Monografiya Имомов. Б


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

Birinchidan, Turkiya dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan 
borgan, geostrategik jihatdan yirik imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan birga qadim 
ildizlari mushtarak bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlari dini, tili, tarixi va madaniy 
jihatdan bir-birlariga juda yaqin millatlardir. 
Ikkinchidan, Turkiyaning dunyo miqyosidagi taraqqiyot uchun ahamiyatida 
uning Osiyo va Yevropani, ikki qit’a, 
ikki sivilizatsiyani bog‘lovchi ko‘prik 
sifatidagi strategik o‘ringa ega. Turkiya 
jamiyati tomirida g‘arb va islom 
sivilizatsiyalari shakllanishida ulkan rol 
o‘ynagan madaniyatlar qoni oqmoqda. 
Boshqacha aytganda, u o‘z tarixiy ildizlari bilan Markaziy Osiyo, Yevropa va 
Yaqin Sharq bilan chambarchas bog‘langan.
Sovet tuzumi hukmronligi yillarida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar olib borishiga imkon berilmadi. Xususan, Turkiya bilan 
savdo-iqtisodiy munosabatlari ham cheklanganligi sababli, ushbu aloqalar Rossiya 
tashqi savdo tashkilotlari orqali amalga oshirilardi. Hattoki, ushbu davrda ikki 
davlat fuqarolari garchi tijorat yoki tadbirkorlik maqsadlari bilan bordi-keldi 
qilganliklari ham turli xildagi tazyiqlarga uchradi. Mustabit sovet tuzumi 
Turkiyaga borgan ziyolilarni pan-turkizm targ‘ibotchilari sifatida ta’qib ostiga 
olgani o‘zaro aloqalarni batamom to‘xtatib qo‘ygan edi. 
Zero, O‘zbekiston Respublikasini 1991 yilda 31 avgustda mustaqillikka 
erishishi Turkiya bilan nafaqat iqtisodiy balki siyosiy, madaniy aloqalarni 
tiklanishiga hamda ushbu munosabatlarni o‘zaro hamkorlik bosqichiga 
ko‘tarilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


10 
Turkiya ham dunyo hamjamiyatida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan, XX 
asr so‘ngi choragida demokratik tamoyillar asosida o‘zining tashqi siyosiy 
faoliyatini yo‘lga qo‘ygan davlatdir. O‘tgan asr davomida Turkiyada demokratiya 
qaror topishi oson bo‘lgani yo‘q. Mamlakat bir necha harbiy to‘ntarishlarni 
boshdan kechirdi. Nihoyat, 80-yillarda Prezident Turgut O‘zal rahbarligida 
iqtisodiy erkinlashtirish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bu Turkiya 
jamiyatining rivojlanishiga yangi turtki berdi. Turkiya o‘zining “Turk modeli”ni 
bozor iqtisodiyoti sharoitida mohirona qo‘llab, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab 
chiqdi. Natijada Turkiyada iqtisodiy islohotlar o‘z samarasini berib, dunyodagi 
taraqqiy etgan davlatlar qatoridan joy oldi. Yevroosiyoning kuchli davlatlaridan 
biri bo‘lgan Turkiyada mafkuraviy qarama-qarshiliklar barham topib, Sovet davlati 
tarkibidagi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlik qilish borasidagi taqiqlar olib 
tashlanganidan foydalanib, yangi sharoitda o‘z geosiyosatini yana qayta ko‘rib 
chiqa boshladi. O‘tgan davr mobaynida Turkiyaning geosiyosiy faoliyatida va 
hokimiyat tepasiga kelgan siyosiy kuchlar hamda ilmiy-ijtimoiy fikr vakillari 
qarashlarida mamlakatning kelgusidagi tashqi siyosatidagi yondashuvlari ancha 
rang-barang ekanini ko‘rsatdi. Ularning ba’zilari Turkiyaning G‘arb dunyosi bilan 
munosabatlarini yaxshilash va Yevropaga qo‘shilish yo‘lini talab qilgan bo‘lsalar, 
boshqa guruhi esa, Turkiyani Yevropadan Yevroosiyo tomonga yuz burib, 
Rossiya, Xitoy kabi
boshqa katta davlatlar bilan dunyoning yangi kuchini tashkil 
etishni va ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni taklif etmoqdalar. 
Turkiya jamiyatidagi millatchi kuchlar “Turkiyaning Adriatika dengizidan Xitoyga 
qadar bo‘lgan barcha turkiy-musulmon xalqlarni o‘z atrofida birlashtirish g‘oyasini 
ilgari surib kelmoqdalar.
Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo geosiyosiy jarayonlaridagi tashqi 
ishtirokchilarini ikki guruhga bo‘lish mumkin, birinchi guruhga global darajadagi 
aktorlar Rossiya, Xitoy, AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bo‘lsa, ikkinchi guruhdan 
Turkiya, Eron, Isroil, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar joy olgan. Ushbu 
davlatlarning umumiy maqsad-muddaolari bo‘lishi bilan birga, ularning o‘z tashqi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


11 
siyosatidan kelib chiqib har birida alohida maqsad va vazifalar bor ekanligini ham 
e’tibor qaratish lozim. 
Markaziy 
Osiyo 
o‘zining 
muhim 
geosiyosiy joylashuvi va mineral-xom ashyo 
resurslarining ulkan zaxiralari mavjudligi 
tufayli 
kuchli 
e’tibor 
ob’ektiga 
hamda 
jahondagi eng yirik davlatlarning strategik 
manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylangan edi. Dunyodagi va mintaqaviy yirik 
davlatlarning Markaziy Osiyo hamda qo‘shni mintaqalardagi tabiiy resurslardan 
foydalanishi va bu resurslarni tashish yo‘nalishlarini nazorat qilish uchun kurash 
borgan sari murakkab tus ola boshladi. 
Markaziy Osiyo atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar mazkur 
mintaqaning yuksak geosiyosiy ahamiyatga ega makon ekanligidan dalolat beradi. 
Shu o‘rinda Z.Bzejinskiyning ushbu mintaqaga yaqinlashish masalasida 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling