Monografiya Имомов. Б
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonalari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonalari
(2-jadval) № Tashkil topgan yili Qo‘shma korxona nomi Faoliyat turi 1 2002 yil “Promindastriz” Qishloq xo‘jalik mashinalari 2 2003 yil “Xorazm maveraplast” Polimer plyonka, quvur va listlar 3 2008 yil “Kottontex” Paxta tolasini qayta ishlash 4 2011 yil MChJ shaklidagi “Cilasun-Tashkent” Ip gazlama 5 2015 yil MChJ shaklidagi “SPLASH FOOD URGANCH Yarim mahsulotlar, qism va detallar ishlab chiqarish 6 2016 yil MChJ shaklidagi “Sedat Triko Tashkent” Tikuvchilik va trikotaj kiyimlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 62 7 2018 yil “Bursel Tekstil, Sanayi ve Dish Tijaret Anonim Shirketi” To‘qimachilik va trikotaj kiyimlar 2018 yilda “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 233,9 million AQSh dollarlik 22 ta korxona faoliyat boshladi. Buning uchun yo‘naltirilgan mablag‘ning 163,1 million AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar edi. Ulardan biri – “National ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona bo‘lib, uni jihozlash uchun Italiya va Turkiyadan eng zamonaviy texnologik uskunalar keltirildi. Mutaxassislar ham ayni shu davlatlardan taklif qilindi. Ular qisqa muddatda 150 nafar yosh yigit-qizni o‘qitib, ishga tayyorladi. Korxonada devor va pol uchun besh xil hajmdagi 150 xil plitkalar ishlab chiqarildi. 2018 yil yanvarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Turkiyaning “Ziraat Bankasi A.S.” banki bashqaruvi raisi Huseyn Aydin boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan ushbu anjumanda delegasiya a’zolari, shuningdek, ikki mamlakatning energetika, qurilish, mashinasozlik, geologiya, oziq-ovqat, kimyo sanoati, farmasevtika, turizm sohalari xususida fikr almashildi. Keyingi yillarda O‘zbekistonning investisiya siyosatining ahamiyati shundaki, u uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va iqtisodiyotni tubdan qayta qurish, davlatni iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish uchun xorijiy investisiyalardan samarali foydalanish ustuvor vazifaga aylantirildi. Milliy iqtisodiyotni qayta tiklash, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, fan va ishlab chiqarishni hamkorlikda rivojlantirish, bunda xorij tajribasidan unumli foydalanishga kuchli e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun me’yoriy-huquqiy bazani va unda xorijiy investorlar uchun imtiyozlar yaratish, ularning manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 63 Umuman olganda, O‘zbekiston–Turkiya iqtisodiy hamkorligida savdo-sotiq, vositachilik qilish, qo‘shma korxonalar tuzish, ularni texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlarida etakchilik qilib, bunga asosan engil sanoat, xususan, to‘qimachilik, tikuvchilik, gilam to‘qish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirildi. Ammo Turkiyaning ba’zi firmalari O‘zbekiston qo‘shma korxonalariga olib kelib o‘rnatgan asbob-uskunalari, texnologik jihozlari eskirganligi tufayli tezda ishdan chiqib qolish holatlari ham yuz berdi. Bu esa qo‘shma korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini pasayishiga olib keldi. Ammo bu kabi holatlarga qaramay, O‘zbekiston–Turkiya iqtisodiy hamkorligi Respublika iqtisodiy islohotlarining muvaffaqiyatida muayyan darajada ijobiy rol o‘ynadi. Bu hamkorlik O‘zbekistonning jahon hamjamiyati integrasiyalashuvi, engil sanoatni rivojlantirish, Turkiya ko‘magi bilan O‘zbekiston avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishida hamda eksport hajmining ortishiga xizmat qildi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling