Monografiya Имомов. Б


partiya vakillarida ijobiy taassurot uyg‘otdi. Bu esa o‘z


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.


partiya vakillarida ijobiy taassurot uyg‘otdi. Bu esa o‘z 
navbatida uning 2009 yilda tashqi ishlar vaziri darajasiga chiqishiga olib keldi. 
O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlari va ikki davlat hukumat a’zolarining 
xalqaro anjumanlar doiradagi uchrashuvlari tufayli ikki davlat munosabatlarini 
qayta tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
2012 yilda BMT Bosh Assambliyasi yig‘ilishida Turkiya tashqi ishlar vaziri 
Ahmet Davuto‘g‘lu (2009-2014) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


33 
Komilov bilan uchrashuvda 2013-2015 yillarda ikki davlat hamkorlik rejasini 
tayyorladilar. Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi uchun zamin 
yaratdi. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash yo‘lidagi oliy darajagi 
uchrashuv 2014 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
Islom Karimovning Sochi (Rossiya) shahrida XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining 
ochilish marosimiga safari doirasida Turkiya Prezidenti Rejep Erdog‘an bilan 
uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, ikki davlat prezidentlarining bir yilda bir 
marta Tashqi ishlar vazirligi darajasida hamda davlat rahbarlari darajasida 
uchrashuvlar o‘tkazib turishga kelishilgani o‘zaro munosabatlarda muhim qadam 
bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov har bir 
davlatning rahbarlari bilan muzokara olib borar ekan, asosiy e’tiborni “teng 
huquqlilik, o‘zaro teng manfaatlar” asosida olib borishga qaratdi. Ekspertlarning 
fikricha, Sochidagi uchrashuvda Prezident Islom Karimov bu prinsipni yana bir 
karra Turkiya hukumati rahbariga etkaza oldi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi 
ushbu safar munosabati bilan tarqatgan matbuot xabarida “Muloqotlar chog‘ida 
ikki davlat o‘rtasida teng huquqlilik hamda teng manfaatli hamkorlik asosida 
munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki davlatni tashvishlantirayotgan dolzarb 
masalalar muhokama qilinadi” degan fikr-mulohazalarga alohida urg‘u berdi. 
Shuni aytish mumkinki, uzoq muddat davomidagi sust aloqalardan so‘ng ushbu 
muzokaralarda O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarida jonlanish sezildi hamda 
o‘zaro munosabatlarni tiklash tashabbuskori Turkiya hukumati bo‘ldi. 
Turkiya tashqi ishlar vaziri A.Dovutog‘lu mamlakatning keyingi yillardagi 
geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklari sababini kolision hukumatlar yuritgan tashqi 
siyosatning teran strategik nazariya va yagona strategik yo‘lni rejalashtirilmagani 
va konsepsiyaga asoslanmagani bilan bog‘laydi. Zero, turk geosiyosatida uzoq 
muddatli barqaror boshqaruvda strategiyaning yo‘qligi tashqi siyosiy boshqaruvda 
turklarning etnik tartibotining buzilishi sababchi ekanligini ko‘rsatdi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


34 
2014 yil 20-21 mayda Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda 
hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning to‘rtinchi sammiti doirasida 
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovuto‘g‘lu O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan yana bir bor uchrashdi. Shuningdek, mazkur 
yilning iyul oyida Ahmet Dovuto‘g‘li Toshkentga 
tashrif buyurib, O‘zbekiston hukumati vakillari 
bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda o‘zaro 
hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga doir 
masalalar muhokama qilindi. 
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik muloqotlarning yo‘lga qo‘yilishini bir qator 
omillar bilan bog‘liqligini u quyidagicha ta’kidladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling