5
“O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik” deb
nomlangan ikkinchi bobda ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi,
bank va savdo sohasidagi o‘zaro hamkorlikning holati va istiqbollari hamda
to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish borasidagi hamkorligi tahlil etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya kompaniyalarining
turizm infratuzilmasini
yaxshilash va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorligi
yoritib berilgan.
“O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar
sohalardagi hamkorlik” deb nomlangan uchinchi bobda esa ikki davlat
munosabatlarida ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalarning o‘rni,
madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, san’at
sohasidagi hamkorlikning natijalari tadqiq etilgan.
Mazkur
kitob tarix fanlari doktori, professor Abdug‘appor Qirg‘izboyev
ilmiy rahbarligida tadqiqot olib borgan Imamov Bobir Xujanazarovichning
“O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy
va madaniy aloqalar
(1991–2018 yy.)” nomli tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
asosini tashkil qiladi. Bizga mazkur asarni nashr etishda ko‘rsatgan yordamlari
uchun barcha mutassaddi tashkilotlar va fan olimlariga o‘z
minnatdorchiligimizni
bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: