Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi, turizm rivoji uchun
§2.3. O‘zbekiston va Turkiya kompaniyalarining turizm infratuzilmasini yaxshilash va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorligi Turizm – iqtisodiyotni muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Har bir insonda dunyoni ko‘rish, boshqa mamlakatlar va xalqlar hayoti, turmush-tarzi bilan tanishish istak-xohishi mavjud. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida insonlarni turizmga moyilligi yanada kuchaydi. Turizmning ma’rifiy-ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatidan tashqari ushbu soha davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, davlatimiz rahbari 2018 yil fevral oyida ushbu soha vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 82 “O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi, turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart- sharoitlar yaratilmadi, hamma o‘z bilganicha faoliyat yuritib keldi” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki, bu zaminda butun dunyoga mashhur va ma’lum bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda ham katta. Mustaqillik yillarida dastavval turizm rivojlanishining institusional va me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi 447-sonli Farmoniga muvofiq “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. 1999 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni, 1999 yil 15 apreldagi “2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2003 yil 17 yanvardagi 33-sonli ushbu qarorni qisman o‘zgartirish to‘g‘risidagi, “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 1992 yilda Turkiya firmalari Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlarida turizmini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni taklif qilib chiqdi. Turkiyada sayyohlik tarmog‘iga “Mo‘risiz sanoat” deb qarab, bu sohada jahonda 6-o‘rinni egallaydi. Bugungi kunga kelib, Turkiya bir yilda 36 million sayyohni qabul qiladi va ushbu sohadan 34 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladi. Mamlakatda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lidan borildi. Turizmni rivojlantirish masalasida ham Turkiya idoralari hamda xususiy sektori O‘zbekiston bilan ma’lumot va tajriba almashib keldi. Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona majmualari qurish, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va soha PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 83 uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqdi. O‘zbekiston fuqarolari uchun 2007 yildan buyon Turkiyaga vizasiz kirish tartibi joriy qilingan. O‘zbekistonda vizasiz rejim qarori imzolanmasidan avval, 2016 yilda taxminan 40 ming, 2017 yilda esa 50 ming nafarga yaqin turkiyaliklar O‘zbekistonga keldi. Ikki yillik o‘sish sur’ati 22 foizdan ortiqni tashkil etdi. Masalan, 1993 yil 92 ming nafar, 2007 yilda 1 million nafar sayyoh O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, 2017 yilda O‘zbekistonga qariyb 2 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi. O‘zbekistonda sayyohlar soni 2018 yilda 2 million 520 ming nafarni tashkil etdi hamda mamlakatning turizm xizmatlari eksporti 24 foizga oshib, 1 millard 557 million AQSh dollariga etkazildi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqori bo‘lishiga qaramay, hali turizm imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani, sohada echimini kutayotgan muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo zarur infratuzilmani takomillashtirish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bulardan tashqari, hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 84 O‘tgan davr mobaynida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu- tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat “Qadimiy Buxoro” va “Samarqand siti” turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xukumatimiz tomonidan 2016–2018 yillar davomida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Unga ko‘ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar echimiga bag‘ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash hamda sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. 2017 yil 25 mayda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji ikki davlatning turizm sohasidagi Hamkorlik memorandumini imzolash, madaniyat sohasidagi hamkorlikka doir hujjatni yangilash, turizm sohasida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, turizm ta’limi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, mehmonxona menejmenti bo‘yicha masofadan ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda zarur qo‘llanmalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. 2017 yil oktyabrda Turkiyaning “APEAS Engineering & Construction” kompaniyasi bosh direktori boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning maqsadi – Samarqandda qiymati 20 mln. AQSh dollari bo‘lgan, 130 ta xonaga mo‘ljallangan mehmonxona majmuasini qurish bo‘yicha PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 85 muzokaralar o‘tkazishdan iborat edi. Turkiyalik davlat arbobi, ikki bor Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlamenti) deputati bo‘lgan Sodiq Badak, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Shu kabi loyihalarni amalga oshirmay turib, turizmni rivojlantirib bo‘lmaydi. Holbuki, ziyorat turizmi borasida O‘zbekistonda imkoniyatlar juda katta. 2017 yil oktyabr oyining o‘rtalarida Turkiyaning etakchi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegasiya O‘zbekistonga ijodiy safar uyushtirdi. Tashrif mobaynida mehmonlar qadimiy Samarqandda bo‘lib, Imom al-Buxoriy va Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, shuningdek, boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdi va tasvirga olish ishlarini amalga oshirdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov bilan bo‘lgan suhbat davomida esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi mehmonxona majmualarini qurish va boshqa turizm infratuzilmacini rivojlantirishga tayyor investorlar uchun shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalasiga hamda “Qadimgi Buxoro” va “Samarqand Citi” turizm zonalarida tadbirkorlar uchun taqdim etiladigan shart-sharoitlar va soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 2017 yil 23-29 oktyabr kunlari Turkiyaning Antalya shahrida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari hamda mamlakatimizdagi xususiy mehmonxona biznesi vakillari uchun “Professional faoliyatga tayyorgarlik” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Turizm sohasi xodimlarini malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash Respublika markazi bilan Antaliya turizm akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu memorandum ikki tomonlama ta’lim hamkorligi, o‘qituvchi va talaba almashinuvi, turizm sohasi vakillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish borasida ko‘maklashish kabi masalalarni o‘z ichiga oldi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 86 Hozirgi kunda har ikki davlatlar oldida ham ko‘plab aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va sayyohlar almashinuvini kengaytirish kabi muhim vazifalar turibdi. Shuningdek, turizmni rivojlantirishda mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlarni ko‘plab o‘tqazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Parij, Madrid, Riga, Berlin, Tokio, London, Moskva va xususan Istanbul kabi yirik xorijiy turistik shaharlarda xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etib keldi. Bu albatta o‘z samarasini berib, birgina 2017 yil Turkiyadan O‘zbekistonga 50 ming nafar kishi turist sifatida keldi. O‘zbekistonda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko‘p. Bugungi kunda turizm sohasi oldida O‘zbekiston turizm brendini xorijda targ‘ib etish, investisiya, savdo va turizm salohiyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, O‘zbekiston turizm salohiyatini OAV orqali kecha-yu kunduz targ‘ib qiluvchi, sayohatga oid ko‘rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish, xorijiy davlatlardagi elchilar milliy qadriyatlarning targ‘ibotchilari bo‘lishi lozimligi kabi vazifalar mavjud edi. Turkiya davlati bilan vizasiz rejimni joriy qilgani, bu davlatlarning o‘zaro ishonch va manfaatga yo‘g‘rilgan aloqalarini bundan keyin ham jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 2018 yil fevral oyida shu sohaga doir 4 ta muhim hujjat qabul qilindi. Xususan 2018 yilning 10 fevralidan boshlab Yaponiya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Isroil va Turkiyadan kelayotgan turistlarga 30 kungacha vizasiz yurishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018 yil 1 iyulidan elektron vizalar joriy qilindi. Ziyorat turizmi bo‘yicha din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ziyorat turizmini qo‘llab- quvvatlash bo‘limi tashkil etildi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlik qilinayotganligi, ushbu salohiyatdan to‘liq foydalanilayotganligi va turistlarni mamlakatga keng jalb qilish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirishi kabi sa’yi-harakatlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti rivojiga turtki bo‘ldi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 87 2018 yilning 16 martidan “Turk havo yo‘llari” Istanbul–Samarqand aviaqatnovini yo‘lga quydi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida ikki mamlakat orasidagi haftalik parvozlar soni jami 20 tadan oshdi. Mazkur parvozlar sonini ko‘paytirish, parvozlar amalga oshiriladigan shaharlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shundan kelib chiqib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qo‘yildi. Shunga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo‘lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi. Chet el tajribasini o‘rganish asosida “Qarshi” aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘z o‘rnida turizm sohasini yanada rivojlanishida hamda sayyohlar sonini yanada ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi, ya’ni “Yo‘l xaritasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi o‘z faoliyatida yurtimizga sarmoyalarni, ilg‘or texnologiyalarni va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha manzilli tadbirlarni o‘tkazishga e’tibor qaratdi. Shu maqsadda, 2018 yilda Turkiyaning Anqara shahrida “O‘zbekiston xazinalari yuzaga chiqmoqda” deb nomlangan anjumanda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyoratgohlar, me’moriy obidalar va tarixiy yodgorliklari haqida fikrlar bildirildi. Tadbirda Turkiyaning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari, xususan, parlament a’zolari, bosh vazir huzuridagi diyonat ishlari boshqarmasi, Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari, etakchi turistik kompaniyalar hamda O‘zbekistondan kelgan sayyohlik tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekistonning jahon turizm bozorida hali keng qamrovda kashf etilmagan ziyoratgohlari, mehmondo‘st xalqi va havfsiz-osoyishta muhiti sayyohlarni jalb etishda muhim rol o‘ynashi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Turkiya fuqarolarini islom olamining yorqin namoyondalari sanalgan Imom Buhoriy, Imom At- PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 88 Termiziy, Bahovuddin Naqshband va “Etti pir” silsilasiga kiruvchi boshqa qator taniqli ulamolarning maqbaralarini ziyorat qilish qiziqtirib kelgan. Binobarin, 100– 150 yil muqaddam turklar Makka va Madinaga borish uchun avvalo Buxorodagi qadamjolarni ziyorat qilishni ezgu amal, deb bilishgan. 2018 yil aprel oyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Turkiya delegasiyasi tarkibida Turkiya Diyonat Ishlari vaziri Ali Erbash O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomon islom dunyosi rivojiga hissa qo‘shgan olimlarning tarixiy merosi va muqaddas qadamjoylarga ziyoratchilarni tashrifi kabi bir qancha hamkorlik o‘rnatildi. Bundan tashqari, islom olamida vayurtimizda nom qozongan alloma va avliyolarning mavzoleylari va ziyoratgoh majmualarni rekonstruksiya va restavrasiya qilish ishlarida “TIKA” agentligining ko‘magini alohida e’tirof etish mumkin. 2018 yilning ilk uch oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni jihatidan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. 2017 yil mart oyida O‘zbekistonga kelgan turkiyalik sayyohlar soni 2 ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yili ushbu raqam 6 mingga etdi, yil davomida esa 74 mingdan ziyodni tashkil etdi. Qayd etish kerakki, mamlakatimizga Turkiyadan tashrif buyuruvchilar soni jadal ko‘payib bormoqda. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida Turkiya uzoq chet davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Yurtimizga kelgan xorijliklarni 10 % dan ortig‘i aynan shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumki, O‘zbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddat vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilingani turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka sezilarli turtki bergan tarixiy qadam bo‘ldi. 2017 yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiya Respublikasi fuqarolari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 89 uchun vizaga oid jarayonlarni soddalashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3347 sonli qarori imzolandi. Ushbu hujjat vizalarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirib, shuningdek, mamlakatimizga sayyohlik va ishbilarmonlik maqsadlarida kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun qulayliklar yaratib, ularga beriladigan bir yilgacha bo‘lgan muddat uchun ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning xorijdagi idoralarida 3 ish kunida rasmiylashtirib beriladigan bo‘ldi. Bu o‘z navbatida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investisiya va turizm sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 26 oktyabrda Turkiyaga davlat tashrifi yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on bilan hamkorlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida ham O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasidagi o‘zaro hamkorlik masalasiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. O‘zbekiston vakillari ko‘plab turk ishbilarmonlari, sarmoyadorlari, turizm biznesining yirik vakillari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Turkiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (TÜRSAB) vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat sayyohlik agentliklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. (TÜRSAB) sayyohlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘zining sayyohlik agentliklari bilan birgalikda Travel Turkiy Izmir (2017 yil 7-10 dekabr) va EMITT Istanbul (2018 yil 25-28 yanvar) xalqaro turizm ko‘rgazmalarida qatnashish uchun taklif qilindi. O‘zbekistonda tog‘-chang‘i sportini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligi sababli, delegasiya vakillari o‘zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyaning Bursa shahriga, dunyoga mashhur Uludag‘ tog‘-chang‘i turizmi majmuasida bo‘lishdi va Bursa hokimi, mahalliy turizm idorasi rahbarlari bilan, shuningdek, dunyodagi eng yirik “Bursa Teleferik” kabinali arqon yo‘lini bunyod etgan “Teleferik Holding” shirkati rahbarlari bilan uchrashishdi. Turkiyadagi “GAD” kompaniyasi rahbariyati bilan brend, me’morlik va dizayn echimlarini ishlab chiqish, tog‘ turizmining istiqbolli rivoji, Chimyon-Chorvoq PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 90 tog‘-turistik zonasida muhandislik ishlarini o‘tkazish va keng ko‘lamli sayyohlik infratuzilmasini qurish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, turizm davlat ahamiyatiga molik soha hisoblanganligi uchun bir qator davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, 2018 yilning 1 martida Xalqaro press-klubning “O‘zbekistonga xush kelibsiz: turizm – mamlakatning yangi brendi” mavzusidagi navbatdagi sessiyasi bo‘lib, unda erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, diplomatik korpus vakillari, etakchi turoperator hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston o‘zining tarixiy shaharlari, obida va ziyoratgohlari, qolaversa, tabiiy iqlimi, mazali meva-sabzavotlari va taomlari bilan alohida ajralib turadi. Albatta, turistlarni jalb qilishda bularning o‘zi etarli emas. Shu o‘rinda turizm sohasini rivojlantirishda bir qator muammolar mavjudligini aytishimiz mumkin: - Aviachipta narxlarining qimmatligi va aviareyslari sonining kamligi; - Mehmonxonalar sonining kamligi va ayrimlari jahon standartlariga javob bermasligi; - Ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolar va sayyohlik maskanlarida turistlar uchun etarli shart-sharoitlar talab darajasida tashkil etilmaganligi; - Sayyohlik maskanlari, tarixiy qadamjolar, muzeylar haqida ma’lumot beruvchi internet saytlarning kamligi; - Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarni etarli darajada kadrlar bilan ta’minlanmaganligi; - O‘zbekistonda gastronomik, tibbiyot, etnoturizm, ekoturizm, agroturizm, ziyorat turizm kabi yangi yo‘nalishlari etarli darajada tashkil etilmayotganligi. Bu kabi muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish, mamlakatda sayyohlik tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 91 Bugungi kunda O‘zbekistonda 500 dan ortiq mehmonxona va kempinglar sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Navoiy shaharlari aeroportlari modernizasiya qilindi va bugungi kunda O‘zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Milliy aviyakompaniyasi zamonaviy “Eyrbas” va “Boing” avialaynerlari bilan ta’minlangan. Toshkent–Samarqand, Toshkent– Qarshi, Toshkent–Buxoro yo‘nalishlari bo‘ylab Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasida ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanadigan elektropoezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aynan “Afrosiyob” poezdi harakatlana boshlaganidan buyon O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. O‘zbekistonda sayyohlar soni 2018 yilda 2016 yildagiga nisbatan 24,3 foizga ortib, 2 million 520 ming nafarni tashkil etdi. O‘zbekistonning sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi firma va kompaniyalari dunyoning turli hududlarida o‘tkazilayotgan sayyohlik yarmarka va festivallarida muntazam ishtirok etib keladi. 2018 yil aprelda Turkiyaning Kappadokiya shahrida xalqaro sayyohlik festivali ochildi. Unda yigirmaga yaqin mamlakat, shu jumladan, O‘zbekistondan ham yuzga yaqin sayyohlik firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. Mazkur festival O‘zbekistonda sayyohlik sohasini yanada takomillashtirish va chet ellik sheriklar bilan bevosita aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Sohani O‘zbekistonda yanada rivojlantirish maqsadida turizm hududlari va tog‘ turizmi klasterlari tashkil etildi. Ushbu jarayonda nafaqat markazlar, balki chekka va tog‘li hududlarda ham turizm zonalarini tashkil qilish bo‘yicha jami 450 ga yaqin loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Jumladan, 50 dan ortiq mehmonxonalar qurish, mavjudlarini qayta ta’mirlash, 100 ga yaqin umumiy ovqatlanish ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlar olib borildi. Zero, O‘zbekistonda 4 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror me’morchilik namunalari, qo‘riqxonalar, milliy madaniyat, san’at va PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 92 hunarmandchilikning ko‘p asrlik an’analari mavjudligi turizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida turizm salohiyatidan unumli foydalanilmadi. Keyingi ikki yilda turizm sohasini rivojlantirishga davlat iqtisodiyotining eng muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratdi. O‘zbekistonda turizm sohasini yo‘lga qo‘yishda Turkiya firma va kompaniyalari yaqindan yordam berdi va o‘zaro turizm tajribasi o‘rganildi. Bu borada ayniqsa, sayyohlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan turli xalqaro anjumanlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘ldi. O‘zbekiston Turkiya shaharlarida turizm sohasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarlar va ko‘rgazmalarning asosiy ishtirokchisiga aylandi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling