Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Turkiya Respublikasining O‘zbekiston geosiyosiy jarayonlaridagi o‘rni va roli
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 6 §1. Turkiya Respublikasining O‘zbekiston geosiyosiy jarayonlaridagi o‘rni va roli Tarixiy taraqqiyotning qaysi davriga yuzlanmaylik, deyarli barcha asrlarda davlatlararo o‘zaro munosabatlar asosan majburlash, ta’sir o‘tkazish hamda kuch ishlatish kabi usul va vositalarga asoslanganini ko‘rishimiz mumkin. Bugun, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan XX asr ikki qutbli dunyo tartiboti kabi kuchlar muvozanatiga emas, balki umuminsoniy milliy manfaatlarga asoslangan kelishuvlar muvozanatiga asoslanishi lozim. Zero, o‘z manfaatlarini boshqa mamlakatlarlar hisobiga qondirishga intilish tuzatib bo‘lmas salbiy oqibatlarga olib keladi. XX asr insoniyat misli ko‘rilmagan falokatlar solgan ikkita jahon urushlarini boshidan kechirdi va bu urushlar dunyo siyosiy tartibotida ko‘plab o‘zgarishlarga olib keldi. AQSh va SSSR davlatlari urushdan jiddiy zarar ko‘rishiga qaramay, o‘zini tez tiklay oldi hamda xalqaro masalalarda yetakchilikni o‘z qo‘liga olishga bo‘lgan intilishi natijada “Sovuq urush” siyosati yuzaga keldi. Bunda dunyo davlatlarini o‘z tomoniga og‘dirishda G‘arb davlatlari ko‘proq o‘z moddiy ta’sir kuchiga suyangan bo‘lsa, Sovet tuzumi esa kuch ishlatish siyosatiga tayanishi natijasida tarix sahnasida 69 yil yashab, parchalanib ketdi. XX asrning 90 yillariga kelib, nafaqat ittifoqdosh respublikalar, balki ularning tarkibida bo‘lgan avtonom hududlarning aksariyati ham birin-ketin o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kirita boshladilar. Ana shunday vaziyatda xalqaro munosabatlar maydonida Sovet tuzumining parchalanishi dunyoning siyosiy tizimi va dunyo xaritasini tubdan o‘zgarishiga, tabiiy resurslarni qayta taqsimotiga olib keldi. Mazkur holatda yuzaga kelgan geosiyosiy jarayonlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashish jarayonlarini hamda jahon tarixida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 7 O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi tashqi siyosiy faoliyatidagi cheklanishlarning barham topishiga va dunyo hamjamiyatidagi ko‘plab iqtisodiy taraqqiyot sari dadil borayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. Sobiq tuzumning parchalanishi Markaziy Osiyo davlatlari shu jumladan O‘zbekiston oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdi. Birinchidan, O‘zbekistonning jahon bozoridan olisligi va ajralib qolganlik bo‘lsa, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik aloqalarning hali yo‘lga qo‘yilmaganligi edi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga to‘g‘ri keldi. Buning uchun O‘zbekiston boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan tengma-teng diplomatik munosabatlar olib bora oladigan darajaga yetishi talab qilinar edi . Zero, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini olib borishda asosan barqaror tinchlikni ta’minlash hamda harbiy kuch ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik, insoniyatning global muammolarini hal etishda davlatlararo hamkorlik va xalqlar birdamligini yanada mustahkamlash, shuningdek, barcha hamkor davlatlar bilan bevosita teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar tuzish uchun o‘zini ochiq tashqi siyosatini olib borish strategiyasini belgiladi. Chunki, bunday jarayonlarda bir tomondan iqtisodiy zaiflik ikkinchi tomondan esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy vaziyat batamom barqarorlashmagan murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yish orqali mavjud muammolarni hal etish eng to‘g‘ri yo‘l edi. O‘zbekiston eng avvalo aholi ehtiyojlarini qondira oladigan zarur mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirishga xizmat qiladigan ko‘plab korxonalarni ishga tushirishi bilan birga ilg‘or mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy texnika-texnologiyalarini ham keng jalb qilish ham zarur edi. Bu esa, xorijiy kompaniya va investorlarni mamlakatga faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Natijada bir qator qo‘shma korxonalar va banklar tashkil PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 8 etildi. O‘zaro savdo-sotiq aloqalarini jadal sur’atlarda yo‘lga qo‘yish harakatlari boshlandi. O‘zbekistonning turli davlatlar bilan hamkorlik aloqalari faqat iqtisodiy sohadagi islohotlar bilan cheklanib qolmasdan fan, ta’lim, madaniyat kabi sohalarda ham muayyan ijobiy o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu jarayonlarda O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining me’yoriy- huquqiy bazasini shakllantirish, tashqi siyosiy faoliyatga doir qonunlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega edi. Darhaqiqat, Sovet Ittifoq tarkibidagi O‘zbekistonda tashqi siyosiy faoliyat yuritish uchun hech qanday maxsus institutsional muassasalar bo‘lmagan. Endilikda, xalqaro faoliyat borasida hech qanday tajriba va malakali diplomat kadrlarga ham ega bo‘lmagan mamlakatimiz oldida o‘zining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirishdek muhim masala turardi. O‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridanoq o‘zining milliy davlatchilik manfaatlariga mos keluvchi, har tomonlama chuqur o‘ylangan tashqi siyosatini yo‘lga qo‘ya boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston xalqaro aloqalarida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi va jahon hamjamiyatidagi 120 ta davlat tomonidan mamlakat mustaqilligini tan olindi va 45 ta xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Gruziya, Turkiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston kabi 12 ta mamlakatda bo‘ldi, shu bilan bir qatorda 4 ta boshqa davlat delegatsiyalari O‘zbekistonga ham tashrif buyurishdi. Birinchi bo‘lib, 1991 yil 10 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini yosh mustaqil davlat Gruziya tomonidan tan olinishi hali rasman tarqatilmagan Sovet Ittifoqi mavjud bir sharoitda katta jasorat edi. Chunki hali dunyoning qudratli davlatlari voqealarni borishiga jim qarab turardi. Ushbu vaziyatda xalqaro maydonda katta obro‘ga ega bo‘lgan Turkiya Respublikasi ham O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi va o‘zaro diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan dastlabki davlatlardan biri bo‘ldi. Tarixan qardosh bo‘lgan Turkiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgani, ikki davlatning bir-biriga bo‘lgan hayrihohligi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 9 oldida o‘z mavqeini tiklashi va mustaqilligini mustahkamlashi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Turkiya bilan yaqin aloqalar o‘rnatishining muhim tarixiy jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ayrim fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling