Monografiya Имомов. Б


ustunlikni kim qo‘lga kiritsa albatta geosiyosiy va iqtisodiy yutuqni qo‘lga


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

ustunlikni kim qo‘lga kiritsa albatta geosiyosiy va iqtisodiy yutuqni qo‘lga 
kiritadi degan iborasini bildirish o‘rinlidir. 
1991 yilda Turkiya Prezidenti Turgut O‘zal (1989-1993)ning SSSRga 
diplomatik tashrifi nafaqat Rossiyani, balki Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa 
ittifoq mamlakatlarini ham qamrab oldi. Ushbu tashriflar sobiq Sovet Ittifoqi 
janubida yangi paydo bo‘lgan davlatlarga nisbatan Turkiyani qiziqishi ortib 
borayotganligini ko‘rsatdi va yangi tashkil topgan MDH (Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi) mustaqil mamlakatlarini tan olgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu esa o‘z 
navbatida Markaziy Osiyo davlatlarini Turkiya orqali Yevropa mamlakatlari bilan 
aloqalar o‘rnatishi uchun imkoniyatlar eshigini ochdi.
Darhaqiqat, Turkiya Markaziy Osiyo geosiyosiy jarayonlarida muhim rol 
o‘ynaydi. Turkiya Markaziy Osiyoda bir vaqtning o‘zida beshta mustaqil 
respublika paydo bo‘lishi hodisasiga befarq qarashi mumkin emas edi. Qolaversa, 
bu respublikalarning to‘rttasi turkiy tilli xalqlardan tashkil topgan bo‘lib, tarixan 
til, din va madaniy jihatdan qardoshlik munosabatlariga ega edi. Bu 
respublikalarning, dunyo siyosatining to‘la huquqli sub’ektlariga aylanishi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


12 
Turkiyaga mintaqaviy kuch maqomiga erishish imkoniyatini berardi. Bu esa 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga 
asoslangan yangi tashqi siyosiy strategiyasini ishlab chiqishni taqozo qildi. 
Turkiyaning 90-yillar boshidagi bu sa’y-harakatlari uning o‘zi uchun ham 
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham birdek manfaatli edi.
Mazkur mintaqaning Turkiya uchun yana 
bir jihati, u o‘z mahsulotlarini sotish uchun bozor 
sifatida qarash bilan birga to‘qimachilik sanoati 
uchun noyob xom-ashyo paxtaning ishonchli 
manbai sifatida muhim ahamiyatga ega edi. 
Markaziy Osiyodan uglevodorodli xom ashyo olib 
kelish Turkiyaga nafaqat o‘zining o‘sib borayotgan sanoatini energiya manbalari 
bilan ta’minlash, balki neft va gazning boshqa manbalari Fors ko‘rfazi 
mamlakatlari va Rossiyaga qaramlikdan ozod bo‘lish imkonini ham berar edi. Eng 
muhimi, Turkiya quvur yo‘llari marshrutlarini o‘z hududida tutashtirib, jahonning 
asosiy iqtisodiy markazlariga muhim strategik resurs yetkazib beruvchi tranzit 
davlati sifatidagi rolini yanada kuchaytirish imkonini berar edi.
Jahon geosiyosatidagi bu o‘zgarishlar bilan bir qatorda, Turkiya “Sovuq 
urushdan keyingi davrda boshqa barcha post-kommunistik davlatlarga qaraganda” 
tashqi siyosati borasida o‘z qiyofasini butunlay o‘zgartirdi. Shunday qilib, Turkiya 
tashqi siyosatida qo‘shni mintaqalarni aniqlashda o‘zgarishlar yuz berdi. 1990 
yillarga qadar Turkiyaning qo‘shnisi Bolqon, shimoliy-sharqiy O‘rta yer dengizi va 
Yaqin Sharqni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 90-yillardan so‘ng u Kavkaz va Markaziy 
Osiyoni o‘z ichiga qamrab oldi. 
Bu o‘z navbatida Turkiyaning Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan 
mustaqil davlatlar bilan integratsiya jarayonlarini tezlashtirdi va o‘zaro 
hamkorlikni dastlabki kunlaridan boshlab tashqi o‘yinchilarning bosimi ostida o‘z 
tashqi siyosatini shakllantira boshladi. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 
NATO tashkiloti ham Turkiyaga ittifoq maqsadlarini Markaziy Osiyoda targ‘ib 
qilish vazifasini topshirgan edi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


13 
AQSh siyosatchilarining fikricha
O‘zbekiston Turkmaniston yoki 
Qozog‘iston kabi energiya resurslarining katta zaxiralariga ega bo‘lmasa ham, 
uning mintaqadagi mavqeini oshiradigan bir qancha strategik omillar mavjud. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi va obro‘li davlat sifatida 
xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni faollashtirish, mintaqadagi mojarolarni 
tartibga solish, narkobiznes va terrorizmga qarshi kurash olib borishga qaratilgan 
izchil tashqi siyosati energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning kafolati 
bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo savdo yo‘llari chorrahasi 
sifatidagi o‘zining tarixiy ahamiyatini qayta tiklamoqda edi. To‘g‘ri, an’anaviy 
savdoda dengiz transporti hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Lekin, ayni paytda 
Markaziy Osiyoda temir yo‘l va avtomobil transporti samaradorligining oshishi, 
natijasida iqtisodiy aloqalarda telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarni 
rivojlanishi bilan bir qatorda aviatsiya aloqalarining taraqqiy etishi transport 
marshrutlari tizimida mintaqaning raqobatbardoshligi oshishiga olib kelar edi. 
Demak, ular muhim iqtisodiy markazlar - Yevropa va Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasini birlashtirib, Markaziy Osiyo mintaqasi orqali o‘tmoqda.
AQShning transport va energetik xarakterdagi asosiy aktor bo‘lish 
imkoniyati Markaziy Osiyo davlatlariga ta’sir 
ko‘rsatish imkonini berar edi. Tarixan olib 
qaraganda, 
Turkiyaning 
NATOga 
a’zoligi 
kapitalistik mamlakatlar uchun “Sovuq urush” 
davrida SSSRning janubiy sarhadlarida ishonchli 
ittifoqdoshga ega bo‘lishini nazarda tutar edi. 
Keyinchalik, 1979 yilda Eronda shoh hokimiyati ag‘darilgach, Yaqin Sharqda 
Turkiya NATOning “funksional ittifoqchisi”ga aylanishi bilan birga, manfaatli 
maqsadlarini Markaziy Osiyodagi davlatlariga faol siyosatini targ‘ibotchisiga 
aylantirgan edi.
S.Hantington yozganidek, G‘arb Markaziy Osiyo masalasida Turkiyani 
to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Turkiy til davlatlarini birlashtirish siyosati sabab, G‘arb 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


14 
davlatlari Turkiyaga nisbatan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqa boshladi. 
Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlariga “vasiylik” qilishi, NATO ittifoqchilari 
nazarida uning geostrategik jozibadorligini oshiradi. G‘arb Markaziy Osiyo 
davlatlari bilan aloqalarni o‘rnatishda Turkiyani ishonchli vositachi sifatida ko‘ra 
boshladi. G‘arb davlatlarining Turkiya-Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro 
aloqalarini qo‘llab-quvvatlashining asosiy sababi, ushbu yaqinlashuv mintaqa 
davlatlarini ma’lum darajada Rossiya ta’sirini kamaytirishiga olib kelsa, yana bir 
tomondan mintaqadagi Xitoy va Eron kabi davlatlarni ta’sirini kamaytirishga 
yordam berar edi. Shuningdek, G‘arb ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamda 
davlatchilik nuqtai nazaridan katta muvaffaqiyat qozongan deb hisoblaniladigan 
“turk modeli”ning Markaziy Osiyo mintaqada tadbiq qilinishidan ham manfaatdor 
edi. Ular fikricha, Turkiyaning ushbu rivojlanish modeli Markaziy Osiyo davlatlari 
taraqqiyoti uchun juda ham mos hisoblanar edi. 
Darhaqiqat, Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan xalqaro maydonda 
mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida aholisining aksariyatini turkiy tilli xalqlar tashkil 
etadigan respublikalar paydo bo‘ldi. Turkiyaning mustaqil Markaziy Osiyo 
davlatlariga nisbatan tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida 
turkiy tilli davlatlar alyansini tuzishida 
namoyon bo‘ldi. 1992 yilda Turkiy tilli 
davlatlar rahbarlarining birinchi uchrashuvi 
bo‘lib o‘tdi va unda Qozog‘iston, Turkiya, 
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston va 
O‘zbekiston hukumatlari tomonidan til va 
madaniy mushtaraklik asosidagi bir necha kelishuvlarni imzolanishi orqali o‘zaro 
yaqinlashuvga erishildi. 
1995 yilgi TTDHK (Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi)ning yig‘ilishi 
Bishkek shahrida “Manas eposining 1000 yilligi”ga to‘g‘ri keldi. Keyingi kengash 
yig‘ilishi 1996 yil Toshkent shahrida “Amir Temurning 660 yilligi”ga atalgan 
tantanalari doirasida davlat rahbarlari to‘plandilar. 1998 yilgi o‘tkazilgan sammit 
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirokining oxirgisi bo‘lgani bilan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


15 
tarixda qoldi. 2001 yildagi sammitda O‘zbekiston xukumati nomidan bosh vazir 
ishtirok etgan bo‘lsa, 2006 yilda Kengash sammitiga O‘zbekistondan biron bir 
rasmiy vakili qatnashmadi. Zero, TTDHK doirasida o‘tqaziladigan sammitlarning 
ko‘zlangan maqsad turkiy davlatlar orasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini 
kuchaytirish, energetika va yoqilg‘i masalalari, xalqlararo do‘stlik rishtalarini 
mustahkamlash, mintaqadagi hududiy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish, a’zo 
davlatlarning dunyo siyosiy maydonidagi mavqeyini oshirish va jahon geosiyosiy 
jarayonlariga Kengashning ta’sirini oshirishdan iborat edi. 
Endi O‘zbekistonning TTDHKda ishtiroki tarixiga nazar solsak, a’zo 
davlatlar o‘rtasida hali yechimini topmagan muammolar ko‘plab bor edi. Bundan 
tashqari, O‘zbekistonda mavjud qonuniy konstitutsiyaviy tuzumga qarshi “Birlik” 
va “Erk” harakati muxolifatchi a’zolarini Turkiyadan siyosiy boshpana topganligi 
va ularni qo‘llab quvvatlanishi o‘zaro hamkorlikka nisbatan hurmatsizlik deb 
baholandi. 1999 yilgi 16 fevral terrorchilik voqealarida O‘zbekiston hukumatiga 
muholifatda bo‘lganlar voqea-hodisalarga hayrixohligi hamda javobgarlikdan 
qochganlarning Turkiyada siyosiy boshpana topganligi ikki davlat orasiga 
sovuqchilik 
tushirganligi 
kabi ob’ektiv 
va 
sub’ektiv 
sabablar 
tufayli 
O‘zbekistonning TTDHK tarkibidan chiqib ketishiga olib keldi. Bundan tashqari 
Fathullax Gyulenga tegishli deyilgan o‘zbek-turk litseylari faoliyati to‘xtatildi, turk 
ishbilarmon va tadbirkorlariga nisbatan ishonchsizlik bildirildi. Shu kabi omillar 
tufayli o‘zaro salbiy munosabatlar ham yuzaga keldi. Yuqoridagi omillar qay 
darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekistonni TTDHKda o‘rni muhim ekanligini 
barcha a’zo davlatlar doim takror ta’kidlab, mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlashda O‘zbekiston bilan konstruktiv hamkorlik muhim ahamiyatga ega 
hisoblanardi.
2016 yilda O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev davlat 
boshqaruvining ilk kunlaridanoq, mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni 
mustahkamlash alohida e’tibor qaratgani hamda olib borayotgan tashqi siyosati 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


16 
jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof bilan qabul qilindi. Turkiya 
Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2018 yilning 29- aprel – 1 may 
kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lish va 
navbatdagi sammitda ishtirok etishni taklif qilgan edi. 2018 yilning 3 sentabr kuni 
Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Prezident Shavkat 
Mirziyoev birinchi marta O‘zbekiston nomidan faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 
2019 yil 15 oktabrdagi Bishkek yig‘ilishida O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar 
hamkorlik kengashi sammitida ilk bor to‘la 
huquqli a’zo sifatida ishtirok etdi hamda 
sammitda O‘zbekiston tomoni amaliy va 
konstruktiv muloqotga tayyorligini, har 
qanday 
masalani 
muhokama 
qilishga 
ochiqligini namoyish etdi. O‘zbekistonning 
mazkur tashkilot faoliyatida qatnashishi ushbu tuzilmani xalqaro maydonda turk 
dunyosi manfaatlarini ilgari suradigan to‘laqonli tashkilotga aylantiradi. 
Ikkinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq va vazmin tashqi siyosati 
nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga 
xizmat qiladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligini 
birinchilardan tan olgan Turkiyaga o‘zining bu xalqlar bilan har jihatdan yaqin 
munosabatlari bilan faol tashqi siyosatni olib borishiga hamda “Yangi Katta o‘yin” 
ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Dastlabki yillarda Turkiyaning Markaziy 
Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikni faollashtirishga harakat 
qidi. Lekin, yo‘l qo‘ygan bir necha xatolari, ya’ni “katta og‘a” rolini o‘ynashga 
harakat qilishi mintaqa davlatlarining antipatiyasiga sabab bo‘ldi. Ushbu 
jarayonlarda Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyadek yana bir “katta og‘a” rolini 
bajaradigan davlatni kelishini istamasligini Turkiya anglab yetdi. Mintaqada o‘z 
ta’sir doirasini ushlab turish maqsadida Turkiya “yumshoq kuch” (soft power) 
siyosatidan faol foydalandi. Ana shu maqsad yo‘lida “TIKA”, “TURKSOY” kabi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


17 
turk tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi tashkilotlarning mintaqadagi rolini oshirib 
keldi.
Umuman olganda Turkiya Markaziy Osiyoga davlatlari bilan hamkorlikning 
dastlabki yillarida o‘zaro manfaatli tashqi siyosat olib borib, ushbu mamlakatlarda 
o‘z diplomatik vakolatxonalarini tashkil etdi, ularga zaruriy oziq-ovqat 
mahsulotlari yetkazib berish bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan 
turk diplomatlari Markaziy Osiyolik diplomat kadrlari o‘z faoliyatini yo‘lga 
ko‘yishlarida yetakchi rolni o‘ynadilar. Turkiyzabon dunyo bilan aloqalarni jadal 
rivojlantirish Turkiyaning nafaqat tashqi, balki ichki siyosatining ham muhim 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Chunki Turkiya Turksoy madaniy hamkorlik 
dasturi tashabbusi bilan chiqdi va turkiyzabon davlatlar sammitini muntazam 
ravishda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surib keldi. Yevropa Ittifoqiga a’zolik 
masalasida Turkiya oldinga siljishlar bo‘lmaganidan so‘ng, mintaqaviy umumiy 
bozorga ega turk dunyosini shakllantirishga harakat qilmoqda. 2009 yil 
shakllantirilgan Turk Kengashi (Turkiy tilli davlatlar xamkorlik kengashi) ham ana 
shu maqsadlarda xizmat qilishi nazarda tutilgan edi.
Shuningdek, keyingi o‘n yil ichida Turkiyaning tashqi siyosatida muayyan 
geosiyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi olib 
borgan tashqi siyosatidan keyin Turkiya dunyoda va Markaziy Osiyo mintaqasida 
oldingidan farqli ravishda mustaqil geosiyosiy yo‘lni tanlashga harakat qila 
boshladi hamda o‘z milliy manfaatlarini 
ta’minlashda xalqaro geosiyosiy faktorlar bilan 
o‘zaro munosabatlarini o‘zining u yoki bu 
siyosiy maqsadlarini “AQShning intizomli va 
itoatkor hamkori” sifatida emas, balki yangicha 
“mustaqil dunyo davlati” maqomida amalga 
oshirishga bo‘lgan intilishida ko‘rish mumkin. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Turkiyaning tarixan mushtarak bo‘lgan turkiy tilli 
xalqlar bilan xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini 
o‘rnatishiga ahamiyat qaratishi hamda uni mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18 
olishi ikki davlat hamkorligida yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Bu esa o‘z 
navbatida, Turkiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsion jarayonlarda 
ishtirokini ta’minlashga hamda siyosiy nufuzini ortishiga xizmat qildi.
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling