Monografiya Имомов. Б
iyulda sodir etilgan davlat to‘ntarishi etakchisi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
iyulda sodir etilgan davlat to‘ntarishi etakchisi
Fethullah Gulen nomi bilan bog‘liq. “Fethullohchi” terror tashkiloti o‘zini bir paytda ta’lim ulashuvchi bo‘g‘in sifatida ko‘rsatib, dunyoning 150-160 davlatlariga joylashib olayotgan bir davrda, O‘zbekistonda uzoqni ko‘ra oladigan rahbarlar uning asl niyatini o‘sha ondayoq seza olishdi. Uning ildizini butunlay qo‘porib tashlashdi. Biz buni minnatdorchilik bilan aytishimiz lozim”. “FETO” nafaqat Turkiyaning, balki boshqa davlatlarning ham tizimiga joylashib olib, davlatni qayta tuzishni maqsad qilib qo‘ygan, maxfiylik va tovlamachilik ustiga qurilgan yangi avlod terrorchi tashkilotidir. “FETO”ning Turkiyadagi asosiy moliyaviy manbasi hisoblangan ta’lim markazlari, darsxonalarining yopilishi tashkilotga katta zarba bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Fethullah Gulen 1970 yildan xususiy maktablar ochib, yoshlarni ongiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan. O‘quvchilarining aksariyati kelgusida qurolli kuchlar, adliya, sud, polisiya kabi davlatning muhim idoralarida ish bilan ta’minlangan. Keyinchalik, Turkiyadagi 2016 yil 15 iyul voqealari ham aynan shunday harbiylar tomonidan amalga oshirilgan. Elchining fikriga ko‘ra, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 97 bugungi kunga qadar o‘n minglab davlat mulozimlari yuqorida keltirilgan sabab tufayli ishdan olingan. O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida Turkiya o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qildi. 1992 yil 4 martda Toshkentga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hikmat Chetin O‘zbekiston Respublikasidan “2000 nafar yoshlarni Turkiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qitib bermoqchi ekanini” ta’kidlab, o‘zbekistonlik yoshlarni Turkiyada o‘qitish haqidagi hujjat imzolandi. Shunga muvofiq Turkiya oliy o‘quv yurtlariga O‘zbekistonda maktabni oltin medal bilan yakunlagan o‘quvchilardan 152 nafari, oliy o‘quv yurtlarimizning quyi kurs talabalaridan 908 nafari bakalavr va yuqori kurs talabalaridan 176 nafari magistrlik darajalarini egallash uchun jami 1236 nafar talaba, 1993–1994 o‘quv yilida O‘zbekiston o‘quv yurtlaridan 67 talaba ikki yillik, 151 talaba to‘rt yillik (bakalavrlik), 21 talaba magistrlik darajasini egallash uchun jami 239 talaba Turkiyaga o‘qishga yuborildi. Turkiyaning “Ekinjeler” firmasi ham O‘zbekiston Respublikasi 20 nafar o‘zbek mutaxassislarini marketing, menejment, bank ishi bo‘yicha Turkiya o‘quv muassasalarida o‘qitishni o‘z zimmasiga oldi. Umuman, 1994 yili Turkiyaning turli o‘quv yurtlarida 2000dan ziyod o‘zbekistonlik talabalar ta’lim oldi. O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida 1992–1993 yillar uchun madaniyat, ta’lim va fan sohasidagi kelishuviga asosan 1993 yilning 30 yanvarda Istanbul va Izmir shaharlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning ota- onalaridan iborat vakillari Istanbul shahrida bo‘lishdi. O‘zbekiston hukumati doimiy ravishda xorijda, jumladan, Turkiyada ta’lim olayotgan yoshlar to‘g‘risida g‘amho‘rlik qildi. 1993 yil 23 avgustda Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokidagi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilib, yig‘ilishda Turkiyada ta’lim oluvchi talabalar, aspirant va doktorantlarni o‘quv joylariga o‘z vaqtida etib borishlarini ta’minlashga bag‘ishlandi. Shu yili 24 avgustda Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 98 vazirligining “Toshkentda uchrashuvlar o‘tkazish, vaqtinchalik yashash va Turkiyada o‘qiydigan talabalarni yuborish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq 10 kishidan iborat komissiya tuzilib, ular zimmasiga o‘zbekistonlik talabalarni Turkiyaga jo‘natish vazifasi yuklatildi va 1213 nafardan ortiq talaba va aspirantlar Turkiyaga yuborildi. Turkiya Respublikasining 9 ta universitetida 1994–1995 o‘quv yilida tahsil olgan 66 nafar talaba, 1995–1996 o‘quv yilining dastlabki uch oy mobaynida esa yana 2 nafar talaba o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab O‘zbekistonga qaytdi. Bu ko‘rsatkich Turkiyada ta’lim olayotgan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori edi. O‘z o‘rnida turkiyalik talabalar ham O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil oldi. Turkiyalik talabalar 1992–1993 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari tayyorlov fakultetlariga o‘qishga qabul qilinib, Turkiya bilan kelishuvga muvofiq, turk talabalari uch oylik tayyorlov muddatida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turli mutaxassislik bo‘yicha, asosan to‘qimachilik, engil sanoat, qurilish, samolyotsozlik, avtomobil transporti, jurnalistika, ingliz tili va o‘zbek filologiyasi kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishdi. Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti 1992 yildan boshlab Turkiya Respublikasi bilan madaniy, ilmiy-amaliy aloqalarni uzviy ravishda olib bormoqda. Institut olimlari o‘tgan davr mobaynida Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan simpoziumlar, konferensiyalar, qurultoylar, maslahatlashuvlarda turli dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildi. Turk olimlari bilan o‘nga yaqin ilmiy kitoblar nashr etildi. 1992 yili Turkiyadan bir guruh olimlar, madaniyat arboblari, kinoshunoslar, san’atshunoslar O‘zbekistonning Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qarshi shaharlarida “Ipak yo‘li turk xalq adabiyoti, folklor, baxshi o‘zanlari, shuningdek, jug‘rofiyasini, folklor musiqasini o‘rganish, yig‘ish, tadqiq etish” deb nomlangan ilmiy ekspeditsiya uyushtirildi va o‘zbek–turk madaniy aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Ekspedisiya PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 99 davomida turkiyalik mutaxassislar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyaga taqdim etildi. Anjumanda o‘zbekistonlik folklorshunos olimlar ham ishtirok etdi. Xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha Xalqaro simpozium ham o‘tkazilib, mazkur anjumanda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. O‘zbekistondagi turli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari olimlari fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda tadqiqotlar olib bordi. Masalan, O‘zbekiston FA Geologiya va geofizika instituti Turkiyaning Erzurum shahridagi Otaturk universiteti bilan uzoq yillar mobaynida geologiya va geofizika bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar olib bordi. 1992 yilda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha maxsus hisobot tayyorlanib, Otaturk universitetiga taqdim etildi. Institut olimlaridan tuzilgan 5 kishidan iborat geolog-fiziklar guruhi 1993 yilning oktyabr-noyabr oylarida Arzinjon zilzilalari rayonida dala ishlarini olib bordilar. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 1995 yil 9 iyulda “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim imzolandi. Hujjatda ilmiy axborot jadal rivojlanayotgan va tez tarqalayotgan hamda ilmiy tadqiqotlar xalqaro ahamiyat kasb etayotgan bir davrda bunday hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash zarurligi ta’kilandi. O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va umuman jahonning turli mintaqalaridagi integrasiya jarayonlariga taalluqli yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarda fan va texnika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning zaruriyati xususida fikr bayon qilindi. Ikki davlat o‘z milliy ustuvorligini, fan va texnika sohasida to‘plangan tajriba va mavjud munosabatlarni hisobga olgan holda quyidagi: ya’ni fundamental fanlar (matematika, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya va hokazo), axborot texnologiyalari va telekomunikasiyalar, ilg‘or texnologik materiallar, biotexnologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, energetika, sanoat mulki obektlarini va patentlarni muhofazalash, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish texnologiyasi, tibbiyot sohalarida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 100 Hamkorlik bitimida tadqiqot materiallari va uskunalarini almashish orqali ilmiy-tadqiqot va texnologik loyihalarni amalga oshirish, olimlar va ekspertlar bilan tajriba almashish, qo‘shma ilmiy anjumanlar, simpoziumlar va seminarlar tashkil etish, ilmiy-texnik axborot va hujjatlarni almashish, ikkala mamlakatda sanoat mahsulotlari qo‘shma yarmarka va ko‘rgazmalarini tashkil qilish va qo‘llab- quvvatlashga kelishib olindi. Shuningdek, Anqarada 1995 yil sentyabrda turkiy tilli davlatlarning geologiya va tog‘-kon ishlariga bag‘ishlangan konferensiyasida mazkur institut olimlari ma’ruza qildilar. Shu yili O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi Instituti bilan Turkiyaning tibbiy va xushbo‘y o‘simliklarni o‘rganish Markazi (TVAM) o‘rtasida ilmiy hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida olimlar va mutaxassislarni o‘zaro almashinish bo‘yicha konsultativ yordamlar amalga oshirildi. O‘zR FA Genetika instituti Turkiyaning TUBITAK markazi bilan o‘zaro ilmiy aloqalari yildan-yilga rivojlanib bordi. 1996 yilda ikki davlat tadqiqotchilari bug‘doy va g‘o‘zaning muhim xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida memorandumni imzolashdi. Turkiyaning gen injeneriya va biotexnologiyalar instituti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borildi. O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshida “O‘zkur” O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonasi faoliyat yuritib, korxonada bakteriyalarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega shifobaxsh va xo‘jalik sovunlari ishlab chiqarildi. Institut ilmiy xodimlari Osiyo ilmiy markazi bilan hamkorlikda fundamental tadqiqotlarni olib bordi. Xususan, institut jamoasi Turkiyaning Anado‘li universitetining dorivor va xushbo‘y o‘simliklar Markazi bilan hamkorlik qildi. 1996 yilda institutning ikki ilmiy xodimi mazkur Markazda stajirovkada bo‘lib, qo‘shma ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik olimlar 1998 yilning noyabrida Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘rmon xo‘jaligi sohasidagi yangi texnologiyalar” masalasiga bag‘ishlangan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 101 xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. Turkiyaning “FESTO” firmasi bilan hamkorlikda Toshkentda kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazilib, unda O‘zbekistonning avtomobil va to‘qimachilik sanoati uchun kadrlarni qayta tayyorlashda birgalikda faoliyat yuritish to‘g‘risida fikr-mulohazalar bayon etiladi. O‘zR FAning Yadro Fizikasi instituti Istanbul universiteti bilan hamkorlikda ekologiya bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlab chiqib, o‘zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. Ikki davlat olimlari xalqaro simpozium va anjumanlarda faol ishtirok etib, o‘zaro fikr almashishdi. Masalan, 1993 yil may oyida Turkiyaning Qaysari shahrida Ahmad Yassaviy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumda O‘zbekistondan B.Qosimov, B.Karimov kabi olimlar ma’ruza qildi. Shuningdek, 1997 yil 4–7 noyabrda Anqarada bo‘lib o‘tgan IV turk quriltoyi kongressida ham o‘zbekistonlik olimlar ishtirok etdi. Anjuman turkiy xalqlar tarixi va madaniyati mavzusiga bag‘ishlandi. Turkiy xalqlar tarixini o‘z ichiga olgan “Turk dunyosi adabiyoti tarixi”ning yaratilish jarayoni, unda yoritilgan masalalar kongressda muhokama qilindi. Shu yili O‘zR FA Tarix institutining bir guruh olimlari Anqarada o‘tkazilgan yirik xalqaro anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston va Turkiyada fan sohasi bo‘yicha olimlar va ilmiy tadqiqotchilar ham o‘zaro hamkorlik aloqalarida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdilar. Turkiyalik tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib o‘z dissertasiyalarini tayyorlashdi. Masalan, turkiyalik Adem Asali o‘g‘li 1999 yili SamDU professori O.Bozorov ilmiy rahbarligida “Turkiyada islom falsafasi va tasavvuf” mavzusida falsafa fanidan nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. O‘zbekiston olimlari ham bugungi kunda Turkiya tarixi bilan jiddiy ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Jumladan, A.Jalilov Turkiyada davlat boshqaruvining shakllanishiga siyosiy jarayonlarning ta’siri masalasini o‘rganib, 1999 yili siyosatshunoslik fanlari nomzodi darajasiga erishdi. Tadqiqotchi L.Mirzaliev esa Turkiya Respublikasida konstitusiyaviy huquq muammolarini tadqiq qildi. O‘zbekistonlik talabalar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarida ham faol ishtirok etib keldilar. Masalan, 2010 yili Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 102 o‘tgan erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnirda Navoiy sport kolleji o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar. Kimyo fani bo‘yicha 2015 yilning Nobel laureati bo‘lgan Turkiyalik olim Aziz Sanjar 2018 yil aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi. Aziz Sanjarga O‘zbekiston Milliy universiteti fahriy doktori unvoni berildi. 2017 yil noyabrda Turkiyada IX Xalqaro bilimlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Antaliya sayyohlik akademiyasi hamda Rossiyaning “EDUANT” xalqaro maktabi tomonidan tashkil qilingan olimpiadada O‘zbekiston maktab o‘quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Toshkent shahridagi “Intellect” bog‘cha-maktab nodavlat ta’lim muassasasining 25 nafardan iborat o‘quvchilar jamoasi 6 oltin, 20 kumush va 23 bronza – jami 49 medalni qo‘lga kiritdilar. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi hamda matematika, rus va ingliz tillari, tasviriy san’at bo‘yicha to‘rtta kubokni qo‘lga kiritishga sazovor bo‘lishdi. 2017 yilning 13-14 sentyabr kunlari Toshkentda Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon tarixchi olimlari bilan birgalikda “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzusida katta ilmiy anjuman o‘tkazilib, unda ko‘rsatib o‘tilgan davlatlardan nufuzli mehmonlar, temurshunos olimlar ishtirok etdi. Turkiyada Evropa andozasidagi ta’lim tizimi tashkil qilingan bo‘lib, sifatli ta’lim olishni xohlovchilarni o‘ziga jalb qiladi. Ana shu omil sabab, hozirda Turkiyada mingdan ziyod yoshlarimiz tahsil olmoqda. 2018 yil 20 yanvar kuni Turkiya Respublikasida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mamlakatimizda tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi” tarkibiga kiruvchi “Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar birlashmasi”ni tashkil etishdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 103 2018 yil 5-10 mart kunlari Turkiyaning Kastamonu universiteti rahbariyati taklifiga ko‘ra, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi vakillari universitetga tashrif buyurib, mamlakatimizning boy madaniyati tarixi, milliy an’analari va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qator madaniy- ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi. Shuningdek, kelgusida ikki davlat madaniyati, san’ati tarixini o‘rganish hamda targ‘ib qilish, yurtimizning boy tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarni O‘zbekiston va Turkiyada o‘tkazish, ikki davlat madaniyati tarixini, shu jumladan, turizimni yanada kengroq targ‘ib etish masalalari ko‘zda tutilgan. 2018 yil 17-19 aprel kunlari Turkiyaning Kastamonu shahrida “9-Turk dunyosi adabiy nashrlari kongressi” bo‘lib o‘tdi. 2018 yilda turk dunyosi madaniyati poytaxti deya e’lon qilingan Kastamonu mezbonlik qilgan ushbu kongressda turk dunyosining ijodiy nashrlari hamkorligi, madaniy aloqalari, o‘zaro tanishuv masalalari ko‘rildi. “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi” mukofoti 2011 yildan beri turkiy dunyoning eng hurmatli va usta shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2016 yili O‘zbekiston yozuvchisi Shukrullo sazovor bo‘lgan edi. 2018 yilning noyabr oyida Turkiyaning Kastamonu shahrida Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganish bo‘yicha ilmiy konferensiyalar o‘tkazish taklifi turkiyalik olimlar tomonidan bildirib o‘tildi. Shuningdek, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyatiga bag‘ishlangan “Turkiya va O‘zbekiston yagona tarix” mavzuida xalqaro anjuman uyushtirilib, unda qatnashgan turk hamda o‘zbek tarixchi olimlarining ma’ruzalari tinglandi. Xususan, Kastamonu universiteti professori Jevdat Yakubug‘li “Buyuk sohibqiron Amir Temurning Isfandiyorbek bilan munosabatlari”, Istanbuldagi Marmara universiteti professori PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 104 Mehmet Shaxingo‘z “Turk dunyosida yagona tarix o‘quv qo‘llanmasining tayyorlanishiga doir”, tarix fanlari doktori X.Yunusova “XX asr 80-yillarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar”, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari To‘lqin Hayit “Amir Temur obrazining adabiyotda o‘rganilishi”, O‘zR FA Temuriylar tarixi Davlat muzeyi direktori X.Fayziev “Temuriy shahzoda Shohruh Mirzo davrida ilm-fan va madaniyat”, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi S.G‘ulomov “Pirmastiy inshosida Amir Temurga oid biografik ma’lumot borasida”, Temuriylar muzeylarida saqlanayotgan temuriylar davriga oid yodgorliklar” kabi mavzularda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiyadan so‘ng turk va o‘zbek olimlari tomonidan Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyatiga bag‘ishlangan kitoblar bir-birlariga taqdim qilindi. Ular orasida Mirzo Ulug‘bekning turk tilida nashr etilgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari ham bor edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 iyunda imzolangan PQ- 3775 sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Turkiyada Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti markazini ochish, universitetda tashkil etilgan Turkologiya ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan turkolog olimlarini jalb qilish hamda universitetda Turk tili markazini tashkil etish reja qilinmoqda. Xususan, mazkur yilda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti (İbn Haldun Üniversitesi) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv ham imzolandi. O‘zbekistonga Turkiyaning bir qator etakchi oliygohlarining O‘zbekistondagi filiallarini ochish maqsadida muzokaralar olib borildi va tibbiyot xodimlarini etishtirib chiqaruvchi turk bilim yurtining tez orada filialini ochilishiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, Turkiyadan tashqari bo‘lgan ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha maorif vaqfi organi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 105 tuzilgan. Maorif vaqfi O‘zbekistondagi vaziyat bilan ham qiziqdi, talab va imkoniyatlar darajasi o‘rganilib, o‘rta va boshlang‘ich ta’limda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. Turkiya Respublikasidagi Istanbul, Anqara, G‘ozi, Hojitepa va Ibn Xaldun universitetlarida bo‘lib o‘tgan muzokara va uchrashuvlarda zamonaviy sharoitdagi jurnalistika fakultetlari faoliyatini rivojlantirish, jurnalistika sohasida ta’lim berish, nazariya va amaliyotni sintez qilishning usullari bo‘yicha tajriba va o‘zaro fikr almashildi. O‘zbekiston delegasiyasi televideniya va radio bo‘yicha Turkiya oliy Kengashi hamda “TRT” – Turkiya davlat teleradiokompaniyasining rahbarlari bilan ham muzokaralar olib bordi. Ikki davlat vakillari imzolangan hujjatlar doirasida O‘zbekiston talabalari va amaliyotchi-jurnalistlar uchun mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazish hamda Turkiya universitetlaridan eng tajribali professor-o‘qituvchilar, shuningdek, dunyoda 1,5 milliardlik auditoriyaga ega “TRT” teleradiokompaniyasining etakchi jurnalistlarini O‘zbekistonga taklif etish haqida kelishib oldilar. Shu bilan bir qatorda yozgi amaliyot o‘tash uchun O‘zbekistonning eng iqtidorli talabalarini Turkiyaga jo‘natish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 2018 yil 3 iyunda Buxoro viloyatiga Turkiya Respublikasining bir qator universitetlaridan 30 nafar din sohasi olimlari tashrif buyurdi. Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi rahbarlari va o‘qituvchilari hamda Turkiya Respublikasi universitetlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Turkiya davlatlaridagi ta’lim tizimi, jumladan, diniy ta’limni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor, Mir Arab oliy madrasasi va Turkiya Respublikasi universitetlarida ta’lim jarayoniga oid masalalar muhokama qilindi. Mir Arab oliy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 106 madrasasi va Turkiya Respublikasining Ibn Haldun universiteti, Istanbul Sabahattin Zaim universiteti, Istanbul universiteti, Kastamonu universiteti kabi nufuzli ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Memorandumda ta’lim sohasida hamkorlik qilish, talabalarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning malaka oshirishga yuborish, axborot hamda ilmiy ma’lumotlar almashish, ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari ko‘rsatib o‘tildi. 2018 yil iyul oyida Toshkent moliya instituti Turkiyaning Kastamonu Universiteti bilan hamkorlik kelishuvi o‘rnatildi. Unga ko‘ra, moliya o‘qitish kurslari va turk tili o‘qitish markazi ochilishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Xususan, 2019 yil boshida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov rahbarligidagi jamoa Turkiya safari chog‘ida Turk adabiyoti fondi, To‘pqopi saroy-muzeyi qo‘lyozmalar fondi, Turk dunyosi tadqiqot fondi, Karabuk Universiteti, Turk til qurumi, Hoja Bayram Ali Universiteti, Ko‘jatepa Afyon Universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar va imzolangan shartnomalar ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fanning turli sohalarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash – madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya bilan tibbiyot sohasidagi hamkorligi 1991 yil 19 dekabrda imzolangan hukumatlararo bitimlarga muvofiq yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi boshchiligidagi delegasiyasi Turkiyaning Anqara, Istanbul, Izmir shaharlari tibbiyot muassasalariga tashrif buyurdi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni amalga oshirish, sug‘urta tibbiyoti tizimini yo‘lga quyishda Turkiya tajribasidan foydalanish mumkin. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 107 Ikki davlatning tibbiyot o‘quv yurtlari o‘rtasida ham aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Toshkent 1-tibbiyot akademiyasi va Anqaradagi Hojatepa hamda G‘ozi universitetlari o‘rtasida 1992 yilda imzolangan bitimga ko‘ra, o‘zbek shifokorlari 1992–1993 yillarda bir necha marta Turkiyaga borib tajriba almashdi. Turkiya universitetlari rektorlari rahbarligidagi delegasiya 1994 yilda o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida Samarqand va Toshkent 1-tibbiyot institutlariga keldi. Toshkent 1-tibbiyot institutidan 16 nafar talaba, Toshkent pediatriya instituti va Samarqand tibbiyot institutidan bittadan doktorant Turkiyada tahsil olish uchun yuborildi. 1992–1998 yillar davomida O‘zbekistondagi tibbiyot institutlarida turkiyalik 17 nafar talaba tahsil oldi. Tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ham O‘zbekiston va Turkiya olimlari hamkorlik qilib keldilar. 1992 yilda Toshkentda virusli gepatit kasalligi tadqiqotlariga bag‘ishlangan anjumanda hamda 1994 yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon pediatrlari anjumanida turkiyalik mashhur pediatrlar ishtirok etdilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya farmasevtika kompaniyalari sohasidagi hamkorligi 1992 yildan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Turkiya 80 % dori-darmonni o‘zida ishlab chiqaradi. Dunyodagi kamdan-kam davlat bunga erishgan. Turkiya 1992–1993 yillarda respublikamiz tibbiyot muassasalariga 33,5 mln. AQSh dollari va chorva mollarini davolash muassasalariga 3,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi taqchil dori-darmonlar va tibbiy jihozlarni etkazib berdi. Turkiyaning dori-darmon ishlab chiqaruvchi “Ekzachibashi” (Eczacıbaşı) kompaniyasi Toshkentda 1993 yilda o‘z vakolatxonasini ochdi va shu yili qiymati 10 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 70 turdagi dori vositalarini keltirdi. Mazkur kompaniya “Samarqandfarmasevtika” jamoasi bilan hamkorlikda Turkiyadan keltirilgan dorilarni qadoqlovchi zavod tashkil etdi. Jumladan, “TIKA” ning loyihalaridan 2011 yilda O‘zbekistonga 4 ta ultratovush apparati etkazib berildi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Nobel Ilac”A.S “Turkiyadagi qariyb 55 yillik tarixga ega eng PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 108 yirik shirkatlardan biridir. 2002 yildan “Nobel Pharmsanoat” O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, o‘zbek xalqiga yuqori sifatli mahsulot etqaza boshladi. Hozirgi kunda dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida “Nobel”ning firma va vakolatxonalari faoliyat yuritadi. 2002 yildan buyon O‘zbekiston shifokorlari Turkiyaning etakchi klinikalari bazasidagi malaka oshirish kurslarida qatnashib kelmoqda. 2009-2017 yillar mobaynida O‘zbekistonda turk mutaxassislari 760 nafar bemor bolada jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi. 2014 yili Toshkentda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko‘magida ilk bor Markaziy Osiyodagi Suyak iligi transplantasiyasi markazi ochilgan bo‘lsa, 2015 yili esa Respublika Ginekologiya va akusherlik ixtisoslashtirilgan ilmiy markazi qoshida Simulyasiya o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. 2016 yili “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoatchilik fondiga qishloq joylarda yashaydigan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 12 ta ko‘chma klinika taqdim etildi. O‘zbekistonda tashkil etilgan salomatlik haftaligi davomida Turkiya va O‘zbekiston vrachlari ishtirokida plastik jarrohlik yo‘nalishida amaliyotlar o‘tkazildi. Bulent Aras ta’kidlaganidek, “TIKA” orqali, Turkiya O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan beri Markaziy Osiyo davlatlariga texnik yordam ko‘rsatdi va TIKAning roli faqat Turkiyaning yangi tashqi siyosatidagi qarashlari ostida rivojlanib bormoqda”. Ma’lumot uchun “TIKA” (turkcha - Türk İşbirliği ve Kalkınma Ajansı) tashkiloti Sovet Ittifoqi parchalangach, Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi tarkibida turkiy tilli respublikalarga savdo-iqtisodiy, madaniy, ta’lim, moddiy-texnik yordam ko‘rsatish va rivojlanishiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. 1995 yilga qadar esa, “TIKA” ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda faoliyat olib borgan bo‘lsa, keyinchalik asosiy e’tibor ta’lim va madaniy sohaga qaratgan. 2018 yil 25 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisining Binali Yildirim boshchiligidagi delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 109 palatasi xamda Senatida uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, “TIKA”ning yirik loyihalaridan biri – tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan zamonaviy reanimobillar hamda davlat xizmatlari agentligi uchun mo‘ljallangan mobil avtobuslarni tantanali topshirish marosimida ishtirok etdi”. Umuman olganda, keyingi yillarda ikki davlat olimlari fanning turli yo‘nalishlarida hamkorlik qildi. Turkiya O‘zbekistonda buyuk allomalar merosini o‘rganish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga qaratilgan tashabbuslar va amaliy ishlarni yuqori baholab, olimlar va ilmiy markazlar o‘rtasidagi aloqalar, ma’naviy va madaniy merosni birgalikda o‘rganishga qaratilgan loyihalar ikki xalq do‘stligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik aloqalarining dastlabki yillarida tibbiy ta’lim sohalarida, etakchi tibbiyot tadqiqot markazlari o‘rtasida tajriba almashish hamda malakali tibbiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu soha rivojida ko‘plab amalga oshirilayotgan loyihalar va samarali hamkorlikdagi tadbirlar soha taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan ahamiyatga egadir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling