Monografiya Имомов. Б


 O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.


§4. O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 
 
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy hamkorlik va xorijiy 
investisiyalarsiz hech bir davlat rivojlana olmaydi. Shu bois, davlatlar o‘rtasidagi 
uzoq muddatli hamkorlik samarasi nafaqat siyosiy aloqalar, balki o‘zaro manfaatli 
iqtisodiy aloqalarga ham bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng 
ko‘pgina davlatlar bilan ilk bor bevosita iqtisodiy aloqalarini o‘rnatdi. Iqtisodiy 
sohadagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalarga 
ham bog‘liqdir. O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini yo‘lga qo‘yishda, mamlakat 
iqtisodiyotini bozor munosabatlari asosida rivojlantirgan mamlakatlar tajribasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


51 
o‘rgandi. Xususan, Turkiya Respublikasi XX asr co‘ngi choragida dunyodagi 
rivojlangan mamlakatlar modelini Turkiya sharoitiga mohirona moslashtirib, 
o‘zining “turk modeli”ni yaratdi. O‘zbekiston ham Turkiyaning bozor 
iqtisodiyotiga qo‘llagan “turk modeli” taraqqiyot tajribalariga tayanib, xalq 
mentaliteti, tabiiy resurslari hisobga olinib, o‘tish davri uchun o‘zi tanlagan 
taraqqiyot yo‘lidan bordi. 
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 
dastlabki kunlardan boshlab, ikki mamlakat iqtisodiy imkoniyatlari, ishlab 
chiqarish salohiyatlari va ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha turli anjumanlar, 
ko‘rgazma va seminarlar tashkil etildi va ushbu amaliy tadbirlar mamlakatlar 
o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘ldi. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish 
umummilliy siyosatning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bundan 
ko‘zlangan maqsad respublika asosiy kapitalini oshirishgina emas, balki 
iqtisodiyotning rivojlanishini sifat jihatidan o‘zgartirish, sanoat ishlab chiqarishini 
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan darajaga etkazish, raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishga erishishdan iborat. 
Turkiya Bosh vaziri Sulaymon Demirelning 1992 yil aprel oyida 
O‘zbekistonga kelishi ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga 
quyishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Turkiyaning 30 dan ziyod kompaniya va 
firmalari O‘zbekistonning qator korxona va tashkilotlari bilan aloqalarni o‘rnatdi. 
“Koch xolding A.Sh.”, “Chukurova xolding”, “Sabanji xolding”, “Bursel Inshoat 
va Makina”, “Ram Dish Tijorat” va boshqalar shular jumlasidandir. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1992 yil 
29 iyun – 1 iyul kunlari Turkiyaga tashrifi doirasida “Iqtisodiy hamkorlikning 
Qora dengiz mintaqasi: Turkiya va O‘rta Osiyo respublikalari” mavzusidagi 
umumjahon iktisodiy anjumanida ishtirok etdi. Unda Turkiya bilan Markaziy 
Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikni 
yanada kengaytirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


52 
Turkiya jahondagi iqtisodiy salohiyati yuqori va rivojlanish tajribasiga ega 
davlat sifatida yalpi milliy mahsuloti miqdori yiliga 5 foizga oshib bordi. 1993 
yilda har bir kishining jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik daromadi 2,883 AQSh 
dollarni tashkil etadi. 
Turkiyada qora metallurgiya, energetika, mashina va asbob-uskunalar ishlab 
chiqarish sohalari ancha rivojlangan. Shuningdek, mamlakatda 4400 ta qazilma 
koni mavjud bo‘lib, kimyo sanoati hozirgi zamon talablariga muvofiq yo‘lga 
qo‘yilgan. Turkiya jahonning qator davlatlari yirik firmalari bilan hamkorlik qilib, 
birgalikda suv omborlari, GESlar, turli zavodlar, neft-gaz quvurlari, neft va 
kimyoviy komplekslari, avtomobil yo‘llari, turar joy binolari, ko‘p qavatli 
mehmonxonalar qurdi. 
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarda iqtisodiy hamkorlikning o‘rni sezilarli 
bo‘ldi. Eng avvalo Turkiya O‘zbekistonga 100 mln. AQSh dollarlik insoparvarlik 
yordamini ko‘rsatib, 595 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Bu 
mablag‘lar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamda gumanitar loyihalarni amalga 
oshirishga hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan edi. 
1992 yil fevralda Turkiya tadbirkorlari Toshkentga birinchi safarini 
uyushtirdilar. O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasida tashkil etilgan ilk qo‘shma 
korxonalaridan biri bu – “Internaf” edi. Bu qo‘shma korxona Turkiyaning 
”Internaf” firmasi bilan hamkorlikda tuzilib, unga Yaponiyaning texnik uskunalari 
olib kelib o‘rnatildi. Turkiyaning “Turkiya ziroat banki” o‘z faoliyatini ochish 
taklifi bilan chiqdi. Shuningdek, “Moden tekik Arman” banki O‘zbekistonga 
foydali qazilma boyliklarini qazib olish bo‘yicha hamkorlikni taklif etdi. 
1992 yil Shahrisabz shahrida sutkasiga 150 tonna bug‘doyni qayta 
ishlaydigan un zavodi ishga tushirilib, qurilishda Turkiyaning “Turkiston LTD 
ShTI” kompaniyasi quruvchilari ham ishtirok etdi. Korxonaga Shahrisabz–Kesh 
nomi berildi. Uning qurilishiga 2,5 million AQSh dollari sarflandi. 
Qo‘shma korxonalar uchun uskunalarni Turkiyadan keltirishda muammolar 
mavjud edi. Yuklar Eron yoki Kavkaz orqali olib kelindi. Ularni Eron orqali 
avtomashinalarda keltirish 880 dollarga tushdi. Ammo bunda harakat tizimi past 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


53 
bo‘lib, soatiga 35 km.ni tashkil etdi. Turkiya hukumati O‘zbekiston bilan yuklarni 
keltirishning muqobil yo‘lini topish lozimligi haqida muzokaralar olib bordi. Ular 
Kavkaz marshrutini taklif qildilar. Bunda yuklar Gruziya, Ozarbayjon va qisman 
dengiz orqali Turkmanistonga etkazildi. Ammo bu marshrut orqali yuklarni 
keltirish qimmatga tushdi. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralarda ushbu holat 
inobatga olinib, O‘zbekiston, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmaniston boj bo‘yicha 
o‘zaro kelishuvga erishishi lozimligi aytildi. 
O‘zbekiston va Turkiya farmasevtika sohasida ham hamkorlik qilib, 
qo‘shma korxonalar barpo etdi. 1995 yil avgustda “Uzfarmprom” va Turkiyaning 
“Turk Xexst” firmasi bilan hamkorlikda tibbiyot preparatlari ishlab chiqarish 
bo‘yicha qo‘shma korxonani ishga tushirdi. Rejada ushbu korxona quvvati 5-8 
yilda 50 mln. AQSh dollariga etkazish mo‘ljallandi. “Turk Xexst” mashhur 
“Xexst” nemis konserni tarkibiga kiritilib, o‘z faoliyatini 100 dan ziyod davlatda 
olib boradi. Tovar aylanmasi 3 mlrd AQSh dollardan yuqori edi. Qo‘shma korxona 
tomonidan 
15 
xildagi 
dori-darmonlar 
chiqarilib, 
mahsulotlari 
qo‘shni 
respublikalarga ham etkazib berildi. 
Shu yili oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha ham ikki davlat o‘rtasida 
hamkorlik qilinib, qo‘shma korxonalar barpo etildi. 1995 yil noyabrda “UFUQ Ko 
LTD” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi tashkil etilib, asosan konditer mahsulotlari, 
ya’ni pishiriqlar, shirinliklar ishlab chiqarildi. Loyiha qiymati 400,000 AQSh 
dollar bo‘lib, yog‘, shakar, un, quruq sut asosan Turkiyadan shartnoma bo‘yicha 
keltirildi. Bir oyda korxona 25 mln. so‘mlik mahsulot sotdi. Ular asosan tashqi 
bozor uchun mahsulot ishlab chiqardi.
Turkiya hamkorligida 90-yillar o‘rtalarida O‘zbekistonda qurilgan 
korxonalar va tashkil etilgan uncha yirik bo‘lmagan qo‘shma korxonalarning 
aksariyatini texnologik jihatdan qayta jihozlangan engil sanoat, xususan 
to‘qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etdi. 
Biroq, bu davrda ba’zi bir turk firmalari eskirgan xorijiy texnologiyalarni 
O‘zbekistonga sotish va olingan mablag‘ evaziga o‘zlari uchun yangi 
texnologiyalar xarid qilish bilan shug‘ullandilar. Ushbu holatda Turkiyadagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


54 
kompaniyalar investisiyalarni yo‘naltirishda sovuqqonlik bilan qarab, yuqori 
iqtisodiy salohiyatga ega O‘zbekistonga nisbatan o‘zaro tenglik tamoyillariga amal 
qilmadilar. Turkiya tomonidan kreditlarni berishi va zaruriy mahsulotlar bilan 
ta’minlab kelgani, O‘zbekistonni esa xom ashyo etishtiruvchi hamda etkazib 
beruvchi davlat sifatida ko‘rgani O‘zbekiston va Turkiya iqtisodiy hamkorligiga 
o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Shu kabi masalalarni muhokama qilish yuzasidan 1994 yilning iyul oyida 
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlat rahbarlari yig‘ilishida 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov va Turkiya 
Respublikasi Prezidenti S.Demirelning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 
davlat rahbarlari asosiy e’tiborni O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi 
iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirib, uni sifat jihatdan yuqori bosqichga 
ko‘tarish hamda o‘zaro hamkorlikda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf 
etish kabi iqtisodiy va moliyaviy muammolarni ko‘rib chiqdilar. Bu kabi 
hamkorlik barcha sohalarda o‘z ijobiy natijalarini namoyon qildi. 
O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlarining uyushmasi (UTID) 1995 yil 
avgustda o‘z faoliyatini boshladi. Unga 75 ta o‘zbek va turk korxona hamda 
firmalaridan 3,5 ming kishi a’zo edi. Uyushma uchun Toshkent shahridan 500 kv. 
metr maydonli bino ajratildi. O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi 
“UTID” bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozgan 
hisobotida sohada olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib, 1998 yil bu 
uyushmada jami 90 ta firma va qo‘shma korxona a’zoligini, unga birgina 1997 yil 
23 ta qo‘shma korxona a’zo bo‘lganligini ma’lum qildi. Uyushma tashabbusi bilan 
1998 yil 6 aprelda O‘zbekiston Respublikasining 1998 yilgi investisiya dasturi, 
qurilish sohasida bozor islohotlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga 
bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 
1991-1996 yillarda O‘zbekistonda xorijiy investisiya va kreditlar bo‘yicha 
49 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 5 tasi Turkiya davlati hisobiga 
to‘g‘ri kelib, uning umumiy qiymati 254,12 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 
loyihalarning eng ko‘pi Evropa tiklanish va taraqqiyoti banki hisobiga to‘g‘ri 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


55 
kelib, bu 17 tani, Germaniya hisobiga 10 tasi, Koreya Respublikasiga 6 tasi to‘g‘ri 
keldi.
1996 yili O‘zbekistonda Turkiyaning 20 ta kompaniyasi 170 dan ziyod 
o‘zbek-turk qo‘shma korxonalari tashkil etilgan edi. Bu qo‘shma korxonalar 
asosan oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, qurilish sohalarida faoliyat olib 
bordi. 1997 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 3061 ta xorijiy investisiyalar 
hisobiga korxonalar tashkil etilgan bo‘lib, shundan 1855 tasi ishlab turdi, 985 
tasida qurilish ishlari olib borildi, 221 tasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Xususan, 
mazkur yilda O‘zbekistonda Turkiya Respublikasining 234 ta o‘zbek-turk 
korxonalari faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu korxonalar yildan yilga ko‘payib borib, 1999 
yilda 244 ta etgan bo‘lsa, 2001 yilga kelib, bu ko‘rsatgich 284 tani tashkil etdi. 
O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni 
egallab, korxonalar soni 359 tani tashkil etgan bo‘lsa, Turkiya bu sohada 4 o‘rinda 
turdi. 
1998 yil iyulda polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarilishga ixtisoslashgan 
“Kanor” O‘zbekiston–Rossiya–Turkiya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Loyiha 
quvvati bir yilda 10 million dona qop ishlab chiqarishi lozim edi. O‘zbekistonda 
korxona mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyoning yo‘qligi sababli 
Rossiyaning “Eksportxleb” AJ yiliga 688 tonna granul polipropilen etkazib 
berishni o‘z zimmasiga oldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


56 
Avtomobillarni ehtiyot qismlari bilan ta’minlash va ularni ta’mirlash 
bo‘yicha ham Turkiya bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etildi. Masalan, 
“Toshkentavto” qo‘shma korxonasi 1994 yil iyulda Turkiyaning “Ram DQSh 
Tijaret A.Sh.” va “O‘zbekaviasozlash” konserni tomonidan tashkil etildi. Ustav 
fondi 523 ming AQSh dollar miqdorida belgilandi. Qo‘shma korxona faoliyatining 
asosiy vazifasi “Dogan” va “Fiat–Gemira” avtomobillarini ta’mirlash, servis 
xizmat ko‘rsatish, avtomobil uning ehtiyot qismlarini sotish edi. Bu korxona 1995 
yilda o‘zining servis xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini Samarqand, Buxoro va 
Urganch shaharlarida ham ochdi. 1996 yil yanvarda servis xizmat ko‘rsatish 
shaxobchalariga Turkiyadan servis uskunalar keltirilib, o‘rnatildi. Birgina 1995 yili 
mazkur qo‘shma korxonada mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 109,9 
mln. so‘mlik ish bajardi. Jumladan, 83,9 mln. so‘mlik 249 ta avtomobil hamda 
23,4 million so‘mlik ehtiyot qismlar sotildi. 
Turkiyaning “PREMIR BAT” korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent 
shahrining Yakkasaroy tumanida telefon va avtomobillar uchun akkumulyator 
ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etildi. “PREMIR BAT” korxonasi 
Turkiyaning “Kurtulush” va “Akyu Sanayi” tijorat jamoasi shirkati bilan 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatdi. 1998 yili mazkur korxona 47.396,3 ming so‘mlik 
mahsulot ishlab chiqarib, unda asosan 6 ST-36, ST-60, ST-90, ST-132, ST-180 
markali akkumulyatorlar ishlab chiqarildi. Bu mahsulotlar qishloq xo‘jaligi 
mashinalari, engil avtomobillaridan “Tiko”, “Damas”, trolleybus va tramvaylar 
uchun mo‘ljallangan edi. 
Turkiyaning ba’zi firmalari O‘zbekistonning bir qator vazirliklari bilan bir 
vaqtda hamkorlik qildi. Masalan, “Ekinchilar” firmasi O‘zbekiston Respublikasi 
qurilish va sog‘liqni saqlash vazirliklari “O‘zmetalsanoat”, “O‘zoziqovqatsanoat”, 
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zdonmahsulot” konsernlari va “O‘zavtotrans” 
korporasiyasi, “O‘zbeksavdo” assosiasiyasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha 
tadbirlar olib bordi. Shuningdek, firma 20 nafar o‘zbek mutaxassislarini marketing, 
menejment, bank ishi bo‘yicha Turkiya o‘quv muassasalarida o‘qitishni o‘z 
zimmasiga oldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


57 
Xususan, 
Turkiya 
davlatining 
investisiyalarini 
jalb 
qilish 
orqali 
O‘zbekistonda qisqa davr mobaynida juda katta ishlab chiqarish quvvatiga ega 
qo‘shma korxonalar ishga tushirildi. “Kosonsoy

Tekmen” o‘zbek-turk qo‘shma 
korxonasi, “SamKochavto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi, Toshkent viloyatidagi 
“Chinoz to‘qimachi” o‘zbek-turk-yapon qo‘shma korxonasi va Shahrisabzdagi 
“Oqsaroy to‘qimachi” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir. Mazkur korxonalar 
O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, uni 
modernizasiya qilish, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta 
rol o‘ynadi. Bu qo‘shma korxonalar ayrimlari xususida 1-jadvalda berilgan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling