Monografiya Имомов. Б
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonalari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonalari
(1-jadval) № Tashkil topgan yili Qo‘shma korxona nomi Faoliyat turi 1 1992 yil “Internaf”, “Xorazm–Nurton To‘qimachilik 2 1995 yil “Turk Xexst” Tibbiy preparatlar 3 1998 yil “PREMIR BAT” Avtomobil akkumulyator 4 1999 yil “SamKochavto” (2006 yildan “Samavto”) Avtobus va yuk avtomobillari 5 1999 yil “Chinoz to‘qimachi”, “Oqsaroy to‘qimachi”, “Kosonsoy–Tekmen” To‘qimachilik 1998 yil O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan Turkiyaning sarmoyasi 1,5 mlrd AQSh dollaridan oshib ketdi. Shundan, 688 mln. dollari – hukumat idoralarining kreditlari, 79,3 mln. dollari Turkiya firmalari hisobiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari qo‘shma korxonalarni modernizasiya qilish uchun Turkiya firmalari tomonidan 66,7 mln. dollar mablag‘ ajratildi. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi eksport va import miqdori oshib bordi. 1999 yili o‘zbek-turk qo‘shma korxonalari tomonidan 371,5 mln. AQSh dollariga teng bahoda mahsulot eksport qilingan, bu respublikamiz umumiy eksport hajmining 11,5 foizni tashkil etdi. 1999 yil 16 martda “SamKochavto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi ishga tushirilgach, 1999 yildagi eksport hajmi 1,22 mln. dollarini tashkil etgan bo‘lsa, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 150 mln. dollarini tashkil etdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 58 O‘zbekiston Respublikasida Turkiya investorlari ishtirokida 1999 yilga kelib, 244 ta korxona ish yuritdi, ulardan 53 tasi 100 foiz Turkiya sarmoyasiga asosida ishga tushdi. Turk sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan eng yirik korxonalar sarasiga “Papfen” qo‘shma korxonasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish), “Sharq-Mir LTD” qo‘shma korxonasi (chakana savdo), “Beta Algoritm” qo‘shma korxonasi (choy qadoqlash), “Aylin gida sanayi kompani” xorijiy korxonasi (oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish), “Demir” xorijiy korxonasi (savdo va xizmatlar) kiritildi. 2001 yilga kelib, O‘zbekistonda 284 ta o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Umuman Respublikada mazkur yilda jami 375 ta korxonaning tashkil etilishida Turkiya kapital mablag‘laridan foydalanildi. Bunda 91 ta korxona 100 foiz turkiyaliklar sarmoyasi evaziga tashkil qilindi. 2000-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi asosiy kapitaliga Turkiya hisobidan investisiyalarning o‘zlashtirish holatini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2000 yil Turkiya O‘zbekistonga 755,6 mln. so‘mlik kapital kiritgan bo‘lsa, 2001 yili esa 316,2 mln. so‘m bo‘ldi. Turkiya kapitali kiritilishining eng ko‘p miqdori 2004 yilga to‘g‘ri kelib, bu 882,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2008 yili bu 665,9 mln. so‘mni, 2010 yili 543,3 mln. so‘m, 2015 yili 126,9 mln. so‘m, 2016 yili 344,1 mln. so‘m, 2017 yili 315,7 million so‘mni tashkil qildi. O‘zbek-turk qo‘shma korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish turlicha holatda bo‘ldi. Bu korxonalarda poliz mahsulotlarini qayta ishlash 2013 yili 1770 tonna, 2014 yili 611 tonna, 2015 yili 745,1 tonna, 2016 yili 1603,6 tonna, tovuq go‘shti 2013 yili 1344 tonna ishlab chiqarilib, keyingi yillarda bu to‘xtatilgan. Ammo konditer mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paygan. Jumladan konfet mahsulotlari ishlab chiqarishda ham shu holat kuzatiladi. Masalan o‘zbek- turk qo‘shma korxonalarida 2013 yili 46 tonna konfet ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2014 yili 65,7 tonna ishlab chiqarilgan. 2013 yili 476,6 tonna konditer mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2017 yili bu 1790379 tonna bo‘ldi. Ushbu holatda O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlar tomonidan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmining ortgani, qo‘shma korxonalar sonining oshgani va ichki bozor PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 59 ehtiyojlarining ta’minlanganligi o‘zbek-turk qo‘shma korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir qildi. O‘zbekistonning Turkiya bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashdan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakat iqtisodiy ahvolini tubdan o‘zgartirish, aholining turmush darajasini oshirish, respublikaning asta-sekinlik bilan jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuviga erishishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega. Qishloq xo‘jaligi mashinasozlik maxsulotlarini eksport qilishni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyalari firmalaridan foydalangan holda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, transport harajatlarini kamaytirish va etkazib berilayotgan texnikaga servis xizmatini kuchaytirish maqsadida “Toshkent traktor zavodi” Davlat hissadorlik jamiyati Buyuk Britaniyaning “Edvens interneyshonal ink” kompaniyasi, “O‘zavtosanoat” assosiasiyasi bilan hamkorlikda 2002 yili Turkiya hududida qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi “Promindastriz” qo‘shma korxonasini barpo etdi. Qishloq xo‘jaligi mashinalarini Turkiyada yig‘ishni tashkil qilish tufayli transport harajatlarini qisqartirishga erishildi. 1 ta traktorni Turkiyaga etkazib berish uchun taxminan 600 AQSh dollardan ortiq mablag‘ harajat qilingan. Bu pulga 2 ta traktor uchun butlovchi qismlarni jo‘natish mumkin edi. Traktorlarni yig‘ish bo‘yicha harajatlarni xorijiy firmalar o‘z zimmasiga oldi. O‘zbekiston–Turkiya iqtisodiy aloqalarida 1995–1996 yillarda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonasining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil 10 iyulda Turkiyaning “Koch xolding” kompaniyasi Prezidenti Inan Kirachni qabul qilib, kichik avtobuslar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tuzish haqida kelishib oldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 5 noyabrda Samarqand shahrida “AvtoVAZagregat” AOOT bazasida “SamKochavto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risidagi 381-sonli qarori e’lon qilindi. Bunga O‘zbekistondan “O‘zavtosanoat” Assosiasiyasi, Turkiya tomonidan Kochavtoinvest Limited ta’sischi bo‘ldi. 1997 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 60 yil aprelda Samarqanddagi “AvtoVAZagregat” zavodi bazasida Turkiyaning qurilish-montaj kompaniyasi “DAMA” qo‘shma korxona qurilishini boshladi. 1999 yildan zavod M 23.9 va M 24.9 kabi avtobus va 35.9, 89.12, 65.9 yuk tashish avtomobillari modellarini ishlab chiqara boshladi. Mazkur korxonaning umumiy bahosi 5 million AQSh dollariga teng bo‘lib, yiliga besh ming avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi. Korxonada turli sohalarida qo‘llanish uchun mo‘ljallangan 4 turdagi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1999 yilning may oyigacha korxonada 100 ta yuk avtomobili va 56 ta avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yilning oxiriga kelib, 302 ta yuk avtomobili va 163 ta avtobus chiqarildi. Keyingi yilda zavodda 483 ta avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. “SamKochavto” qo‘shma korxonasi 2000 yil Rossiyaga 120 dan ziyod mashina eksport qildi. Shuningdek, 2001 yilning yanvaridan oktyabriga qadar 280 dona “Otayo‘l” rusumidagi avtobus va 71 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Zavodga jalb etilgan xorijiy investisiyalar hajmi 1,8 million AQSh dollarini, umumiy ishlab chiqarish hajmi esa 5,5 milliard so‘mni tashkil qildi. Natijada, 2002 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi tovar ayriboshlash ko‘rsatkichlari 2001 yilga nisbatan 1,7 foizga o‘sdi, shu yilning 9 oyi mobaynida esa bu ko‘rsatgich 2002 yilning shu davriga nisbatan 41,3 foizga ko‘tarildi. 2006 yildan “O‘zavtosanoat” turk hamkorlarining aksiyasini sotib olib, zavodning to‘la egasiga aylandi va korxona nomi “SamAvto” qilib o‘zgartirildi. 2007 yildan “SamAvto” Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda shahar yo‘lovchilarini tashishga mo‘ljallangan avtobuslar hamda yuk tashish avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga quyildi. Turkiya ushbu davrda O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha eng yirik besh hamkoridan biri bo‘lib keldi. 2013 yilda mamlakatlar o‘rtasida tovar aylanmasi 1 milliard 347 million AQSh dollarini tashkil etdi va bu 2012 yilga nisbatan 10,5 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 61 foiz ko‘pdir. 2017 yilga kelib, O‘zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 485 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, 479 ta kompaniya, jumladan 500 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritdi. O‘zbek-turk qo‘shma korxonalarida asosiy e’tibor tayyor xo‘jalik mahsulotlarini, engil va og‘ir sanoat mahsulotlarini, ilm-fanga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratildi. Qo‘shma korxonalarda raqobatbardosh, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, eksport va import strukturasida sifat o‘zgarishlar yuz berishiga ham sabab bo‘ldi. Umuman O‘zbekistonda 2000 yilga kelib eksport tarkibida tayyor mahsulot va xizmat turlarining ulushi 154,5 foizga etdi. Sanoat mollarini eksport qilish, sanoati korxonalari uchun mo‘ljallangan uskunalar, uskunasozlik va avtomatik vositalar, er usti transporti uskunalarini eksport qilish evaziga oshdi. “SamKochavto” qo‘shma korxonalari mahsulotlari hajmining oshishi sababli, bu boradagi eksport ta’minlandi. O‘zbekistonda Turkiya mablag‘i asosida 2018 yilga kelib, 479 ta kompaniya, jumladan 199 ta qo‘shma korxonalar faoliyat yuritdi. Birgina 2016 yilning o‘zida O‘zbekistonda Turkiya sarmoyasi bilan 20 dan ziyod korxona tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi huzurida 53 ta turk kompaniyasi akkreditasiyadan o‘tkazildi. Qo‘shma korxonalar ayrimlari xususida (2-jadval) da berilgan. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling