Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya
bo‘lib o‘tdi. Turkiya tomoni Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirish maqsadida Markaziy Osiyoda oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, o‘zaro ishonch, ahil qo‘shnichilik va yaqin mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa qardosh mamlakatlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bundan tashqari Turkiya O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” va “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyalarini, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ishlab chiqish va ilgari surish, shuningdek, Islom Hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi Sammitini 2020 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. Turkiya Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifida Prezidentlar Afg‘onistonni barqarorlashtirish va qayta tiklash bo‘yicha o‘z sa’y-harakatlari va o‘xshash yondashuvlarini mamnuniyat bilan qayd etib, ikki tomonlama muloqot va birgalikda hamkorlik qilish hamda Afg‘onistonga oid masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama forumlar doirasida yakdillikka chaqirdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 48 Ikki davlat Prezidentlari 2018 yil 26-27 mart kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklarasiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamda “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” doirasida yaqin hamkorlikka tayyor ekanliklarini e’tirof etdi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida dunyoda terrorizm tahdidlari kuchayib borayotgani, ularga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotgani, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, buyuk allomalar, xususan, Imom Buxoriyning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilayotganini ma’lum qildi. O‘shanda “Yuksak minbarda bizning buyuk bobolarimiz haqida so‘zlash uchun katta yurak, kuchli iroda kerak. Birorta Prezident bu ishni qila olmas edi. Faqat Shavkat Mirziyoyev qila oldi” deb O‘zbekiston Prezidentini birinchi bo‘lib qutlagan ham Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Erdo‘g‘on bo‘ldi. Bundan tashqari O‘zbekiston va Turkiyaning hamkorligi terrorizm, diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Globallashuv sharoitida g‘arbda islomofobiya tushunchasini kabi dinimizdagi yot g‘oyalarni keng tarqalishiga kurashishda O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi muhimligini 2017 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Diyonat Ishlari vaziri Ali Erbash bilan uchrashuvda alohida urg‘u berilgan edi. Prezident Sh.Mirziyoev musulmonlarning IShID, Boko Xaram, Ash-Shabab, FETO kabi islomiy radikal guruhlarga qo‘shilib qolmasligi uchun avvalo diniy ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri olib borish kerak ekanligini ta’kidladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 49 Turkiyada 2016 yil 15 iyun davlat to‘ntarilishiga urinishlarda, o‘zini Imom Said Nursiy izdoshi deb biladigan “Nurchilar” harakati etakchisi Fathullax Gyulenning “FETO” tashkilotining qo‘li borligi va Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi Ishlar vazirlari kengashining 2016 yil oktyabrda Toshkentda o‘tgan 43- sessiyasida tashkilotga a’zo davlatlar FETO “terrorchi tashkilot” deya e’lon qilindi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiyaning FETO tashkilotiga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlaganligi uchun tashkilotga a’zo davlatlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 2018 yilda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muhtor elchisi bo‘lgan Ahmet Bashar Shen “15 iyul voqeyalari”da shahid ketgan 200 dan ortiq kishini xotirlash kunida “ota yurtimiz O‘zbekiston FETO xavfini birinchilardan voqif bo‘lib, ularning faoliyatiga qarshi kurashgan ilk qardosh davlat” – deb, so‘zladi. Zero, O‘zbekiston “FETO” bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ancha oldin bildirgan edi. Jahon ommaviy axborot vositalarida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar doimiy ravishda yuqori baholanib kelindi. Masalan, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Aleksandr Vorobev “Eurasia Daily” tahliliy portali uchun yozgan maqolasida Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktyabr oyidagi Turkiyaga tashrifi haqida “Ushbu tashrif Toshkentning bugungi kunda qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini olib borish siyosatiga to‘liq mos keladi. Iqtisodiy pragmatizm, sarmoyalarni jalb qilish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish, uning asosini tashkil etadi. Turkiya sanoat salohiyati, moliyaviy resurslar, ko‘plab mamlakatlarda biznes yuritish tajribasiga ega”, deb yozadi ekspert. Mutaxassisning fikricha, “Moskva, Pekin, Bryussel singari Anqara ham Toshkentning mintaqaviy etakchi va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti lokomativi sifatidagi salohiyatini yaxshi anglaydi”. Turkiyadagi nufuzli “Turcomoney” nashrining yillik reytingida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yilda “Yilning xorijiy davlat arbobi” deya e’tirof etildi. Bu haqda Istanbul shahrida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 50 Binali Yildirim, Istanbul shahri xokimi Mevlyut Uysal, mamlakat xukumati parlamenti, jamoatchilik va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tantanali marosimda e’lon qilindi. Xulosa qilib aytganda, Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgandan keyin tashqi siyosatda eng avvalo mintaqadagi davlatlar bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi, shu bilan birga Osiyo va Evropadagi rivojlangan davlatlar qatori Turkiya Respublikasi bilan ham o‘zaro teng huquqli manfaatli hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu bilan birga xalqaro tuzilmalarda faol ishtirokchisiga aylanayotganligi hamda xalqaro institutlarda O‘zbekiston obro‘sini oshib borayotganligi so‘zimiz tasdig‘idir. 1991 yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 12 marta oliy darajadagi uchrashuvlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Prezidentlari 11 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan bo‘lsa, Turkiya Prezidentlari O‘zbekistonga 10 marta kelgan. O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlarida davlat va jamiyat hayotining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar muhokama etilib, aniq strategik maqsadlar asosida bitim va shartnomalar imzolanib, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi Markaziy Osiyoda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling