8.4 Oligopoliya sharoitida narxlarning shakllanishi. Lyernyer koeffitsiyenti.
Narx siyosati nuqtayi nazaridan raqobatchilar bilan bo‘lgan munosabatlar yetakchi kompaniyalarning bozorga ta’sirining asosiy omillaridan biridir. Oligopolist kompaniya’ning hayotida narx siyosati juda katta rol o‘ynaydi. Qoidaga ko‘ra, firma uchun o‘z tovarlari va xizmatlari narxlarini ko‘tarish foydali emas, chunki boshqa firmalar birinchi bo‘lib narx ko‘targan kompaniyaga yergashmasliklari va iste’molchilar raqib kompaniyaga mijoz, ya’ni iste’molchi bo‘lib o‘tib ketishlari ehtimoli katta.
Agar kompaniya o‘z mahsulotlarining narxlarini pasaytirsa, u holda xaridorlarni yo‘qotmaslik uchun raqobatchi kompaniyalar odatda narxlarni tushirgan kompaniyaga yergashadilar, ular taklif etayotgan tovarlarning narxlarini pasaytiradilar Ya’ni, kompaniya narxlarni tushirganda yoki yangi tovar va xizmatlarni taklif qilsa, raqobatchilar ham unga yergashishlari kyerak. Aks holda, ular mijozlarini yo‘qotishlari mumkin.
Shunday qilib, firmalar o‘z mahsulotlariga raqobatchi-yetakchidan yuqori bo‘lmagan narxlarni belgilaydigan oligopolistlar o‘rtasida tez-tez «narxlar urushi» deb ataladigan urushlar sodir bo‘ladi. Shakllangan oligopoliyada hukmron yoki dominant kompaniyalar narxlarni to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega. Masalan, ko‘plab uyali aloqa kompaniyalari o‘z mahsulotlarining ommabopligi va uni sotib olishga qodir ekanliklari uchun narxlarini sezilarli darajada oshirib yuborishadi.
Oligopoliyalar sharoitida narx quyidagi yo‘llar bilan shakllanishi mumkin: narxlashning siniq talab egri chizig‘i modeli, maxviy kelishuv, narxlarda peshqadamlik, «xarajat+». Ushbularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Har bir oligopolist mahsuloti narxining pasayishi raqobatchilarning javobiga sabab bo‘lishini hisobga oladi. Shu sababli, narxni pasaytirish tufayli talabning oshishi barcha firmalar o‘rtasida taqsimlanadi. Mahsulot narxini birinchi bo‘lib tushirgan oligopolist kompaniya o‘sgan talabning faqat bir qismini oladi. Agar o‘sha firma narxni oshirsa, unda boshqa firmalar uning o‘rnagiga yergashmasligi mumkin va shuning uchun uning mahsulotlariga bo‘lgan talab narxlarning umumiy o‘sishida sodir bo‘lgandan ko‘ra ancha keskin pasayadi. Talab egri chizig‘ining mohiyati oligopolist raqobatchilarining narxlari yetakchi oligopolik kompaniya’ning narxlariga tenglashadimi yoki oligopolist raqobatchilar tomonidan joriy narxdagi har qanday o‘zgarishlarni inkor etishiga bog‘liq bo‘ladimi? Shubhasiz, raqobatchilar narxlarning ko‘tarilishini e’tiborsiz qoldiradilar, ammo narxlarning pasayishini kuzatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |