Monografiya Имомов. Б
siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-
e’tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz”. 2018 yil 30 aprelda Turkiya Respublikasi Prezidentining parlament a’zolari oldida so‘zlagan nutqi Oliy Majlis bilan Buyuk Millat Majlisi o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro tajriba hamda axborot almashish asosida rivojlantirishda yanada katta imkoniyatlar yaratdi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rejep Erdo‘g‘onni Parlamentga qarata so‘zlagan nutqida yurtimizda olib borilayotgan siyosatni yuqori baholadi. Shuningdek, oliy martabali mexmon o‘zbek xalqining shonli o‘tmishi, ulug‘ ajdodlarimizning bashariyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev va Rejep Erdo‘g‘on “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan “O‘zbekiston–Turkiya” ishbilarmonlari biznes forumida ishtirok etdi. Biznes-forumda umumiy qiymati 3 milliard AQSh dollarga teng 50 dan ortiq yangi investisiyaviy qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 44 hamda ikki mamlakatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish borasida fikrlar bildirildi. O‘zbekiston tomoni Turkiya bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan keng turdagi sanoat, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi. Istanbulda tashkil etilgan O‘zbekiston–Turkiya savdo uyining samarali faoliyat ko‘rsatishi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini yanada oshirishga imkon berdi. Ikki davlat o‘rtasida keyingi yillarda energetika va tog‘-kon, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va uglevodorodlar sohalarida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish hamda ma’lumot va tajriba almashish imkoniyatlarini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqot va ishlanmalar olib borish, suvni tejash innovasion texnologiyalarini joriy qilish va boshqa tegishli sohalarda ilg‘or tajriba almashish orqali suv resurslari bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish xususida ham tadbirlar olib borildi. O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyoda eng asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistoning ulkan bozori, tobora liberallashib borayotgan iqtisodiyoti, qulay investisiyaviy muhiti, tarixiy shaharlari, turizm maskanlari, muqaddas diniy qadamjolari Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Demak, hamkorlikni mustahkamlashdan har ikki tomon ham manfaatdor bo‘lib, bu esa o‘zaro munosabatlarning istiqboli yuksak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish mumkinki, dunyo hamjamiyati tomonidan Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan tinchlik siyosati xalqaro maydonda hamisha qo‘llab-quvvatlayotganligi hamda mamlakatimizni Evropaga chiqishida va dunyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarini yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 45 Transport kommunikasiyasi hamda logistika xizmati bo‘yicha hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. Binobarin, O‘zbekiston uchun Boku – Tbilisi – Kars temir yo‘lining qurilishi strategik ahamiyatga ega. Bu transport yo‘lining to‘la ishga tushirilishi o‘zbekistonlik tadbirkorlarning o‘z mahsulotlarini Evropa bozorlariga olib chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Ma’lumot uchun aytish mumkinki, Boku–Tbilisi–Qars temir yo‘li loyihasining amalga oshirilishi 2008 yilda boshlanib, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlararo kelishuvi asosida 2017 yil 30 oktyabrda foydalanishga topshirildi. Yo‘lning umumiy davomiyligi 826 km ni tashkil qiladi. Yo‘lakning to‘liq o‘tkazish qobiliyati yiliga 17 million tonnani tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda bu ko‘rsatkich yiliga bir million yo‘lovchi va 6,5 million tonna atrofida yuk tashishga mo‘ljallangan. Istiqbolda bu yo‘l “Sharq- G‘arb” loyihasi doirasida Xitoydan boshlanib, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan Boku–Tbilisi–Qars temir yo‘l magistrali orqali Janubiy va Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq mamlakatlari va O‘rta er dengizi portlariga olib chiqadigan yangi transport yo‘lagining muhim bo‘g‘ini bo‘lib qoladi. Ushbu temir yo‘l yo‘nalishi Markaziy Osiyoni iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirishda, eng muhim xalqaro transport-tranzit markazlaridan biri sifatida jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 2018 yil 3 sentyabrda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahridagi “Ruh o‘rda” madaniyat markazida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mazkur PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 46 kengash anjumanida birinchi marotaba qatnashdi va sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida 2018 yil iyun oyida BMT Bosh Assambliyasi tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha qabul qilingan rezolyusiya mintaqa xalqlari orasida muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40% dan ziyod oshgani, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, transport yo‘nalishlarining o‘zaro integratsiyalashgan tarmoqlarini yaratish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlardan to‘la foydalanish, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni xar tomonlama mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Umumiy olganda xokimiyat tepasiga Rejep Erdog‘anni kelishi bilan Turkiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatini neoosmanizm, liberal islom va panturkizm prinsiplarii asosida rivojlantira boshladi. Evropa Ittifoqiga a’zolik masalasida Turkiya oldinga siljishlar bo‘lmaganidan so‘ng, mintaqaviy energotizim va umumiy bozorga ega turk dunyosini shakllantirishga harakat qilmoqda. 2009 yil shakllantirilgan Turk Kengashi (Turkiy tilli davlatlar xamkorlik kengashi) ham ana shu maqsadlarda xizmat qilishi nazarda tutilgan. Turkiy tilli davlatlarda Turkiyaning integrasion jarayonlari keyinchalik katta bir siyosiy- iqtisodiy birlashmaga aylanishi mintaqada Rossiya va Xitoy manfaatlari bilan to‘qnashishi kutilgan xolat edi. Ayniqsa, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning Yevro- Osiyo Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotiga a’zoligi va bu davlatlar uchun Rossiya bojxona to‘siqlari yo‘qligi Turkiyaning ayni manfaatlariga xizmat qiladi. 2018 yil 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. Uchrashuvda Turkiyaning etakchi kompaniyalari va banklari bilan hamorlikda savdo, innovasiyalar, energetika, infratuzilma, transport, turizm, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum va “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 47 Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ikki davlatning pozisiyalari bir-biriga o‘xshashligi tufayli Turkiya va O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Samarqand shahrida 2017 yil 10-12 noyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling