1.2. Monopoliya turli ko’rinishlariva ularning bozor iqtisodiyotida tutgan o’rni
Monopoliyaning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko’ra ajratish mumkin1.
Tabiiy monopoliya – Ishlab chiqarishdagi obyektiv texnologik zaruriyat, ishlab chiqarishning konsentratsiya (to’planuvchi) darajasi yuqori bo’lishi zaruriyati
Legal monopoliya – Bir markazdan amal qilish zarurligi, qonuniy asosda vujudga kelishi
Sun’iy monopoliya – Raqiblarni yengish maqsadida vujudga kelish
Tasodifiy monopoliya – Bozorda boshqalar egallamagan joy, ishlab chiqarilmagan tovar, xizmatlarni qidirish, topish, taklif ko’p yoki kamligini o’rganish
Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko’ra — ma’lum tarmoq miqyosida sof monopoliya. Bunda sotuvchi bitta, bozor boshqa sotuvchilar uchun yopiq. U sotish uchun tovarlar miqdori va narx ustidan to’la nazorat o’rnatadi.
Milliy xo’jalik miqyosida — absolut monopoliya.Bu davlat yoki uning xo’jalik idoralari tomonidan o’rnatilgan monopoliya.Masalan, tashqi savdo bo’yicha davlatmonopoliyasi.
Monopsoniya (sof va absolyut) — bunda resurs va tovarlarni sotib oluvchi bitta bo’ladi.Tabiiy monopoliyalar. Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan (masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi. Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi.Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi.Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday natijaga erishib bo’lmasdi.Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |