Monografiya Имомов. Б


 Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda savdo-


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.


§5. Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda savdo-
iqtisodiy, to‘qimachilik va engil sanoat sohalarining roli 
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida bank, savdo tizimi izchillik bilan olib 
borildi. O‘zbekistonning bank tizimiga xorijiy sarmoyalarni keng jalb qilish asosan 
Milliy bank orqali amalga oshirilib, bunda boshqa xorijiy davlatlar qatori Turkiya 
Respublikasidagi yirik banklarining ham kreditlari yo‘naltirildi. O‘zbekistonda 
Turkiya bilan hamkorlikdagi bir qator qo‘shma banklar ish olib bordi. 1993 yili 25 
oktyabrda o‘zbek-turk banki (O‘TBank) O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari 
o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq tashkil etildi. 1995 yil bu bankning sof daromadi 
74 mln. so‘mni tashkil etdi. Uning ta’sischilari O‘zbekistondan Paxta bank, 
Turkiya tomonidan “Ziroat bank” bo‘ldi. 1996 yilga kelib bank 3,500 ming 
mijozga xizmat qildi. Bank Istanbul, Nyu–York, London filiallari bilan ham 
hamkorlik qilib, xalqaro standartlar darajasida hamkorlik olib bordi. 
Respublika tarixida birinchi marta Turkiyaning “Ziroat banki” ishtirokida 
qo‘shma agrosanoat bankining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


64 
Muqobil bank faoliyati orqali o‘zaro ko‘pqirrali dastur va loyihalarni kredit va 
mablag‘ bilan ta’minlash borasida ishlar olib borildi. Bunda asosan sanoat, savdo 
va birja ittifoq (TOBB), Tashqi iqtisodiy hamkorlik komiteti (DEIK), Turkiya, 
Amerika biznesmenlari assosiasiyasi va boshqalar muhim o‘rin egalladi. 
Dastlab Turkiya Respublikasining “Turkeksimbank”i O‘zbekistonga kredit 
taqdim etdi. Ular tomonidan 1992-1994 yillarda 623 ming tonna don va 216,7 
ming tonna shakar, jami 144,3 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot etkazib 
berdi. Turkeksimbank O‘zbekistonga 250 mln. AQSh dollar kredit ajratish 
to‘g‘risida 
shartnoma 
imzoladi. 
“Turkeksimbank” 
tomonidan 
berilgan 
kreditlarining asosiy qismi Toshkent shahridagi Xalqaro savdo-ko‘rgazmasi 
kompleksi (100 mln. AQSh dollar), Xorazmda shakar zavodi qurilishiga (25 mln. 
AQSh dollar), 45 ming kv.metrli Axborot markazi va 20 ming kv. metr maydonli 
Milliy bank binosi qurilishiga sarflandi. Shuningdek, Urganch-Xiva ekspress-
trolleybus tarmog‘i, “Kosonsoy-Tekmen” qo‘shma korxonasi, o‘rtacha sig‘imga 
ega avtobuslar hamda kichik va o‘rta hajmdagi yuklarni tashuvchi yuk mashinalari 
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “SamKochavto” zavodi qurilishi ham 
“Turkeksimbank” mablag‘i hisobiga amalga oshirildi. 
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirishda 
1995 yilning 9 iyulida imzolangan “Savdo-iqtisodiy hamkorliklar to‘g‘risida 
komissiya tashkil qilish to‘g‘risida”gi bitim muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo aloqalari ham rivojlanib bordi. 
Turkiyaning “Chukurova tijorat A.Sh.” firmasi O‘zbekistonda 1991 yildan boshlab 
faoliyat ko‘rsatdi. 1992 yil O‘zbekistonda ushbu firmaning tovar ayirboshlash 
hajmi 223,12 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Firma O‘zbekistondan asosan paxta 
tolasi (157,82 mln. AQSh dollarlik) sotib oldi. Turkeksimbank”ning kreditiga 
muvofiq O‘zbekistonga 193 ta jami 12 mln. AQSh dollarlik “VMS” rusumdagi 
shahar avtobusi, 32,58 mln. dollarlik o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy 
vositalari, 18,23 mln. dollarlik tibbiy uskunalar, 2,48 mln. dollarlik xalq iste’mol 
mollari etkazib berildi. “Chukurova” firmasi “Uzfarmprom” konserni bilan bir 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


65 
martalik tibbiy anjomlar etkazib berish bo‘yicha 255,574 AQSh dollarlik 
shartnoma imzoladi.
Ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash 1992 yilda 73,3 mln. AQSh dollar, 
1994 yili esa 143 mln. dollarni tashkil etdi. 1997 yilga kelib bu ko‘rsatkich 320 
mln. dollarni, 1998 yili 275 million dollarni tashkil etdi. 1994 yili Turkiya 
Respublikasidan O‘zbekistonga 67,48 mln. AQSh dollari hajmda import mahsulot 
kiritilgan bo‘lsa, 1995 yili bu 193,28 mln. dollari bo‘ldi. Eksport esa shu yillarga 
tegishli ravishda 42,3 mln. AQSh dollaridan, 109,6 mln. dollarini tashkil etdi.
Ikki tomonlama xalqaro havo yo‘llari ochilishi va telekommunikasiya 
qulayliklari natijasida o‘zaro bordi-keldi, yuk va yo‘lovchilar tashish va 
xabarlashish imkoniyatlari rivojlandi. Bu imkoniyatlar savdo aloqalarini hamda 
turk ishbilarmonlarining O‘zbekistonda ish olib borishlarini osonlashtirdi. 
“Türk Havo Yollari” aviakompaniyasi xaftada 4 marta “Istanbul–Toshkent–
Istanbul” reysini uyushtirdi. Shuningdek, Toshkent–Antaliya–Toshkent aviareysi 
ham yo‘lga qo‘yildi. Turkiya O‘zbekistonning importida 5 o‘rin, eksportida 7 
o‘rinda turdi. Asosan Turkiyadan oziq-ovqat, xalq iste’mol mollari, to‘qimachilik 
uskunalari, avtomobil, dori-dormon, o‘simliklar zararkunandalariga qarshi 
kimyoviy vositalar va boshqalar import qilindi. O‘zbekistondan Turkiyaga asosan 
ip, kalava, paxtadan to‘qilgan matolar (23,2%), paxta tolasi (23,3%) kimyoviy 
tolalar (12,2%), o‘g‘itlar (4,5%), ipak xom ashyosi (3,4%), rangli metallar va 
ulardan tayyorlangan buyumlar (1,7%), charm xom ashyolari (1,3%) kabi 
mahsulotlar eksport qilindi. O‘zbekistonning Turkiyaga eksportida sanoat 
mahsulotlarining ulushi juda kam bo‘ldi. Masalan, eksport tarkibida elektr 
uskunlarining umumiy salmog‘i 1997 yilda bor-yo‘g‘i 1,5 foizni tashkil qildi. 
Demak, O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi tovar aylanish hajmi boshqa 
yillarga nisbatan 1998 yil ancha yuqori bo‘lgan bir sharoitda 2000 yilga kelib 
pasayib borganligi kuzatiladi. Masalan, ikki davlat o‘rtasida tovar aylanish 1995 
yili 195,2 mln. AQSh dollardan 1998 yil 243,3 mln. dollarga etdi. Eksport esa 
aksincha 1995 yili 109,6 mln. dollardan 1998 yili 45,3 mln. dollarga kamaydi. 
Import ham 1998 yil 198,0 mln. AQSh dollardan 97,1 million dollarga tushdi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


66 
2000 yili O‘zbekiston Turkiyaga 3934,1 tonna paxta tolasini eksport qilgan 
bo‘lsa, 2015 yili bu ko‘rsatgich 43226,7 tonnani tashkil qildi. Shuningdek, 
O‘zbekiston Turkiyaga chorva mollarini ham eksport qildi. Masalan, O‘zbekiston 
Turkiyaga 2014 yili 22,842 dona chorva mollari eksport qilgan bo‘lsa, 2015 yil esa 
151,953 donani tashkil qildi. 
O‘zbekistonda 2001 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy investisiyalar 
ishtirokidagi korxonalarning eksport hajmi umumiy respublika eksport hajmining 
14,1 foizini tashkil qildi. Qo‘shma korxonalar eksporti avvalgi yillarga nisbatan 15 
foizga oshdi. Bunda ayniqsa Turkiya investisiyalariga ega korxonalar savdo 
jarayonlarini faol olib bordi. 
Ikki davlat o‘rtasida 2002 yilda o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi salkam 200 
mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003 yilning o‘n oyida bu boradagi 
ko‘rsatkich o‘tgan yildagi ayni davrga nisbatan 41,3 foizga oshdi. O‘zbekiston va 
Turkiya Respublikalari o‘rtasida tovar aylanmasi 2003-yili 2002 yilga nisbatan 
42,2%ga o‘sdi va 270,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunda eksport 129 mln. 
dollarini, import esa 141,8 mln dollarini tashkil etdi. Eksport mahsulotlari: rangli 
metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar 42%; ip-gazlama, matolar va yigirilgan 
ip 38%; trikotaj gazlama 6,9%; xizmatlar 6,7%, paxta tolasi 1,6%; mevalar va 
yong‘oqlar 1,2%, neftni qayta ishlash mahsulotlari 0,7% iboratdir.
Import mahsulotlari: er usti transporti vositalari uchun butlovchi va ehtiyot 
qismlar 26,1%, texnik asbob-uskunalar 18,4%, optik asboblar va apparatlar 5,1%, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


67 
elektr uskunalari 4,6%, plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar 4,4% ni 
tashkil etdi. 2004-yilning birinchi choragida ikki mamlakat o‘rtasida tovar 
aylanmasi 118,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunda eksport 66,1 mln dollarni, 
import esa 52,1 mln. dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasida tovar almashish 2005 yil 2004 yilga nisbatan 
34,9 foizga o‘sib 524,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan 346,3 mln. 
eksport, 177,8 mln. dollarni import tashkil etdi. 2000-2017 yillarda O‘zbekiston va 
Turkiya o‘rtasidagi eksport va import hajmi quyidagi jadvalda keltirilgan. 
O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi ko‘plab sohalarda izchil rivojlandi. Ikki 
davlat o‘rtasida 2008 yilning yanvar-oktyabr oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash 
hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga oshdi. O‘zbekistonda 2018 
yilga kelib, Turkiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 500ga yaqin qo‘shma korxona, 
ushbu mamlakatning qariyb yuzdan ortiq firma va kompaniyalarining 
vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatdi. Ular savdo, kimyo, oziq-ovqat sanoati, 
to‘qimachilik, qurilish kabi sohalarda ish yuritdi. 
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirish maqsadida amaliy hamkorlik kengashi tuzildi. Umumiy qiymati 
salkam 1 milliard AQSh dollarlik 16 loyiha birgalikda amalga oshirildi. Savdo-
iqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash, ikki 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


68 
tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi bitimlar bilan 
muvofiqlashtirildi. Ikki mamlakat o‘rtasida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imkon 
qadar qulaylik yaratish tartibi joriy etildi.
Shuningdek, import hajmi ham turlicha bo‘ldi. O‘zbekistonga Turkiya 
importi 2000 yilda 97,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yili 203,2 
mln dollar, 2014 yili 519,2 mln dollar, 2015 yili 412,3 mln dollar, 2016 yili 485,2 
mln dollar, 2017 yili 674,7 mln dollar, 2018 yili 1235,0 mln dollarni tashkil etdi.
Turkiyadan asosan sitrus mevalar, ziravorlar, guruch, kungaboqar yog‘i, 
kolbasa maxsulotlari, qandolat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, qog‘oz, poyabzallar, 
elektro texnika va boshqalar keltirildi.
Turkiyadan O‘zbekistonga tovuq go‘shti importi ortib bordi. Masalan, 2000 
yili 161,6 tonna, 2014 yili 1,251 tonna, 2017 yili 2,098 tonna, 2018 yil yanvar-iyun 
oylarida 999,1 tonna yoki 735 ming dollarlik tovuq go‘shti sotib olindi. 
Shuningdek, sitrus mevalar sotib olish ham ko‘payib bordi. 2000 yil Turkiyadan 
18,7 tonna sitrus mevalar keltirilgan bo‘lsa, 2017 yili 2057,5 tonna, 2018 yil 
yanvar-iyun oylarida 2785 tonna yoki 958 ming dollarlik meva sotib olindi.
O‘zbek-turk qo‘shma korxonalarida asosiy e’tibor tayyor xo‘jalik 
mahsulotlari, engil va og‘ir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratildi. 
Qo‘shma korxonalarda raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi, eksport va import strukturasida sifat o‘zgarishlar yuz 
berishiga ham sabab bo‘ldi. Umuman O‘zbekistonda 2000 yilga kelib eksport 
tarkibida tayyor mahsulot va xizmat turlarining ulushi 154,5% ga etdi. Sanoat 
mollarini eksport qilish, sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan uskunalar, 
uskunasozlik va avtomatik vositalar, er usti transporti uskunalarini eksport qilish 
evaziga oshdi. “SamKochavto” qo‘shma korxonasi mahsulotlari hajmining oshishi 
sababli, bu boradagi eksport ta’minlandi. 
O‘zbekiston–Turkiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda korxona va 
kompaniyalarining mahsulotlarini namoyish qiluvchi ko‘rgazmalar muhim rol 
o‘ynadi. Masalan, 1992 yili 3-9 dekabrda Toshkentda Turkiya eksport 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


69 
mahsulotlarining O‘zbekistondagi ilk ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada yuzta 
davlatga qarashli va xususiy firmalar mahsulotlarining namunalari namoyish etildi. 
Shu yilning dekabr oyida Toshkentda Turkiyada ishlab chiqarilgan turli xil 
tovarlar bilan savdo qiluvchi “Istanbul” do‘koni ochildi. 1993 yil 21 yanvarida 
ham Toshkentda Turkiyaning yog‘och mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng 
yirik firmasi “Shishmano gullari”ning mebel do‘koni ochildi. 1993 yil iyunda 
Toshkentda “Turdier” qo‘shma korxonasi tovarlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
1994 yil sentyabrda Toshkentda Turkiyaning “Akcha” tijorat firmasi hamda shahar 
“Oziq-ovqat” ulgurji-chakana savdo birlashmasi hamkorligida O‘zbekistonda 
birinchi supermarket ochildi. 
Turkiyaning Anqara shahrida 2001 yilning 19-20 aprelida ikki davlat savdo 
munosabatlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston va 
Turkiya tadbirkorlarining xalqaro savdo yarmarkalarida ishtirok etishiga 
ko‘maklashish, savdo missiyalari bilan ikki tomonlama tashriflar uyushtirish, 
hamkorlikda biznes-seminarlar tashkil etish xususida fikr-mulohazalar bayon 
qilindi. Istanbulda 2008 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston–Turkiya savdo uyining 
samarali faoliyat ko‘rsatishi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini yanada 
oshirishga imkon berdi. 
2008 yil aprelda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy 
ko‘rgazmalar zalida “Qurilish, bezaklar, yoritish jihozlari, texnologiyalar hamda 
qadoqlash uskunalari industriyasi” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda Turkiya 
va O‘zbekistondagi 30 ga yaqin kompaniya va firmalar mahsulot namunalari 
hamda xizmat ko‘rsatish turlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazma pavilionlarida 
qurilish sohasida yuz bergan eng so‘nggi yangiliklar, eshik-romlar, qadoqlash 
uskunalari, ilg‘or texnologiyalar, kabellar, bejirim hamda ko‘rkam uy-jihoz 
buyumlarining namunalari namoyish etildi. Ko‘rgazmada ustuvor loyihalarni 
birgalikda amalga oshirish uchun bir qator kelishuv va bitimlar imzolandi. 
Mazkur yilning 23-25 sentyabrda Toshkent shahrida “Power Uzbekistan–
2008” 
xalqaro 
ko‘rgazmasida 
yoqilgi-energetika 
sohasining 
zamonaviy 
texnologiyalari namoyish etilib, unda 50 dan ziyod davlatlarning firma va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


70 
kompaniyalari, shular qatorida Turkiyaning bir qator kompaniya vakillari ham o‘z 
mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etdilar. Ko‘rgazmada elektr mashinalar, 
butlovchi qismlar, past va yuqori voltli uskunalar, transformatorlar, elektr-montaj 
jihozlari, kabel, sim aksessuar, elektr-izolyasiya materiallari namoyish etildi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining salmoqli ulushini tashkil etuvchi kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik mamlakat rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil 7 
iyuldagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasi xususiy sektor pozisiyalarini mustahkamlash sohasiga munosib 
hissa qo‘shdi. 
Savdo-sanoat palatasi faoliyatidagi muhim yo‘nalish – bu tadbirkorlarga 
mini-texnologiyalar va qurilmalarni izlash hamda xarid qilishda yordam berish 
bo‘ldi. Mazkur maqsadda mahalliy tadbirkorlarning xorijga o‘nlab ishbilarmonlik 
safarlari tashkil etilib, ularning xalqaro ko‘rgazmalar va biznes-uchrashuvlarda, 
shuningdek, mamlakat ichidagi ko‘rgazmalardagi ishtiroki ta’minlandi. Bunday 
yondashuvning samarasini quyidagi raqamlarda yaqqol ko‘rish mumkin: agar 2004 
yilda 800 nafar tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida jami 10 ta ko‘rgazmaviy tadbir 
uyushtirilgan bo‘lsa, 2013 yil yakunlari bo‘yicha ham O‘zbekiston, hamda 
Germaniya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston 
kabi ko‘plab xorijiy davlatlarda 150 dan ziyod ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil 
etildi. 
2015 yil noyabr oyida “O‘zekspomarkaz” majmuida “Transport va logistika 
– TRANSUZBEKISTAN – 2015” o‘n ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasida 
mamlakatimiz transport industriyasi va logistika xizmatlari yutuqlari namoyish 
etildi. Ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiyoti jahon hamjamiyatiga tobora 
integrasiyalashib borar ekan, bu jarayonda transport va savdo yo‘laklarini 
kengaytirish, taqdim qilinayotgan logistika xizmatlarini yanada takomillashtirish 
talab etiladi. Bu ko‘rgazmada Turkiyaning “Turksib Magistral” kompaniyasi 
MDH, Evropa va Osiyo davlatlaridan to‘plangan yuklarni etkazib berish bo‘yicha 
noyob logistik echimlarini taklif qilayotgani hamda O‘zbekiston logistika transport 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


71 
bozori haqida ma’lumot beruvchi kompaniyalar faoliyati taqdimotlari ko‘rgazma 
maydonining 17 foizini egallaganini e’tirof etish mumkin. 
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turli mavzularda anjumanlar o‘tkazish 
an’anaga aylanib bordi. Masalan, 2008 yil 22 
dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo 
vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Tashqi 
savdo 
vazirligi 
hamkorligida 
ishbilarmon 
doiralarining biznes-forumi tashkil etildi. Bu 
tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada 
kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, 
bank-moliya, qurilish, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo, 
engil sanoat, to‘qimachilik, transport va transport kommunikasiyalari, aviasiya, 
xizmat ko‘rsatish hamda sayyohlik sohalariga doir masalalar xususida fikr 
almashildi. 
Anjumanda Turkiyaning yigirmaga yaqin yirik kompaniyasidan o‘ttizdan 
ortiq vakillar ishtirok etdi. Ular o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni 
rivojlantirishga katta qiziqish bildirdilar. Xususan, “Tureks ithalat ihracat” 
(qurilish materiallari), “Gold kimya urunleri uretim ve pazarlama” (charm-
poyabzal), “Cayirova Otomotiv Gida Tasimacilik” (qishloq xo‘jaligi texnikasi), 
“Vestel Dis Ticaret” (savdo), “Degtr Logistics Transport Company” (logistika), 
“Final Ahsap” (eshiksozlik), “Tekis Traktor Kaborta Metal” (mashinasozlik) kabi 
kompaniyalar O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishini ma’lum qildi. 
2017 yilning o‘zida O‘zbekiston–Turkiya davlatlari o‘rtasida tovar 
ayriboshlash hajmi 30 foizga ortib, 1,5 milliard AQSh dollarga etdi. O‘zbekiston 
hamda Turkiya o‘rtasida imzolangan 20 dan ortiq shartnomalar o‘zaro iqtisodiy 
hamkorlikni yanada rivojlanishi uchun imkon yaratdi.
Bunda asosan rangli metallar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar, paxta 
tolasi hamda ip-kalava, meva-sabzavot mahsulotlari, xizmatlar, azot o‘g‘itlari, 
neftni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar mamlakatimizning Turkiyaga asosiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


72 
eksportini tashkil etdi. O‘z navbatida, respublikamiz pardoz-andoz buyumlari, turli 
mexanik va elektron uskunalar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan 
mahsulotlar, to‘qimachilik, farmasevtika mahsulotlari, teri oshlash va bo‘yash 
vositalarini import qildi. Natijada 2018 yilning birinchi choragida tovar aylanish 
hajmi 20 foizga oshdi. 
2018 yil 24 yanvarda Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor 
elchisi Ahmad Bashar Shen boshchiligidagi delegasiya Sirdaryo viloyatiga tashrif 
buyurdi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki qardosh davlat 
o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Sirdaryo viloyati ijtimoiy - 
iqtisodiy salohiyatini oshirishda Turkiya sarmoyasi hamda ishbilarmonlari 
ishtirokini yanada kengaytirish imkoniyatlari 
va 
istiqbollari 
haqida 
so‘z 
yuritildi. 
Uchrashuvda 
“Ziraat 
Bankasi 
A.S.” 
boshqaruvchisi 
Erjan 
Bulut 
ushbu 
muassasaning 
istiqbolli 
loyihalarni 
moliyalashtirish 
imkoniyatlari 
xususida 
qatnashchilarga 
ma’lumot 
takdim 
etdi. 
Shuningdek, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hududdagi 
ona va bola salomatligi yo‘nalishidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika 
sharoitini yaxshilash, jumladan, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan 
jihozlashga bevosita ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi. 
Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkoriga aylandi. Davlatlar 
o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2010–2018 yillarda qariyb 7 barobarga 
oshdi hamda 2018 yil yakunlari bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 2,2 mlrd. AQSh 
dollarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichni uch hissaga oshirish bo‘yicha tegishli chora-
tadbirlar ishlab chiqildi. Turkiya O‘zbekistonning umumiy eksporti ro‘yxatida 4-
o‘ringa chiqdi.
Turkiya importida yoqilg‘i-energetika mahsulotlari, mashina va uskunalar 
hamda ularning ehtiyot qismlari, elektrotexnika jihozlari va qurilmalari, 
farmasevtika, bo‘yoq, qora metall, kimyo sanoati hamda iste’mol mollari etakchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


73 
o‘rin egalladi. Ayniqsa, kimyo sanoati mahsulotlari va iste’mol mollari 
yo‘nalishidagi hamkorlik O‘zbekiston uchun istiqbolli bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillarida mamlakatda to‘qimachilik 
sanoatini yo‘lga qo‘yishda xorijiy hamkorlar, xususan Turkiya davlati ham katta 
qiziqish bilan e’tibor qaratdi. O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida qator 
to‘qimachilik korxonalar tashkil etildi.
1992 yil Urganch shahrida “Xorazm” AJ va Turkiyaning “Nurton” firmasi 
ta’sischilari tomonidan “Xorazm–Nurton” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Bu 
korxona 4500 kv.m. maydonni trikotaj sexi va 800 kv.m. maydonni egallagan 
tikuv sexidan iborat edi. Korxonaning umumiy qiymati 17,2 mln. AQSh dollari 
bo‘lib, O‘zbekiston tomonidan 9,3 mln. dollar (54%) Turkiya tomonidan 7,9 mln. 
dollar (46%) qilib belgilandi. 1993 yilda Xorazm viloyati va Urganch shahar 
hokimiyati qarori bilan “Mem–Gilan” xorijiy korxonasini qurish uchun 8 gektar er 
maydoni ajratildi. 1993

1996 yillarda bu korxona qurilishi uchun 214,5 million 
so‘m mablag‘ sarflandi. 1996 yil oktyabrda “Turon Tekstil” o‘zbek-turk qo‘shma 
korxonasi tashkil etilib, uning ta’sischilari “Urganch paxta tozalash” AJ va “Mem-
Gilan” Turkiya kompaniyasi bo‘ldi. 
Xususan, shu yilda Qarshi shahrida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida 
yiliga 25 ming tonna ipak paxtani qayta ishlashga mo‘ljallangan umumiy qiymati 
28 million AQSh dollari bo‘lgan “Kashteks” qo‘shma korxonasi qurilishi 
boshlandi. “Kashteks”ga Turkiya, Germaniya, Italiya kabi davlatlardan 
texnologiya keltirilib, ip yigirish, to‘qish, ip va gazlamalarni bo‘yash sexlari 
tashkil etildi. Qo‘shma korxonaga Turkiyaning “Yazeks” firmasi ishlab chiqargan 
50 ta “Sumer” markali jin mashinalari olib kelib o‘rnatildi. Shuningdek, ip yigiruv 
sexida Italiyaning “Savio”, Shveysariyaning “Reter” firmalaridan keltirilgan 
asbob-uskunalari o‘rnatilib, bir smenada 1 tonna, sutkasiga 3 tonna ip tayyorlandi. 
Tikuv sexida esa Italiyaning “Somet” firmasidan keltirilgan 35 ta yirik tikuv 
uskunalari bilan birga ushbu davlatning “Remoldi”, “Neson”, Turkiyaning “Izmir” 
firmalarining uskuna va dastgohlari ham olib kelib o‘rnatildi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


74 
1993 yili Turkiya ishbarmonlari Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 
“Gulbahor” davlat xo‘jaligidan 130 tonna tolani sotib oldi. Turkiyadan tumanga 
gilam to‘qiydigan kichik korxona uchun zarur asbob- uskunalar, jihozlar keltirilib, 
mutaxassislar tomonidan o‘rnatib berildi. Shuningdek, 1994 yilda Turkiyaning 
“Assorti-akber” firmasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 
sport kiyimlari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etildi. Natijada ming 
tonna ingichka tolali paxta qayta ishlanib, ulardan sport kiyimlari ishlab chiqarildi. 
1995 yilga kelib, O‘zbekistonda 21 ta turk kompaniyalari hamkorlikda ish 
olib bordi. Masalan, “Aston” firmasi “O‘zbekengilsanoat” assosiasiyasi bilan 
hamkorlikda Namangan viloyati, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani, 
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida paxtani qayta ishlovchi 
to‘qimachilik korxonalarini barpo etdi Shular qatorida, 1995 yilda Namangan 
shahrida umumiy loyiha qiymati 40,4 million AQSh dollari bo‘lgan “Asnom 
Tekstil” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Korxona qurilishi uchun Germaniyaning 
“KFW” banki 34,4 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Natijada 
korxona yiliga 13 million AQSh dollar miqdorida mahsulot eksport qila boshladi.
1995 yili Turkiyaning “Bursel” firmasi Andijon shahridagi “Bobur” AJ 
bazasida “Ankonteks” qo‘shma korxonasini tashkil etdi. Korxona yiliga 1,8 
million erkaklar ko‘ylagi va 750 ming dona choyshablar ishlab chiqarishga 
mo‘ljallanib, uning eksport hajmi 3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mazkur 
yili Toshkent shahrida Turkiyaning “I.Tako” firmasi bilan hamkorlikda “Gulmira 
Deri” qo‘shma korxonasi Turkiyaning “I.Tako” firmasi bilan hamkorlikda tashkil 
etildi va yiliga 100 ming dona charm kurtka ishlab chiqara boshladi. 
1996 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Anteks”, 
“Kashteks”, “Quva” va “Turlan” to‘qimachilik mashinalarini ishga tushirishni 
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-sonli qarori e’lon qilindi. 
Turkiyaning “Yazeks” korporasiyasi bilan hamkorlikda bu borada tadbirlar olib 
borildi. Biroq ba’zi holatlarda tashqi xarajatlarning ortib ketganligi sababli 
tashkilotlar o‘rtasida turli muammolar ham kelib chiqdi. Shu bois, mazkur 
muammoni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


75 
M.Z.Usmonov boshchiligida komissiya tuzildi. 1996 yil 7 martda komissiyaning 
“Yazeks” korporasiyasi Prezidenti T.Jinar, Vise-Prezident N.Yurekli, Turkiyaning 
O‘zbekistondagi elchisi E.Aytun ishtirokida yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘zaro kelishuvga 
erishildi. Kelishuv natijasida tashqi xarajatlarni kamaytirish va korxonalardagi 
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini olib borish nazarda tutildi.
1996 yil O‘zbekistonda “Mahalliy sanoat” korporasiyasi va Kosonsoy 
ipakchilik fabrikasi va Turkiyaning “Tifaks Tonkali Iplik” fabrikasi hamda 
“Anonim Shirkati” hamkorligida “Kosonsoy–Tekmen” qo‘shma korxonasini 
tuzishga kelishildi. Loyihaning umumiy qiymati 76 million AQSh dollar bo‘lib, 
korxona 1999 yilda ishga tushirildi. Qo‘shma korxona respublikadagi jun 
gazlamalar ishlab chiqaruvchi ilk korxona bo‘lib, unda 2000ga yaqin mahalliy 
aholi ish bilan ta’minlandi. Korxona yiliga 2,5 million metr turli matolar, 1,7 
million metr movut matosi va 1,185 tonna kalava ip ishlab chiqarish quvvatiga ega 
edi. 
1996 yil 31 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Mavjud loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish va turk kompaniyalarining yangi 
takliflarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq qator o‘zgarishlar 
amalga oshirildi. 1996 yili O‘zbekistonda dunyoning sanoqli mamlakatlaridagina 
ishlab chiqariladigan jarrohlikda qo‘llaniladigan tikuv iplarini ishlab chiqaruvchi 
“Ketgut

Silk” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi ishga tushirildi va jarrohlik iplari 
tayyorlandi. Mazkur korxona nafaqat O‘zbekiston ehtiyojini balki, Markaziy 
Osiyodagi bir qator davlatlarni ham bu mahsulotga bo‘lgan talabini qondirdi. 
1996 yilda uch davlat tomonidan tuzilgan umumiy jamg‘armasi 15 million 
557 ming AQSh dollari bo‘lgan “Chinoz to‘qimachi LTD” o‘zbek-turk-yapon 
yigiruv-to‘quv fabrikasiga asos solindi. Qurilish loyiha qiymatini esa 63 million 
144 ming AQSh dollarni tashkil etdi. 15 ming kvadrat metr bo‘lgan binoga 
Turkiya, Yaponiya, Germaniyadan kelgan mutaxassislar tomonidan yangi 
dastgohlarni o‘rnatildi. 
Shu o‘tgan yillar mobaynida Turkiyaning “Yazeks”, “Bursel”, “Tekfen” kabi 
yirik korporasiyalari tashkil etilgan to‘qimachilik korxonalariga paxtani tozalash, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


76 
ip yigirish, gul bosish xorijiy texnologiya jihozlarini hamda asbob-uskunalarini 
O‘zbekistonning paxta tolasi evaziga etkazib berdi. Natijada tashkil etilgan 
qo‘shma korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ichki bozorni 
ta’minlabgina qolmay balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilindi.
Turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bunday 
korxonalarni yana ko‘plab keltirish mumkin. 
2002 yil 11 aprelda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 
O‘zbekiston, Turkiya va Yaponiya davlatlari hamkorligida yiliga 4800 tonna 
yuqori sifatli eksportbop ip-kalava, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan 
“Oqsaroy to‘qimachilik LTD” qo‘shma korxonasi bunyod etildi. Korxona qurilishi 
2000 yilning sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, loyiha qiymati 66,76 million AQSh 
dollarini tashkil qildi. Korxonada 600 dan ziyod kishi faoliyat ko‘rsatib, yiliga 
6110 tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniga ega bo‘ldi. Natijada “Oqsaroy 
to‘qimachi LTD” korxonasining ishga tushirilishi eksport mahsulotlari hajmining 
ortishiga xizmat qildi. Xususan, 2006 yilda korxonada ishlab chiqarilgan 
mahsulotning 98 foizi Evropa davlatlariga eksport qilindi. Qo‘shma korxona 
tomonidan 2006 yil 4 ming tonna kalava ip va 980 tonna mato eksport qilinib, 2,5 
million AQSh dollari miqdorida sof daromad olindi. 
Shuningdek, 2004 yil avgust oyida Guliston shahrida “Lola Model” o‘zbek-
amerika-turk qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Uning ta’sischilari “Lola” AJ, 
AQShning “BRI” va Turkiyaning “DOGUS” kompaniyalari edi. Qo‘shma 
korxonaga 254 dona yangi texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Korxona paxtadan 
erkaklar-ayollar va bolalar sport futbolkalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib, 
o‘z mahsulotlarini AQSh, Turkiya va dunyoning boshqa davlatlariga eksport qildi 
hamda 1100 dan ziyod ishchi ishladi. 
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 
yanvardagi “Respublika to‘qimachilik tarmog‘iga investisiyalar jalb etish chora-
tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
qaroriga 
ko‘ra, 
to‘qimachilik 
korxonalarini 
takomillashtirish, qayta jihozlash bilan bog‘liq 94 ta loyiha amalga oshirildi. 2005-
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


77 
2008 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyihalarning umumiy qiymati 1,2 milliard 
AQSh dollarini tashkil etdi. 
2006 yili Toshkent shahrida Turkiyaning “BF Tekstel Prodakshn” korxonasi 
ishga tushirildi. Asosan mahalliy xom ashyodan eksportga mo‘ljallangan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona loyihasini amalga oshirish uchun 
ta’sischilar tomonidan 5,5 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya jalb 
qilindi. Korxona sexlariga o‘rnatilgan 46 ta to‘qish va 22 ta bo‘yash dastgohlari 
esa Italiya, Germaniya va Tayvandan keltirildi. Natijada korxonaning ishlab 
chiqarish hajmi ortib, ishlab chiqarilgan 10 turdan ortiq 600 ga yaqin rangdagi 
tayyor trikotaj matolari o‘zining sifati bilan alohida ajralib turdi. Korxona Rossiya, 
Italiya, Misr, Turkiya, Ukraina va Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan bir 
qancha yirik to‘qimachilik korxonalarning mijoziga aylandi. Qisqa muddatda 
korxona 1 million 160 ming AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlarni ana shu 
davlatlarga eksport qildi.
2007 yili Turkiyaning “Sedat Triko O‘rme Sanayi” shirkati Toshkentning 
Chilonzor tumanida yangi “Sedat Triko Tashkent” korxonasiga asos soldi. Asosan 
mahalliy xom ashyodan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
mazkur korxonaning umumiy loyiha qiymati 1,15 million AQSh dollariga teng 
bo‘lib, yiliga 1 ming 700 tonna trikotaj hamda tikuvchilik uchun zarur bo‘lgan 
yordamchi matolar ishlab chiqara boshladi. Mazkur to‘qimachilik korxonasi 
“O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi yordamchi 
materallar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan ilk korxonasi hisoblandi. Shu paytgacha 
O‘zbekistonga to‘qimachilik sanoati uchun bunday mahsulotlar asosan chetdan 
valyuta hisobiga keltirilardi. Turkiyalik sarmoyadorlarning ish boshlashi esa 
O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulot tayyorlashga zamin 
yaratdi. Korxona mahalliylashtirish dasturi asosida Turkiya va Italiyaning 
zamonaviy dastgohlar bilan jihozlandi va turli xildagi kiyim-kechaklar 
tayyorlashda qo‘llaniladigan trikotaj matolar ham ishlab chiqarildi. 
Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, 2013-2015 yillarda to‘qimachilik sohasida 
o‘zbek-turk qo‘shma korxonalari mahsulotlari ishlab chiqarishda pasayish ko‘zga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


78 
tashlanadi. Masalan, 2013 yili paxtadan 494,5 ming metr kv. mato ishlab 
chiqarilgan bo‘lsa, 2014 yili 200,2 ming metr kv, 2015 yili 168,6 ming metr kv. 
mato tayyorlandi. Keyingi ikki yilda bu turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 
ortdi. 2016 yili 245,8 ming metr kv, 2017 yili 393,8 ming metr kv. paxta matosi 
ishlab chiqarildi.
To‘qimachilik sohasini rivojlantirishda mahsulot ko‘rgazmalari muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 2008 yil aprelda Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da 
“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME-2008” Markaziy Osiyo 
4-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investisiya va savdo, iqtisodiyot vazirliklari, “O‘zbekengilsanoat” DAK, 
Respublika savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi rasmiy ko‘magida 
“ITE Uzbekiston” ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Ko‘rgazmada 
to‘qimachilik sanoati rivojlangan jahonning salkam 20 ta mamlakatidan 130 ta 
kompaniya o‘z xizmat ko‘rsatish turlari va mahsulotlari namunalari bilan ishtirok 
etdi. Xususan, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Italiya singari davlatlarda 
ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosini qayta ishlab, undan tayyor maxsulot ishlab 
chiqaradigan to‘qimachilik uskunalari namoyish etildi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichga 
ko‘tarilganligi natijasida turkiyalik ishbilarmonlar bilan 2016-2018 yillarda 10 dan 
ortiq qo‘shma korxonalar ishga tushirildi. Bugungi kunda turkiyalik tadbirkorlar 
bilan hamorlikda tashkil etilgan Qo‘qon shahrida “Aylin tekstil”, Marg‘ilon 
shahridagi “To‘yona”, Rishton tumanidagi “Fayz akro teks” kabi korxonalar 
samarali faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi “Qo‘shtepa ipak 
gilamlari” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi mahsulotlari ham ichki va tashqi 
bozorda o‘z xaridorlariga ega. 2016 yilda ish boshlagan korxonada 1 milliard 800 
million so‘mdan ziyod qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, joriy yilda 
350 million so‘mlik adras, atlas, ipak matolari ishlab chiqarildi. Ayni vaqtda ushbu 
mahsulotlar Turkiya va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017 
yil 
14 
dekabrda 
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


79 
to‘g‘risida”gi 
farmoni 
qabul 
qilindi. 
Farmonning 
mazmun-mohiyatida 
to‘qimachilik tikuv-trikotaj sanoatini modernizasiya qilish, tashqi bozorlarda talab 
yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish, 
paxta xom ashyosini etishtirish va qayta ishlash samaradorligini oshirishni nazarda 
tutadi. Bunda xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, to‘qimachilik 
sanoatini rivojlantirishning samarali shakllaridan biri klasterlarni tashkil etish 
hisoblanadi. Mazkur model paxta xom ashyosini etishtirish, dastlabki ishlov berish, 
qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan 
yagona ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish demakdir. 
Xususan, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “Turkan tekstil” 
mas’uliyati cheklangan jamiyati turkiyalik ishbilarmonlarning sarmoyalari 
hisobidan korxona 2017-2018 yillarda texnologik jihatdan modernizasiya qilindi. 
Eski tikuv mashinalari yangisiga almashtirildi. Xorijdan matoga rangli rasm 
soluvchi ikkita zamonaviy uskunalar olib kelindi. Korxonaning yillik eksport hajmi 
700 ming AQSh dollarni tashkil etadi. Asosan mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, 
Isroil davlatlariga etkazib berilmoqda. Kelgusida mahsulot eksport hajmini bir 
million dollarga etkazish asosiy maqsad qilib belgilangan. 
Demak, 2018 yil holatida “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati 
tizimida 450 dan ziyod korxonalar faoliyat yuritib, ular tomonidan ichki bozor 
trikotaj hamda tikuvchilik mahsulotlari bilan to‘ldirish barobarida, yuqori sifatli 
kalava ip, gazlama, trikotaj buyumlar holda turli dizayndagi kiyim-kechaklar 
dunyoning 54 mamlakatiga sotildi va 1 milliard 146 million AQSh dollarlik 
mahsulot eksport qilindi. 
Bu kabi loyihalar nafaqat tuman yoki viloyat, balki O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi, aholi turmush darajasini 
ko‘tarishda asosiy omillarining biriga aylanishi shubhasiz. Zero, klaster ilm-fan, 
ta’lim hamda ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirish yangi innovasion 
texnologiyalarni 
amaliyotga 
joriy 
qilish, 
iqtisodiy 
o‘sish 
sur’atlarini 
jadallashtirishga xizmat qiladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


80 
Bugungi kunda an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan O‘zbekiston 
paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ushbu sohada mehnat qilayotgan tadbirkorlarga 
yangi savdo yo‘laklari ochilishida muhim o‘rin tutadi. Negaki, Paxta bo‘yicha 
xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC)ning eng muhim tadbirlari ro‘yxatiga kiritilgan 
mazkur forumda sanoatimizning ushbu jabhasidagi yutuqlar eng sara mahsulotlar 
namoyish etilib, chet ellik hamkorlar uchun ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniyati yaratiladi.
2016 yil sentabr oyida Moskvada o‘tkazilgan “To‘qimachilik va engil sanoat 
– 2016” to‘qimachilik va engil sanoat mahsulotlari, texnika va texnologiyalari 
xalqaro yarmarkasida “Sedat Triko Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 
“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlari yuksak baholandi. Korxona 
yarmarkaning maxsus sertifikatiga munosib topildi. “Sedat Triko Tashkent” 
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan ip-kalava, mato, 
turfa xildagi tikuvchilik-trikotaj tovarlari, maxsus kiyimlar, poyabzallar uchun 
aksessuarlar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ichki bozorga etkazib berilishi 
bilan bir qatorda eksport qilinmoqda. 
Shuningdek, 2018 yil sentyabr oyida Toshkentda “To‘qimachilik uskunalari 
va texnologiyalari – CAITME-2018” xalqaro ko‘rgazmasida to‘quv, bo‘yash, 
ishlov berish, yigiruv, tikuv, naqsh tushirish uskunalari namoyishiga e’tibor 
qaratilgan bo‘lsa, “Tekstil va moda sanoati –UzTextileExpo – 2018 xalqaro 
ko‘rgazmasida modalar namoyishi yuqori saviyada tashkil etildi. Har ikki 
ko‘rgazmada Avstriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Latviya, Turkiya, Xitoy kabi 
davlatlardan 480 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashdi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 2018-2021 yillarda 2,5 milliard AQSh 
dollaridan ortiq bo‘lgan 130dan ziyod investisiyaviy loyihalarni ro‘yobga chiqarish 
rejalashtirilgan. Xususan, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm va boshqa 
viloyatlarda bir qator zamonaviy to‘qimachilik korxonalari ishga tushirildi. 
Bundan tashqari 2018 yilning o‘zida 13 ta to‘qimachilik klasteri barpo etildi. Turli 
davlatlarda xalqaro ko‘rgazmalarni ko‘plab o‘tkazilishi, o‘zaro manfaatli 
aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


81 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zaro munosabatlarning dastlabki yillarida 
O‘zbekiston va Turkiya savdo munosabatlarining huquqiy asoslari shakllantirildi. 
Ikki davlat savdo munosabatlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar doimiy ravishda 
o‘tkazilib turildi. O‘zaro uchrashuvlarda O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlarining 
xalqaro savdo yarmarkalarida ishtirok etishiga ko‘maklashish, savdo missiyalarini 
uyushtirish tadbirlari olib borildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Turkiya va 
O‘zbekiston o‘rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi o‘z o‘rnida ikki davlat 
o‘rtasidagi eksport hamda import miqdorining ko‘payishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida doimo engil sanoat, xususan, 
to‘qimachilik sohasi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanib keldi. Ikki davlat 
hamkorligida tuzilgan aksariyat qo‘shma korxonalar to‘qimachilik sohasida bo‘ldi. 
O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida Turkiya bilan hamkorlikda paxtani qayta 
ishlovchi korxonalar tashkil etildi. Ammo ularning ko‘pchiligida eski 
uskunalarning olib kelib o‘rnatilishi natijasida ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. 
Hamkorlikning bugungi davrida tashkil etilgan to‘qimachilik sohasidagi so‘ngi 
zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mamlakatlarning eksport salohiyatini oshishiga 
xizmat qilmoqda. 
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling