Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
Birinchidan, Turkiya hukumatining g‘oyaviy raqibi “Fethullohchi” diniy-
siyosiy tashkiloti va uning etakchilariga qarshi olib borgan kurashi shuni ko‘rsatadiki, bundan bir necha yil oldin O‘zbekiston hukumati ko‘rgan choralar amalda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Ayniqsa, uning homiyligidagi o‘quv muassasalarining yopilishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi “ko‘rinmas to‘siq”ning amalda olib tashlanishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston va Turkiya munosabatlarining sovuqlashishi ikki davlatni, ayniqsa, Turkiyani moliyaviy mablag‘lardan voz kechishiga majbur qildi. O‘zbekiston dengiz portlariga chiqish uchun muqobil variantlarni izladi, tranzit transport yo‘llarini rivojlantirib bordi. Shu sababli Ahmet Dovuto‘g‘lining “Turkiyaning portlari – O‘zbekistonning ham portlaridir” degan so‘zlari aslida bu Turkiyaning o‘z portlariga diqqat e’tiborini qaratishini so‘rashi edi. Uchinchidan, O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida Turkiyaning Istanbul, Bodrum va Antaliya singari shaharlariga ko‘p tashrif buyurayotganligi Turkiyaga O‘zbekiston bilan tom ma’noda iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishi katta foyda keltirishini ko‘rsatib turibdi. To‘rtinchidan, Xitoy G‘arbiy Evropa bozorlariga chiqish uchun turli transport loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirdi. “Beijing Times” gazetasining qayd etishicha, Xitoy hukumati 2014 yilda uchta temiryo‘l tarmoqlarini PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 35 rivojlantirdi. Ushbu tarmoqlardan biri Xitoy g‘arbidagi Urumchi shahridan boshlanib, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Germaniyaga etib boradi. Shuning uchun ham Ahmet Dovuto‘g‘li transport sohasida katta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini qayd etib, xususan, Xitoyning “Pekin – Istanbul” temiryo‘l loyihasi O‘zbekistonga ham foydali hamda O‘zbekistonning Turkiya portlariga chiqishi imkonini berishini qayd etganida ham mana shu iqtisodiy manfaatlar nazarda tutgan edi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida o‘zaro munosabatlar yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Turkiya tomonidan O‘zbekistonga iqtisodiy va moddiy yordamlar ajratildi, ko‘plab turk ishbilarmonlari va firmalari O‘zbekistonga investisiyaviy sarmoyalar ajratildi. Natijada Turkiya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylandi. 1991–1999 yillar mobaynida Turkiya Prezidentlari va bosh vazirlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlikni ikki tomonlama imkoniyatlarining maksimal darajasiga olib chiqishga harakat qildilar. O‘z o‘rnida Prezident Islom Karimov ham 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yillarda) bir qancha ijobiy natijalarga erishilgan bo‘lsada, faol hamkorlik aloqalari 90-yillarning o‘rtalariga kelib ba’zi muammolar sababli kutilganidek samarali bo‘lmadi. 2000-2016 yillarni o‘z ichiga oladigan ikkinchi bosqich esa turg‘unlik davri sifatida ushbu davr bir qancha omillarga ko‘ra, ya’ni ichki va tashqi siyosat hamda ma’lum shaxsiy, siyosiy ambisiyalar doirasidagi qarorlar bilan tavsiflanadi. Turg‘unlik davri 2005 yil Turkiya BMT Bosh Assambleyasida Andijon voqealari yuzasidan O‘zbekiston hukumatini nomutanosib kuch ishlatganlikda ayblovchi rezolyusiyasini ma’qullab ovoz berishidan boshlangan edi (bu rezolyusiya qabul qilinmagan). Shundan so‘ng o‘zaro munosabatlar doimiy ravishda yomonlashib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 36 bordi. Tomonlar o‘rtasidagi sovuqchilikning yana bir omili 1993 yilda vatanni tark etgan muxolifat a’zolarining Turkiyadan siyosiy boshpana olishi va uni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risidagi rasmiy Toshkentning talablarini turk mas’ullari bajarmasdan kelganligi O‘zbekiston hukumati yoki davlat rahbarining shaxsiy siyosiy ambisiyalariga mos emasligi bilan bog‘liq edi. Bu davrning asosiy xususiyatlaridan yana biri turk investorlarining mamlakatdan chiqarib yuborishga bo‘lgan urinishlar bilan ham izohlanadi. Bu siyosiy munosabatlar davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Bunday vaziyatda Turkiya xukumati bir necha bor O‘zbekistonga munosabatlarni tiklashga urinib ko‘rdi. Misol uchun, 2000 yilda Turkiya Prezidenti A.Sezarni O‘zbekistonga tashrif buyurishi, 2003 yilda Turkiya bosh vaziri R.Erdo‘g‘anni tashrifi va A.Dovuto‘g‘luni uchrashuvlari ikki davlat o‘rtasida o‘zaro siyosiy munosabatlarni tiklash tashabbusi Turkiya tomonidan olib borildi. Faqat 2014 yilda Bosh vazir R.Erdo‘g‘anni Sochida qishki Olimpiya o‘yinlari vaqtida o‘zaro muzokaralarida ijobiy natijalarga erishildi. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonni tashqi siyosatida asosan milliy manfaatlarga asoslandi hamda kuchli davlatlar siyosiy ta’sirini oldini olgan holda o‘z xavfsizligi va davlat suverenitetini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Turkiya o‘zining tashqi siyosatini yangi bir konsepsiya asosida qura boshlaganligi hamda muhim geografik joylashuv nuqtasi uning faol tashqi siyosat olib borishiga asosiy omil bo‘ldi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling