Monografiya Имомов. Б
§7. O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida ta’lim, fan va sog‘liqni
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ular 2016 yil 15
§7. O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalarning o‘rni O‘zbek va turk xalqlarii tarixda nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy sohalarda ham o‘zaro aloqalar o‘rnatganlar. O‘tgan davrda ikki qardosh xalq vakillari, ulamolari, olimlari, shoirlari, adiblari bir madrasalarda tahsil olganliklari, haj ziyoratlari, elchilik aloqalari mobaynida do‘stona madaniy aloqalar bog‘lab, bir-birlaridan ma’naviy ozuqa olganlar. Turkiston jadidlari Turkiya ilm-fan va madaniyatidan bahramand bo‘lganlar va ko‘plab yoshlar zamonaviy ilm olish uchun bu yurtga o‘qishga yuborilgan. Sovet tuzumi davrida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi aloqalar ma’lum vaqt to‘xtatilgan bo‘lsada, XX asrning 70–80 yillarida ikki o‘rtadagi aloqalarni tiklashga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar chop ettirilib, munosabatlar qayta tiklana boshlandi. Natijada 1990 yilda o‘zaro badiiy jamoalar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish, kitoblar nashr etish, teleko‘rsatuv va konsertlar ayriboshlash kabi hamkorlik aloqalari o‘rnatishga muhim qadamlar qo‘yildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 93 Mustaqillik yillari ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni to‘la tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu ta’lim sohasi hisoblanadi. 1991 yil 19 dekabrda O‘zbekiston va Turkiya davlatlari Prezidentlari “Ahdlashuv Protokoli”, “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi hukumatlari o‘rtasida madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim, “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi 1992–1993 yillar mobaynida madaniyat, ta’lim va fan sohasidagi ayirboshlash protokoli”, 1992 yil 7 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash sohasidagi bitimlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarori ikki davlat o‘rtasida ta’lim tizimi sohasidagi hamkorlikda huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1992 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Turkiya Respublikasining milliy ta’lim vazirini qabul qilib, unda ta’lim sohasidagi ikki mamlakat hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan loyihalar, amaliy dasturlar ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi. Bu sohadagi hamkorlikning bosh maqsadi jahon talablariga mos kadrlar tayyorlashda o‘zaro tajriba almashish edi. 1993 yil oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markaziy Osiyo respublikalari va Turkiya ta’lim vazirlari konferensiyasini o‘tkazishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq konferensiya 1993 yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. 1992 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Turkiyaning “Silm” shirkati o‘rtasida “1992–2000 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi” qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 27 mayda “O‘zbekiston–Turkiya liseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori e’lon qilindi. Qarorda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 94 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Turkiya Respublikasi “Silm” shirkati bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o‘zbek–turk liseylarini tashkil etishni nazarda tutildi. Liseylardagi o‘quv me’yoriy xujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda o‘quv rejalar va dasturlari bo‘yicha tashkil etish, ikki oy muddatda O‘zbekiston–Turkiya liseylarida ishlayotgan turkiyalik mutaxassislar uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnoma talablari, o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomala qilishi shakllari o‘zbek xalqining qaror topgan milliy odatlariga va an’analariga muvofiqligi, “O‘zbekengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tanlov asosida liseylarning o‘quvchilari uchun milliy ramzli kiyim-bosh modelini ishlab chiqish, liseylarga oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar ajratish xususidagi mezonlar belgilandi. Ushbu hujjatga muvofiq Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va tumanlarida o‘zbek-turk liseylari ochildi. 1992–1993 yillarda 7 ta, 1994 yilda 14 tani tashkil qildi. Bulardan tashqari 1993 yilda Turkiya milliy ta’lim vazirligi tomonidan yana 7 ta o‘zbek–turk liseylari ochildi. Jami 28 ta o‘zbek–turk liseylarining 19 tasi umumta’lim, 1 tasi iqtisod, 3 tasi tijorat, 3 tasi texnika, 2 tasi mehmonxona xo‘jaligi va turizm yo‘nalishiga ixtisoslashgan edi. O‘zbek–turk liseylarida 1992–1993 o‘quv yilida 811 ta o‘quvchi, 203 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borgan bo‘lsa, 1993–1994 o‘quv yilida 2468 ta o‘quvchi, 425 nafar turkiyalik o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyat olib bordi. 1997–1998 o‘quv yiliga kelib esa, jami 28 ta ta’lim muassasasida 4999 ta o‘quvchi va 299 ta turkiyalik o‘qituvchilar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan faoliyat olib borishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilgan dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ikki davlat mutaxassislarining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi. O‘zbek– PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 95 turk liseylarida o‘quvchilar o‘qishning birinchi yili tayyorlov sinflarida asosan turk va ingliz tillarini o‘rgangan bo‘lsa, keyingi yili mutaxassislik fanlardan ingliz tilida saboq oldilar. Bu turdagi lisey o‘quvchilari respublika va xalqaro miqyosida uyushtirilgan fan olimpiadalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 1993 yili Toshkent o‘zbek–turk lisey o‘quvchisi D.Kamolov, 1997–1998 yillarda Namangan o‘zbek–turk liseyi o‘quvchilaridan N.Husainov va D.Shamsiddinovlar Istanbulda o‘tkazilgan Xalqaro ekologiya va atrof-muhit masalasiga bag‘ishlangan olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdilar. Namangan o‘zbek-turk lisey o‘quvchilaridan Sh.Madrahimov 1997 yil Anqara shahrida o‘tkazilgan kimyo fani olimpiadasida oltin medalni, O.Meliboev Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan kimyo fani olimpiadasida esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Biroq 2000 yildan keyingi yillarda ularning faoliyatida o‘z vazifalaridan chetlashish, din yo‘nalishida noqonuniy ravishda o‘quvchilar mafkurasini chalg‘itish kabilar ko‘zga tashlanadi. Shu bois, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Turkiyaning “Silm” shirkati o‘rtasida “1992–2000 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi” shartnoma muddatini tugaganligi sababli O‘zbekistondagi ushbu liseylar faoliyati to‘xtatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 27 maydagi “O‘zbekiston va Turkiya liseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2008 yil 7 avgustda “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi. Liseylar o‘rnida ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda sport maktab-internatlari tashkil etildi. Oxirgisi 2011 yil 1 yanvaridan Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi chet ellik xodimlarga oylik maoshlar uchun pullarning konvertasiyasi bilan bog‘liq doimiy muammolarga duch kelgani hamda viza olish, ro‘yxatdan o‘tkazish, aviachiptalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi muammolar tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 96 Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, XX asrning 90-yillari boshida tashkil etilgan o‘zbek-turk liseylari mamlakatimiz ta’lim tizimida ayniqsa, o‘rta maktab va kasb-hunar ta’limini rivojlantirishda zamonaviy kadrlar tayyorlashda samarali faoliyat olib bordi. Birgina 1993 yildan boshlab O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi usulida o‘tqazish Turkiya tajribasidan foydalanildi. Shuningdek, o‘zbek-turk liseylarining moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarga turk va ingliz tillarini o‘rgatish, ularga etuk malakali xorijiy pedagoglar tomonidan darslar o‘tilgani natijasida lisey o‘quvchilari republika va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatlarga erishdilar. O‘zbek–turk liseylarining O‘zbekistonda va umuman boshqa davlatlarda faoliyatini to‘xtatilishi to‘g‘risida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan Ahmad Bashar Shen ta’kidlashicha, “Ular 2016 yil 15 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling