Monografiya Имомов. Б


§7. O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida ta’lim, fan va sog‘liqni


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

 
§7. O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida ta’lim, fan va sog‘liqni 
saqlash sohasidagi aloqalarning o‘rni 
O‘zbek va turk xalqlarii tarixda nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy 
sohalarda ham o‘zaro aloqalar o‘rnatganlar. O‘tgan davrda ikki qardosh xalq 
vakillari, ulamolari, olimlari, shoirlari, adiblari bir madrasalarda tahsil olganliklari, 
haj ziyoratlari, elchilik aloqalari mobaynida do‘stona madaniy aloqalar bog‘lab, 
bir-birlaridan ma’naviy ozuqa olganlar. Turkiston jadidlari Turkiya ilm-fan va 
madaniyatidan bahramand bo‘lganlar va ko‘plab yoshlar zamonaviy ilm olish 
uchun bu yurtga o‘qishga yuborilgan. Sovet tuzumi davrida ikki qardosh xalq 
o‘rtasidagi aloqalar ma’lum vaqt to‘xtatilgan bo‘lsada, XX asrning 70–80 yillarida 
ikki o‘rtadagi aloqalarni tiklashga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar chop ettirilib, 
munosabatlar qayta tiklana boshlandi. Natijada 1990 yilda o‘zaro badiiy jamoalar 
o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish, kitoblar nashr etish, teleko‘rsatuv va konsertlar 
ayriboshlash kabi hamkorlik aloqalari o‘rnatishga muhim qadamlar qo‘yildi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


93 
Mustaqillik yillari ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni to‘la tiklanishida 
muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining eng muhim va 
dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu ta’lim sohasi hisoblanadi. 1991 yil 19 dekabrda 
O‘zbekiston va Turkiya davlatlari Prezidentlari “Ahdlashuv Protokoli”, 
“O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi hukumatlari o‘rtasida 
madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasida o‘zaro 
hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim, “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi 
o‘rtasidagi 1992–1993 yillar mobaynida madaniyat, ta’lim va fan sohasidagi 
ayirboshlash protokoli”, 1992 yil 7 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya 
Respublikasi o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash sohasidagi bitimlarini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarori ikki davlat o‘rtasida ta’lim tizimi 
sohasidagi hamkorlikda huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1992 yil 26 sentyabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Turkiya Respublikasining milliy ta’lim 
vazirini qabul qilib, unda ta’lim sohasidagi ikki mamlakat hamkorlik aloqalarini 
rivojlantirish, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan loyihalar, amaliy dasturlar ishlab 
chiqish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi. Bu sohadagi hamkorlikning bosh 
maqsadi 
jahon 
talablariga 
mos 
kadrlar 
tayyorlashda o‘zaro tajriba almashish edi. 
1993 
yil 
oktyabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markaziy 
Osiyo respublikalari va Turkiya ta’lim vazirlari 
konferensiyasini o‘tkazishi to‘g‘risida”gi qarori 
loyihasi e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq konferensiya 1993 yil 30 noyabr – 3 
dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. 
1992 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Turkiyaning “Silm” shirkati 
o‘rtasida “1992–2000 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi” 
qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1993 yil 27 mayda “O‘zbekiston–Turkiya liseylarining faoliyatini tashkil etish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 255-sonli qarori e’lon qilindi. Qarorda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


94 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Turkiya Respublikasi “Silm” 
shirkati bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, 
Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o‘zbek–turk 
liseylarini tashkil etishni nazarda tutildi. Liseylardagi o‘quv me’yoriy xujjatlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda o‘quv 
rejalar va dasturlari bo‘yicha tashkil etish, ikki oy 
muddatda O‘zbekiston–Turkiya liseylarida ishlayotgan 
turkiyalik mutaxassislar uchun tuzilgan ikki tomonlama 
shartnoma talablari, o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan 
muomala qilishi shakllari o‘zbek xalqining qaror topgan milliy odatlariga va 
an’analariga muvofiqligi, “O‘zbekengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy 
sanoat” davlat korporasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan 
birgalikda tanlov asosida liseylarning o‘quvchilari uchun milliy ramzli kiyim-bosh 
modelini ishlab chiqish, liseylarga oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar 
ajratish xususidagi mezonlar belgilandi. 
Ushbu hujjatga muvofiq Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va 
tumanlarida o‘zbek-turk liseylari ochildi. 1992–1993 yillarda 7 ta, 1994 yilda 14 
tani tashkil qildi. Bulardan tashqari 1993 yilda Turkiya milliy ta’lim vazirligi 
tomonidan yana 7 ta o‘zbek–turk liseylari ochildi. Jami 28 ta o‘zbek–turk 
liseylarining 19 tasi umumta’lim, 1 tasi iqtisod, 3 tasi tijorat, 3 tasi texnika, 2 tasi 
mehmonxona 
xo‘jaligi 
va 
turizm 
yo‘nalishiga 
ixtisoslashgan edi. 
O‘zbek–turk liseylarida 1992–1993 o‘quv yilida 
811 ta o‘quvchi, 203 ta o‘qituvchilar faoliyat olib 
borgan bo‘lsa, 1993–1994 o‘quv yilida 2468 ta o‘quvchi, 425 nafar turkiyalik 
o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyat olib bordi. 1997–1998 o‘quv yiliga kelib esa, 
jami 28 ta ta’lim muassasasida 4999 ta o‘quvchi va 299 ta turkiyalik o‘qituvchilar 
o‘zbekistonlik hamkasblari bilan faoliyat olib borishdi.
O‘quv jarayonida qo‘llanilgan dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
ikki davlat mutaxassislarining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi. O‘zbek–
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


95 
turk liseylarida o‘quvchilar o‘qishning birinchi yili tayyorlov sinflarida asosan turk 
va ingliz tillarini o‘rgangan bo‘lsa, keyingi yili mutaxassislik fanlardan ingliz tilida 
saboq oldilar. Bu turdagi lisey o‘quvchilari respublika va xalqaro miqyosida 
uyushtirilgan fan olimpiadalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 1993 
yili Toshkent o‘zbek–turk lisey o‘quvchisi D.Kamolov, 1997–1998 yillarda 
Namangan o‘zbek–turk liseyi o‘quvchilaridan N.Husainov va D.Shamsiddinovlar 
Istanbulda o‘tkazilgan Xalqaro ekologiya va atrof-muhit masalasiga bag‘ishlangan 
olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdilar. Namangan o‘zbek-turk lisey 
o‘quvchilaridan Sh.Madrahimov 1997 yil Anqara shahrida o‘tkazilgan kimyo fani 
olimpiadasida oltin medalni, O.Meliboev Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan kimyo fani 
olimpiadasida esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Biroq 2000 yildan keyingi yillarda ularning faoliyatida o‘z vazifalaridan 
chetlashish, din yo‘nalishida noqonuniy ravishda o‘quvchilar mafkurasini 
chalg‘itish kabilar ko‘zga tashlanadi. Shu bois, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 
va Turkiyaning “Silm” shirkati o‘rtasida “1992–2000 yillarga mo‘ljallangan ta’lim 
sohasidagi hamkorlik dasturi” shartnoma muddatini tugaganligi sababli 
O‘zbekistondagi ushbu liseylar faoliyati to‘xtatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 27 maydagi 
“O‘zbekiston va Turkiya liseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2008 yil 7 avgustda “Ayrim fanlar chuqur 
o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi. 
Liseylar o‘rnida ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar va 
maktab-internatlar hamda sport maktab-internatlari tashkil etildi. 
Oxirgisi 2011 yil 1 yanvaridan Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro 
maktabi chet ellik xodimlarga oylik maoshlar uchun pullarning konvertasiyasi 
bilan bog‘liq doimiy muammolarga duch kelgani hamda viza olish, ro‘yxatdan 
o‘tkazish, aviachiptalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi muammolar tufayli o‘z 
faoliyatini to‘xtatdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


96 
Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, XX asrning 90-yillari 
boshida tashkil etilgan o‘zbek-turk liseylari mamlakatimiz ta’lim tizimida ayniqsa, 
o‘rta maktab va kasb-hunar ta’limini rivojlantirishda zamonaviy kadrlar 
tayyorlashda samarali faoliyat olib bordi. Birgina 1993 yildan boshlab 
O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi usulida 
o‘tqazish Turkiya tajribasidan foydalanildi. Shuningdek, o‘zbek-turk liseylarining 
moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarga turk va ingliz tillarini 
o‘rgatish, ularga etuk malakali xorijiy pedagoglar tomonidan darslar o‘tilgani 
natijasida lisey o‘quvchilari republika va xalqaro fan olimpiadalarida 
muvaffaqiyatlarga erishdilar.
O‘zbek–turk liseylarining O‘zbekistonda va umuman boshqa davlatlarda 
faoliyatini to‘xtatilishi to‘g‘risida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va 
muxtor elchisi bo‘lgan Ahmad Bashar Shen ta’kidlashicha, “Ular 2016 yil 15 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling