-17-asrlarda hayvonlar to’g’risida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo bo’ladi.

Shveysariyalik olim K .Gesnerning besh jiltlik “Hayvonlar tarixi “,italiyalik U.Aldrovandining 13 jiltlik monografiyasi ,fransuz naturalisti G.Rondele va italyan Ch.Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari to’g’risidagi asarlari shular jumlasidandur. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi.Ingliz olimi U.Garvey (1578-1657)o’zining qon aylanish sistemasi to’g’risidagi ta’limotini yaratdi.Italiyalik olim F.Redining tajribalari tufayli (1667)hayotning o’z o’zidan paydo bo’lishi to’g’risida ta’limotga katta zarba berilgan bo’lsada,uning batamom barham topishiga olib kelmadi.Ko’pchilik olimlar tuhum hujayraga ega bo’lmagan tuban organizmlar o’z –o’zidan paydo bo’lishi mumkin degan fikrga ega edi.16 asrda mikroskopning kashf etilishi biologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.Angliyalik R.Guk tomonidan hujayrani kashf etilishi (1665),gollandiyalik A.Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermotozoidlar (1673),ingliz T.Millintonning (1676)va nemis R.Kamerarmus (1694)tomonidan o’simliklardagi jinsiy tafovutlar,italiyalik Malpigi(1675-82)tomonidan o’simlik to’qimalari kashf qilinishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bog’liq.

2. Darslarda biologiya fanining rivojlanishida buyuk allomalarning malga oshirgan ishlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish

Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini islox, qilishni yangi Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan xozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik maxoratiga aloxida e'tibor berilmoqda. Ta'lim jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan o`qituvchilarni pedagogik fikrlashida o`rin ola boshlagan pedagogik texnologiyani darslarda biologiya fanining rivojlanishida buyuk allomalarning malga oshirgan ishlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish qo`llashga oid tavsiyalar o`qituvchilar uchun juda zarur.Ayniqsa hamkorlikka asoslangan, O`quvchilarning faolligini oshirishga mo`ljallangan, o`quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, xurmat qilish, o`zgalar manfaatlari bilan xisoblashish, ularga ergatish, ta'sir qila olish va boshqalarning "men"ligini sezish, xis kilish, uzini boshqarish, fikrini lo`nda puxta va aniq bayon qila olishga o`rgatishga karatiltan "interfaol" o`qitish usullari tez sur'atlar bilan rivojlanib ijobiy samara bermoqda. O`qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar o`quvchilar o`rtasida raqobat muxitini vujudga keltirib, o`quvchilarni xarakatchanlikka boshlab ruxlantiradi natijada o`quvchilar xamkorlikka o`rgana boshlaydi. Har qanday interfaol metod to’g’ri va maqsadli qo`llanilganda o`rganuvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatadi.Yangi pedagogik texnologiya ta'lim tizimining yangicha yo`llarini ishlab chiqaruvchi va loyixalashtiruvchi jarayon bo`lib, unda o`qituvchi asosiy mas'ul shaxs xisoblanadi" Chunki uning asosiy vazifasi axborotni o`quvchilarga tez, aniq va tushunarli tarzda yetkazib berishdan iboratdir. O`quvchilarning yangiliklarni qabul qilishlari va bunga moyilliklari hamda fe'l-atvori har xil bo`lishiga qaramay o`qituvchi o`quvchilarni mustakil fikrlash, mushoxada qilish, xulosa chiqarishga o`rgatishi lozim. Bunda o`quvchi asosiy xarakatlantiruvchi kuch bo`lib, o`qish, mutoala qilish, chizma chizish, proekdiyalarni, formulalarni tushunish, asboblarni ishlata bilish, asboblardan tugri foydalana olish, bir-birlari bilan do`stona munosabatda bo`lib oldilariga ko`yilgan muammolarni yechishda bir-birlariga yordam berish ulariing asosiy vazifalari xisoblanadi. Ta'lim tizimida sodir bo`layotgal o`zgarish va yangilalishlar o`quvchilarga yangi bilim, ko`nikma va malakalarni berish bilan bir qatorda, yoshlarimizning o`ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, tabiatga nisbatan o`zgarishini, vatannariarlik g`oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham ko`zda tutadi. Demak, mashqlarimiz faoliyati asosan o`quvchilarimizpi demokratak jamiyatda mustaqil fikrlaydigan, o`z dunyo qarashiga e`ga ma'naviy-komil shaxs bo`lib shakllanishiga qaratiltan bo`lishi kerak. Interfaol usullardan foydalanish shakllari:

1. Individuallashtirish;

2. Kichik guruxlarga ajratish;

3. Tabaqalashtirish:

4. O`rgatish va o`rganish jarayonida demokratik, do`stona muxitni yaratish;

5. O`zaro muloqot, hamkorlikda tashkil etish.

Interfaol metodlarni qo`llashda foydalaniladigan vositalar:

1. Darsliklar, qo`shimcha o`quv adabiyotlar

2. Texnika vositalari

3. Tarqatma materiallar

4. Multimediyalar Interfaol metodlar

3.Biologik olimlarning amalga oshirgan ishlari sinflar kesimidagi jamlanmasi

Botanika

1. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralar kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob- lar yordamida o‘rganiladi.

2. «To‘qima» tushunchasini birinchi bo4 lib 1682-yilda N. Gryu «0‘simliklar anatomiyasi» nomli kitobida fanga kiritgan.

3.O’zbekiston suv o’tlarni o’rganishda A.M.Muzaffarov xizmati katta ahamiyatga ega

Zoologiya

1. Buyuk yunon olimi Arastu zologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr

oldin yozgan.

2. Anton Levenguk 16–17-asrlarda yashagan golland olimi mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan.

3. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan.

4. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining

olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi.

5. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi.

6. L. M. Isayev va P. F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos bo‘ldi.

7. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlarumurtqali hayvonlarni o‘rganishgan.

8. A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T.To‘laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.

9. Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan

hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.

10. K.I. Skryabin boshchiligida gelmintlarni o‘rganish va ularga qarshi kurash

choralarini ishlab chiqishda gelmintolog olimlar ko‘p ishlarni amalga oshirishgan.

11. Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida dorivor giyohlar yordamida odam

ichagidan parazit chuvalchanglarni haydab chiqarish haqida yozgan.

12. A. T. To‘laganov o‘simlik gelmintlarini, M. A. Sultonov, J. A. Azimov, E. X. Ergashev yovvoyi va uy hayvonlari hamda o‘simlik gelmintlarini o‘rganishgan.

Odam va uning salomatligi

1. Aristotel «Inson uchun birinchi baxt uning sogiig‘i, ikkinchisi go'zallikdir» degan.

2. Gippokrat odamning to‘rt xil mizoji va odam tanasi tuzilishi, organizmning bir butunligi to‘g‘risidagi jahonga mashhur g‘oyalarni ishlab chiqqan. U bemorga va uni davolashga xususiy yondashuvg‘oyasini taklif qilgan. Uning asarlari klinik tibbiyotga asos soldi.

3.Aristotef fanga aorta tushunchasini kiritgan. Tabiatning asosiypog‘onalari – anorganik dunyo, o‘simlik, hayvon, odam to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan hamda odam – ijtimoiy jonzot, o‘z aql va idroki bilan hayvonlardan farq qilishi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surgan.

4. Galen «Odam tanasi qismlari» asarida odam organizmim tasvirlab bergan. Anatomiya va fiziologiya diagnostikasi davolash va profilaktikaning asosi ekanligini ko'rsatib bergan. Tibbiyotga hayvonlar ustida tajribalarni kiritgan Uning asarlaridan 14 asr davomida foydalanib kelingan.

5. Leonardo da Vinchi (1452-1519). Uyg‘onish davri atoqli rassomi va matematigi. Buyuk anatom va fiziolog. Odam tanasi tuzilishining butun dunyoga mashhur bilimdoni. Ilk bor rasmlar orqali odam organizmining realistik tasvirini yaratib bergan. Uning anatomiyaga oid rasmlari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

6.Andreas Vezaliy (1514-1564). Italiyalik shifokor, anatomiya fanining asoschilaridan biri. U odam organizmi tuzilishini yorib ko‘rish orqali o‘rganishni birinchilardan bo‘lib boshlagan. «Odam tanasining tuzilishi to‘g‘risida» asarida barcha organlarni rasmlar orqali tasvirlab, bu borada boshqalar yo‘l qo'ygan kamchiliklarni tahlil qilgan.

7. Sechenov Ivan Mixaylovich (1829-1905). Rus tabiatshunosi,rus fiziologiya

maktabining asoschisi, psixologiyada tabiiy ilmiy yo‘nalishga asos solgan. «Bosh miya reflekslari», «Nerv sistemasi fiziologiyasi» asarlarining muallifi. Bosh miyaning

reflektorlik xususiyatini kashf etgan, , «Tush ko'rish - mantiqli taassurotlarning

mantiqsiz kombinatsiyasidan iborat» degan.

8. Mechnikov Ilya Ilich (1845—1916). Biologjyaning bir qancha yo‘nalishlari, jumladan, mikrobiologiya va immunologiya sohalariga asos solgan atoqli ms olimi. Orgamzmning kasalliklarga chidamliligi xususiyatlarini ochib bergan. U immunitetning fagotsitar nazariyasini yaratgan. Gerontologiya (odamning umrini uzaytirish)ga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.

9. Pavlov Ivan Petrovich (1849-1936). Fiziologiya sohasida dunyo- ga mashhur atoqli rus olimi, Nobel mukofoti laureati. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi, qon aylanish, odam va hayvonlarning nerv siste- masiga oid yirik asarlari uni dunyoga tanitgan. I.P. Pavlov shartli reflekslarning tormozlanishi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratgan, odam nerv sistemasini kuchli va kuchsiz tiplarga ajratgan.

10. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) - ensiklopedist olim. 0‘z davrida ma’lum bo‘lgan barcha fanlar bo‘yicha yirik asarlar yozgan. Uning «Saydana» asarida 880 gayaqin o‘simliklar turiga tavsifberil- gan, o'simlik va hayvon mahsulotlari hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan 1000 dan ortiq dori-darmonlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

11. Abu Ali ibn Sino (980-1037) - buyuk shifokor, faylasuf, shoir, musiqashimos. Uning 5 jildlik «Tib qonunlari» asarida anatomiya, gigiyena, ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik va tibbiyotning boshqa sohalariga oid ma’lumotlar berilgan. Asar bir necha asr davomida tibbiyot sohasida asosiy qo'llanma bo‘lmoqda.

12. Yunusov Adham Yunusovich (1910-1971) — atoqli fiziolog olim. Issiq sharoitda odam va

hayvonlar organizmida suv va tuz almashinuvining fiziologik mexanizmini o'rgangan Olim odam va h0ayvonlar organizmining yuqori haroratga moslanish xususiyatlarini ochib bergan.

13. Aripov 0‘ktam Aripovich (1927—2001) — organlar va to'qima- larni

ko‘chirib o‘tkazish orqali bemorlarni davolash sohasida maxsus laboratonya

tashkil etgan. Surunkali buyrak xastaliklarida bemorga soglom buyrakni

ko'chirib o'tkazish orqali davolashni amalga oshir- gan. Oshqozonosti bezining

bir qismini ko‘chirib o‘tkazish usulini ishlab chiqqan.

14. Zufarov Komiljon Ahmadjonovich (1925—2002) — gistolog olim. Sog‘lom va kasal organizmda sodir bo'ladigan jarayonlar, ularning boshqarilishini o‘rgangan. Organizmda filtratsiya, sekre- tsiya va so'rilish jarayonlarining hujayraviy mexanizmi va ular boshqarilishini ochib bergan. 0‘zbekistonda birinchi bo‘lib elektron mikroskopiya laboratoriyasini tashkil etgan.

15. To‘raqulov Yolqin Xolmatovich (1916 2005) atoqli bioximik, biologiya va 0‘zbekistonda tibbiyot fanlari tashkilotchisi. Qalqon- simon bez gormonlari, hujayra metabolizmi va endokrin xas-taliklarini o‘rgangan3 kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqqan. Olim izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo‘llarini ochib bergan.

16. Vohidov Vosid Vohidovich (1917-1994) - mashhur jarroh va olim3 0‘zbekistonda ixtisoslashgan jarrohlik yordami maktabining tashkilotchisi. Olim jarrohlikning ko'pchilik sohalarida ilmiy tad- qiqotlar olib borgan. U o‘pka, o‘t yo’llari, jigar, oshqozon, yurak, qon tomirlari, harakat organlari, qorin va ko‘krak qafasining keng tarqalgan kasalliklarini tadqiq qilgan.

17. . XIX asr o'rtalarida rus olimi V.A. Basov itlar oshqozoniga fistula qo'yish orqali oshqozon shirasi ajratib olish metodini yaratdi.

18. Vitaminlarni o‘rganishga rus olimi N.I. Lunin asos solgan.

19.Bu terminni 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan.

20. Bundan 2500 yil oldin Gippokrat taklif etgan klassifikatsiyasiga asosan odamlar xolerik (muvozanatlashmagan, oson qo‘zg‘aluvchan), sangvinik (muvozanatlashgan, optimist), oson qo‘zg‘aluvchan, ya’ni flegmcttiklar (muvozanatlashgan) va melcmxolik (muvozanatlashmagan) tiplarga ajratiladi.

9 Biologiya

1. Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan.

2. Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi Ch.Darvinning nomi bilan bog‘liq.

3. Abu Ali ibn Sino eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada 0‘rta asrlarda boshlab bergan.

4. D.I.Ivanovskiy 1892- yilda rus olimi tamaki o‘simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi.

5. F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchilar ham bakteriyali filtrdan o‘tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar.

6. 1917- yil kanadalik bakterio- log F.de Erell bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi.

7. 1665- yilda ing- liz olimi Robert Guk daraxt po'stlog'idagi po'kak to'qimadan yupqa kesmalar tayyorlab mikroskop yordamida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi.

8.Ddaraxtning po'stlog'i bir xil massadan iborat bo'lmay, balki juda mayda bo'shliqlardan, ya’ni katakchalardan iborat ekanligini aniqladi. Bu mayda bo'shliqlarni R.Guk “sellula” (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi.

9. M.Malpigi va N.Gryu 1671- yilda o'simlik hujayralarining tuzilishini aniqladi.

10. A.Levenguk 1680- yilda qondagi qizil qon tanachalari — eritrositlarni, bir hujayrali hayvonlar va bak- teriyalarni birinchi marta o'rganadi.

11. 1831- yilda ingliz botanigi R.Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi.

12. Chex olimi Ya.Purkine 1839- yilda hujayra tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etadi.

13. 1838—1839- yillarda nemis olimlari: botanik M. Shleyden va zoolog T.Shvann o‘sha vaqtgacha fanda to‘plangan hujayra haqidagi ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasini yaratdilar.

14. R.Virxov nemis olimi, shifokor hujayrasiz hayot yo‘qligini, hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayradan ko‘payishini isbotlab berdi.

15. K.Ber sutemizuvchilarning tuxum hujayrasini kashf etdi va ko‘p hujayrali organizmlar bitta urug‘l angan tuxum hujayra - zigotadan rivojlanishini isbotladi.

16. Akademiklar K.Zuparov, J.Hamidov hujayra biolo- giyasini o‘rganishda mamlakatimiz olimlarining ham katta hissalari bor.

17. Akademiklar Yo.To'raqulov, B.Toshmuhamedov va ularning shogirdlari hujayraning kimyoviy tarkibini, ularda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlarni o'rganishga katta hissa qo'shgan.

18.Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidanleykotsitlar yadro- sidan topilgan.

19. DNKning tuzilishini amerikalik biolog J.Uotson va angliyalik fizik olim F.Krik tomonidan 1953-yilda kashf etilgan.

20. Ontogenez tushunchasi 1866- yil E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.

21. Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o'xshashdir. Bu dalillar K.Ber tomonidan embrionlarning o'xshashlik qonunida ilgari surilgan.

22. Gulli o'simliklardagi qo'sh urug'lanish hodisasini 1898- yilda akademik S.G.Navashin kashf etgan, endospermning triploid ta- biatini esa uning o'g'li M.S.Navashin 1915- yilda ochgan.

23. Embrional induksiyani birinchi bo‘lib nemis olimi G.Shpeman o‘tgan asrning 20-30- yillarida baqalar ustida o‘tkaz- gan tajribalarida kashf etgan.

24. Genetika atamasi fanga 1906- yilda angliyalik olim V.Betson tomonidan kiritilgan.

25. G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.

26. T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlantirilishi.

27. Genetika fanining rivojlanishiga xorijlik juda ko‘p olimlar o‘zlarining hissa I arini qo‘shishgan. O‘zbekistonda ham genetika sohasida ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va genetika fanining rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Bu olimlari- miz akademiklar J.A.Musayev, O.Jalilov, N.Nazirov, S.Mirahme- dov, A.Abdukarimov, Abdullaev va boshqalar.

28. Irsiyat qonunlarini dastlab chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1865- yilda e’lon qilingan.

29. 1900- yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.de-Friz, E.Chermak va K.Korrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi.

30. Geneologik (shajara) usulini dastlab F.Galton joriy etgan.

31. N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazari- yasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo'ladi.

32. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan vilt- ga chidamli yovvoyi g'o'za bilan O'zbekistonda yaratilgan viltga chidamsiz g'o'za navini chatishtirib viltga chidamli “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari yaratgan.

33. O'tgan asrning 20- yillarida rossiya- lik olim G.D.Karpechenko karam bilan turpni chatishtirishda qo'l- lashga muvaffaq bo'ldi.

34. Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil AN- 402, Samarqand-3, Yulduz kabi navlari yaratilgan.

35. A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova, A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.

36. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o'tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan keng miqyosda foydalanishni yo'lga qo'ydilar.

38. M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug'larini o'rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.

39. G'o'za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta.

40. Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidam¬li “Toshkent-1”, “Toshkent-2”,

“Toshkent-3” navlari, akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g'o'zaning

serhosil “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir.

41. Professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalik- da g'o'zaning “Umid”, “Oqqo'rg'on-2”,

“Mang'it-1”, “Mang'it-2”, “Is- tiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi.

42. D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navi- dan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin.

43. O'zbekiston chorvachilik inst itutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949-yildan urchitila boshlangan.

10 Biologiya

1. Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan

2. M. V. Volkenshteyn ta’rifi bo‘yicha: «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar:oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan.

3. G. Mendelning irsiylanish qonu niyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo‘llashning yorqin namunasidir.

4. Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan.

5. Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838–1839-yillar).

6. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi.

7. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi.

8. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy kashf etgan.

9.Xromosomalar birinchi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan.

10.«Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.

11.Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.

12. B. L. Astaurov (1904–1974) sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan.

13.G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz usulini

takomillashtirdi, no‘xat (Pisum sativum) o‘simligi ustida tajribalar olib bordi,No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi 14. 1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi.

15.Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar, qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi,T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi.

16.«Mutatsiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi. U ko‘p yillar davomida o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining mutatsion ta’limotini yaratdi.

17. XX asrning 20-yillarida G. D. Karpe chenko karam (Brassia oleraceae) bilan turp (Raphanus sativus)ni chatishtirib duragay olgan.

18.Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni mashhur rus olimi N. I. Vavilov tomonidan bug‘doydoshlar oilasida kashf qilingan.

19. 1908-yili ingliz matematigi G. Xardi va nemis antropogenetigi V. Vaynberg hozirda Xardi-Vaynberg qonuni deb ataladigan formulani ishlab chiqishdi.

20.1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko‘chirish usulini qo‘llash vositasida isbot qilib berdi.

21.1915-yilda Tuort va D’Errel faglarning zararlangan bakteriyalar ichida o‘z-o‘zidan ko‘payib, ularni oldirishi mumkinligini isbotladilar.

22.O‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf qilingan ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular xromosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlar degan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

23. Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar.

24. Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi t, keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi.

25. Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi F. Griffi t tomonidan ixtiro qilingan.

26. 1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi ts tajribasini qaytadan

takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar.

27. Transduksiya jarayoni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan.

28. Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi.

29. J. H. Hamidov rahbarligida quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi.

30. 1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi.

31. 1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar.

32. 1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.

33. Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan.

34. A. A. Abduka rimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi.

35. I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi.

36. Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchun xavfli bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaff aqiyatli yakunladilar.

37. R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Iris bo yevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab, o‘nlab xavfl i yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.

38. O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi.

39. «Tur» atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi marta ingliz botanigi Djon Rey kiritgan.

40. K. Linney tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekin tur o‘zgarmas deb his oblagan.

41. J. B. Lamark turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat indiv idlar mavjud deb hisoblagan.

42. Ch. Darvinning fi kriga ko‘ra, tabiatda turlar payd o bo‘ladi, yo‘qoladi, o‘zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.

43. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o‘rganilgan.

44. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim.

45. Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq turini o‘rgangan.

46. Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan,

oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan.

47. Klavdiy Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan.

48. Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan.

49. Abu Nasr Farobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa sohalarida mushohada yuritgan.

50. Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan.

51. Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u Yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan.

52. Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini o‘zgartiradi.

52. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fi krlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari ta’kidlab o‘tganligini ko‘ramiz.

53. Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fi kricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan.

54. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan.U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifi dir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi.

55. Karl Linney 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi.

56. Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744–1829) yaratdi. U «umurtqa sizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga ajratdi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga bo‘lgan.

57. Jorj Kyuve morfologiya, anatomiya, sistematika, paleon tologiya sohalarida tadqiqot olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, hayvonning bir organi, masalan, ovqat hazm qilish organining o‘zgarishi u bilan aloqador bo‘lgan boshqa organlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi. U K.Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar.

58. Qazilma holda saqlangan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi paleontologiya fani rivojlanishida Jorj Kyuvening xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi. U korrelatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. Olim turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan. Vaqt o‘tishi bilan ular murakkablashganini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, olim ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi.

59. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi.

60. XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizmlar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi.

61. Ch. Darvin o‘simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi. Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Ch. Darvin fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Darvin tashqi muhitning muayyan sharoitida organizm lardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday paydo bo‘lganligini ilmiy asosda tu shuntirib berdi.

62. K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvon larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi.

63. G. Bempes tomon idan chumchuqlar ustida o‘t kazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi, normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan.

64. A. N. Seversov o‘zining fi loembriogenez nazariyasi bilan isbotlab berdi.

65. Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelatsiya qonuniga muvofi q kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio – qayta tiklash) metodidan foydalaniladi.

66. N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsifl ab beradi.

67. A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar.

68. 1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi.

69. XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.

70. Panspermiya nazariyaning tarafdorlari shved fi zik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofi zigi va genetigi F. Krik va boshqalardir.

71. Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.

72. A. I. Oparin hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surdi. A. I. Oparin fi kriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan.

73. S. Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi.

74. D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi.

11 Biologiya

1. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan.

2. Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta’sirini o‘rganishni nemis olimi Aleksandr Gumbold boshlab berdi.

3. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o‘rin tutadi.

4. Biogeotsenoz haqidagi ta’limotni rus botanik olimi V.N. Sukachev yaratgan.

5. «Ekosistema» atamasi 1935-yilda angliyalik botanik olim A. Tensli tomonidan fanga kiritilgan. A. Tensli ekosistemalarni «Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari» deb hisoblaydi.

6. «Organizm – muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomoni dan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni deb ataladi.

7. Nemis olimi Yustus Fon Libix madaniy o‘simliklarning hosildorligi tuproq tarkibida kam miqdorda bo‘ladigan mineral moddalarga bog‘liqligini aniqladi.

8. Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V. Doku chayev asos solgan. V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi).

9. Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan.

10. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan.

11. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90% I yo‘qoladi, faqat 10% i keyingi darajaga o‘tadi. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni «10% qoidasi» deb ta’rifladi.

12. 10% qoidasini ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atagan.

13. «Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq.

14. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan.

15. V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan (36-rasm). Bu ta’limotga asosan, biosfera – tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ular qoldiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o‘z ichiga oladi. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». V.I Vernadskiy Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. Tirik modda yordamida kimyoviy moddalarning migratsiyasini V.I. Vernadskiy atomlarning biogen migratsiyasi deb atagan. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.

16. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi.


III.Xulosa va tavsiya.

Darslarda biologiya fanini rivojlanishiga xissa qo’shgan buyuk allomalarimizning ishlarini ochib berish o’quvchilarni biologiya faniga, tabiatga va dasrlarga o’z vaqtida ishtirok etishga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi. Buyuk allomar ishlarini o’rganib ular izdoshlari bo’lishga harakat qiladi. Tabiatni kuzatishga, undan bahramand bo’lishga, tabiatga mexrli bo’lishga , o’simliklar nomini ko’proq bilishga, ularning tuzilishiga, o’simlik guruhlarini farqlashga va eng asosiysi tabiatni ko’z qorachig’iday asrashga o’zlarini undaydi. O’quvchilarni chuqur bilim olishiga, axloqiy dunyoqarashini shakllantirib, ma’naviy, madaniy tarbiya berib borishi, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg’ularini, odob-axloqni rivojlanib borishiga yuqoridagidek darslarni o’rni katta deb bilaman. Bunday darslar nafaqat o’qituvchi, balki o’quvchini darslarda faol qatnashishini ta’minlaydi. Zero ,farzandlarimiz ota-bobolari ,buyuk allomalarning ezgu ishlari fan taraqqiyotiga qo’shgan xissalari bilan ulg’aysa ,bilim olsa ulardan tafakkur qilsa albatta biologiya fani yanada rivojlanib boraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari


  1. Avliyokulov N.X. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari – Toshkent, 2001.

  2. Avliyokulov N.X. O’qitishning modul tizimi va pedagogik texnologiyasi amaliy asoslari, - Buxoro, 2000

  3. 6-7-8-9-10-11-sinf o’quvchilari uchun darslik. -T.: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2009 y.

  4. Tolipova J., G’ofurov A. Biologiya ta’lim texnologiyalari.-T.: «O’qituvchi», 2002 y.

8. „Qiziqarli botanika „ (Toshkent 2012)

9.Biologiya asoslari Ochil Mavlonov (Toshkent 2012)



1.WWW.ZIYONET.UZ

2.WWW.NUR.UZ
Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling