Monografiya Имомов. Б


 O‘zbekiston va Turkiyaning san’at sohasidagi aloqalari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.


§9. O‘zbekiston va Turkiyaning san’at sohasidagi aloqalari 
 
O‘zbekiston va Turkiya davlati san’atning turli yo‘nalishlarida ko‘p 
yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa, musiqa, tasviriy san’at, xalq 
og‘zaki ijodi, teatr va kino sohalarida ikki davlat san’atkorlari xalqaro 
anjumanlarda o‘zaro tajriba almashib keldi. Xususan, Turkiya o‘zbek xalq og‘zaki 
ijodi va baxshichilik san’atiga juda katta qiziqish bilan e’tibor qaratgan. 1993 yili 
oktyabrda Turkiya Respublikasi Madaniyat vazirligi ilmiy tadqiqotlar bo‘limi 
direktori Yahyo Aqsu boshchiligidagi folklorshunos olimlar O‘zbekistonning turli 
hududlarida baxshichilik san’ati va uning namoyondalari faoliyati bilan 
tanishishdi. 
1992 yili 18-24 oktyabr kunlari Turkiyaning Shonliurfa viloyatida 
O‘zbekiston “Madaniyat va san’at haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 20 kishilik xalq 
o‘yinlari va musiqiy guruh ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy simfonik 
orkestrining 30 kishidan iborat raqqosa va qo‘shiqchilari, “Rayxon” xalq raqslari 
guruhi, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarini sahnaga qo‘yish uchun 
O‘zbekiston Davlat Teatri bosh rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev hamda simfonik 
orkestr rahbari E.Haqnazarovlar Turkiyaga yuborildi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


122 
Mazkur yilda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro bolalar 
teatri festivalida O‘zbekistondan “Tomosha” bolalar folklor teatrining 17 nafar 
a’zosi ishtirok etdi. Keyingi yillarda ham ushbu festivallar ko‘plab o‘tkazilib, 
ularda ham o‘zbekistonlik san’atkorlar faol ishtirok etib keldilar. 1994 yil bo‘lib 
o‘tgan “Dunyo bolalari” festivalida O‘zbekistondan 14 nafar ishtirokchi 
qatnashgan bo‘lsa, 1995 yilda esa mazkur festivalga Xorazm viloyati “Meros” 
bolalar dastasi ishtirok etdi. 
1993 yilning sentyabr oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniyati 
kunlarida 60 kishidan iborat delegasiya ishtirok etdi. Delegasiya tarkibida “Bahor” 
raqs ansambli, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba 
Abdullaeva rahbarligidagi “Samarqand” guruhi, 
O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasining 
ijodiy jamoa a’zolari ham bor edi. “Anqara 
plast” 
mehmonxonasida 
o‘zbekistonlik 
san’atkorlar 
turkiyalik 
ijodkorlar 
bilan 
birgalikda konsert berdilar. Konsertda N.Abdullaeva ijro etgan “Havoda yo‘qdir 
bulut” nomli turkcha qo‘shiq ko‘pchillikka manzur bo‘ldi.
O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida teatr san’ati muhim o‘rin egalladi. Ikki 
davlatning teatr san’ati namoyandalari doimiy ravishda o‘zaro tajriba almashib 
turdi. 1993 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Teatr: Sharq va G‘arb” xalqaro 
festivalida Turkiyadan xususiy qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ishtirok etib, G.Jelebi 
Xallining 
“Alvastilar” 
spektakli 
namoyish 
qilindi.
1993 yil Turkiyaning Izmir va Selchuki 
shaharlarida o‘tkazilgan “Efes madaniyat, san’at 
va turizm” o‘ttizinchi xalqaro festivalida 
O‘zbekistondan ham vokal-xoreografik ansambli ishtirok etishdi.
O‘zbekistonning qadimiy milliy qo‘shiq va raqslari juda yaxshi saqlanib 
qolgan hududlar ko‘p bo‘lib, ko‘plab shahar va tumanlarida o‘ziga xos san’atini 
o‘zida mujassam etgan folklor-etnografik xalq dastalari sermahsul ijod qilib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


123 
kelmoqda. Shunday dastalardan biri “Boysun” folklor-etnogrfik jamoasidir. 
Mazkur jamoa o‘z san’atlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki jahonning qator 
mamlakatlariga ham targ‘ib qilib keldilar. “Boysun” folklor-etnografik jamoasi 
1993 yili Turkiyaning Selchik shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda ishtirok 
etishdi.
Toshkent shahrining 20 kishidan iborat bo‘lgan “Oltin vodiy” folklor guruhi 
1993 yilning 14-24 iyul kunlari Turkiyaning Chorum viloyatida XIII Xalqaro 
“Chorum Xatit festivali”da ishtirok etdilar. Festival ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi bosqich 13-18 iyul kunlarda o‘tkazilib, mahalliy va chet el folklor 
guruhlarining chiqishlari bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa 19-24 iyul kunlari 
musiqiy tomoshalar namoyish etildi. 
1994 yili Turkiyaning Chorum shahrida XIV Xalqaro festival uyushtirilib, 
unda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Hosil” xalq folklor-etnografik 
dastasining 25 kishilik guruhi ishtirok etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-uslubiy markazi 
folklor-etnografik guruhi Turkiyada uyushtirilgan Navro‘z tadbirlarida ham 
ishtirok etdilar. 
O‘zbekiston va Turkiya davlatlarining estrada qo‘shiqchilarining gastrol 
konsertlari ham uyushtirilib turildi. 1994 yil oktyabrda Turkiyaning bir guruh 
estrada ijrochilari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand kabi 
shaharlarida konsert berdilar. 
1994 yil 18-25 fevralda Anqarada Evroosiyo filmlari xaftaligida 
O‘zbekistondan rejissyor R.Muhammadjonovning “Adashganlar” (“Vatan” 
studiyasi), F.Xaydarovning “Gunox”, (“Kinoakter” studiyasi), F.Davletshinning 
“Alif va Laylo” (“Me’mor” studiyasi) filmlari takdim etildi. Shuningdek, VI 
Xalkaro Anqara kinofestivalida O‘zbekiston kinochilari rejissyor Nozim 
To‘laxo‘jaevning “Islom tarixi” turkumidan suratga olgan filmi bilan qatnashdi. 
1994 yil oktyabr oyida Respublika qo‘g‘irchoq teatri Turkiyaning Bursa 
shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida ishtirok etdi. O‘zbek 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


124 
qo‘g‘irchoqbozlari I.Lukyanov va D.Yo‘ldoshevning “Buyuk ipak yo‘lidagi 
karvonsaroy” spektakli turk tilida namoyish etishdi. 
Turkiyada Izmir shahrida ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “An’anaviy 
teatr festivali”da O‘zbekistondan san’atkorlar doimo ishtirok etib keldilar. 
Masalan, 1995 yili mazkur festivalda O‘zbekistondan 11 kishidan iborat “Lola” 
teatri ishtirok etgan bo‘lsa, 1997 yilning 8-11 oktyabr kunlari o‘tkazilgan mazkur 
festivalda Andijon viloyatining “Lola” qo‘g‘irchoq teatri jamoalari muvaffaqiyatli 
ishtirok etishdi. Festivalning maqsadi an’anaviy teatr targ‘ibotini amalga 
oshirishdan iborat bo‘lib, anjumanda turk qo‘g‘irchoq teatrlarining zamonaviy 
spektakllari taqdim etildi. Bundan tashqari turli mamlakatlardan kelgan ijodiy 
jamoalar o‘zaro tajriba almashishdi. 
O‘z o‘rnida turkiyalik ijodkorlar O‘zbekisonda uyushtirilgan halqaro san’at 
anjumanlarida ishtirok etib keldi. Masalan, 1997 yilning may oyida o‘tkazilgan XII 
Xalqaro 
Toshkent 
kinofestivalida 
Osiyo, 
Afrika 
va 
Lotin 
Amerikasi 
mamlakatlaridan san’atkorlar qatnashib, o‘z ijod namunalarini namoyish qildilar. 
Jumladan, Turkiya kino ijodkorlari ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro Toshkent kinofestivali 
ishtirokchilariga tabrigida shunday degan edi: “Toshkent kinoanjumani kishilar 
qalbida yorug‘ umidlar uyg‘otib, ozodlik, tinchlik, birdamlik, do‘stlik va birodarlik 
g‘oyalariga, o‘zaro birlashishga, mamlakatlar va xalqlar madaniyati va 
ma’naviyatining yaqinlashuviga, er yuzida o‘zaro ishonch va hurmat-e’tiborning 
mustahkamlanishiga xizmat qiladi”. Festivalda 40 dan ortiq mamlakat vakillari 
qatnashib, Turkiya ijodkorlari festivalda sovrinli o‘rinni egalladilar. 
1997 yil 5-10 iyun kunlari Yalova shahrida bo‘lib o‘tgan “1-bolalar badiiy 
ijodiyot festivali”da Toshkent shahar “Umid” bolalar folklor raqs dastasi ishtirok 
etgan bo‘lsa, 7-12 iyul kunlari Bursa shahrida o‘tkazilgan “Oltin Qaragyoz” 11-
Xalqaro raqs tanlovida M.Turg‘unboeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs 
birlashmasining 35 nafardan iborat ishtirokchisi ishtirok etdi. Shuningdek, shu 
yilning 6-15 sentyabr kunlari Izmir shahrida o‘tkazilgan 4-Xalqaro raqs festivalida 
Xorazm viloyati “Xorazm gullari” folklor raqs dastasi muvaffaqiyatli ishtirok 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


125 
etdilar. Festival shartlariga muvofiq har bir davlatdan faqat bitta guruh ishtirok 
etishi va ishtirokchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilandi. Safar xarajatlarini 
festival tashkilotchilari o‘z zimmasiga oldi. Ansambl Bursa shahrida festivalning 
ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda “Qarg‘alar” raqsini ijro etdilar. O‘zbekistonlik 
raqqosalar “Bavutradi” va “Balirli” maydonlarida o‘z san’atlarini namoyish qilib, 
ular tomonidan “Tanovar”, “Dur-durtoy”, “Yor-yor, “Daryo toshqin”, “Olcha” 
kabi raqslari namoyish qilindi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar raqs festivalida 3-
o‘rinni egalladilar. 
Madaniyatning turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikda ikki davlat o‘rtasida 
o‘zgarmas bo‘lib qolgan an’analar mavjud. Turk san’at ustalarining Samarqandda 
o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida muntazam qatnashib 
keladilar. Ushbu musiqa festivali Turkiyaning (TRT) davlat teleradiokompaniyasi 
tomonidan xorijiy mamlakatlarga teranslyasiya qilib borildi. 
Shuningdek, 1997 yilning 25 avgust – 2 sentyabr kunlari Samarqand 
shahrida bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” I Xalqaro musiqa festivalida bir guruh 
turkiyalik san’atkorlar qatnashishdi.
1997 yil 14 noyabrida 9 kishidan iborat ijodiy guruh Istanbul shahriga 
bordilar. Festivalda Gretsiya, Isroil, Turkiya, Rossiya (Moskva, Tyumen) va 
O‘zbekistonning qo‘g‘irchoq teatrlari namoyish etildi. 
1998 yil 8-14 iyun kunlari Turkiyaning Chorum shahrida o‘tkazilgan 18-
Xalqaro Xetta ko‘rgazmasi va festivalida Surxondaryo viloyatining Abrayqulovlar 
oilaviy ansambli ishtirok etdi. Shuningdek, shu yili 27 oktyabr – 1 noyabr kunlari 
Istanbulda o‘tkazilgan turk opera kechasida A.Navoiy nomidagi opera va balet 
katta teatrining ijodiy jamoasi (4 kishi) qatnashdilar. 
1999 yil 13-20 may kunlari Turkiyada o‘tkazilgan “XV xalqaro musiqa 
festivali”da “O‘zbekiston” davlat milliy simfonik orkestri ishtirok etdi. Shu yil 26-
30 avgust kunlari Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” II-Xalqaro musiqa 
festivalida ham Turkiyalik bir guruh san’atkorlar, hay’at a’zolari va faxriy 
mehmonlar qatnashishdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


126 
Shuningdek, 2001 yil 12-16 noyabr kunlari Turkiyaning Bursa shahrida 
bo‘lib o‘tgan Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida Respublika qo‘g‘irchoq teatri 
jamoasi ishtirok etdi. 
2013 yili “Tantana” bolalar folklor ansambli Izmir xamda Istanbul 
shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarda qatnashishdi. Jumladan, “Hunarmand” 
uyushmasi ustalari Anqarada uyushtirilgan xalq amaliy san’ati xalqaro 
ko‘rgazmasida O‘zbekiston san’atini namoyish etdilar. 
Madaniyat sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va boshqa 
davlatlar bilan o‘zaro samarali hamkorlik natijasida yurtimizdagi ko‘plab milliy 
madaniy markazlarning samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, 
O‘zbekistonda Turk milliy madaniy markazi ham sermahsul faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 1991 yilda dastlab Buxoroda, 1992 
yilda esa Toshkent shahrida Turk milliy madaniy 
markazlari tashkil etilib, samarali faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqda. 1997 yilning 26 martida tashkil etilgan 
O‘zbekiston “Axista” turk milliy madaniyat 
markazi Buxoro va Samarqand shaharlaridagi milliy 
madaniyat markazlari faoliyatini birlashtirib, muvofiqlashtirib kelmoqda. O‘z 
navbatida Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat uyi 
ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekiston va Turkiya hududlarida istiqomat 
qiladigan o‘zbek hamda turk diasporasi vakillari ham ikki xalqning madaniy 
sohadagi hamkorligining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdi. Shuni qayd etish 
joizki, O‘zbekistonda turk diasporasining shakllanishi 1944 yili boshlangan. Shuni 
ta’kidlash lozimki, hozirda Turkiyada 15 mingdan ortiq o‘zbek diasporasi 
istiqomat qilib keladi. 
Mazkur markaz rahbari, mohir shifokor-tadbirkor, “Do‘stlik” ordeni sohibi 
Umar Salmonovning ta’kidlashicha, markaz qoshidagi “Sevinch”, “Anadolu”, 
“Istanbul” ansambllari hamda qizlar badiiy raqs jamoasi qadimiy musiqiy 
an’analarimiz, o‘ziga xos maktab va yo‘nalishlarini targ‘ib etishda faol hissa 
qo‘shib kelmoqda. Ushbu jamoalar “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


127 
“Qudratimiz–birlik va hamjihatlikda”, “Vatan yagonadir, vatan bittadir” kabi 
ijodiy tanlovlar, do‘stlik festivallarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelindi. 
Madaniy-gumanitar aloqalar ikki mamlakat munosabatlarining ajralmas 
qismi hisoblanadi. 2016 yilning iyun oyida Anqarada O‘zbekiston madaniyati 
kunlari bo‘lib o‘tdi, sentyabr oyida esa o‘zbek rassomlari Bodrumdagi 
haykaltarosh va rassomlar XIV xalqaro simpoziumida qatnashdilar. Mazkur 
yilning o‘zida Toshkentdagi san’at galereyasida o‘n kun davomida san’at 
muxlislari e’tiborini o‘ziga jalb qilgan o‘zbek rassomlari asarlarining ko‘rgazmasi 
Istanbul madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. 
2018 yil 22-24 iyun kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida ilk bor 
“Kulollar va kulolchilik mahsulotlari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Festival 
doirasida 100 dan ortiq kulollar, 60 nafardan ortiq respublikamizni barcha 
xudutlaridan usta hunarmandlar xamda Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya singari 30 dan ziyod davlatdan hunarmandlari 
ishtirok etishdi. 
Turk madaniy markazi rahbari va boshqaruv a’zolari tomonidan ta’sis 
etilgan “I.M. DOST-FILMS” studiyasi tomonidan yaratilgan o‘nlab kartinalar 
yurtimiz tomoshabinlariga yaxshi ma’lum. “Shirin buloq”, “Burch”, “Chin 
muhabbat” (turk tilida surtga olingan) “Ota”, “Qizg‘aldoq”, “Begona bahor” kabi 
badiiy filmlar, “Jiyda guli” 21 seriyali teleseriali, “Oppoq orzular” singari serial 
kartinalar mehr, muhabbat, sadoqat, oliyjanoblik, o‘zgalarga xayrixoh va 
ko‘makdosh bo‘lish kabi chin insoniy g‘oyalarni tarannum etgani, yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek maqsadlarni ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir. 
2018 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida 
Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertug‘rul” teleserialining rejissyori 
Mehmet Bo‘zdag‘ boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani 
o‘tkazildi. So‘nggi paytlarda turk kino ijodkorlari tomonidan taqdim etib 
kelinayotgan kino mahsulotlari xalqimizning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Joriy 
yilda efirga uzatilgan seriallar nafaqat kino ixlosmandlari, balki o‘zbek kino 
ijodkorlarining ham e’tiroflariga sazovor bo‘ldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


128 
Har ikki yilda bir marta Shahrisabz shahrida o‘tkazilishi an’anaga aylangan 
Xalqaro maqom san’at anjumani ana shu yo‘ldagi ezgu niyatlarni amaliy 
ifodasidir. Zero, Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom 
san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 6 
apreldagi “Xalqaro maqom san’at anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari 
o‘zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab berdi. Shahrisabzda 2018 
yil 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom san’ati anjumanida 73 davlatdan 300 ga 
yaqin san’atkorlar ishtirok etishdi. Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm 
vazirinig birinchi o‘rinbosari Axmat Xaluk Dursun ta’kidlaganidek, “Musiqa 
san’ati insonni hamisha ezgulikka chorlaydigan, har qaysi odamni qalbidagi eng 
nozik, eng go‘zal tuyg‘ularni uyg‘otadigan buyuk ilohiy kuch. Turli millat, til va 
e’tiqodga mansub odamlarni, elu-elatlarni hech qanday tarjimonsiz bir-biriga 
bog‘laydigan mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan musiqa san’ati kabi 
qudratli vositani topishning o‘zi qiyindir”. 
Umuman 
olganda, 
san’at 
sohadagi 
aloqalar 
O‘zbekiston–Turkiya 
munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Musiqa, tasviriy san’at, 
xalq og‘zaki ijodi, teatr va kino sohalarida ham aloqalar olib borilib, ikki davlat 
san’atkorlari xalqaro anjumanlarda o‘zaro tajriba almashib borildi. Ayniqsa, 
Turkiya san’at muxlislari o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va baxshichilik san’atiga juda 
katta qiziqish bilan qarab, turkiyalik madaniyat xodimlari o‘zbek folklor 
musiqasini 
o‘rganish 
maqsadida 
xalqaro 
ekspedisiyalar 
uyushtirdilar. 
Madaniyatning turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikda ikki davlat o‘rtasida o‘zgarmas 
bo‘lib qolgan an’analarga tayandi. Turkiyalik san’atkorlar Samarqandda 
o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida doimiy ishtirok etib, 
sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling