Monografiya Имомов. Б


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

mustahkamlash to‘g‘risida”gi memorandum imzolandi. Hujjatda iqtisodiyotni 
rivojlantirishda o‘rta va kichik hajmdagi korxonalarning ishlab chiqarish 
samaradorligi muhim rol o‘ynayotgani ta’kidlanib, qishloq xo‘jaligi va 
chorvachilik sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, bu sohada O‘zbekiston ega 
bo‘lgan imkoniyatlarini, jumladan Turkiyaning bu sohadagi tajribasini e’tiborga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


23 
olib, olimlar va soha mutaxassislarini o‘zaro almashgan holda firmalar o‘rtasida 
hamkorlikni yanada rivojlantirish nazarda tutilgan edi. Shuningdek, ta’lim tizimida 
talabalar o‘rtasidagi almashuv hamda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni 
rivojlanishiga ko‘maklashishga qaror qilindi. Belgilangan tadbirlarni amalga 
oshirish natijasida ikki davlat vakillari barcha sohalarda yangi tajribalarni o‘rganib, 
hayotga tadbiq etib bordilar. 
Umuman, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini ikki 
davlat o‘rtasida 1996 yilda tuzilgan “Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi 
shartnoma hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, terorrizmga va 
giyohvand moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi kurash, sog‘liqni 
saqlash, transport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda imzolangan 70 dan ortiq 
hujjatlar tashkil etdi. Ushbu hukumatlar tomonidan erishilgan kelishuvlar, tuzilgan 
shartnoma va bitimlar ikki davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarini 
rivojlanishiga xizmat qildi. 
O‘tgan yillar mobaynida Turkiya davlat rahbarlari va xukumat a’zolari 
O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurib, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini 
kengaytirib bordi. Masalan, Turkiya Bosh vaziri M.Yilmaz (1997-1999 yy.) 
boshchiligidagi delegatsiya 1998 yil 14 aprelda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 
Delegatsiya tarkibida Anqara shahridagi “Entis” aksionerlik jamiyati, tashqi savdo 
kengashi mutaxassislari, “Karadengiz” tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish 
korxonasi, “Eti Xolding” kompaniyasi, “TSA” kompaniyasi, “Erbakir” AJ vakillari 
bor edi. Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlikdagi yangi istiqbolli loyihalar muhokama 
qildilar.
Yana bir muhim tashrif, Turkiya Prezidenti S.Demirel 
1999 yil 15 martda O‘zbekistonga keldi. 1999 yil 16 mart 
kuni Samarqand shahridagi buyuk hadisshunos Imom al-
Buhoriy majmuasini ziyorat qilar ekan, o‘tgan yili 
allomaning 1225 yilligi munosabati bilan amalga 
oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. S.Demirel olgan taassurotlarini 
faxriy mehmonlar kitobiga yozib qoldirdi hamda tashrif mobaynida u yerni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


24 
obodonlashtirish uchun Imom al-Buxoriy va Bohouddin Naqshband majmualariga 
5 ming AQSh dollardan tuhfa qildi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti S.Demirel va 
O‘zbekiston rahbari I.Karimov Samarqanddagi “SamKochavto” qo‘shma 
korxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar. Ushbu zavodni ishga 
tushirilishi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini oshishiga hamda Markaziy 
Osiyoda yagona avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi davlatlar 
qatoridan o‘rin olishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari hamkorlik aloqalari rivojlanishining 
ikkinchi bosqichida (2000–2016 y.) Turkiya xukumati rahbarlari tomonidan rasmiy 
tashriflar amalga oshirilgan bo‘lsada, asosan ikki mamlakat rahbarlari xalqaro 
doiradagi anjumanlarda uchrashib turdilar. Masalan, 2000 yilnig sentyabr oyida 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov va Turkiya Prezidenti 
A.Sezer (2000-2007)ning BMT ning “Ming yillik” sammiti doirasida uchrashgan 
bo‘lsa, mazkur yilning 16-17 oktyabr kunlari Turkiya Prezidenti A.Sezer 
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida O‘zbekiston va Turkiya 
hukumatlari o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari 
to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida, 
televideniya va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar, 
iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida, madaniyat, ta’lim, fan, 
sog‘liqni saqlash va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar imzolandi.
2003 yil 19 dekabrda Turkiya Bosh vaziri R.Erdog‘on 
(2003-2014)ni 
O‘zbekistonga 
kelishi 
o‘zaro 
hamkorlik 
aloqalarini yanada kengayishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik 
hamda diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish 
haqida hukumatlararo bitimga kelishildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik sarmoyalarini 
o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yo‘l 
qo‘ymaslik to‘g‘risidagi bitimlar ikki davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


25 
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikda o‘zaro davlat 
tashriflari amalga oshirilib, davlatlararo turli sohalarda keng qamrovli hamkorlik 
olib borilgan bo‘lsada ammo, Turkiyadagi diniy-siyosiy, pan-turkizm kabi 
qarashlarining ta’siri O‘zbekiston xukumatining olib borayotgan tashqi siyosatiga 
zid kelar edi. Shu bois ikki davlat o‘rtasida savdo, tranzit va boshqa iqtisodiy 
munosabatlar barqaror saqlangan bo‘lsada, siyosiy ziddiyat va kelishmovchiliklar 
hali mavjud edi. Ushbu ziddiyatlar quyidagi omillar tufayli yuzaga keldi: 
1) 1993 yilda mamlakatni tark etgan muxolifat a’zolarining Turkiyadan 
siyosiy boshpana olishi va uni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risidagi rasmiy 
Toshkentning talablarini turk mas’ullari bajarmasdan kelganligi hamda 2005 yil 
Turkiya BMT Bosh Assambleyasida Andijon voqealari yuzasidan O‘zbekiston 
hukumatini nomutanosib kuch ishlatganlikda ayblovchi rezolyusiyasini ma’qullab 
ovoz berishi (bu rezolyusiya qabul qilinmagan); 
2) O‘zbekistonda valyuta konvertasiyasida muammolarning mavjudligi. 
O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma korxonalari ishchilari hamda o‘zbek-turk litseylari 
o‘qituvchilarining oylik maoshlarini to‘lashdagi muammolar, viza olish, 
aviachiptalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi muammolarning yuzaga kelishi; 
3) ba’zi Turk shirkatlarining xalqaro diniy-siyosiy terrorchilik tashkilotlarga 
xususan, “Fethullohchilar (FETO)” bilan aloqadorlikda gumon qilinishi, ular 
tomonidan O‘zbekistonga ta’qiqlangan adabiyotlarni olib kirishga bo‘lgan 
urinishlari ikki davlat munosabatlariga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Misol 
qilib, “Silm” shirkati tomonidan tashkil etilgan o‘zbek-turk liseylarini yopilishi 
kabi holatlar sabab bo‘ldi.
4) O‘zbekistonda bunyod etilgan qator o‘zbek-turk qo‘shma korxonalarida 
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ba’zi bir turkiyalik ishbilarmonlar tuzilgan 
shartnoma shartlariga amal qilmaganligi hamda hamkorlikda tashkil etilgan 
qo‘shma korxonalarga Turkiyadan keltirilgan texnik jihozlarning eskirganligi va 
sifatsizligi kabilar. 
O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar va 
ziddiyatlar va ularni yuzaga keltirgan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni tahlil 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


26 
qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillarida Turkiya bilan 
mustahkam aloqalarga ega bo‘lgan davlat bo‘lsada, ikki mamlakat munosabatlari 
kontekstida Markaziy Osiyo geosiyosatida katta ta’sir ko‘rsatuvchi mintaqaviy va 
nohukumat kuchlar o‘rtasida yangi “katta o‘yin” yuzaga kelayotgan markazlardan 
biriga aylanib borayotgan edi. O‘zbekistondagi ba’zi muholifatchi kuchlar Turkiya 
Respublikasidan siyosiy boshpana topishlari uchun asosiy davlat sifatida ko‘ra 
boshladilar. Ushbu holatda ikki davlat o‘zaro munosabatlarida muammolarni 
keltirib chiqaradigan bu kabi vaziyatlarda Turkiya hukumatini shu kabi masalalarni 
hal qilishi oson emas edi. Bunda, Turkiyadan siyosiy boshpana so‘rovchilarning 
huquq va manfaatlarini himoya qiladigan halqaro tashkilotlar qarshiligidan qutula 
olmas hamda g‘arb davlatlari bilan iqtisodiy-siyosiy muammolar yuzaga kelishini 
istamas edi. 
1994 yilda Prezident I.Karimov Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan neft 
quvurlari loyihasini muhokama qilish uchun Turkiya tomonidan tashkil etilgan 
sammitda qatnashdi. O‘zaro uchrashuvda O‘zbekiston rahbari I.Karimov 
Turkiyaning Prezidenti Sulaymon Demireldan muxolifat a’zolarini ekstraditsiya 
qilishni so‘rab, ushbu masala muhokama qilindi.
O‘zaro munosabatlarda sovuqchilik tushishini istamagan Turkiya Prezidenti 
Sulaymon Demirel 1994 yil kuz oyida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 
muholifat etakchisi Muhammad Solihning Turkiyani tark ettirish haqidagi talabini 
qabul qildi. Ushbu holatdan keyin Prezident I.Karimov 1994 yil 20 oktyabrda 
bo‘lib o‘tgan ikkinchi Turkiy davlatlarning sammitida qatnashdi. Keyinchalik bu 
uchrashuv madaniy yaqinlikdan ko‘ra asosan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga 
qaratilgan sammit sifatida ahamiyatli bo‘ldi. 
1995 yilga kelib, ikki tomonlama yaqinlashuvlardan so‘ng Turkiya hukumati 
qarashlarining o‘zgarishi sababli, o‘zaro munosabatlarning barqaror holatga 
qaytishiga olib keldi. Masalan, 1995 yil iyul oyida Turkiya Bosh vaziri Tansu 
Chiller O‘zbekistonga tashrif buyurdi va “bizning asosiy maqsadimiz har bir 
sohada birodar mamlakatlar bilan aloqalarni do‘stona yo‘lga qo‘yish va o‘zaro 
manfaatlar asosida rivojlantirish hamda ichki ishlariga aralashmaslik” deb 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


27 
ta’kidladi. Bosh vazir T.Chillerning ushbu so‘zlari Prezident I.Karimovning 
O‘zbekistonni rivojlantirish yo‘lidagi maqsadlariga to‘liq mos tushganligini 
anglatar edi. Shunga qaramay, munosabatlarda hali to‘siqlar to‘liq bartaraf 
etilmagan edi.
Bunga yana bir sabab, 1995 yil oxirida navbatdan tashqari saylovlarda 
“Refax” (Farog‘at) partiyasi hammadan ko‘p ovoz olib, Nejmettin Erbakan 1996 
yilda Turkiya Bosh vaziri bo‘lganidan keyin uning etakchiligidagi partiya siyosiy 
qarashlarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keldi. Hattoki, Turkiya xukumati ichida 
ham o‘zaro ichki ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Darhaqiqat, Turkiyaning yangi 
tayinlangan Bosh vaziri islomiy davlatlar bilan yaqinlashish siyosatini olib bordi 
va Turkiyaning dunyoviy konstitusiyasini buzganligi uchun 1998 yilda Turkiya 
Oliy sudi u rahbarlik qilayotgan partiya faoliyatini mamlakatda taqiqladi. Ushbu 
holatda Turkiya siyosatining “o‘tish” bosqichida taraqqiyot yo‘lining noaniqligi 
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning mamlakat taraqqiyoti va barqarorligini 
himoya qilish bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga deyarli mos kelmasligini 
anglatar edi. O‘zbekiston ushbu voqealarga 1997 yil avgust oyida Turkiyadan 2000 
ga yaqin talabani chaqirib olish bilan javob qaytardi.
Anqara hukumatining ichidagi qarama-qarshiliklar Prezident I.Karimovning 
ba’zi asosiy qarashlari bilan to‘qnashib, ikki tomonlama siyosiy ziddiyatlarga olib 
keldi. Biroq, hukmron partiya almashgandan keyin. Anqara hukumati bunga 
javoban dunyoviy qarashlarga mos siyosatni amalga oshirdi. 1997 yilgi 
Turkiyadagi sammitdan so‘ng Prezidentlar I.Karimov va S.Demirel iqtisodiy 
aloqalarni muhokama qildilar. Turkiya davlat rahbari bu munosabatlar samimiy 
kechgani va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi sezilarli o‘sishiga olib 
kelishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral oyidagi 
qurolli xurujlar oqibatida Toshkent shahrida 
portlashlar sodir etildi va o‘n olti kishi qurbon 
bo‘ldi hamda yuzdan ortiq fuqarolar yaralandi. 
Bu qurolli tajavvuz davlat rahbariga suiqasd va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


28 
davlat havfsizligiga taxdid deb baholandi. Ushbu voqealar O‘zbekiston va Turkiya 
munosabatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Chunki Turkiyada bo‘lgan muholifat 
etakchisini bu xurujni qo‘llab-quvvatlagani xususida Prezident I.Karimovning 
matbuot anjumanida to‘xtalib o‘tganidan ham bilish qiyin emas edi. 
Turkiya Prezidenti S.Demirel 1999 yil mart oyida O‘zbekistonga tashrif 
buyurdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad savdo-sotiqni rivojlantirish va 
Turkiyaning 
Samarqand 
shahriga kiritgan sarmoyalarini nazorat qilish 
mo‘ljallangan edi. Biroq, uchrashuvda Prezident I.Karimovning siyosiy 
hokimiyatiga qilingan qurolli tajavvuzga doir masalalar ham muhokama qilindi. 
Shunga qaramasdan O‘zbekistonda siyosiy repressiyalar to‘lqini davom etdi. 
O‘zbekiston bilan bog‘liq ushbu murakkab ziddiyatlarni oldini olish maqsadida 
Turkiyada yashayotgan gumonlanuvchilarni ekstradisiya qilishda BMTning Inson 
huquqlari kengashi tomonidan ish qo‘zg‘atildi. 1999 yil 16 fevraldagi portlashlarga 
aloqador bo‘lganlarning ba’zilari sud jarayonlarida Turkiya sobiq bosh vaziri 
ularga moliyaviy yordam berganini tan oldi. Bunga javoban, O‘zbekiston Turkiya 
bilan vizasiz rejimni bekor qildi va mamlakatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan turk 
maktablarini yopdi. 
Biroq, Turkiya bilan munosabatlar salbiy ko‘rinish olgan bir paytda 2000 
yilda yangi saylangan Turkiya Prezidenti Ahmet Sezer O‘zbekiston hukumati bilan 
hamkorlik qilish va yaqinlashishga intildi. 
2000 yil 16-17 oktyabr kunlari O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi va Turkiya 
Prezidenti A.Sezer O‘zbekistonning o‘zaro xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan 
ikki davlat aloqalarining yangi bosqichga o‘tayotganini e’tirof etsada, ammo, 
Prezident I.Karimov 2001 yil aprel oyida Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiya 
sammitida qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu holatda Turkiya etakchiligida 
o‘tkaziladigan barcha sammitlarni O‘zbekiston tomoni qo‘llab-quvvatlamasligini 
anglatardi. 
2002 yil noyabr oyida Turkiyadagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi 
parlament saylovlarida g‘olib chiqdi va yangi hukumat tuzildi. Rejep Tayyip 
Erdog‘an Turkiya Bosh vaziri bo‘ldi va oldingi partiyaning g‘oya hamda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


29 
qarashlarini tanqid qildi. Bu bilan kelgusida u olib boradigan Turkiyaning ichki va 
tashqi siyosati butunlay o‘zgacha bo‘lishini ko‘rsatar edi. 
2003 yil oktyabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov 
Turkiyaga tashrif buyurdi va bosh vazir R.Erdog‘an bilan uchrashdi. Uchrashuvda 
asosiy masalalar qatorida davlatlar o‘rtasida xavfsizlik va barqaror vaziyatni 
ta’minlashga e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga o‘zaro uchrashuv jarayonida 
Prezident I.Karimovning tashqi siyosiy qarashlariga zid kelmaydigan fikr-
mulohazalar bildirildi hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Turkiya tomonidan 
bir qator harbiy texnikalar sovg‘a qilindi. Ushbu tashrif o‘zaro ikki davlat 
munosabatlarini jonlanishida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. 
Turkiya Bosh vaziri R.Erdog‘an 2003 yil 19 dekabrda O‘zbekistonga tashrifi 
vaqtida ta’kidlagan, “Biz O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan birdamligini 
qadrlaymiz. Terrorizmga qarshi kurashda hamda xavfsizlik sohalarida biz 
hamkorlikni rivojlantirishga qaror qildik”. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘sha paytda 
O‘zbekiston terrorizmga qarshi global kurashning markazida edi. 
O‘zaro munosabatlardagi iliqlik uzoqqa cho‘zilmadi, 2004 yil mart oyida 
Toshkent shahri va 2005 yilning may oyidagi Andijon voqealari Turkiya bilan 
siyosiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Abdulloh Gulga Andijon 
voqealariga “biz buni xavfsizlik deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston hukumatining aql-
idrok bilan munosabat bildirayotgani va tinch aholiga nisbatan mintaqada qon 
to‘kilishini oldini olishga chaqiramiz. Bu vaziyatda Turkiya xukumati o‘zining 
siyosiy qarashlarini namoyon etdi.
Turkiyaning O‘zbekiston bilan strategik muvozanat o‘rnatishi murakkab 
ekanligi 1999 yil 16 fevral hodisasi va Andijon voqealari aynan Markaziy Osiyoda 
keyingi o‘n yilliklarda qaytadan avjiga chiqqan geosiyosiy raqobatning oqibati 
ekanligini ko‘rsatdi. Bu voqealar senariylari davomida bosimning barcha usullari 
qo‘llanildi: Bi-Bi-Si, “Ozodlik” radiosi, “Nyu-York Tayms” kabi gazetalar singari 
turli OAV orqali axborot xuruji, shuningdek, BMT, Inson huquqlarini himoya 
qilish, Xalqaro Amnistiya qo‘mitasi kabi xalqaro tashkilotlar orqali siyosiy 
bosimlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Andijon 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


30 
voqealari buyurtmachilari uzoq xorijda ekanligini, 
umuman, 
bunday 
voqealar 
yoqilg‘i 
energetika 
zaxiralari mavjud ulkan mintaqalar atrofida tashqi 
ta’sir ostida ro‘y berishini asoslab ko‘rsatganda 
strategik muvozanat masalasining dolzarbligi yanada 
oydinlashdi. 
Ikki davlat rahbarlarining bir-birini ramziy qo‘llab-quvvatlashiga qaramay 
keyingi yillarda ham bu mavjud ziddiyatlar to‘la barham topmadi. Ishonchsizlik 
jamoatchilik orasida tobora kuchayib borar edi va buni O‘zbekistonning Fetulloh 
Gulen rahnamoligidagi “Nurchilar” harakatiga nisbatan kuchayib borayotgan 
repressiyasida ham aniq ko‘rsatib berdi. Fetulloh Gulen harakatiga qarshi fitnalar 
ichki boshqaruvda o‘zaro ziddiyatga olib keldi hamda Turkiyaning ichki siyosatiga 
ham ta’sir qildi. 
Natijada, Turkiyada parlament a’zolari ichida ziddiyatli vaziyatlar kelib 
chiqdi. Turkiya Prezidenti Abdulloh Gulning Andijon voqealari haqidagi 
bayonotiga qarshi chiqib, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi a’zolari davlat 
rahbaridan BMT Bosh Assambleyasida Andijon voqealari yuzasidan O‘zbekiston 
hukumatini nomutanosib kuch ishlatganlikda ayblovchi rezolyusiyani ma’qullab 
ovoz berishni yoqladilar. Shundan so‘ng ikki davlat 
jamoatchiligi 
doirasidagi 
munozaralar 
to‘xtab 
qolishga olib keldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
2009 yilda tashkil etilgan Turkiya etakchiligidagi 
Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashiga a’zo 
bo‘lish taklifini rad etdi. 
Darhaqiqat, bugungi kungacha F.Gulen harakatining maqsadlari Turkiya 
siyosatida, xususan, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hokimiyat tepasiga 
kelganidan keyin ham kelishuvdan uzoq bo‘ldi. F.Gulenning faoliyati Turkiyada 
ham taqib ostiga olinib, Adliya tashkilotlari tomonidan sud qilinib, 1999 yilda 
mamlakatdan chiqarib yuborildi va AQShdan siyosiy boshpana topdi. Shunday 
qilib, qat’iy iroda va yangilangan siyosiy boshqaruv hamda islom omili o‘rtasidagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


31 
munosabatlardan Turkiyaning o‘ziga xos tashqi siyosiy qarashlari o‘zgarganini 
ko‘rish mumkin edi. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston xukumati tomonidan davlat xavfsizligini 
o‘ylagan holda kelib chiqishi turk bo‘lgan fuqarolarga va diniy-siyosiy tashkilot 
a’zolariga nisbatan choralar ko‘rila boshlandi. Ushbu vaziyatni muhokama qilish 
uchun Turkiya Prezidenti Abdulloh Gul tomonidan Turkiya sammitida ishtirok 
etishini so‘rab, Prezident I.Karimovga 2010 yil avgust oyida murojaat qildi, lekin 
O‘zbekiston xukumati yana bir bor qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu voqealardan 
keyin O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik saqlab qolingan 
bo‘lsada, o‘zaro diplomatik aloqalar deyarli to‘xtab qoldi.
Biroq, Turkiya iqtisodiy aloqalarda ham dunyoviy davlat qurish yo‘lidan 
borgan O‘zbekiston uchun, o‘zida sekulyar demokratiyani muvaffaqiyatli joriy 
qilgan, shuningdek, ko‘ppartiyaviylik hamda g‘arblashtirish borasidagi yutuqlari 
bilan 1991-2002 yillarda pan-turkizm g‘oyalari keng rivojlantirib, O‘rta Osiyo 
davlatlari uchun “turk modeli” juda ham jozibador ko‘ringan edi. Shu sababdan 
ham o‘tgan asrning 90-yillarida mintaqa mamlakatlari rahbarlari rivojlanishning 
turk modelini namuna sifatida qabul qildilar. Afsuski, Turkiyaning umumiy turk 
siyosiy va iqtisodiy hamjamiyatini yaratish borasida o‘z salohiyatiga ortiqcha baho 
bergani tez orada ayon bo‘lib qoldi, uning bu sohada etarli resurslarga ega emasligi 
oydinlashdi, yosh turkiy tilli davlatlarga va’da qilingan iqtisodiy yordami o‘z 
vaqtida bera olmadi. Natijada, turk modeli mintaqa davlatlari uchun o‘z 
ahamiyatini yo‘qotdi.
Mintaqada 
turk 
modelini 
amalga 
oshirish 
yo‘lidagi 
navbatdagi 
muvaffaqiyatsizliklar 1996 yil hokimiyatga N.Erbakan, undan so‘ng esa 2002 yilda 
R.T. Erdog‘on boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasini kelishi bilan 
boshlandi. Bu vaqtga kelib mintaqaning barcha davlatlari dunyoviy taraqqiyot 
yo‘lini qat’iy tanlab bo‘lgan edi. Turkiya hukumatining bosqichma-bosqich 
islomlashtirishga tomon og‘ib borishi esa, turk dunyoviy modelining nufuziga 
shubha uyg‘otdi. Bu holat o‘z navbatida, Turkiya ham Markaziy Osiyo 
yo‘nalishidagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini angladi. Ikki davlat 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


32 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga o‘tganligi Turkiyaning 
O‘zbekiston bo‘yicha tashqi siyosiy yondashuv va qarashlarini sezilarli darajada 
o‘zgartirishga majbur qildi.
Turkiya uchun ustuvor hisoblangan Evropa davlatlari bilan munosabatlari 
xususan, uning Evropa Ittifoqiga kirish imkoniyati pasayishi ortidan Yevropa 
energiya transporti etakchisiga aylanishiga bo‘lgan harakatlariga to‘siqlarni 
uchrashi va mamlakatda ichki muammolar siyosiy transformasiyalarni keltirib 
chiqardi. Bu esa islomiy ruhidagi kayfiyatni o‘sishiga olib keldi. Turkiya 
Prezidenti Rejep Erdog‘an rahbarligida millatchilik mafkurasi, yevropalashuv 
yo‘nalishini saqlagan holda, islom liberalizmi asosida Turkiyaning ichki hamda 
tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqildi. Bu konsepsiya bevosita Ahmed 
Dovutog‘lu tomonidan tavsiya qilingan sobiq Usmoniylar davlati hududlarida 
joylashgan davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash va “qo‘shnilar bilan nol 
muammolar” siyosatini amalga oshirishni nazarda tutar edi. 
Shunga ko‘ra, o‘tgan yillarda Turkiya yagona millat, davlat tamoyili 
qoidalariga ko‘ra, mintaqadagi o‘rab turgan davlatlar bilan munosabatlarini yo‘lga 
qo‘yish va muammolarni hal qilishda o‘zini chetda ushlab turdi. Bir paytlar 
Usmoniylar davlati tarkibida bo‘lgan hududlarda Turkiya o‘zining geomadaniy va 
geosiyosiy ma’suliyatini unutib qo‘ydi. Agar Turkiya 
o‘zining tarixiy va merosiy an’analariga qaytadigan 
bo‘lsa, o‘zi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi hamda 
tashqi siyosatni konstruktiv olib borilishiga erishadi. 
A.Dovutog‘luning konsepsiyasi Turkiya hukumatidagi 
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling